19.10.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3327
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻi, 19.10.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3327
Kuchga kirish sanasi
19.10.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 19-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3327]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror N. YO‘LDOSHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 30-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-B-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Sh. SHARAXMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 30-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Dirktori D. LI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining raisi B. GULYAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 30-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 2-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri T. ISHMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 16-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A. ORTIQOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 2-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi DXX raisi A. AZIZOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 30-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. SADIKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 17-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 26-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2021-yil 30-iyuldagi 53-B-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish — pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni o‘tkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud ko‘chirishni taqiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining (bundan buyon matnda BMT Xavfsizlik Kengashi deb yuritiladi) tegishli rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyalarni to‘xtatib turish — mijozning pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ko‘chirish, konversiyalash, o‘zga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqnomalari ijrosini to‘xtatib turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlari — BMT Xavfsizlik Kengashi va uning qo‘mitalari tomonidan tuziladigan, shu jumladan BMT Xavfsizlik Kengashining ISHID (DAISH) va “Al-Qoida” bo‘yicha 1267, 1989 va 2253-rezolyutsiyalari asosida tashkil etilgan qo‘mitaning hamda “Tolibon” tashkiloti bo‘yicha 1988 va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bo‘yicha 1718-rezolyutsiyalari asosida tashkil etilgan qo‘mitalarning terrorchilik faoliyatiga yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga aloqador bo‘lgan shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi belgilangan jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari — BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan rezolyutsiyalar (1267 (1999), 1333 (2000), 1363 (2001), 1373 (2001), 1390 (2002), 1452 (2002), 1455 (2003), 1526 (2004), 1617 (2005), 1730 (2006), 1735 (2006),1822 (2008), 1904 (2009), 1988 (2011), 1989 (2011), 2161 (2014), 2170 (2014), 2178 (2014), 2253 (2015), 2368 (2017) va ularni rivojlantirishga qaratilgan rezolyutsiyalar) yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishga qaratilgan rezolyutsiyalar (1718 (2006), 1737 (2006), 1747 (2007), 1803 (2008), 1874 (2009), 1929 (2010), 2087 (2013), 2094 (2013), 2231 (2015), 2270 (2016), 2321 (2016), 2356 (2017), 2371 (2017), 2375 (2017), 2397 (2017) va ularni rivojlantirishga qaratilgan rezolyutsiyalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus vakolatli davlat organi — qonunchilik hujjatlariga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha belgilanadigan davlat organi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari, chet el fuqarolari va yuridik shaxslari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarga hamda ularning topshirig‘iga ko‘ra harakat qilayotgan shaxslarga, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxsga bevosita yoki bilvosita pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni taqdim etishi, moliyaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatishi yoki bunday xizmatlardan foydalanishga ruxsat berishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya ishtirokchilarini terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar bilan solishtirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib turishi, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalar mustasno, va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yishi, shuningdek shubhali operatsiya to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatini shakllantirish va ularni ro‘yxatdan chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxati (bundan buyon matnda Ro‘yxat deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlaridan hamda xalqaro tashkilotlardan rasmiy kanallar orqali olingan ma’lumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladi. Ro‘yxat va uning shakli maxsus vakolatli davlat organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ro‘yxat quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari va xorijiy davlatlarning vakolatli organlarining ma’lumotlari asosida tuziladigan milliy ro‘yxat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlardan olinadigan ma’lumotlar asosida tuziladigan xalqaro ro‘yxat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shaxsni Ro‘yxatga kiritish uchun quyidagilar asos bo‘lib hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi sudining terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish bilan bog‘liq jinoyatni sodir etgan shaxsni aybdor deb topish haqidagi qonuniy kuchga kirgan hukmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi sudining tashkilotni terrorchilik tashkiloti deb topish va uni tugatish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tergovchi yoki prokurorning terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish bilan bog‘liq jinoyatni sodir etgan shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish bilan bog‘liq jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qidiruv, shu jumladan davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e’lon qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) jismoniy shaxs yoki tashkilot BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlari yoxud uning tegishli rezolyutsiyalariga kiritilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan xalqaro shartnomalar yoki o‘zarolik prinsipi asosida xorijiy davlatlarning terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning ro‘yxatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan xalqaro shartnomalar yoki o‘zarolik prinsipi asosida xorijiy davlat sudining shaxsni terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish bilan bog‘liq jinoyatni sodir etishda aybdor deb topish haqidagi qonuniy kuchga kirgan hukmi, shuningdek tashkilotni terrorchilik tashkiloti deb topish va uni tugatish yoki faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan xalqaro shartnomalar yoki o‘zarolik prinsipi asosida xorijiy davlatlar vakolatli organlarining terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi so‘rovlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ro‘yxatni shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni, ular olingan paytdan boshlab yoki shaxsni Ro‘yxatga kiritish uchun asoslar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini ilova qilingan holda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’lumotlar qog‘oz yoki elektron ko‘rinishdagi hujjat sifatida rasmiylashtiriladi hamda maxsus vakolatli davlat organiga shaxsan yoki maxsus mo‘ljallangan pochta aloqasi yoxud himoyalangan aloqa kanallari orqali taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimidan foydalangan holda ham olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Maxsus vakolatli davlat organi BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlari yoki tegishli rezolyutsiyalariga kiritilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni BMT Xavfsizlik Kengashining rasmiy veb-saytidan oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlari va tegishli rezolyutsiyalariga asosan shaxslarni Ro‘yxatga kiritish va undan chiqarish maxsus vakolatli davlat organining qarori bilan tasdiqlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ro‘yxatga kiritiladigan shaxslarni identifikatsiya (verifikatsiya) qilish uchun maxsus vakolatli davlat organiga O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan quyidagi ma’lumotlar taqdim qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) taqdim qilinishi shart bo‘lgan ma’lumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsga nisbatan — nomi va soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsga nisbatan — familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili (kun, oy, yil) va joyi, pasporti (identifikatsiya ID kartasi) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatining rekvizitlari, yashash joyi (ro‘yxatdan o‘tish) manzili yoki turish joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qo‘shimcha ma’lumotlar, agarda mavjud bo‘lsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsga nisbatan — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning raqami, tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat turi, yuridik manzili, rahbar va ta’sischilari (mulkdorlar) to‘g‘risidagi (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, yashash manzili) ma’lumot, banklardagi hisob raqamlari va mol-mulki to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsga nisbatan — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (JSHSHIR), ish joyi va lavozimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agarda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, davlat ro‘yxatidan o‘tgan guvohnomasining raqami va faoliyat turi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agarda olingan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa yoki noaniq bo‘lsa maxsus vakolatli davlat organi qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ma’lumotlar bazalaridan foydalanadi yoki O‘zbekiston Respublikasining tegishli vakolatli organlariga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari so‘rovni olgan kundan uch ish kuni davomida qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etadilar, bundan ularni taqdim etish uchun xorijiy davlatlarning vakolatli organlari yoki xalqaro tashkilotlarga murojaat qilish zarur bo‘lgan holatlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Shaxslarni