16.10.2021 yildagi PQ-5260-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda Toshkent metropoliteni infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha yer osti va yer usti metro yo‘nalishlari hamda metropoliten bekatlari barpo etib kelinmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Metropoliten harakat tarkibini yangilash maqsadida to‘qqizta yangi to‘rt vagonli metro poyezdlari xarid qilindi hamda 23 ta to‘rt vagondan iborat metro poyezdlari kapital ta’mirlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yunusobod yo‘nalishida uzunligi 2,9 km bo‘lgan yer osti metropoliten liniyasi hamda “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari barpo etildi, yer usti halqa metropoliten liniyasining I-bosqich — 11,7 km uzunlikdagi 7 ta bekatdan iborat bo‘lgan qismi hamda 6,2 km uzunlikdagi Sergeli yer usti metropoliten liniyasining 5 ta bekati foydalanishga topshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016 — 2021-yillarda amalga oshirilgan ishlar natijasida metropoliten liniyasining umumiy uzunligi 38 km dan 59 km ga, bekatlar soni 29 tadan 43 taga yetkazildi, Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar tashish quvvati 2016-yilga nisbatan 2 barobarga oshib, kunlik yo‘lovchi tashish 160 ming yo‘lovchidan 360 ming yo‘lovchiga yetkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida yer usti halqa metropoliten liniyasining II-bosqich — 13 km uzunlikdagi 7 ta bekatdan iborat “Qo‘yliq — Qipchoq” uchastkasida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent metropolitenida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, yo‘lovchilar tashishni boshqarishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, metropoliten infratuzilmasini saqlash va undan foydalanish ishlarini samarali tashkil etish hamda Toshkent metropoliteni faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Toshkent metropoliteni” UKni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidan 2021-yil 1-oktabr holatiga bo‘lgan davlat ulushini kamaytirish hisobiga balans qiymatida Transport vazirligi tizimiga o‘tkazish hamda “Toshkent metropoliteni” UK tashkiliy-huquqiy shaklini davlat unitar korxonasiga o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Metropoliten faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilg‘or xorijiy tajriba asosida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda harakat tarkibini bosqichma-bosqich yangilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda jarayonlarni raqamli boshqarish tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metropolitenda xavfsizlik tizimini takomillashtirish orqali yo‘lovchilar va harakat xavfsizligi darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metropoliten ommabopligini oshirish maqsadida yer usti yo‘lovchilar tashish transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini metropoliten tarmog‘i bilan integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlik, shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablari doirasida metropoliten hududida xizmat ko‘rsatish, savdo va reklama faoliyati tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy bilimga ega professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish orqali sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2023-yillarda Toshkent metropolitenida yo‘lovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent metropoliteni faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023 — 2025-yillarda Toshkent metropoliteni faoliyatini yanada takomillashtirish dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent metropoliteni” DUK boshlig‘i va boshlig‘i o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va uning tarkibiy bo‘linmalari hamda “Toshkent metropoliteni” DUK o‘rtasida beg‘araz tarzda ko‘rsatiladigan mol-mulk va homiylik ko‘rinishidagi yordamlar soliq solish obyekti sifatida hisobga olinmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etilayotgan “Toshkent metropoliteni” DUK “Toshkent metropoliteni” UKning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida yer usti metropoliteni qurilishi ishlarining yakunlangan qismlari davlat qabul komissiyasining dalolatnomasiga asosan “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan qabul qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Toshkent metropoliteni” DUKga 2024-yil 1-yanvarga qadar metro vagonlari, metropoliten ekspluatatsiya ehtiyojlari uchun zarur bo‘ladigan asbob-uskunalar, ehtiyot va butlovchi qismlarni yetkazib berish haqidagi import shartnomalarini “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan o‘tkazgan hamda kontrakt tuzilganligi to‘g‘risidagi axborotni maxsus axborot portaliga joylashtirgan holda, ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi takliflarini tanlab olish yo‘li bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Toshkent metropoliteni” DUK 2024-yil 1-yanvarga qadar respublikada ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha import tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Transport vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda “Toshkent metropoliteni” DUKning mavjud asosiy vositalarini xatlovdan o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev) Transport vazirligi (Maxkamov) bilan birgalikda metropoliten ommabopligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-iyulga qadar 7 ta metro bekatida (Beruniy, Chorsu, Paxtakor, Olmazor, Turkiston, Qo‘yliq bozori, Chilonzor) transport o‘tish bog‘lamalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-oktabrga qadar Toshkent shahriga kirib keluvchi yo‘lovchi transport vositalari uchun 6 ta metro bekati (Turkiston, Yunusobod, Chilonzor va yer usti halqa liniyasining 3, 4 va 5-bekati) atrofida avtoturargohlar tashkil etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJ da zamonaviy metro vagonlari va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Transport vazirligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metro vagonlarini xarid qilish uchun jalb qilingan kreditlarni o‘rnatilgan tartibda “Toshkent metropoliteni” DUKga qarz oluvchi sifatida qayta rasmiylashtirsin. Bunda, Moliya vazirligi kredit majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan berilgan davlat kafolatlarini qayta rasmiylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent metropoliteni yer usti va yer osti liniyalari qurilishi loyihalarini amalga oshirish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan jalb etilgan kreditlarning va ular bo‘yicha berilgan davlat kafolatlarining “Toshkent metropoliteni” DUKga qarz oluvchi sifatida qayta rasmiylashtirilishi bo‘yicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Transport vazirligi “Toshkent metropoliteni” DUK bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar metropoliten yo‘nalishlarida differensial to‘lov tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Transport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilar bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “Toshkent metropoliteni” DUK boshlig‘ining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga yuqori malakali xorijiy mutaxassisni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda “Toshkent metropoliteni” DUK faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish uchun ilg‘or xorijiy tajribaga ega konsultantlarni jalb qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent metropoliteni” DUKning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Toshkent metropoliteni faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metropolitendan foydalanishda yo‘lovchilar va metropoliten xodimlarining huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi Toshkent metropolitenidan foydalanish qoidalarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Transport vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvardan boshlab metropoliten yo‘nalishlari (ularning qurilishi bo‘yicha ma’lumotlar), bekatlar (ular atrofida joylashgan obyektlar va jamoat transporti yo‘nalishlari), poyezdlar harakati jadvali, elektron to‘lov hamda boshqa ma’lumot va xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi mobil ilovani ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2022-yil 1-aprelga qadar yer usti halqa metro bekati yo‘nalishida yo‘lovchilar uchun bepul WI-FI tizimi bilan bog‘lash va yer osti metro bekatlarida mobil aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Transport vazirligi Qurilish vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar metropoliten bekatlari arxitektura qiyofasi holatini saqlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va transport vaziri I.R. Maxkamov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini har oy muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 16-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5260-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-oktabrdagi PQ-5260-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2023-yillarda Toshkent metropolitenida yo‘lovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan birinchi navbatdagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

