15.10.2021 yildagi 646-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.10.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni hamda “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda taʼlim berishni yaxshilash uchun boshqa hududlardan tajribali mutaxassislarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2021-yil 1-martdan boshlab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinganligi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar toʻlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglar jalb qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati Xalq taʼlimi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham toʻlanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) umumtaʼlim fanlaridan biri boʻyicha xalqaro tan olingan sertifikatga yoki Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq umumtaʼlim fanlarini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasa (fakultet)larining 2021-yil va undan keyingi yillardagi bitiruvchilari bir maʼmuriy-hududiy birlik doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda mehnat faoliyatini amalga oshirganda, ularning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz va boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib mehnat faoliyatini amalga oshirganda, ularning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumotli pedagog xodimlar va pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasa (fakultet)larining bitiruvchilari toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi malaka toifasiga ega boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar roʻyxatidagi hududlarda joylashgan va taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga boshqa hududlardan jalb etiladigan oʻqituvchi-pedagoglarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarorida belgilangan qoʻshimcha ustamalar va kompensatsiyalar toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda taʼlim berish uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda har yili 1-martga qadar taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarni aniqlash va ularning roʻyxatini shakllantirish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berishi uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish sxemasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga boshqa hududlardan jalb etiladigan oʻqituvchi-pedagoglarga qoʻyiladigan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa hududlardan jalb qilingan oʻqituvchi-pedagoglarni ishga qabul qilish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va mehnatiga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 15-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
646-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda taʼlim berish uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda taʼlim berish uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) bilan birgalikda shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan umumtaʼlim maktablari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa hududlardan jalb etiladigan oʻqituvchi-pedagoglar (keyingi oʻrinlarda — oʻqituvchi-pedagoglar) — taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga mehnat shartnomasi asosida bir maʼmuriy-hududiy birlik doirasidagi boshqa tuman (shahar)dan yoki boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan (boshqa viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahri) faoliyat yuritishlari uchun jalb etilgan oliy va birinchi toifali pedagoglar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron platforma — taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar toʻgʻrisida maʼlumotlar aks ettirilgan hamda ularga boshqa hududlardan jalb etish uchun oʻqituvchi-pedagoglarni roʻyxatdan oʻtkazishga moʻljallangan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan, Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladigan elektron tizim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizom talablari Vazirlik tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda — maktablar) nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda taʼlim berish uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglar ularning elektron platformada roʻyxatdan oʻtishi orqali jalb qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda taʼlim berish uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish mazkur Nizomning ilovasida belgilangan sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatini shakllantirish va eʼlon qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatini shakllantirish mezonlari (keyingi oʻrinlarda — baholash mezonlari) Vazirlik va Inspeksiya tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish natijalari — Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga (barcha taʼlim shakllariga) talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabning reytingi — Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-iyundagi 345-son qarorida belgilangan tartib boʻyicha aniqlangan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari reytingi natijalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zamonaviy maktablar”ga qoʻyilgan talablar asosida baholash natijalari inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatini shakllantirish mezonlari har bir oʻquv yili uchun takomillashtirilgan holda yangidan ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yangi tashkil etilayotgan (Toshkent shahri va viloyat markazlaridan tashqari) maktablar taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda har yili 1-fevralga qadar tasdiqlangan mezonlar asosida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatiga kiritiladigan maktablar toʻgʻrisida Vazirlikka taklif kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlik har yili 1-martga qadar Inspeksiya bilan birgalikda taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatini shakllantiradi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarning roʻyxati tasdiqlangan kundan boshlab 10 kun ichida Vazirlikning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Elektron platformada maʼlumotlarni shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Elektron platformani uzluksiz ishlatish, moliyalashtirish, texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va maʼlumotlarni yangilab borishni muvofiqlashtirish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari har yili 15-mayga qadar elektron platformaga taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab joylashgan hudud (tuman/shahar), uning manzili, telefon raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabning quvvati, taʼlim berish tili, oʻquvchilar va sinflar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagoglar soni, sifat tarkibi va mavjud fanlar boʻyicha ajratiladigan vakant dars soatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligiga javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan maʼlumotlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi hududiy boshqarmalar tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻqituvchi-pedagoglar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli fan yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dars berayotgan fani boʻyicha birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa hududda kamida bir yil pedagogik faoliyat yuritgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalda faoliyat yuritayotgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatida mavjud boʻlmasligi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Boshqa hududlardagi taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglar elektron platforma orqali 15-maydan — 1-iyulga qadar roʻyxatdan oʻtib, murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻqituvchi-pedagoglar roʻyxatdan oʻtishda quyidagi maʼlumotlarni elektron platformaga kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
