O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1993-1994 YILLARDA YaNGI YERLARNI O‘ZLAShTIRISh VA QADIMDAN SUG‘ORIB KELINAYOTGAN YERLARNI QAYTA TIKLASh YuZASIDAN KEChIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasida sug‘oriladigan yerlarni saqlab qolishga va aholi jon boshiga sug‘oriladigan ekin maydonlarning kamayib ketmasligiga nihoyatda muhim ahamiyat berib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida meloratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligining 1993-1994-yillarda yangi yerlarni o‘zlashtirish va qadimdan sug‘orilib kelinayotgan yerlarni qayta tiklash to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan kelishilgan takliflari 1-2-ilovalarga* muvofiq qabul qilinsin. Yangi sug‘oriladigan yerlarni o‘zlashtirish suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga mavjud suv resurslari doirasida amalga oshirilsin.
* Ilovalar rus tilidagi mantda berilgan.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari yangi sug‘oriladigan yerlarni o‘zlashtirish yuzasidan berilgan topshiriqqa muvofiq qisqa muddat ichida katta xarajatlarni talab qilmaydigan xo‘jalik ichki rezervlarini qishloq xo‘jaligi oborotiga kiritish imkoniyatini va maydonni belgilab chiqsinlar.
Suv xo‘jaligi tashkilotlariga belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun meliorativ jihatdan noqulay bo‘lgan zarur maydonlarni o‘z vaqtida ajratish ta’minlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolini belgilash va statistika davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, O‘zbekiston Respublikasi Meloratsiya va suv xo‘jaligi vazirligiga 1-bandda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratishni nazarda tutsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklatilsin. Bu ishlarning qanday amalga oshirilayotganligi 1993-yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha ko‘rib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-yanvar,
4-son