O‘lchov birligi

Miqdori

Umumiy qiymati,

(ming doll.)*

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. 2021-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar

1.

Metro vagonlarining aravachalari ramalarini almashtirish.

dona

60

3400,0

Davlat budjeti
mablag‘lari

2021-yil
15-noyabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

2.

Birlashgan nimstansiyalar uchun akkumulyator batareyalarini nisbatan tejamkor turiga almashtirish.

komplekt

15

842,0

Davlat budjeti
mablag‘lari

2021-yil
20-dekabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

3.

Ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan foydalanish muddati (24 yil) tugaganligi sababli DTM-0,17 — 1000 rusumidagi drossel-transformatorni almashtirish.

dona

104

520,0

Davlat budjeti
mablag‘lari

2021-yil
15-noyabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

4.

Poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi g‘ildirak juftliklarini sotib olish.

dona

300

300,0

Davlat budjeti
mablag‘lari

2021-yil
20-dekabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

5.

Metro vagonlarimotor-kompressorlarining DK-410 rusumli elektrodvigatellarini almashtirish.

dona

15

1 500,0

Davlat budjeti
mablag‘lari

2021-yil
1-dekabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

6.

Metro vagonlarining EK-4B rusumli motor-kompressorini almashtirish.

dona

50

200,0

Davlat budjeti mablag‘lari

2021-yil
1-noyabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

Jami

6 762,0

II. 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar

7.

Metro vagonlarining aravachalari ramalarini almashtirish.

dona

60

3400,0

Davlat budjeti
mablag‘lari

2022-yil
15-noyabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

8.

Metro vagonlarining DK-410 rusumli elektrodvigatel motor-kompressorini almashtirish.

dona

15

1 500,0

Davlat budjeti
mablag‘lari

2022-yil
1-dekabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

9.

Harakat tarkibidagi radioaloqa vositasini (dispetcher-mashinist) almashtirish.

dona

15

340,0

Davlat budjeti mablag‘lari

2022-yil
20-dekabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

10.

Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda poyezdlar harakati oraliq vaqtini qisqartirish uchun yangi harakat tarkiblarini (56 ta vagon) xarid qilish.

to‘rt vagondan iborat harakat tarkib

14

88 200,0

Xorijiy moliya institutlari mablag‘lari

2022-yil
1-dekabr

Transport vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Moliya vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

11.

Tungi vaqtdagi texnologik ishlarni bajarish uchun zamonaviy motodrezinalar xarid qilish.

dona

2

800,0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘lari

2022-yil
1-avgust

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

12.

Poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida Chilonzor yo‘nalishida releli dispetcherlik markazlashtirish tizimini modernizatsiya qilish orqali 5 ta punktda mikroprotsessorlik markazlashtirish tizimini (MPS) tashkil etish.

dona

5

8 200,0

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

2022-yil
1-sentabr

Transport vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

13.

Xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan SP-6 BM, SP-6M rusumli strelkali elektr o‘tkazgichlarini almashtirish

dona

44

44,0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘lari

2022-yil
1-iyul

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

Transport vazirligi,

“Toshkent metropoliteni” DUK

14.

Metro vagoni g‘ildiraklarini charxlash uchun TS912F3 rusumli tokarlik dastgohini xarid qilish.

dona

1

650,0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘lari

2022-yil
1-aprel

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

Transport vazirligi,

“Toshkent metropoliteni” DUK

Jami

103 134,0

III. 2023-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar

15.

Xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan eskalatorlarni almashtirish

dona

6

900,0

Davlat budjeti mablag‘lari

2023-yil
1-avgust

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

16.

Xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan 1/9 rusumli R-50 tipidagi strelka o‘tkazgichlarni almashtirish.

komplekt

16

280,0

Davlat budjeti mablag‘lari

2023-yil
1-iyul

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

17.

Yunusobod yo‘nalishining nimstansiyalarida teleboshqaruv tizimini o‘rnatish va ishga tushirish.

dona

6

297,0

Davlat budjeti mablag‘lari

2023-yil
1-iyul

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

18.

Ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan foydalanish muddati (24 yil) tugaganligi sababli DTM-0,17 — 1000 rusumidagidrossel-transformatorini almashtirish.

dona

96

480,0

Davlat budjeti
mablag‘lari

2023-yil
10-fevral

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

Jami

1 957,0

Hammasi

111 853,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ushbu ko‘rsatkichlarga loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish bo‘yicha tender savdolari natijalariga ko‘ra o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-oktabrdagi PQ-5260-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent metropoliteni faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlantirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ullar

I. Metropoliten harakat tarkibini yangilash

1.

Xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan 10 ta harakat tarkibini (40 ta vagon) modernizatsiya qilish.

1. “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ bilan muzokaralar o‘tkazish.

2021-yil oktabr

“Toshkent metropoliteni DUK (Usmonov),

Transport vazirligi (Maxkamov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Xasilov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Boboyev),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. O‘rnatilgan tartibda shartnomalarni imzolash.