familiyasi, ismi, otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy yashash manzili (hudud, tuman/shahar nomi), telefon raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalda faoliyat yuritayotgan maktabi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassisligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dars berayotgan fani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dars yuklamasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka toifasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik ish staji;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktabga borishining asosiy maqsadi va taʼlim sifatini oshirish boʻyicha istiqboldagi rejasining qisqacha mazmuni.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Roʻyxatdan oʻtish jarayonida oʻqituvchi-pedagoglar elektron platforma orqali borish istagi boʻlgan boshqa hududdagi maktablarni tanlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hududiy boshqarmalarda har yili 1-iyulga qadar taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglarni saralash boʻyicha ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruhlar) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhlar tarkibiga hududiy boshqarmalar boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari, kadrlar xizmati rahbari, taʼlim sifati monitoringi boʻlimi boshligʻi, moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi, metodik xizmat boʻlimi boshligʻi, psixologlar, kasaba uyushmasi vakillari kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglar har yili 1-iyuldan 1-avgustga qadar quyidagi ikki bosqichda saralab olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bosqichda ariza bilan roʻyxatdan oʻtgan oʻqituvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (diplom boʻyicha mutaxassisligi, malaka toifasi hamda taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktabga borishining asosiy maqsadi va taʼlim sifatini oshirish boʻyicha istiqboldagi rejasi) oʻrganib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bosqichda ariza bilan roʻyxatdan oʻtgan oʻqituvchilar kasbiy bilim va koʻnikmalari, pedagogik mahorati hamda psixologik qobiliyati yoʻnalishida suhbatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saralash onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat uchun savollar Vazirlik tomonidan tayyorlanib, saralash eʼlon qilingandan kamida bir oy avval Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhlar saralashning ikkinchi bosqichi yakunlangach, bir kun muddat ichida saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchi-pedagoglar roʻyxatini shakllantirib, Vazirlikka taqdim qiladi va ular toʻgʻrisida maʼlumotlarni elektron platformaga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktabda dars berish uchun murojaat qilgan va saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchi-pedagoglar roʻyxati har yili 10-avgustga qadar Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Boshqa hududlardan jalb etilgan pedagoglarni ishga qabul qilish va faoliyatini muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchi-pedagoglar ishga qabul qilish boʻyicha har yili 25-avgustga qadar maktab direktoriga yozma ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab direktori saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchi-pedagoglarni qonunchilikda belgilangan tartibda vakant lavozimga yangi oʻquv yilining birinchi kunidan boshlab ishga qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-avgustga qadar yozma ariza bilan murojaat qilmagan oʻqituvchi-pedagoglar bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtirilmaydi, vakant joyga maktab direktori tomonidan belgilangan tartibda boshqa xodim ishga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Boshqa hududdan kelgan oʻqituvchi-pedagoglarga tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish mezonlaridan kelib chiqqan holda, kamida 1 stavka miqdorida dars soati va oʻquv yuklamalari ajratiladi. Oʻquv rejasida umumtaʼlim fani boʻyicha ajratilgan soatlar 1 stavkadan kam boʻlgan taqdirda, mazkur fanga ajratilgan jami oʻquv soatlari va oʻquv yuklamalari beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻqituvchi-pedagoglarning pedagogik faoliyati muntazam ravishda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻqituvchi-pedagoglar faoliyat yuritayotgan maktab ikki oʻquv yili davomida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilmasa, oʻqituvchi-pedagoglarga belgilangan boshqa hududlardan jalb etilganligi uchun toʻlanadigan maxsus ustamalarni toʻlash toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Boshqa hududlardan jalb etilgan oʻqituvchi-pedagoglarga qoʻshimcha haq toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir maʼmuriy-hududiy birlik doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan — boshqa viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahridan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida maxsus ustamalar toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilgan yildan keyingi oʻquv yili uchun ham toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga boshqa hududlardan jalb etilgan oʻqituvchi-pedagoglarning amalda ishlagan maktabning Ishchi guruhi tomonidan oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasidan belgilangan ustama miqdori (foizi) bir oʻquv yili davomida saqlanadi va keyingi oʻquv yilida ushbu maktabning Ishchi guruhi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarorida belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqa hududdan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga jalb etilgan oʻqituvchi-pedagoglarga munosib sharoitlar yaratish uchun ularni borgan hududda uy-joyi boʻlmagan taqdirda, tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan faoliyat olib borgan davriga, biroq 2 yildan ortiq boʻlmagan muddat davomida xizmat uy-joylari yoki tuman (shahar)lar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi berilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Vazirlik taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga jalb etilgan oʻqituvchi-pedagoglarning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka tanishtirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda taʼlim berishi uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda taʼlim berishi uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Subyekt