Ro‘yxatga kiritishda qo‘shimcha ma’lumot olish zaruriyati bo‘lsa, maxsus vakolatli davlat organi ushbu masala hal etilgunga qadar mazkur shaxslarning operatsiyalarini 30 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maxsus vakolatli davlat organi quyidagi muddatlarda Ro‘yxatni shakllantiradi hamda unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar BMT Xavfsizlik Kengashining rasmiy veb-saytidan olingan vaqtdan boshlab bir soat ichida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlaridan yoki xorijiy davlatlarning vakolatli organlaridan kelib tushgan yoxud “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimidan olingan vaqtdan boshlab darhol, biroq ish kuni tugamasdan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni Ro‘yxatdan chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Shaxslarni Ro‘yxatdan chiqarish BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlari yoki tegishli rezolyutsiyalaridan chiqarilishi to‘g‘risida BMT Xavfsizlik Kengashining rasmiy veb-saytidan olingan ma’lumotlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari, xorijiy davlatlar vakolatli organlarining murojaatlari, “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimidan olingan ma’lumotlar hamda Ro‘yxatga kiritish uchun asos bo‘lgan ma’lumotlarni tekshirish natijalari bo‘yicha yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni Ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi murojaat maxsus vakolatli davlat organiga Ro‘yxatdan chiqarish uchun asos bo‘luvchi ma’lumotlar olingan yoki aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Shaxslarni Ro‘yxatdan chiqarish uchun quyidagilar asos bo‘lib hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi sudining terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish bilan bog‘liq jinoyatni sodir etishda ayblangan (sudlangan) shaxsga nisbatan chiqarilgan qonuniy kuchga kirgan oqlov hukmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi sudining tashkilotni terrorchilik tashkiloti deb topish va uni tugatish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish bilan bog‘liq jinoyatni sodir etgan shaxs tayinlangan jazo muddatini o‘tab bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish bilan bog‘liq jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi hamda 84-moddasi birinchi qismi 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra jinoyat ishi tugatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) jismoniy shaxs yoki tashkilot BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlari yoxud tegishli rezolyutsiyalaridan chiqarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) shaxsni Ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi xorijiy davlat vakolatli organining rasmiy xabari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) xorijiy davlat sudining terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish bilan bog‘liq jinoyatni sodir etishda sudlangan shaxsga nisbatan chiqarilgan qonuniy kuchga kirgan oqlov hukmi, shuningdek tashkilotni terrorchilik tashkiloti deb topish va uni tugatish yoki faoliyatini taqiqlash haqidagi qarorni bekor qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) xorijiy davlat vakolatli organining terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi so‘rovi chaqirib olinishi yoki bekor qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) shaxsning vafot etganlik holatini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ro‘yxatni doimiy ravishda yangilab borish maqsadida maxsus vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda shaxsni Ro‘yxatga kiritish uchun asos bo‘lgan ma’lumotlarni har yili kamida bir marotaba tekshirib (solishtirib) boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Shaxslarni Ro‘yxatga kiritish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jismoniy yoki yuridik shaxs O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlarining ma’lumotlari asosida Ro‘yxatga adashib kiritilganligi yoki ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra Ro‘yxatdan chiqarilmaganlik holatlari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organiga asoslantirilgan ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Maxsus vakolatli davlat organi arizani o‘zi ko‘rib chiqadi yoki arizani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan shaxsni Ro‘yxatga kiritish uchun ma’lumoti asos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining tegishli vakolatli organiga uni ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani qabul qilgan organ uni yetti ish kuni davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi hamda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi (bundan qaror qabul qilish uchun xorijiy davlatlar vakolatli organlariga yoxud xalqaro tashkilotlarga so‘rovlar yuborish zarur bo‘lgan holatlar mustasno):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsni Ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida taklif kiritish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Maxsus vakolatli davlat organi arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organining javob xatini olgan kundan ikki ish kunidan kechiktirmasdan qabul qilingan qaror haqida