2021-yil noyabr

3. Respublika investitsiya dasturiga kiritish.

2021-yil dekabr

4. Moliyalashtirib borish.

2022-yil fevral

5. Metro vagonlarini modernizatsiya qilish va foydalanishga topshirish.

2022-yil noyabr

2.

Harakat tarkibi uchun 10 ta yangi oraliq vagonlarni ishlab chiqarish.

1. “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ bilan muzokaralar o‘tkazish.

2021-yil oktabr

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov),

Transport vazirligi (Maxkamov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Xasilov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Boboyev),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. O‘rnatilgan tartibda shartnomalarni imzolash.

2021-yil noyabr

3. Respublika Investitsiya dasturiga kiritish.

2021-yil dekabr

4. Moliyalashtirib borish.

2022-yil fevral

5. Yangi metro vagonlarini ishlab chiqarish va foydalanishga topshirish.

2022-yil davomida bosqichma-bosqich

II. Metropoliten infratuzilmasini yangilash

3.

Toshkent metropolitenining 7 ta metro bekatida (Beruniy, Chorsu, Paxtakor, Olmazor, Turkiston, Qo‘yliq bozori, Chilonzor) transport o‘tish bog‘lamalarini tashkil etish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Qurish ishlarini olib borish.

3. Foydalanishga topshirish.

2021-2022 yy.

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev),

“Toshshahartransxizmat” AJ (Djurayev)

4.

Toshkent viloyatidan kirib keluvchi yo‘lovchi transport vositalari uchun 6 ta metro bekati (Turkiston, Yunusobod, Chilonzor va yer usti halqa metropoliten liniyasining 3, 4 va 5-bekati) atrofida avtoturargohlar tashkil etish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Qurish ishlarini olib borish.

3. Foydalanishga topshirish.

2021-2022 yy.

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev),

“Toshshahartransxizmat” AJ (Djurayev)

5.

Metropoliten bekatlarida yo‘lovchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida qo‘shimcha yangi 80 ta turniket o‘rnatish.

1. Texnik shartlarni ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda kelishish.

2. O‘rnatilgan tartibda shartnomalarni imzolash.

3. Yangi turniketlarni xarid qilish va o‘rnatish.

2021-yil dekabr

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov)

6.

Metro bekatlariga yo‘l ko‘rsatkichlarni zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich almashtirish.

1. Metro bekatlariga yo‘l ko‘rsatkichlarni almashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2. Tegishli ishlarni amalga oshirish va moliyalashtirish.

2021-yil dekabr

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov)

7.

Metropolitenda xizmatlar sifatini takomillashtirish.

1. Yangi qurilgan 12 ta yer usti bekatida Wi-Fi tizimini ishga tushirish.

2. Yer osti bekatlarida boshqa mobil operatorlar xizmatlarini tashkil etish.

2021yil dekabr

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov)

III. “Toshkent metropoliteni” DUK xavfsizlik tizimlarini yangilash

8.

Yer usti halqa metropoliten liniyasining II-bosqichi estakada osti va bekatlarini videokuzatuv kameralari bilan jihozlash.

1. Videokuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash.

2021-yil oktabr

Toshkent metropoliteni DUK (Usmonov),

O‘zbekiston temir yo‘llari AJ (Xasilov),

“Boshtransloyiha AJ (Ruziyev),

pudrat tashkilotlari,

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov)

2. Videokuzatuv jihozlarini o‘rnatilgan tartibda xarid qilish.

2022-yil fevral

3. Videokuzatuv kameralari o‘rnatish.

2022-yil noyabr

9.

Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan “Situatsion markaz”ga yangi qurilgan metropoliten liniyalaridan (yer usti halqa liniyasi, Sergeli, Yunusobod yo‘li II-bosqich) optik tolali aloqani o‘tkazish.

1. Optik tolali aloqani o‘tkazish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash.

2021-yil oktabr

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Xasilov),

Boshtransloyiha AJ (Ruziyev),

pudrat tashkilotlari,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Boboyev),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. Optik tolali aloqa jihozlarini o‘rnatilgan tartibda xarid qilish.

