19.10.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3327
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻi, 19.10.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3327
Kuchga kirish sanasi
19.10.2021
Hujjat 28.12.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 19-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3327]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror N. YOʻLDOSHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 30-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-B-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh. SHARAXMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 30-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Dirktori D. LI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining raisi B. GULYAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 30-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 2-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri T. ISHMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 16-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A. ORTIQOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 2-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi DXX raisi A. AZIZOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 30-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. SADIKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 17-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 26-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2021-yil 30-iyuldagi 53-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud koʻchirishni taqiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining (bundan buyon matnda BMT Xavfsizlik Kengashi deb yuritiladi) tegishli rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyalarni toʻxtatib turish — mijozning pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni koʻchirish, konversiyalash, oʻzga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlari — BMT Xavfsizlik Kengashi va uning qoʻmitalari tomonidan tuziladigan, shu jumladan BMT Xavfsizlik Kengashining ISHID (DAISH) va “Al-Qoida” boʻyicha 1267, 1989 va 2253-rezolyutsiyalari asosida tashkil etilgan qoʻmitaning hamda “Tolibon” tashkiloti boʻyicha 1988 va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi boʻyicha 1718-rezolyutsiyalari asosida tashkil etilgan qoʻmitalarning terrorchilik faoliyatiga yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga aloqador boʻlgan shaxslarga nisbatan sanksiyalar qoʻllanilishi belgilangan jismoniy va yuridik shaxslar roʻyxatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari — BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan rezolyutsiyalar (1267 (1999), 1333 (2000), 1363 (2001), 1373 (2001), 1390 (2002), 1452 (2002), 1455 (2003), 1526 (2004), 1617 (2005), 1730 (2006), 1735 (2006),1822 (2008), 1904 (2009), 1988 (2011), 1989 (2011), 2161 (2014), 2170 (2014), 2178 (2014), 2253 (2015), 2368 (2017) va ularni rivojlantirishga qaratilgan rezolyutsiyalar) yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishga qaratilgan rezolyutsiyalar (1718 (2006), 1737 (2006), 1747 (2007), 1803 (2008), 1874 (2009), 1929 (2010), 2087 (2013), 2094 (2013), 2231 (2015), 2270 (2016), 2321 (2016), 2356 (2017), 2371 (2017), 2375 (2017), 2397 (2017) va ularni rivojlantirishga qaratilgan rezolyutsiyalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus vakolatli davlat organi — qonunchilik hujjatlariga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha belgilanadigan davlat organi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari, chet el fuqarolari va yuridik shaxslari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarga hamda ularning topshirigʻiga koʻra harakat qilayotgan shaxslarga, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxsga bevosita yoki bilvosita pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni taqdim etishi, moliyaviy va boshqa xizmatlar koʻrsatishi yoki bunday xizmatlardan foydalanishga ruxsat berishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya ishtirokchilarini terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslar bilan solishtirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turishi, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar mustasno, va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyishi, shuningdek shubhali operatsiya toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatini shakllantirish va ularni roʻyxatdan chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati (bundan buyon matnda Roʻyxat deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlaridan hamda xalqaro tashkilotlardan rasmiy kanallar orqali olingan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladi. Roʻyxat va uning shakli maxsus vakolatli davlat organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Roʻyxat quyidagi boʻlimlardan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari va xorijiy davlatlarning vakolatli organlarining maʼlumotlari asosida tuziladigan milliy roʻyxat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlardan olinadigan maʼlumotlar asosida tuziladigan xalqaro roʻyxat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shaxsni Roʻyxatga kiritish uchun quyidagilar