02.11.2021 yildagi PQ-5272-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirishning uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligida islohotlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqish, aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning barcha tashkiliy bo‘g‘inlari va bosqichlarini uzluksiz moliyalashtirish, Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining resurs bazasini mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan Moliya vazirligiga Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi uchun 100 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar milliy valyutada 5 yil muddatga foizsiz ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va Sh.M. G‘aniyev Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini yangilash bilan bog‘liq tadbirlarning o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 2-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5272-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-noyabrdagi PQ-5272-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5041-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Moliya vazirligi mazkur qarorning 4-bandi asosida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan 1,5 trln so‘m kredit resurslarining tijorat banklari tomonidan qaytarilmagan qismida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan 2026-yilda qoplanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga qoplangan mablag‘lar miqdoridagi vakolatli banklarning majburiyatlari Moliya vazirligi foydasiga qayta rasmiylashtiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-maydagi “Hududlarda maktabgacha ta’lim xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5125-son qarorining 2-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “2022-2023-yillarda” so‘zlari “2026-yilda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushadigan daromadlar” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 07/21/5272/1010-son)