2022-yil fevral

3. Optik tolali aloqani o‘tkazish.

2022-yil noyabr

10.

Yer usti halqa va Sergeli metropoliten liniyalari oraliqlarini maxsus evakuatsion narvonlar bilan jihozlash.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2021-yiloktabr

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Xasilov),

“Boshtransloyiha” AJ (Ruziyev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Boboyev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev),

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov)

2. Evakuatsion narvonlarni o‘rnatilgan tartibda xarid qilish.

2022-yilfevral

3. Yer usti halqa va Sergeli metropoliten liniyalari oraliqlarini evakuatsion narvonlar bilan jihozlash.

2022-yil noyabr

11.

Metropolitenning kirish-chiqish va o‘tish yo‘llarida zamonaviy videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish.

1. Videokuzatuv moslamalarini o‘rnatilgan tartibda xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish hamda ishlarni tashkillashtirish.

2021-yil noyabr

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev),

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov)

2. Toshkent shahar hokimligi tomonidan videokuzatuv moslamalari xarid qilinishini o‘rnatilgan tartibda moliyalashtirish.

2022-yil aprel

3. Videokuzatuv moslamalarini bosqichma-bosqich o‘rnatish.

2022-yil noyabr

IV. Metropoliten xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash

12.

“Toshkent metropoliteni” DUK hisobidan doimiy ravishda ishchi xodimlarning Toshkent davlat transport universitetida sirtqi ta’lim shaklida tahsil olishlarini tashkil etish.

1. “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan ijobiy tavsifnoma asosida ishchi xodimlarning ro‘yxatini shakllantirish.

2. Toshkent davlat transport universiteti bilan o‘rnatilgan tartibda shartnoma tuzish.

Doimiy ravishda

Transport vazirligi (Maxkamov),

Transport universiteti (Abduraxmonov),

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov)

V. “Toshkent metropoliteni” DUK moliyaviy holatini yaxshilash

13.

Toshkent metropoliteni daromadlarini yo‘lovchi tashish, reklama, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati orqali oshirib borish.

1. Yo‘lovchi tashish xizmatlari hajmini oshirib borish choralarini ko‘rish.

2. Reklama, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish.

2021-2022 yy.

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov)

VI. “Toshkent metropoliteni” DUK faoliyatini raqamlashtirish

14.

Metropoliten bekatlarida transport kartalari va bir martalik QR kodli chiptalarni sotishga mo‘ljallangan 40 ta infokiosklarni o‘rnatish.

1. Texnik shartlarni ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda kelishish.

2021-yil noyabr

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov)

2. O‘rnatilgan tartibda shartnomalarni imzolash.

2022-yil yanvar

3. Infokiosklarni metro bekatlarida o‘rnatish.

2022-yil mart

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-oktabrdagi PQ-5260-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023 — 2025-yillarda Toshkent metropoliteni faoliyatini yanada takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomi

O‘lchov birligi

soni

Qiymati,
ming doll

shu jumladan, yillar kesimida (ta)

har birining narxi

jami

2023-yil

2024-yil

2025-yil

I. Asosiy uzellar, agregatlar, ehtiyot qismlar va materiallar, metropoliten vagonlarini
kapital hamda joriy ta’mirlash uchun jihozlarni xarid qilish

1.1.

Metropolitenda tungi vaqtda xo‘jalik ishlarini bajaruvchi va yuk tortuvchi AGM rusumidagi drezina

dona

4

550,0

2 200,0

2

2

1.2.

Metro vagoniga o‘rnatiladigan DK-410 rusumli motor-kompressor elektrodvigatelining yakori

dona

30

0,07

2,1

10

10

10

1.3.

Metro vagonidagi eshik havo taqsimlagichi (085 rusumli)

dona

48

0,02

1,0

16

16

16

1.4.

Metro vagonidagi to‘xtatuvchi yig‘ma havo taqsimlash qurilmasi (337 rusumli)

dona

36

0,30

10,8

12

12

12

1.5.