asos boʻlib hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi sudining terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish bilan bogʻliq jinoyatni sodir etgan shaxsni aybdor deb topish haqidagi qonuniy kuchga kirgan hukmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi sudining tashkilotni terrorchilik tashkiloti deb topish va uni tugatish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatini taqiqlash toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tergovchi yoki prokurorning terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish bilan bogʻliq jinoyatni sodir etgan shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish bilan bogʻliq jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qidiruv, shu jumladan davlatlararo yoki xalqaro qidiruv eʼlon qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) jismoniy shaxs yoki tashkilot BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlari yoxud uning tegishli rezolyutsiyalariga kiritilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan xalqaro shartnomalar yoki oʻzarolik prinsipi asosida xorijiy davlatlarning terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning roʻyxatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan xalqaro shartnomalar yoki oʻzarolik prinsipi asosida xorijiy davlat sudining shaxsni terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish bilan bogʻliq jinoyatni sodir etishda aybdor deb topish haqidagi qonuniy kuchga kirgan hukmi, shuningdek tashkilotni terrorchilik tashkiloti deb topish va uni tugatish yoki faoliyatini taqiqlash toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan xalqaro shartnomalar yoki oʻzarolik prinsipi asosida xorijiy davlatlar vakolatli organlarining terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi soʻrovlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Roʻyxatni shakllantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni, ular olingan paytdan boshlab yoki shaxsni Roʻyxatga kiritish uchun asoslar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalarini ilova qilingan holda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlar qogʻoz yoki elektron koʻrinishdagi hujjat sifatida rasmiylashtiriladi hamda maxsus vakolatli davlat organiga shaxsan yoki maxsus moʻljallangan pochta aloqasi yoxud himoyalangan aloqa kanallari orqali taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimidan foydalangan holda ham olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Maxsus vakolatli davlat organi BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlari yoki tegishli rezolyutsiyalariga kiritilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni BMT Xavfsizlik Kengashining rasmiy veb-saytidan oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlari va tegishli rezolyutsiyalariga asosan shaxslarni Roʻyxatga kiritish va undan chiqarish maxsus vakolatli davlat organining qarori bilan tasdiqlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Roʻyxatga kiritiladigan shaxslarni identifikatsiya (verifikatsiya) qilish uchun maxsus vakolatli davlat organiga Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan quyidagi maʼlumotlar taqdim qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) taqdim qilinishi shart boʻlgan maʼlumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsga nisbatan — nomi va soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsga nisbatan — familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili (kun, oy, yil) va joyi, pasporti (identifikatsiya ID kartasi) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatining rekvizitlari, yashash joyi (roʻyxatdan oʻtish) manzili yoki turish joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qoʻshimcha maʼlumotlar, agarda mavjud boʻlsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsga nisbatan — davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning raqami, tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat turi, yuridik manzili, rahbar va taʼsischilari (mulkdorlar) toʻgʻrisidagi (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, yashash manzili) maʼlumot, banklardagi hisob raqamlari va mol-mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsga nisbatan — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (JSHSHIR), ish joyi va lavozimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agarda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa, davlat roʻyxatidan oʻtgan guvohnomasining raqami va faoliyat turi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agarda olingan maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa yoki noaniq boʻlsa maxsus vakolatli davlat organi qoʻshimcha maʼlumot olish uchun maʼlumotlar bazalaridan foydalanadi yoki Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vakolatli organlariga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari soʻrovni olgan kundan uch ish kuni davomida qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etadilar, bundan ularni taqdim etish uchun xorijiy davlatlarning vakolatli organlari yoki xalqaro tashkilotlarga murojaat qilish zarur boʻlgan holatlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Shaxslarni Roʻyxatga kiritishda qoʻshimcha maʼlumot olish zaruriyati