O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Alkogol va tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markirovkalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Respublikada ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasini kengaytirish hamda tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markirovkalashni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, 2021-yil 1-dekabrdan 2023-yil 1-oktabrga qadar bo‘lgan muddatda, sinov tariqasida, ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi.
Bunda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu mahsulotlarni sinov mobaynida aksiz markalari bilan markirovka qilmaslik tartibi ularni davlat tilida markirovka qilish hamda majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etishdan ozod qilmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2022-y., 07/22/455/1121-son)
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra filtrli va filtrsiz sigaretalardan boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar (keyingi o‘rinlarda — boshqa turdagi tamaki mahsulotlari) bo‘yicha:
a) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar:
2022-yil 1-sentabrga qadar yoki 2022-yil 1-sentabrdan keyin mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati yuzaga kelgan kundan boshlab 7 kalendar kun mobaynida markirovkalash axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tadi va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va (yoki) olib kiriladigan boshqa turdagi tamaki mahsulotlari nomenklaturasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
2022-yil 1-oktabrdan boshlab iste’mol va guruhlangan qadoqlarga raqamli identifikatsiyalash vositalarini tushiradi, shuningdek, boshqa turdagi tamaki mahsulotlarini agregatsiyalashni ta’minlaydi hamda markirovkalash axborot tizimiga markirovkalanganligi va agregatsiyalanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi;
2023-yil 1-yanvarga qadar markirovkalanmagan boshqa turdagi tamaki mahsulotlarining qoldiqlari sotilishini (ulgurji savdoga) va (yoki) ularning uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha qolgan qoldiqlari sotuvdan chiqarilishini ta’minlaydi;
2023-yil 1-martdan boshlab boshqa turdagi tamaki mahsulotlari aylanmasi bo‘yicha barcha harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar markirovkalash axborot tizimiga kiritilishini ta’minlaydi;
b) ulgurji savdo tashkilotlari:
2022-yil 1-noyabrga qadar yoki 2022-yil 1-noyabrdan keyin mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati paydo bo‘lgan kundan boshlab 7 kalendar kun mobaynida markirovkalash axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tadi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqaruvchilardan va import qiluvchilardan sotib olishga doir ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
2023-yil 1-fevraldan boshlab markirovkalangan boshqa turdagi tamaki mahsulotlari sotilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
2023-yil 1-martga qadar markirovkalanmagan boshqa turdagi tamaki mahsulotlarining qoldiqlari sotilishini (chakana savdoga) va (yoki) ularning uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha qolgan qoldiqlari sotuvdan chiqarilishini ta’minlaydi;
2023-yil 1-iyundan boshlab boshqa turdagi tamaki mahsulotlari aylanmasi bo‘yicha barcha harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
v) chakana savdo tashkilotlari:
2023-yil 1-fevralga qadar yoki 2023-yil 1-fevraldan keyin boshqa turdagi tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bilan bog‘liq faoliyat amalga oshirilishi zarurati paydo bo‘lgan kundan boshlab 7 kalendar kun mobaynida markirovkalash axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tadi;
2023-yil 1-martdan boshlab boshqa turdagi tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi tashkilotlaridan sotib olishga doir ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
2023-yil 1-iyundan boshlab boshqa turdagi tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bo‘yicha ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
2023-yil 1-oktabrga qadar markirovkalanmagan boshqa turdagi tamaki mahsulotlarining qoldiqlari sotilishini (oxirgi iste’molchiga) va (yoki) ularning uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha qolgan qoldiqlari sotuvdan chiqarilishini ta’minlaydi;
2023-yil 1-oktabrdan boshlab boshqa turdagi tamaki mahsulotlari aylanmasi bo‘yicha barcha harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
g) 2022-yil 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida raqamli identifikatsiyalash vositalarini tushirmasdan hamda raqamli identifikatsiyalash vositalari bilan markirovkalash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga yubormasdan ishlab chiqarish taqiqlanadi;
d) 2022-yil 1-oktabrdan keyin ishlab chiqarilganda (olib kirilganda) ularning chakana savdosiga faqat markirovkalash axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish sharti bilan ruxsat etiladi;
e) 2022-yil 1-oktabrga qadar ishlab chiqarilganda (olib kirilganda) ularning chakana savdosiga 2023-yil 1-oktabrga qadar ruxsat etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi:
Oldingi tahrirga qarang.
sinov mobaynida aksiz markalari bilan markirovka qilinmagan ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari majburiy raqamli markirovkalash orqali to‘liq hisobga olinishi davlat soliq xizmati organlari tomonidan davlat soliq organlari xodimlari bilan birgalikda nazorat qilinishini ta’minlasin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
aksiz markalari bilan markirovka qilinmagan ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlarining import qilinishi, ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi samaradorligini tahlil qilib borsin;
Oldingi tahrirga qarang.
sinov davri yakuni bo‘yicha alkogol va tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markirovkalash tartibini bekor qilish yuzasidan 2023-yil 1-sentabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritsin.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2022-y., 07/22/455/1121-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-noyabr,
665-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi 665-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi to‘g‘risida” 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qarorida:
a) 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi bilan qo‘shilsin:
“Bunda, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlaridan faqat filtrli yoki filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritalar), bidi, kreteklar majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalanadi”.