Metro vagonini o‘zaro bog‘laydigan mexani?m

dona

75

0,02

1,5

25

25

25

1.6.

Metro vagonini yoritish tizimi uchun 52NK80 rusumidagi akkumulyator batareyalari

dona

12 000

0,15

1 800,0

4 000

4 000

4 000

1.7.

Mashinist tomonidan poyezdni to‘xtatadigan 013 rusumli moslama

dona

12

0,25

3,0

4

4

4

Jami

4 018,4

II. Signallashtirish, aloqa xizmati qurilmalarini rivojlantirish hamda barqaror ishlashi uchun
jihozlar va materiallarni xarid qilish

2.1.

Metro vagoni g‘ildiraklarining nuqsonini aniqlovchi nazorat tizimidagi (Ponab disk rusumli) qurilma

komplekt

4

51,67

206,7

2

2

2.2.

Harakat tarkibining xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydigan DTM-0,17-1000 rusumli drossel-transformator

dona

300

4,25

1 275,0

100

100

100

Jami

1 481,7

III. Elektr ta’minoti xizmati qurilmalarini rivojlantirish hamda barqaror ishlashi uchun
jihozlar va materiallarni xarid qilish

3.1.

Chilonzor yo‘nalishidagi nimstansiyalar uchun yuqori tokni o‘chirib-yoqadigan VEM-10E rusumli qurilma

dona

70

7,28

509,6

28

28

14

3.2.

Chilonzor yo‘nalishidagi akkumulyator batareyalari uchun ZPU-2 rusumidagi zaryadlovchi qurilma

dona

10

20,0

200,0

4

3

3

3.3.

Chilonzor yo‘nalishidagi o‘zgarmas tokli tezkor avtomatik o‘chirib yoquvchi VAB-42 6300/10 rusumli qurilma

dona

5

18,0

90,0

2

2

1

3.4.

Chilonzor yo‘nalishidagi tezkor avtomatik tarzda o‘chirib-yoquvchi VAB-43 rusumli qurilma

dona

10

18,0

180,0

4

3

3

3.5.

Metro bekatidagi avariya holatlarida vaqtinchalik energiya ta’minoti uchun akkumulyator batareyalari (OPZs-530 rusumli)

dona

32

0,938

30,016

32

Jami

1 009,6

IV. Eskalatorlarning barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish

4.1.

Eskalatorlarni kapital ta’mirlash

dona

5

210,0

1 050,0

2

3

Jami

1 050,0

V. Yo‘l xizmati qurilmalarini rivojlantirish hamda barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish

5.1.

R-50 rusumli relslar

tn

2 500

0,95

2 375,0

1 000

1 000

500

5.2.

R-50 rusumli relslarni o‘zaro bog‘laydigan moslama

dona

1 800

0,04

72,0

600

600

600

5.3.

Relslarni shpallarga mahkamlash uchun burab qotiradigan asbob

dona

3

1,8

5,4

2

1

5.4.

1/9 markali R-50 rusumdagi krestovina

dona

30

2,6

78,0

10

10

10

5.5.

1/9 markali R-50 rusumdagi relslar (o‘ng egri ostryak)

dona

30

1,39

41,6

10

10

10

5.6.

1/9 markali R-50 rusumdagi relslar (chap egri ostryak)

dona

30

1,39

41,6

10

10

10

5.7.

Shpallar tagidagi toshlarni joylashtiradigan ESHP-9 rusumli elektr qurilmani xarid qilish

dona

40

0,52

20,8

15

15

10

Jami

2 634,4

VI. Harakat tarkibini yangilash va muddati o‘tgan vagonlarni modernizatsiya qilish

6.1.

Harakat tarkibini (vagon) xarid qilish

dona

104

1 575,0

163 800,0

56

48

6.2.

Metro vagonini modernizatsiya qilish

dona

24

450,0

10 800,0

24

Jami

174 600,0

Metropoliten bo‘yicha jami

184 794,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ushbu ko‘rsatkichlarga loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish bo‘yicha tender savdolari natijasiga ko‘ra o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 07/21/5260/0967-son)