boʻlsa, maxsus vakolatli davlat organi ushbu masala hal etilgunga qadar mazkur shaxslarning operatsiyalarini 30 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maxsus vakolatli davlat organi quyidagi muddatlarda Roʻyxatni shakllantiradi hamda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar BMT Xavfsizlik Kengashining rasmiy veb-saytidan olingan vaqtdan boshlab bir soat ichida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlaridan yoki xorijiy davlatlarning vakolatli organlaridan kelib tushgan yoxud “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimidan olingan vaqtdan boshlab darhol, biroq ish kuni tugamasdan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni Roʻyxatdan chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Shaxslarni Roʻyxatdan chiqarish BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlari yoki tegishli rezolyutsiyalaridan chiqarilishi toʻgʻrisida BMT Xavfsizlik Kengashining rasmiy veb-saytidan olingan maʼlumotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari, xorijiy davlatlar vakolatli organlarining murojaatlari, “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimidan olingan maʼlumotlar hamda Roʻyxatga kiritish uchun asos boʻlgan maʼlumotlarni tekshirish natijalari boʻyicha yoki sudning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi murojaat maxsus vakolatli davlat organiga Roʻyxatdan chiqarish uchun asos boʻluvchi maʼlumotlar olingan yoki aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Shaxslarni Roʻyxatdan chiqarish uchun quyidagilar asos boʻlib hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi sudining terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish bilan bogʻliq jinoyatni sodir etishda ayblangan (sudlangan) shaxsga nisbatan chiqarilgan qonuniy kuchga kirgan oqlov hukmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi sudining tashkilotni terrorchilik tashkiloti deb topish va uni tugatish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatini taqiqlash toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish bilan bogʻliq jinoyatni sodir etgan shaxs tayinlangan jazo muddatini oʻtab boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish bilan bogʻliq jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi hamda 84-moddasi birinchi qismi 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra jinoyat ishi tugatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) jismoniy shaxs yoki tashkilot BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlari yoxud tegishli rezolyutsiyalaridan chiqarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) shaxsni Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi xorijiy davlat vakolatli organining rasmiy xabari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) xorijiy davlat sudining terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish bilan bogʻliq jinoyatni sodir etishda sudlangan shaxsga nisbatan chiqarilgan qonuniy kuchga kirgan oqlov hukmi, shuningdek tashkilotni terrorchilik tashkiloti deb topish va uni tugatish yoki faoliyatini taqiqlash haqidagi qarorni bekor qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) xorijiy davlat vakolatli organining terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi soʻrovi chaqirib olinishi yoki bekor qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) shaxsning vafot etganlik holatini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Roʻyxatni doimiy ravishda yangilab borish maqsadida maxsus vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda shaxsni Roʻyxatga kiritish uchun asos boʻlgan maʼlumotlarni har yili kamida bir marotaba tekshirib (solishtirib) boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Shaxslarni Roʻyxatga kiritish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jismoniy yoki yuridik shaxs Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlarining maʼlumotlari asosida Roʻyxatga adashib kiritilganligi yoki ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra Roʻyxatdan chiqarilmaganlik holatlari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organiga asoslantirilgan ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Maxsus vakolatli davlat organi arizani oʻzi koʻrib chiqadi yoki arizani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan shaxsni Roʻyxatga kiritish uchun maʼlumoti asos boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vakolatli organiga uni koʻrib chiqish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani qabul qilgan organ uni yetti ish kuni davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi (bundan qaror qabul qilish uchun xorijiy davlatlar vakolatli organlariga yoxud xalqaro tashkilotlarga soʻrovlar yuborish zarur boʻlgan holatlar mustasno):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsni Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida taklif kiritish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Maxsus vakolatli davlat organi arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha yoki Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organining javob xatini olgan kundan ikki ish kunidan kechiktirmasdan qabul qilingan qaror haqida arizachini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jismoniy