b) 1-ilovaning 2-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Bunda, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlaridan faqat filtrli yoki filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritalar), bidi, kreteklar majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qaror bilan tasdiqlangan 3-ilovada:
a) 3-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“v) boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari;
g) chekilmaydigan tamaki mahsulotlari;
d) nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar”;
to‘rtinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar:
a) tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki import qilish bilan shug‘ullanuvchilarda tamaki mahsulotlarini foydalanishga kiritish va (yoki) foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar 2020-yil 31-dekabrga qadar yoki 2020-yil 31-dekabrdan keyin mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati yuzaga kelgan kundan boshlab 7 kalendar kun davomida markirovkalash axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tadi va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va (yoki) olib kiriladigan tamaki mahsulotlari nomenklaturasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
a)1 boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar 2022-yil 1-sentabrga qadar yoki 2022-yil 1-sentabrdan keyin mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati yuzaga kelgan kundan boshlab 7 kalendar kun davomida markirovkalash axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tadi va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va (yoki) olib kiriladigan tamaki mahsulotlari nomenklaturasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
b) iste’mol va guruhlangan qadoqlarga raqamli identifikatsiyalash vositalari tushirilishini, shuningdek, tamaki mahsulotlarini agregatsiyalashni ta’minlaydi va markirovkalash axborot tizimiga:
filtrli sigaretalar — 2021-yil 1-yanvardan;
filtrsiz sigaretalar — 2021-yil 1-dekabrdan;
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar — 2022-yil 1-oktabrdan boshlab markirovkalanganligi va agregatsiyalanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi;
v) markirovkalangan tamaki mahsulotlarining sotilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar markirovkalash axborot tizimiga:
filtrli sigaretalar — 2022-yil 1-yanvardan;
filtrsiz sigaretalar — 2022-yil 1-fevraldan;
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar — 2023-yil 1-yanvardan boshlab kiritilishini ta’minlaydi;
g) markirovkalanmagan tamaki mahsulotlarining qoldiqlari sotilishini (ulgurji savdoga) va (yoki) ularning uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha ko‘rsatilgan qoldiqlari:
filtrli sigaretalar — 2021-yil 1-iyulga qadar;
filtrsiz sigaretalar — 2022-yil 1-fevralga qadar;
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar — 2023-yil 1-yanvarga qadar sotuvdan chiqarilishini ta’minlaydi;
d) tamaki mahsulotlari aylanmasi bo‘yicha barcha harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar markirovkalash axborot tizimiga:
filtrli sigaretalar bo‘yicha — 2021-yil 1-oktabrdan;
filtrsiz sigaretalar bo‘yicha — 2022-yil 1-martdan,
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar bo‘yicha — 2023-yil 1-martdan boshlab kiritilishini ta’minlaydi”;
v) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Tamaki mahsulotlarini bevosita ishlab chiqaruvchilardan va import qiluvchilardan sotib oladigan tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi tashkilotlari:
a) tamaki mahsulotlarini bevosita ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilardan sotib olish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi ulgurji savdo tashkilotlari 2021-yil 1-fevralga qadar yoki 2021-yil 1-fevraldan keyin mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati paydo bo‘lgan kundan boshlab 7 kalendar kun davomida markirovkalash axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tadi;
a)1 boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalarni bevosita ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilardan sotib olish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi ulgurji savdo tashkilotlari 2022-yil 1-noyabrga qadar yoki 2022-yil 1-noyabrdan keyin mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati paydo bo‘lgan kundan boshlab 7 kalendar kun davomida markirovkalash axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tadi;
b) ishlab chiqaruvchilardan va import qiluvchilardan sotib olishga doir ma’lumotlarni:
filtrli sigaretalar bo‘yicha — 2021-yil 1-oktabrdan;
filtrsiz sigaretalar bo‘yicha — 2022-yil 1-martdan;
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar bo‘yicha — 2023-yil 1-yanvardan boshlab markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
v) markirovkalangan tamaki mahsulotlari sotilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni:
filtrli sigaretalar bo‘yicha — 2022-yil 1-yanvardan;
filtrsiz sigaretalar bo‘yicha — 2022-yil 1-apreldan;
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar bo‘yicha — 2023-yil 1-fevraldan boshlab markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
g) markirovkalanmagan tamaki mahsulotlarining qoldiqlari sotilishini (chakana savdoga) va (yoki) ularning uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha ko‘rsatilgan qoldiqlarni:
filtrli sigaretalar bo‘yicha — 2021-yil 1-oktabrga qadar;
filtrsiz sigaretalar bo‘yicha — 2022-yil 1-iyunga qadar;
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar bo‘yicha — 2023-yil 1-martga qadar sotuvdan chiqarilishini ta’minlaydi;
d) mahsulot aylanmasi bo‘yicha barcha harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni:
filtrli sigaretalar bo‘yicha — 2021-yil 1-yanvardan;
filtrsiz sigaretalar bo‘yicha — 2022-yil 1-iyundan;
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar bo‘yicha — 2023-yil 1-iyundan boshlab markirovkalash axborot tizimiga kiritadi”;
g) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Tamaki mahsulotlari aylanmasining chakana savdosini amalga oshiruvchi ishtirokchilar:
a) tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tamaki mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisi 2021-yil 31-martga qadar yoki 2021-yil 31-martdan keyin tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bilan bog‘liq faoliyat amalga oshirilishi zarurati paydo bo‘lgan kundan boshlab 7 kalendar kun davomida markirovkalash axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tadi;
a)1 boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tamaki mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisi 2023-yil 1-fevralga qadar yoki 2023-yil 1-fevraldan keyin tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bilan bog‘liq faoliyat amalga oshirilishi zarurati paydo bo‘lgan kundan boshlab 7 kalendar kun davomida markirovkalash axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tadi;
b) tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi tashkilotlaridan sotib olishga doir ma’lumotlarni:
filtrli sigaretalar bo‘yicha — 2022-yil 1-yanvardan;
filtrsiz sigaretalar bo‘yicha — 2022-yil 1-maydan;
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar bo‘yicha — 2023-yil 1-martdan boshlab markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
v) tamaki mahsulotlarining:
2021-yil 1-apreldan boshlab filtrli sigaretalar;
2022-yil 1-iyundan boshlab filtrsiz sigaretalar;
2023-yil 1-iyundan boshlab boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar chakana savdosi bo‘yicha ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
g) markirovkalanmagan tamaki mahsulotlarining qoldiqlari sotilishini (oxirgi iste’molchiga) va (yoki) ularning uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha ko‘rsatilgan:
2022-yil 1-yanvarga qadar filtrli sigaretalar;
2022-yil 1-dekabrga qadar filtrsiz sigaretalar;
2023-yil 1-oktabrga qadar boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar qoldiqlari sotuvdan chiqarilishini ta’minlaydi;
d) tamaki mahsulotlari:
2022-yil 1-yanvardan boshlab filtrli sigaretalar;
2022-yil 1-dekabrdan boshlab filtrsiz sigaretalar;
2023-yil 1-oktabrdan boshlab boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar aylanmasi bo‘yicha barcha harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi”;
d) quyidagi tahrirdagi 101-band qo‘shilsin:
“101. O‘zbekiston Respublikasi hududida boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalarni raqamli identifikatsiyalash vositalarini tushirmasdan hamda tamaki mahsulotlarining ko‘rsatilgan turlarini raqamli identifikatsiyalash vositalari bilan markirovkalash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga yubormasdan 2022-yil 1-oktabrdan boshlab ishlab chiqarish taqiqlanadi.
2022-yil 1-oktabrdan keyin ishlab chiqarilgan (olib kirilgan) tamaki mahsulotlarining ko‘rsatilgan turlarining chakana savdosiga faqat markirovkalash axborot tizimiga ularning chakana savdosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatish sharti bilan ruxsat etiladi.
2022-yil 1-oktabrga qadar ishlab chiqarilgan (olib kirilgan) tamaki mahsulotlarining ko‘rsatilgan turlari chakana savdosiga 2023-yil 1-oktabrga qadar ruxsat etiladi”;
e) 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. 1 (bir) hisobot davri (oyi) doirasida butun ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari bo‘yicha iste’mol va guruhlangan qadoqlarni agregatsiyalashning o‘rtacha samaradorligi quyidagilarni tashkil qilishi kerak:
a) filtrli sigaretalar uchun:
95 foizdan kam bo‘lmagan — 2021-yil 1-maydan boshlab;
99 foizdan kam bo‘lmagan — 2021-yil 1-iyuldan boshlab;
b) filtrsiz sigaretalar uchun:
95 foizdan kam bo‘lmagan — 2022-yil 1-apreldan boshlab;
99 foizdan kam bo‘lmagan — 2022-yil 1-iyundan boshlab;
v) boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar uchun:
95 foizdan kam bo‘lmagan — 2022-yil 1-dekabrdan boshlab;
99 foizdan kam bo‘lmagan — 2023-yil 1-fevraldan boshlab.
Bunda, guruhlangan qadoq ichida agregatsiyalanadigan ikkita iste’mol qadog‘idan va transport qadog‘i ichida ikkita guruhlangan qadoqdan oshmagan holda identifikatsiyalash kodi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmasligiga ruxsat etiladi.
Ushbu holatda agregatsiyalashni amalga oshiruvchi tamaki mahsulotlari aylanmasining ishtirokchisi agregatsiyalash boshlangan kundan 5 (besh) ish kuni davomida iste’mol qadoqlarini identifikatsiyalash kodlari va (yoki) agregatsiyalashda markirovkalash axborot tizimiga uzatilmagan guruhlangan qadoqlarni identifikatsiyalash kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 09/21/665/1008-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 26.12.2022-y., 07/22/455/1121-son)