arizachini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jismoniy yoki yuridik shaxs arizani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jismoniy yoki yuridik shaxs xorijiy davlatlarning vakolatli organlaridan yoki xalqaro tashkilotlardan olinadigan ma’lumotlar asosida Ro‘yxatga kiritilishi ustidan quyidagi tashkilot va organlarga shikoyat qilishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlari yoki tegishli rezolyutsiyalariga asosan kiritilganlik holat bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining 1730 (2006) rezolyutsiyasiga asosan tuzilgan Aloqa markaziga yoki BMT Xavfsizlik Kengashining 1904 (2009) rezolyutsiyasiga asosan ta’sis etilgan Ombudsman Devonxonasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatning terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatlari asosida Ro‘yxatga kiritilgan holat bo‘yicha xorijiy davlatning vakolatli organiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsni Ro‘yxatga kiritish uchun asos bo‘lgan xorijiy davlat sudining hukmi yoki qarori ustidan yuqori turuvchi sudiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsni Ro‘yxatga kiritish uchun asos bo‘lgan operatsiyalarni to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida so‘rovni yuborgan xorijiy davlatning vakolatli organiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ro‘yxatni pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga yetkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Maxsus vakolatli davlat organi Ro‘yxatni shakllantirgan yoki unga tegishli o‘zgartirishlar kiritgandan so‘ng bir soat ichida o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtirish yoki elektron aloqa kanallari orqali yuborish yo‘li bilan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, maxsus vakolatli davlat organi Ro‘yxatni boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar Ro‘yxat maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida yangilanganligini yoki elektron aloqa kanali orqali kelib tushganligini kuzatib borishlari hamda mazkur jarayonga mas’ul bo‘lgan xodimni (tarmoqni) belgilashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning mas’ul xodimi (tarmog‘i) Ro‘yxat maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan yoki elektron aloqa kanallari orqali kelib tushgan paytdan boshlab uch soat ichida Ro‘yxatni ushbu tashkilotning tegishli xodimlariga (tarmoqlariga), shu jumladan mijozlar bilan bevosita ishlaydigan xodimlarga (tarmoqlarga) yuborilishini va (yoki) undan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari va mijozlarning benefitsiar mulkdorlarini Ro‘yxat bilan solishtirishlari, shuningdek ishga solmay to‘xtatib qo‘yilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni aniqlash maqsadida muntazam ravishda (Ro‘yxat yangilangan har bir holatda, lekin kamida uch oyda bir marotaba) mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlarining ma’lumotlari bazalarini monitoring qilib borishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining identifikatsion ma’lumotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to‘liq mos kelganligini, shuningdek Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkini aniqlagan taqdirda kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan operatsiyani amalga oshirishni to‘xtatib turadi (bundan jismoniy yoki yuridik shaxs hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish operatsiyalari mustasno) va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Quyidagi holatlarda ham operatsiya to‘xtatib turilishi, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk ishga solmay to‘xtatib qo‘yilishi shart, agarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya qatnashchilaridan biri Ro‘yxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirig‘iga asosan faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk to‘liq yoki qisman Ro‘yxatga kiritilgan shaxsga tegishli bo‘lsa yoxud nazorati ostida bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya qatnashchisi bo‘lgan yuridik shaxs Ro‘yxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita tegishli yoxud nazorati ostida bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkidan foydalanish natijasida olingan yoxud sotib olingan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalari to‘xtatilgan va (yoki) pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan holatlar bo‘yicha ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mulkning summasini ko‘rsatgan holda bir ish kunidan kechiktirmasdan shubhali operatsiya to‘g‘risida, shuningdek bu borada ko‘rilgan barcha choralar hamda mazkur operatsiyani amalga oshirishga qaratilgan urinishlar haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. To‘xtatib turilgan operatsiyalarni tiklash, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yishni bekor qilish va ulardan foydalanishga ruxsat berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Quyidagi holatlarda to‘xtatib turilgan operatsiyalar tiklanadi hamda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs Ro‘yxatdan chiqarilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyasi to‘xtatib turilgan va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulki ishga solinmay to‘xtatib qo‘yilgan shaxs Ro‘yxatga kiritilgan shaxs