yoki yuridik shaxs arizani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jismoniy yoki yuridik shaxs xorijiy davlatlarning vakolatli organlaridan yoki xalqaro tashkilotlardan olinadigan maʼlumotlar asosida Roʻyxatga kiritilishi ustidan quyidagi tashkilot va organlarga shikoyat qilishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlari yoki tegishli rezolyutsiyalariga asosan kiritilganlik holat boʻyicha BMT Xavfsizlik Kengashining 1730 (2006) rezolyutsiyasiga asosan tuzilgan Aloqa markaziga yoki BMT Xavfsizlik Kengashining 1904 (2009) rezolyutsiyasiga asosan taʼsis etilgan Ombudsman Devonxonasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatning terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatlari asosida Roʻyxatga kiritilgan holat boʻyicha xorijiy davlatning vakolatli organiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsni Roʻyxatga kiritish uchun asos boʻlgan xorijiy davlat sudining hukmi yoki qarori ustidan yuqori turuvchi sudiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsni Roʻyxatga kiritish uchun asos boʻlgan operatsiyalarni toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida soʻrovni yuborgan xorijiy davlatning vakolatli organiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Roʻyxatni pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga yetkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Maxsus vakolatli davlat organi Roʻyxatni shakllantirgan yoki unga tegishli oʻzgartirishlar kiritgandan soʻng bir soat ichida oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirish yoki elektron aloqa kanallari orqali yuborish yoʻli bilan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, maxsus vakolatli davlat organi Roʻyxatni boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar Roʻyxat maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida yangilanganligini yoki elektron aloqa kanali orqali kelib tushganligini kuzatib borishlari hamda mazkur jarayonga masʼul boʻlgan xodimni (tarmoqni) belgilashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning masʼul xodimi (tarmogʻi) Roʻyxat maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan yoki elektron aloqa kanallari orqali kelib tushgan paytdan boshlab uch soat ichida Roʻyxatni ushbu tashkilotning tegishli xodimlariga (tarmoqlariga), shu jumladan mijozlar bilan bevosita ishlaydigan xodimlarga (tarmoqlarga) yuborilishini va (yoki) undan foydalanish imkoniyatini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari va mijozlarning benefitsiar mulkdorlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari, shuningdek ishga solmay toʻxtatib qoʻyilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni aniqlash maqsadida muntazam ravishda (Roʻyxat yangilangan har bir holatda, lekin kamida uch oyda bir marotaba) mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlarining maʼlumotlari bazalarini monitoring qilib borishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining identifikatsion maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelganligini, shuningdek Roʻyxatga kiritilgan shaxsning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkini aniqlagan taqdirda kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan operatsiyani amalga oshirishni toʻxtatib turadi (bundan jismoniy yoki yuridik shaxs hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish operatsiyalari mustasno) va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Quyidagi holatlarda ham operatsiya toʻxtatib turilishi, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk ishga solmay toʻxtatib qoʻyilishi shart, agarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya qatnashchilaridan biri Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga asosan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa yoxud nazorati ostida boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya qatnashchisi boʻlgan yuridik shaxs Roʻyxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk Roʻyxatga kiritilgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita tegishli yoxud nazorati ostida boʻlgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkidan foydalanish natijasida olingan yoxud sotib olingan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalari toʻxtatilgan va (yoki) pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan holatlar boʻyicha ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mulkning summasini koʻrsatgan holda bir ish kunidan kechiktirmasdan shubhali operatsiya toʻgʻrisida, shuningdek bu borada koʻrilgan barcha choralar hamda mazkur operatsiyani amalga oshirishga qaratilgan urinishlar haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Toʻxtatib turilgan operatsiyalarni tiklash, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyishni bekor qilish va ulardan foydalanishga ruxsat berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Quyidagi holatlarda toʻxtatib turilgan operatsiyalar tiklanadi hamda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs Roʻyxatdan chiqarilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyasi toʻxtatib turilgan va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulki ishga solinmay toʻxtatib qoʻyilgan shaxs Roʻyxatga kiritilgan shaxs bilan