30.10.2021 yildagi PQ-5270-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida xalqaro standartlarga mos uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jarayonini yo‘lga qo‘yish, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Turizm va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti etib qayta nomlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini (keyingi o‘rinlarda — Universitet) Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hamda ushbu sohalarni ilmiy va innovatsion tadqiq etish bo‘yicha ilmiy muassasaga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Shahrisabz, Marg‘ilon va Xiva turizm va servis kollejlari negizida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan Shahrisabz, Marg‘ilon va Xiva turizm va madaniy meros texnikumlarini (keyingi o‘rinlarda — Madaniy meros texnikumlari) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand turizm va servis texnikumini Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi hamda Buxoro turizm texnikumini Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi deb qayta nomlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizmni rivojlantirish instituti, Madaniy meros texnikumlari, Andijon, Zomin va Bo‘stonliq turizm va servis kollejlarini Turizm va sport vazirligi tuzilmasidan Universitet tuzilmasiga o‘tkazish;
(1-band “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 06/24/102/0541-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Toshkent turizm va servis kolleji negizida Universitetning Toshkent filialini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Universitetni Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand arxeologiya institutining ilmiy va innovatsion tadqiqotlar sohasidagi hamda metodik yo‘nalishlardagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “Ipak yo‘li” davlatlari tarixi, san’ati va sivilizatsiyalarini tadqiq va namoyish etish uchun Universitet huzurida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipak yo‘li” muzeyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipak yo‘li” san’at galereyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Vasiylik kengashining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Universitetning rektoriga Turizm qo‘mitasi bilan kelishgan holda:
(3-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutining tuzilmasi va nizomini tasdiqlash, shuningdek, boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini belgilash;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti direktorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;
(3-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xodimlarga ularning ish hajmi va samaradorligini hisobga olgan holda lavozim maoshining 200 foizigacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha oylik ustamalar belgilash huquqi beriladi.
(3-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har yili Universitetga Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar fuqarolariga magistraturada davlat granti asosida ta’lim olish uchun 100 ta o‘rin ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan mablag‘lardan mazkur mamlakatlar fuqarolariga iqtisodiy klass toifasidagi bir yilda bir marotaba bir martalik kelib-ketish avia chiptalarini xarid qilish, har oyda 500 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida stipendiya ajratish, yotoqxona xarajatlari uchun har oyiga 100 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida, O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, boy arxitekturasi, mahalliy urf-odatlari va an’analari bilan xorijiy talabalarni tanishtirish maqsadida bir yilda ikki marotaba O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga sayohat qilishi uchun 100 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablag‘ ajratiladi;
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti xodimlarining mehnatga haq to‘lash miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 366-son hamda 2021-yil 27-avgustdagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 545-son qarorlariga asosan belgilansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-sonli Farmoniga asosan “v” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Turizm va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Samarqand viloyati hokimligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga qarashli, Samarqand shahri, Maxmud Qoshg‘ariy ko‘chasi, 85/a-uy manzilida joylashgan, o‘quv jarayonida foydalanilmayotgan binoni “Ipak yo‘li” art-rezidensiyasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyati hokimligiga qarashli, Samarqand shahri, Nodirabegim ko‘chasi, 4a-uy manzilida joylashgan yotoqxona binosini Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Kinematografiya agentligi bilan birgalikda Samarqand shahri, Beruniy ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan sobiq kinoteatr binosini “Ipak yo‘li” san’at galereyasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul o‘tkazib berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Kinematografiya agentligi bir oy muddatda mazkur bandda keltirilgan bino va inshootlarni bepul o‘tkazib berish bo‘yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalaridagi istiqbolli mutaxassislar, ayniqsa pedagoglar, ilmiy kadrlar va restavratorlarni tanlash va ularning ta’lim olishini tashkil etish uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2022 — 2026-yillarda xorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik yo‘nalishlarida doktorantura (PhD) va magistraturada o‘qitish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) joriy qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur doirasida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarida ta’lim olishga yuborish “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xorijda ta’lim olish uchun nomzodlarni tanlab olish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur doirasida 50 nafar iqtidorli mutaxassislar, shu jumladan ularning 40 nafari magistratura bosqichida va 10 nafari doktorantura (PhD) bosqichida o‘qitiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur doirasida xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda tahsil olib, magistratura va doktoranturani bitirib qaytgan mutaxassislarga Turizm va sport vazirligining yo‘llanmasi asosida ta’lim muassasalari hamda madaniy meros va muzeyshunoslik sohalaridagi tashkilotlarda kamida 5 yil davomida uzluksiz faoliyat olib borish yoki xorijda ta’lim olish xarajatlarini 12 oy davomida ikki baravar miqdorda “El-yurt umidi” jamg‘armasiga qaytarish majburiyati yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Madaniy meros texnikumlari faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;

to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;

xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

b) Turizmni rivojlantirish instituti faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va inshootlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, Institut xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
(6-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil ishlarini amalga oshirishdan, shartnoma asosida bajariladigan ta’lim va boshqa xizmatlardan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti, “Ipak yo‘li” muzeyi, “Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi, “Ipak yo‘li” san’at galereyasi hamda Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazi faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil ishlarini amalga oshirishdan, shartnoma asosida bajariladigan xizmatlardan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Universitetning Toshkent filiali faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Turizm va sport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Universitet kutubxonasi, uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi texnikumlar va kollejlar hamda Turizmni rivojlantirish institutining laboratoriyasini zamonaviy uskunalar va butlovchi qismlar bilan jihozlash bo‘yicha taklif ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar Universitet huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti, “Ipak yo‘li” muzeyi, “Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi, “Ipak yo‘li” san’at galereyasi hamda Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2023-yil 1-mayga qadar Toshkent turizm va servis kolleji negizida Universitetning Toshkent filialini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 07/22/232/0378-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda Universitetning Toshkent filiali hamda mazkur qarorga muvofiq Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga berilayotgan bino va inshootlarning rekonstruksiya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti, “Ipak yo‘li” muzeyi, “Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi, “Ipak yo‘li” san’at galereyasi, Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazi, Universitetning Toshkent filiali va tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi texnikumlar va kollejlar hamda Turizmni rivojlantirish institutini saqlash xarajatlari uchun 2022-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida mablag‘ ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yildan 2026-yilga qadar har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasiga Dastur doirasida nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda doktorantura (PhD) va magistraturada o‘qitish uchun mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet professor-o‘qituvchilari, Turizmni rivojlantirish instituti xodimlarining yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malakasini oshirish va amaliyotini tashkil etishda, shuningdek, ilg‘or xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatishda Turizm va sport vazirligiga amaliy yordam ko‘rsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm va sport vazirligining buyurtmanomasiga ko‘ra Universitet, Madaniy meros texnikumlari va Turizmni rivojlantirish institutining ilmiy va o‘quv jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga, professor-o‘qituvchilarga va ilmiy xodimlarga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Turizm va sport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining tajribasini o‘rganib, kadrlar buyurtmachisi bo‘lgan tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar Madaniy meros texnikumlari hamda turizm va servis kollejlariga xorijiy hamkor tashkilotlarni jalb qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi mazkur qarorning maqsad va vazifalarini tushuntirish yuzasidan ommaviy axborot vositalarida maqolalar e’lon qilinishi va tematik ko‘rsatuvlar tashkil etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Turizm va sport vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib turizm va sport vazirining o‘rinbosari A.O‘. Akkulov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 30-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5270-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-son qaroriga
1-ILOVA

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti

Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi

Turizmni rivojlantirish instituti

Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi

“Ipak yo‘li” muzeyi

Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi

“Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi

Shahrisabz turizm va madaniy meros texnikumi

“Ipak yo‘li” san’at galereyasi

Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Toshkent filiali

Xiva turizm va madaniy meros texnikumi

Andijon turizm va servis kolleji

Samarqand arxeologiya instituti*

Bo‘stonliq turizm va servis kolleji

Zomin turizm va servis kolleji

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: * Universitet Samarqand arxeologiya institutining ilmiy va innovatsion tadqiqotlar sohasidagi hamda metodik yo‘nalishlardagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 06/24/102/0541-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-son qaroriga
2-ILOVA

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

Nazorat uchun mas’ullar

1.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga (keyingi o‘rinlarda — Universitet) qabul jarayonini respublika hududlari va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik Kengashiga a’zo mamlakatlar uchun alohida kvotalarni ajratgan holda belgilash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amalga oshirish shakli: tartib loyihasini ishlab chiqish.

2022-yil fevral

-

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)

2.

2022 — 2026-yillarda iqtidorli yoshlarni xorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik yo‘nalishlarida doktorantura (PhD) va magistraturada o‘qitish dasturi doirasida bir nomzodga ajratiladigan moliyaviy mablag‘larning miqdori va moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

Amalga oshirish shakli: Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2022-yil fevral

Davlat budjeti mablag‘lari

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Vasiylik kengashi,

Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)

3.

Universitetning o‘qituvchi, ilmiy xodim va mutaxassislariga samaradorlik va natijadorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) talablarini belgilash.

Amalga oshirish shakli: tartib loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

-

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)

4.

2022 — 2026-yillarda kamida 50 nafar iqtidorli yoshlarni rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarida doktorantura (PhD) va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash:

talabgorlarni tanlab olish tartibi;

xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarni tanlash, ularda talabgorlarning o‘qish jarayonlarini tashkil qilish, shuningdek, ushbu maqsadlarni moliyalashtirish tartibi;

mazkur dastur asosida tahsil olib qaytgan fuqarolarning mamlakatdagi faoliyati tartibini belgilash.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar.

2022-yil yanvar

-

Ishlab chiqish uchun — Vasiylik kengashi

Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, B. Musayev)

5.