bilan bir xildagi identifikatsion ma’lumotlarga ega bo‘lsa (bundan buyon matnda “yanglishish holati” deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ro‘yxatga kiritilgan shaxs bilan bir xildagi identifikatsion ma’lumotlarga ega bo‘lgan shaxs to‘xtatib turilgan operatsiyalarini tiklash va (yoki) pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yishni bekor qilish yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga yozma murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatga shaxsning to‘liq identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan hamda u Ro‘yxatga kiritilgan shaxs emasligini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa ma’lumotlar ilova qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Maxsus vakolatli davlat organi murojaatni uch ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi va operatsiya ishtirokchisi Ro‘yxatga kiritilgan shaxs emasligi va bu shaxs bilan bir xildagi identifikatsion ma’lumotlarga ega ekanligi tasdiqlansa, bu haqda arizachini va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar taqdim qilingan ma’lumotlar shaxsni to‘liq identifikatsiya (verifikatsiya) qilish imkonini bermasa, maxsus vakolatli davlat organi murojaat kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida arizachiga asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot quyidagi ma’lumotni olgan kunning o‘zida, lekin keyingi ish kunidan kechiktirmasdan to‘xtatilgan operatsiyani tiklaydi va (yoki) pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yishni bekor qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs Ro‘yxatdan chiqarib tashlanganligi to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yanglishish holati”ni tasdiqlash haqidagi maxsus vakolatli davlat organining xabarnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Quyidagi maqsadlarda Ro‘yxatga kiritilgan shaxs yoki operatsiyaning boshqa ishtirokchisi ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotga murojaat qilishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlarni xarid qilish, turar joy ijarasi, ipoteka krediti, kommunal to‘lovlar, tibbiy xizmat, soliqlar va yig‘imlar, sug‘urta to‘lovlari, o‘rtacha bozor narxi chegarasida advokatlar xizmati va yuridik maslahatlar, bank hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish yoki mulkni saqlash bilan bog‘liq joriy to‘lov va yig‘imlarni to‘lash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) favquloddagi xarajatlarni to‘lash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) BMT Xavfsizlik Kengashining 1718 (2006), 1737 (2006), 2231 (2015) rezolyutsiyalari va ularni rivojlantirishga qaratilgan rezolyutsiyalarda nazarda tutilgan holatlar uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatga to‘lov maqsadi, summasi va asosi, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulki bo‘yicha qaysi mulkidan foydalanishga ruxsat berish, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni oluvchining rekvizitlari va identifikatsion ma’lumotlari, pul mablag‘lari oluvchining banki to‘g‘risidagi ma’lumotlari ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot bunday murojaatni olgan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan uni maxsus vakolatli davlat organiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi murojaat kelib tushganidan keyin maxsus vakolatli davlat organi ikki ish kuni mobaynida quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) murojaatni ko‘rib chiqish uchun ma’lumoti shaxsni Ro‘yxatga kiritish uchun asos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga yuborish to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ma’lumoti shaxsni Ro‘yxatga kiritish uchun asos bo‘lgan organ yetti ish kuni davomida (O‘zbekiston Respublikasining tegishli vakolatli organlaridan ma’lumot olish yoki xorijiy davlatlar vakolatli organlariga yoxud xalqaro tashkilotlarga so‘rovlar yuborish zaruriyati bo‘lgan holatlar mustasno) murojaatni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror haqida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shaxs BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlari yoki tegishli rezolyutsiyalari yoxud xorijiy davlatlar vakolatli organlarining so‘rovlari asosida Ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur murojaatni ko‘rib chiqish uchun BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari asosida BMT Xavfsizlik Kengashi yoki uning tegishli qo‘mitasiga yuborish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuborish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