bir xildagi identifikatsion maʼlumotlarga ega boʻlsa (bundan buyon matnda “yanglishish holati” deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Roʻyxatga kiritilgan shaxs bilan bir xildagi identifikatsion maʼlumotlarga ega boʻlgan shaxs toʻxtatib turilgan operatsiyalarini tiklash va (yoki) pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyishni bekor qilish yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga yozma murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatga shaxsning toʻliq identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan hamda u Roʻyxatga kiritilgan shaxs emasligini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa maʼlumotlar ilova qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Maxsus vakolatli davlat organi murojaatni uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va operatsiya ishtirokchisi Roʻyxatga kiritilgan shaxs emasligi va bu shaxs bilan bir xildagi identifikatsion maʼlumotlarga ega ekanligi tasdiqlansa, bu haqda arizachini va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar taqdim qilingan maʼlumotlar shaxsni toʻliq identifikatsiya (verifikatsiya) qilish imkonini bermasa, maxsus vakolatli davlat organi murojaat kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida arizachiga asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot quyidagi maʼlumotni olgan kunning oʻzida, lekin keyingi ish kunidan kechiktirmasdan toʻxtatilgan operatsiyani tiklaydi va (yoki) pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyishni bekor qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs Roʻyxatdan chiqarib tashlanganligi toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yanglishish holati”ni tasdiqlash haqidagi maxsus vakolatli davlat organining xabarnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Quyidagi maqsadlarda Roʻyxatga kiritilgan shaxs yoki operatsiyaning boshqa ishtirokchisi ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish uchun pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotga murojaat qilishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlarni xarid qilish, turar joy ijarasi, ipoteka krediti, kommunal toʻlovlar, tibbiy xizmat, soliqlar va yigʻimlar, sugʻurta toʻlovlari, oʻrtacha bozor narxi chegarasida advokatlar xizmati va yuridik maslahatlar, bank hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatish yoki mulkni saqlash bilan bogʻliq joriy toʻlov va yigʻimlarni toʻlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) favquloddagi xarajatlarni toʻlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) BMT Xavfsizlik Kengashining 1718 (2006), 1737 (2006), 2231 (2015) rezolyutsiyalari va ularni rivojlantirishga qaratilgan rezolyutsiyalarda nazarda tutilgan holatlar uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatga toʻlov maqsadi, summasi va asosi, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulki boʻyicha qaysi mulkidan foydalanishga ruxsat berish, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni oluvchining rekvizitlari va identifikatsion maʼlumotlari, pul mablagʻlari oluvchining banki toʻgʻrisidagi maʼlumotlari ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot bunday murojaatni olgan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan uni maxsus vakolatli davlat organiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi murojaat kelib tushganidan keyin maxsus vakolatli davlat organi ikki ish kuni mobaynida quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) murojaatni koʻrib chiqish uchun maʼlumoti shaxsni Roʻyxatga kiritish uchun asos boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga yuborish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, maʼlumoti shaxsni Roʻyxatga kiritish uchun asos boʻlgan organ yetti ish kuni davomida (Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vakolatli organlaridan maʼlumot olish yoki xorijiy davlatlar vakolatli organlariga yoxud xalqaro tashkilotlarga soʻrovlar yuborish zaruriyati boʻlgan holatlar mustasno) murojaatni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror haqida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shaxs BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlari yoki tegishli rezolyutsiyalari yoxud xorijiy davlatlar vakolatli organlarining soʻrovlari asosida Roʻyxatga kiritilgan boʻlsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur murojaatni koʻrib chiqish uchun BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari asosida BMT Xavfsizlik Kengashi yoki uning tegishli qoʻmitasiga yuborish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuborish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrov yuborgan xorijiy davlat vakolatli organiga ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berish masalasini kelishish uchun xabarnoma yuborish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vakolatli davlat organi qabul qilingan qaror haqida ikki ish kunidan kechiktirmasdan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlari yoki tegishli rezolyutsiyalari asosida Roʻyxatga kiritilgan shaxsga ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanishga ruxsat quyidagi holatlarda berilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu Nizomning 