Universitetda turizm, madaniy meros, arxeologiya va muzeyshunoslik sohalarida innovatsiyalarni yo‘lga qo‘yish, shu jumladan Samarqand arxeologiya instituti bilan hamkorlikda:

turizm, madaniy meros, arxeologiya va muzeyshunoslikni rivojlantirishning dolzarb muammolarini o‘rganish va tadqiq qilish;

turizm, madaniy meros, arxeologiya va muzeyshunoslik sohalarida mavjud muammolarni hal qilishning innovatsion yo‘llarini ishlab chiqish;

muzey rahbarlari hamda arxeolog va restavratorlarni qisqa muddatli kurslarda o‘qitish;

turizm, muzeylar ekspozitsiyasi va fondi, madaniy meros obyektlarini raqamlashtirishga ko‘maklashish va ushbu yo‘nalishlarda zamonaviy dasturiy ta’minotlardan foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar.

2022-yil mart

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)

6.

Turizm, mehmondo‘stlik va restoran biznesi yo‘nalishidagi oliy va professional ta’lim muassasalarining davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar.

2022-yil avgust

-

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)

7.

Universitetni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2022 — 2028-yillar davomida

-

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Vasiylik kengashi,

Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, B. Musayev)

8.

Universitetda ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarining tijoratlashtirish faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi.

2022-yil aprel

-

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Vasiylik kengashi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov),

Turizm va sport vazirligi (U. Azamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)

9.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi www.silkroadscience.uz internet portalini tashkil etish:

turizm, madaniy meros, muzeyshunoslik va arxeologiya sohalarida ilmiy-tadqiqot mavzulari ro‘yxatini shakllantirish;

turizm, madaniy meros, muzeyshunoslik va arxeologiya sohalarida tadqiqot olib borayotgan olimlar o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatish;

olimlar, izlanuvchilar va tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan ilmiy maqolalar, tezislar, ilmiy tadqiqot ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni doimiy joylashtirish.

Amalga oshirish shakli: internet portali tashkil etish.

2022-yil iyul

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)

10.

Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilish maqsadida Universitetning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqqan holda xalqaro ta’lim malaka standartlariga muvofiq o‘qitishning oltinchi va yettinchi darajalarini joriy etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar.

2022 — 2024-yillar davomida

-

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov),

Turizm va sport vazirligi (U. Azamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)

11.

Turizm va sport vazirligi qoshidagi ta’lim muassasalarida turizm sohasidagi nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari bilan birgalikda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etishni kengaytirish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar dasturi.

2022 — 2026-yillar davomida

-

Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)

12.

Universitet huzuridagi texnikumlarning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy ta’lim muassasalarining grant mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar.

2022 — 2024-yillar davomida

-

Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov, Z. Kazakov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)

14.

Turizm va sport vazirligi qoshidagi ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini, shu jumladan talabalar turar joylari, kutubxona, o‘quv laboratoriyalar, sport-sog‘lomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini zamon talablari asosida mustahkamlash.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar.

2022-yil may

Davlat budjeti mablag‘lari

Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, B. Musayev)

15.

Turizm va sport vazirligi qoshidagi ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar.

Doimiy

-

Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, J. Qo‘chqorov)

16.

Universitetda masofaviy ta’limni samarali yo‘lga qo‘yishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, ushbu jarayonni tashkil etish uchun zaruriy texnik va tashkiliy masalalarni hal etish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar dasturi.

2022-yil davomida

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov)

17.

Universite? huzurida falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Amalga oshirish shakli: Ilmiy kengash nizomini tasdiqlash.

2022-yil mart

-

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Vasiylik kengashi,

Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, B. Musayev)

18.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar oliy ta’lim muassasalari rektorlarining turizm, madaniy meros, arxeologiya va muzeyshunoslik bo‘yicha forumini o‘tkazish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar.

2022-yil avgust-sentabr

-

Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),

Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, B. Musayev)

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-son qaroriga
3-ILOVA

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Vasiylik kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

A.O‘. Aqqulov

Turizm qo‘mitasi raisi, Vasiylik kengashi raisi

B.G. Abdikarimov

Madaniy meros agentligi direktori, Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari

S.A. Sadullayev

iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari

S.B. Radjabov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari

B.A. Abduhalimov

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

F.K. Umarov

Samarqand shahar hokimi

Lavozimi bo‘yicha

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori, Vasiylik kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashi raisi Vasiylik kengashining tarkibiga yangi a’zolarni qo‘shimcha ravishda kiritish, shuningdek, boshqa vazirliklar va idoralarning ekspertlari va mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3815-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari “Turizm va sport vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “turizm” so‘zlaridan keyin “va madaniy meros” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 8-bandning “g” kichik bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 10, 17 va 20-bandlarning birinchi xatboshilaridagi hamda 25-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 15-bandning uchinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi huzuridagi Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 19-bandning uchinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari “Turizm va sport vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“27. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) 1 va 2-ilovalarning nomlanishidagi “turizm” so‘zlaridan keyin “va madaniy meros” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4755-son qarori 1-bandining “a” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son; 30.04.2022-y., 07/22/232/0378-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son; 23.07.2024-y., 06/24/102/0541-son; 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son; 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son; 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)