so‘rov yuborgan xorijiy davlat vakolatli organiga ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berish masalasini kelishish uchun xabarnoma yuborish to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vakolatli davlat organi qabul qilingan qaror haqida ikki ish kunidan kechiktirmasdan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlari yoki tegishli rezolyutsiyalari asosida Ro‘yxatga kiritilgan shaxsga ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkdan foydalanishga ruxsat quyidagi holatlarda berilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu Nizomning 32-bandi “a” kichik bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun ruxsat olish to‘g‘risidagi murojaat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashi yoki uning tegishli qo‘mitasiga yetkazilganligi va BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalarining boshqa talablariga rioya etilganligi sharti bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu Nizomning 32-bandi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun faqat BMT Xavfsizlik Kengashi yoki uning tegishli qo‘mitasining roziligi haqidagi diplomatik kanallar orqali olingan tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ushbu Nizomning 32-bandi “v” kichik bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining 1718 (2006), 1737 (2006), 2231 (2015) rezolyutsiyalari va ularni rivojlantirishga qaratilgan rezolyutsiyalarning talablariga rioya etgan holda (shu jumladan, shaxs Ro‘yxatga kiritilgunga qadar tuzilgan shartnoma bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilganda, agarda shartnoma (bitim) har qanday taqiqlangan buyumlar, materiallar, uskunalar, tovarlar, texnologiyalar, yordam ko‘rsatish, o‘qitish, moliyaviy ko‘mak berish, investitsiyalash, brokerlik faoliyati yoki BMT Xavfsizlik Kengashining 2231 (2015) rezolyutsiyasi va uni rivojlantirishga qaratilgan rezolyutsiyalarda qayd etilgan xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, shuningdek to‘lov BMT Xavfsizlik Kengashining 2231 (2015) rezolyutsiyasida ko‘rsatilgan choralar tatbiq etiladigan shaxs tomonidan bevosita yoki bilvosita olinmagan hamda BMT Xavfsizlik Kengashiga belgilangan muddatlarda bunday to‘lovlarni olish yoki yuborish yoxud zarur bo‘lgan hollarda ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida xabar yuborilgan holatlarda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berilgan operatsiya, shu jumladan, uni amalga oshirishga urinish holatlari ham shubhali operatsiyalar deb topiladi hamda bunday operatsiyalar haqida bir ish kunidan kechiktirmasdan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Operatsiyalarni to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish masalalariga doir xalqaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Xorijiy davlatlar vakolatli organlarining so‘rovlarini ijro etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Xorijiy davlat vakolatli organining terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etish yoki ishtirok etishda gumon qilish bilan bog‘liq sanksiyalar ostiga tushadigan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi so‘rovida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etishiga yoki ishtirok etishda gumon qilinishiga asos bo‘luvchi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalarida belgilangan sanksiyalarni qo‘llash uchun asos bo‘lgan mezonlarga to‘g‘ri kelishi haqida ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar uchun ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Taqdim etilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmagan yoki noaniq bo‘lgan holatlarda maxsus vakolatli davlat organi qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olish uchun tegishli xorijiy davlat vakolatli organiga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Maxsus vakolatli davlat organi xorijiy davlat vakolatli organining so‘rovini bir ish kuni davomida ko‘rib chiqadi va natijasi bo‘yicha shaxsni Ro‘yxatga kiritish yoki Ro‘yxatga kiritishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda bu to‘g‘risida so‘rov tashabbuskorini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Operatsiyalarni to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish haqida so‘rov ijrosi maxsus vakolatli davlat organining vakolat doirasiga kirmasa, uni ijro etish uchun vakolatli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining tegishli davlat organiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Xorijiy davlat vakolatli organining so‘rovini ijro etish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ma’lumot va hujjatlar so‘rov tashabbuskoriga ijro etishga to‘sqinlik qiluvchi sabablar ko‘rsatilgan holda qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Xorijiy davlat vakolatli organining so‘rovi O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lsa yoki uning ijrosi O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti yoki xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa ijro etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xorijiy davlatlar vakolatli organlariga va xalqaro tashkilotlarga so‘rovlar yuborish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlari yoki maxsus vakolatli davlat organining xorijiy davlatlar vakolatli organlariga shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida yuboriladigan so‘rovlari BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga ko‘ra ushbu shaxslar terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etishiga yoki ishtirok etishda gumon qilinishiga asos bo‘luvchi asoslantirilgan va yetarli ma’lumotlarni, shuningdek imkoni boricha ko‘proq identifikatsion va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlariga kiritish uchun takliflar yuborishga mas’ul bo‘lgan davlat organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlariga kiritilishi lozim bo‘lgan shaxslarni aniqlash va identifikatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari