Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4563-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida transport vositalarining ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishi ustidan zamonaviy va samarali nazoratni tashkil etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-noyabr,
PQ-5273-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-noyabrdagi PQ-5273-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-dekabrdagi “Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “4R87 Gʻuzor-Chim-Koʻkdala avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1671-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni 8-bandi “Vsego*” ustunidagi “100” raqami “126” raqami bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “M39 Toshkent-Termiz avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish” hamda “Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “4R87 Gʻuzor-Chim-Koʻkdala avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish” loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3011-son qarorining rus tilidagi matni 2-bandidagi “1-noyabrya 2020 goda” soʻzlari “1-iyulya 2022 goda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi “Yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4545-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublika hududida (Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari bundan mustasno) avtotransport vositalarining ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlarini nazorat qilish, shuningdek, avtomobil yoʻllari boʻylab ogʻir vaznli va/yoki yirik gabaritli avtotransport vositalarining harakatlanishi uchun yigʻimlar undirish va ruxsatnomalar berish Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi”;
b) quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Belgilansinki:
a) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chet davlatlar avtotransport vositalarining, shu jumladan respublikaga kirib kelayotgan ogʻir vaznli va/yoki yirik gabaritli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranzit oʻtishi uchun yigʻimlar va toʻlovlar amalga oshirilishi, shuningdek, tashuvchilar tomonidan transport vositalarining ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishi ustidan nazorat bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi;
b) 2021-yil 1-dekabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chet davlatlar avtotransport vositalarining kirganligi va uning hududi orqali tranzit oʻtishi uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
70 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetiga;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga;
10 foizi — Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalarining vazn va gabarit parametrlarini qayd etuvchi (har bir oʻqqa tushadigan ogʻirlikni aniqlash imkoniyatiga ega) maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalari bilan jihozlangan zamonaviy nazoratni tashkil etish hamda ushbu bojxona postlari hududidagi ichki avtomobil yoʻllarini tegishli holatda saqlash uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda bojxona organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2021-y., 07/21/5273/1014-son)