Tadbir

Bajarish muddati


1-bosqich

Hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari, Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalari

Tasdiqlangan mezonlar asosida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatiga kiritiladigan maktablar yuzasidan Xalq taʼlimi vazirligiga (Vazirlik) taklif kiritadi.

Har yili 1-fevralga qadar


2-bosqich

Xalq taʼlimi vazirligi,

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

1. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi.

Har yili 1-martga qadar

2. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatini Vazirlikning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qiladi.

Roʻyxat tasdiqlangandan soʻng 10 kun ichida


3-bosqich

Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi

Elektron platformaga taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar toʻgʻrisida, shu jumladan hamda ulardagi ajratiladigan vakant dars soatlari haqidagi maʼlumotlarni kiritadi.

Har yili 15-mayga qadar


4-bosqich

Oʻqituvchi-pedagoglar

1. Elektron platforma orqali roʻyxatdan oʻtib, murojaat qiladi.

2. Borish istagi boʻlgan boshqa hududdagi umumtaʼlim maktabini tanlaydi.

Har yili 15-maydan 1-iyulga qadar


5-bosqich

Hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari

Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglarni saralash boʻyichaishchi guruhlarni tuzadi

Har yili 1-iyulga qadar


6-bosqich

Ishchi guruhlar

Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga jalb etiladigan oʻqituvchi-pedagoglar uchun ikki bosqichli saralash tanlovini oʻtkazadi.

Har yili 1-iyuldan 1-avgustga qadar


7-bosqich

Ishchi guruhlar

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchi-pedagoglar roʻyxatini shaklantirib, vazirlikka Vazirlikka taqdim qiladi va ular toʻgʻrisida maʼlumotlarni elektron platformaga kiritadi.

Saralashning ikkinchi bosqichi yakunlangach, bir kun muddatda ichida


8-bosqich

Xalq taʼlimi vazirligi

Saralashdan oʻtgan oʻqituvchi-pedagoglar roʻyxatini Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.

Har yili 10-avgustga qadar


9-bosqich

Umumtaʼlim maktabi direktori

Saralashdan oʻtgan oʻqituvchi-pedagoglar bilan ishga qabul qilish boʻyicha muddatli mehnat shartnomasi tuzadi va qonunchilikda belgilangan tartibda ishga qabul qiladi.

Har yiliyangi oʻquv yilining birinchi kuni

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21. Milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani oʻqituvchilariga (Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani oʻqituvchilaridan tashqari) ular faoliyat olib borayotgan davlat taʼlim muassasasining joylashuviga qarab, bazaviy tarif stavkasiga nisbatan shahar hududida joylashgan maktablarda 25 foiz, qishloq hududida joylashgan maktablarda 50 foizgacha har oylik ustama haq toʻlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 241-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“241. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga boshqa hududlardan jalb etilgan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning amalda ishlagan umumtaʼlim muassasasining direktor jamgʻarmasidan belgilangan ustama haq (foiz)lari saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ustamalar bir oʻquv yili davomida saqlanadi va keyingi oʻquv yilida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining Ishchi guruhi tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandidagi “4-kursida” soʻzlari “4-kursida, pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/646/0963-son; 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son; 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)