32-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan maqsadlar uchun ruxsat olish toʻgʻrisidagi murojaat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashi yoki uning tegishli qoʻmitasiga yetkazilganligi va BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalarining boshqa talablariga rioya etilganligi sharti bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu Nizomning 32-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan maqsadlar uchun faqat BMT Xavfsizlik Kengashi yoki uning tegishli qoʻmitasining roziligi haqidagi diplomatik kanallar orqali olingan tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ushbu Nizomning 32-bandi “v” kichik bandida koʻrsatilgan maqsadlar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining 1718 (2006), 1737 (2006), 2231 (2015) rezolyutsiyalari va ularni rivojlantirishga qaratilgan rezolyutsiyalarning talablariga rioya etgan holda (shu jumladan, shaxs Roʻyxatga kiritilgunga qadar tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilganda, agarda shartnoma (bitim) har qanday taqiqlangan buyumlar, materiallar, uskunalar, tovarlar, texnologiyalar, yordam koʻrsatish, oʻqitish, moliyaviy koʻmak berish, investitsiyalash, brokerlik faoliyati yoki BMT Xavfsizlik Kengashining 2231 (2015) rezolyutsiyasi va uni rivojlantirishga qaratilgan rezolyutsiyalarda qayd etilgan xizmatlar bilan bogʻliq boʻlmagan, shuningdek toʻlov BMT Xavfsizlik Kengashining 2231 (2015) rezolyutsiyasida koʻrsatilgan choralar tatbiq etiladigan shaxs tomonidan bevosita yoki bilvosita olinmagan hamda BMT Xavfsizlik Kengashiga belgilangan muddatlarda bunday toʻlovlarni olish yoki yuborish yoxud zarur boʻlgan hollarda ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisida xabar yuborilgan holatlarda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berilgan operatsiya, shu jumladan, uni amalga oshirishga urinish holatlari ham shubhali operatsiyalar deb topiladi hamda bunday operatsiyalar haqida bir ish kunidan kechiktirmasdan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Operatsiyalarni toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish masalalariga doir xalqaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Xorijiy davlatlar vakolatli organlarining soʻrovlarini ijro etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Xorijiy davlat vakolatli organining terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etish yoki ishtirok etishda gumon qilish bilan bogʻliq sanksiyalar ostiga tushadigan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi soʻrovida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etishiga yoki ishtirok etishda gumon qilinishiga asos boʻluvchi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalarida belgilangan sanksiyalarni qoʻllash uchun asos boʻlgan mezonlarga toʻgʻri kelishi haqida maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar uchun ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Taqdim etilgan maʼlumotlar toʻliq boʻlmagan yoki noaniq boʻlgan holatlarda maxsus vakolatli davlat organi qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olish uchun tegishli xorijiy davlat vakolatli organiga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Maxsus vakolatli davlat organi xorijiy davlat vakolatli organining soʻrovini bir ish kuni davomida koʻrib chiqadi va natijasi boʻyicha shaxsni Roʻyxatga kiritish yoki Roʻyxatga kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda bu toʻgʻrisida soʻrov tashabbuskorini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Operatsiyalarni toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish haqida soʻrov ijrosi maxsus vakolatli davlat organining vakolat doirasiga kirmasa, uni ijro etish uchun vakolatli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlat organiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Xorijiy davlat vakolatli organining soʻrovini ijro etish imkoni boʻlmagan taqdirda, maʼlumot va hujjatlar soʻrov tashabbuskoriga ijro etishga toʻsqinlik qiluvchi sabablar koʻrsatilgan holda qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Xorijiy davlat vakolatli organining soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga zid boʻlsa yoki uning ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti yoki xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa ijro etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xorijiy davlatlar vakolatli organlariga va xalqaro tashkilotlarga soʻrovlar yuborish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlari yoki maxsus vakolatli davlat organining xorijiy davlatlar vakolatli organlariga shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida yuboriladigan soʻrovlari BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga koʻra ushbu shaxslar terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etishiga yoki ishtirok etishda gumon qilinishiga asos boʻluvchi asoslantirilgan va yetarli maʼlumotlarni, shuningdek imkoni boricha koʻproq identifikatsion va boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlariga kiritish uchun takliflar yuborishga masʼul boʻlgan davlat organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlariga kiritilishi lozim boʻlgan shaxslarni aniqlash va identifikatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari yoki maxsus vakolatli davlat organi bilan hamkorlikda, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga koʻra va tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari yoki maxsus vakolatli davlat organi BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlariga kiritilishi lozim boʻlgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlagan yoki olgan taqdirda, bunday maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlariga kiritilishi lozim boʻlgan shaxslarni aniqlash va identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari, maxsus vakolatli davlat organi hamda boshqa davlat organlaridan soʻrab olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻralgan maʼlumotlar uch ish kuni davomida taqdim etiladi, bundan ularni taqdim etish uchun xorijiy davlatlarning vakolatli organlari yoki xalqaro tashkilotlarga murojaat qilish zarur boʻlgan holatlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga koʻra shaxslar terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etishiga yoki ishtirok etishda gumon qilinishiga asos boʻluvchi asoslantirilgan va yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlganda, mazkur shaxslarni BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlariga kiritish uchun takliflar yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Davlat xavfsizlik xizmati BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlariga kiritilishi lozim boʻlgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni BMT Xavfsizlik Kengashi yoki uning tegishli qoʻmitasiga koʻrib chiqish uchun yuborish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Ushbu Nizomning 48-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etishda BMT Xavfsizlik Kengashi va uning qoʻmitalari tomonidan belgilangan shakllar toʻldirilgan hamda maʼlumotlarni yuborish tartib-taomillariga rioya etilgan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda quyidagi maʼlumotlar taqdim etilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsni BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlariga kiritishni asoslovchi barcha zaruriy maʼlumotlar hamda shaxsni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi aniq va ishonchli maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsni BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlariga kiritilgan shaxslar bilan aloqadorligi toʻgʻrisidagi, shuningdek tegishli takliflar Oʻzbekiston Respublikasi nomidan kiritilganligini oshkor etish yoki etmaslik mumkinligi haqidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Shaxsni BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlaridan chiqarish uchun takliflar kiritish BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari va qoʻmitalarining tegishli hujjatlarida (boshqaruv prinsiplarida) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari yoki maxsus vakolatli davlat organi BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlariga kiritilgan shaxs vafot etganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni olgan taqdirda, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatini xabardor qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlariga kiritilgan shaxs sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilingan yoki vakolatli organ tomonidan oʻlimi qayd etilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali BMT Xavfsizlik Kengashi yoki uning tegishli qoʻmitasini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlariga kiritilgan shaxs vafot etgan taqdirda uning qonuniy vorislari uni BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy roʻyxatlaridan chiqarish uchun BMT Xavfsizlik Kengashining 1730 (2006) rezolyutsiyasiga asosan tuzilgan Aloqa markaziga yoki 1904 (2009) rezolyutsiyasi bilan taʼsis etilgan Ombudsman Devonxonasiga murojaat etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida shaxsni BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyaviy roʻyxatlaridan chiqarish tartib-taomillari bilan tanishish imkonini beruvchi BMT Xavfsizlik Kengashi rasmiy veb-saytining tegishli boʻlimlari havolasi joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Maxsus vakolatli davlat organi tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazorat yuklatilgan boshqa organlar bilan hamkorlikda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Operatsiyalarni toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish natijasida mulkiy zarar koʻrgan jismoniy va yuridik shaxslar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish chorasi qoʻllanilgan shaxsga nisbatan ushbu zararni qoplash daʼvosi bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Maxsus vakolatli davlat organi zarur hollarda terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, operatsiyalarni tiklash, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berish va boshqa masalalar boʻyicha tushuntirishlar taqdim etadi hamda ularni jismoniy va yuridik shaxslar, xususan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga, shu jumladan oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Markaziy banki, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2021-y., 10/21/3327/0979-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)