yoki maxsus vakolatli davlat organi bilan hamkorlikda, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga ko‘ra va tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari yoki maxsus vakolatli davlat organi BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlariga kiritilishi lozim bo‘lgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlagan yoki olgan taqdirda, bunday ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlariga kiritilishi lozim bo‘lgan shaxslarni aniqlash va identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari, maxsus vakolatli davlat organi hamda boshqa davlat organlaridan so‘rab olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘ralgan ma’lumotlar uch ish kuni davomida taqdim etiladi, bundan ularni taqdim etish uchun xorijiy davlatlarning vakolatli organlari yoki xalqaro tashkilotlarga murojaat qilish zarur bo‘lgan holatlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga ko‘ra shaxslar terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etishiga yoki ishtirok etishda gumon qilinishiga asos bo‘luvchi asoslantirilgan va yetarli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, mazkur shaxslarni BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlariga kiritish uchun takliflar yuborish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Davlat xavfsizlik xizmati BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlariga kiritilishi lozim bo‘lgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni BMT Xavfsizlik Kengashi yoki uning tegishli qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun yuborish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Ushbu Nizomning 48-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etishda BMT Xavfsizlik Kengashi va uning qo‘mitalari tomonidan belgilangan shakllar to‘ldirilgan hamda ma’lumotlarni yuborish tartib-taomillariga rioya etilgan bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda quyidagi ma’lumotlar taqdim etilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsni BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlariga kiritishni asoslovchi barcha zaruriy ma’lumotlar hamda shaxsni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi aniq va ishonchli ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsni BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlariga kiritilgan shaxslar bilan aloqadorligi to‘g‘risidagi, shuningdek tegishli takliflar O‘zbekiston Respublikasi nomidan kiritilganligini oshkor etish yoki etmaslik mumkinligi haqidagi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Shaxsni BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlaridan chiqarish uchun takliflar kiritish BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari va qo‘mitalarining tegishli hujjatlarida (boshqaruv prinsiplarida) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari yoki maxsus vakolatli davlat organi BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlariga kiritilgan shaxs vafot etganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni olgan taqdirda, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatini xabardor qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlariga kiritilgan shaxs sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilingan yoki vakolatli organ tomonidan o‘limi qayd etilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali BMT Xavfsizlik Kengashi yoki uning tegishli qo‘mitasini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlariga kiritilgan shaxs vafot etgan taqdirda uning qonuniy vorislari uni BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyaviy ro‘yxatlaridan chiqarish uchun BMT Xavfsizlik Kengashining 1730 (2006) rezolyutsiyasiga asosan tuzilgan Aloqa markaziga yoki 1904 (2009) rezolyutsiyasi bilan ta’sis etilgan Ombudsman Devonxonasiga murojaat etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida shaxsni BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyaviy ro‘yxatlaridan chiqarish tartib-taomillari bilan tanishish imkonini beruvchi BMT Xavfsizlik Kengashi rasmiy veb-saytining tegishli bo‘limlari havolasi joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Maxsus vakolatli davlat organi tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazorat yuklatilgan boshqa organlar bilan hamkorlikda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Operatsiyalarni to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish natijasida mulkiy zarar ko‘rgan jismoniy va yuridik shaxslar pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish chorasi qo‘llanilgan shaxsga nisbatan ushbu zararni qoplash da’vosi bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Maxsus vakolatli davlat organi zarur hollarda terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, operatsiyalarni tiklash, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berish va boshqa masalalar bo‘yicha tushuntirishlar taqdim etadi hamda ularni jismoniy va yuridik shaxslar, xususan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga, shu jumladan o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Markaziy banki, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2021-y., 10/21/3327/0979-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)