13.10.2021 yildagi 643-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qoʻllab-quvvatlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 27-maydagi PQ-5130-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 27-maydagi PQ-5130-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvardan boshlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqarilib, mustaqil markaz sifatida faoliyat yuritishi belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemorlarning onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan davlat tibbiyot muassasalari yoʻllanmalari asosida pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan oʻtishi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab berilishi boʻyicha tartib belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onkologik va gematologik bemorlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga temir yoʻl va aviatransport vositalari orqali kelishi bilan bogʻliq xarajatlar tegishli mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplab berilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Vazirlar Mahkamasining “Aholiga gematologiya xizmatlarini koʻrsatish uchun qulay sharoitlar yaratish toʻgʻrisida” 2021-yil 3-avgustdagi 492-son qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bino va inshootlarida moslashtirish va qoʻshimcha qurilish ishlari amalga oshirilishi belgilanganligi hamda zarur mablagʻlar ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2022-yil 1-yanvardan boshlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqarilib, mustaqil markaz sifatida faoliyat yuritishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarda gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklarni barvaqt aniqlash, tashxis qoʻyish va davolashni xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohada yuqori texnologiyalarga asoslangan fundamental, innovatsion va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tajriba asosida bolalar gematologiyasi va onkologiyasi hamda klinik immunologiya yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga palliativ tibbiy xizmat koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli xorijiy tibbiyot markazlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimlari Markazning tashkiliy-metodik hududiy boʻlinmalari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining faoliyatini yuritish bilan bogʻliq amaldagi tartiblar tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markazga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 20-dekabrga qadar respublika va viloyat miqyosida bolalar gematologiyasi, onkologiya va klinik immunologiyasi yoʻnalishidagi tibbiy xizmatlar hajmi va turi boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatish tartibini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 20-dekabrga qadar Markazning tuzilmasi va ustavini hamda uning hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 25-dekabrga qadar Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Markazning faoliyat yoʻnalishini inobatga olgan holda barcha yuqori texnologik ixtisoslashgan tibbiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash nuqtai nazardan shtat normativlarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-noyabrga qadar Investitsiya va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Markaz Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi hamda investitsiya dasturlari doirasida iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan tibbiy texnika va buyumlar bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Markazga tajribali xorijlik mutaxassislar rahbarlik lavozimlariga jalb qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish, salohiyatli kadrlar bilan taʼminlash hamda jihozlash konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi xizmatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlardan respublika bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali bepul kelish va ketishni taʼminlovchi vaucher shakli va uni rasmiylashtirish tartibi, tibbiyot tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan vaucherlar asosida rasmiylashtirilgan yoʻl chiptalari hisobotini umumlashtirish tartibini nazarda tutuvchi Onkologik va gematologik bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsning hududlardan onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlar boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl va aviatransport vositalari orqali kelishi va ketishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onkologik va gematologik bemorlarning yoʻllanma asosida davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan oʻtishi bilan bogʻliq xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini nazarda tutuvchi Onkologik va gematologik bemorlarga yoʻllanma asosida pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan oʻtish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2021-yil 1-noyabrdan boshlab onkologik va gematologik bemorlar va unga hamrohlik qiluvchi shaxslarning hududlardan respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga temir yoʻl va aviatransport vositalari orqali kelishi va ketishi bilan bogʻliq xarajatlar tegishli mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi uchun 2021-yil mahalliy budjetlarining qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan ajratilishini va kelgusi yillarda budjet parametrlarini shakllantirishda mazkur tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar nazarda tutilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki hafta muddatda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vazirligi bilan birgalikda hududlardan onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlari boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali bemor va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar uchun yoʻl chiptalarini rasmiylashtirishga asos boʻluvchi maxsus vaucher shaklini;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarning davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida bepul pozitron-emission tomografiya tekshiruvini tashkil etish uchun maxsus yoʻllanma beriladigan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda onkologik va gematologik bemorlarga yoʻllanma asosida pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan oʻtish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish uchun 2021-yilda respublika budjetidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida va 2022-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2006-yil 5-oktabrdagi 209-son qarorining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” DUK Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha belgilangan tartibda “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishonlari va ularga guvohnoma blankalari tayyorlanishini taʼminlasin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 13-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
643-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi 643-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish, salohiyatli kadrlar bilan taʼminlash hamda jihozlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSEPSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Oʻzbekiston Respublikasida bolalar onkologiyasi va gematologiyasi xizmati holati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekisiton Respublikasida aholi, xususan, goʻdaklar va bolalar salomatligini muhofaza qilish hamda barkamol va sogʻlom avlod boʻlib yetishishi imkonini beradigan sifatli sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etish, milliy genofondni har tomonlama mustahkamlab borish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish samaradorligi, koʻlami, sifati va qulayligining yil sayin ortib borishiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrilgan choralar natijasida 2021-yilga kelib birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida 200 ta ayollar skrining xonalari tashkil etilib, nogironlik bilan tugʻilish koʻrsatkichi 30 foizgacha, goʻdaklar hamda 5 yoshgacha bolalar oʻrtasidagi oʻlim koʻrsatkichlari 2018-2019-yillarga nisbatan 1,2 barobargacha kamaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika boʻylab onkologik bemor bolalarga nur terapiyasi uchun amaliyotga 18 ta zamonaviy chiziqli tezlatkichga ega radio va gammaterapevtik uskunalar tatbiq etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, bolalar oʻrtasida gematologik va onkologik kasalliklar bilan kasallanish koʻrsatkichi ortib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, bolalar oʻlimi koʻrsatkichi har 100 ming bolaga nisbatan 9,2 ni tashkil etib, jarohatlanishdan (travmatizm va baxtsiz hodisalar) keyin 2-oʻrinda qolmoqda. Bu koʻrsatkich AQSHda 2,0, Rossiyada 2,8 va Qozogʻistonda 2,7 ni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda yiliga oʻrta hisobda 1 300 nafargacha 0 — 18 yosh boʻlgan bolalarda gematologik va onkologik kasalliklar birinchi bor qayd etilib, jami kasallanganlar soni 100 ming bolaga nisbatan 7,5 ni tashkil etmoqda. Bu koʻrsatkich AQSH da 17,0, Rossiyada 11,2 va Qozogʻistonda 9,7 ni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bolalarga gematologiya va onkologiya yoʻnalishlari boʻyicha yuqori texnologik ixtisoslashgan tibbiy xizmat koʻrsatishda bugungi kunda oʻz yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) maʼmuriy-tashkiliy tuzilma va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaning yaxlit vertikal tizimi tashkil etilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika bolalar onkologiyasi (115 oʻrin) hamda bolalar gematologiyasi (435 oʻrin) viloyat (tuman, shahar) darajasida ikki yoʻnalishdagi alohida tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan boʻlib, mazkur yoʻnalishdagi bemorlarni davolashda multidissiplinar yondashuv mavjud emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy bolalar gematologiya va onkologiyasi boʻlimlari moslashtirilgan binolarda tashkil etilgan, mazkur infratuzilma quvvatlari mavjud ehtiyojni qanoatlantirmaydi hamda amaldagi sanitariya meʼyorlari va qoidalari talablariga toʻliq javob bermaydi — kichik jarrohlik amaliyotlari va tibbiy muolajalarni oʻtkazish xonalari, ogʻir holatdagi bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun steril palatalar mavjud emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir bemorlarga yashash sifatini yaxshilash maqsadida palliativ tibbiy xizmat, ularni parvarish qiladigan oila aʼzolarini tayyorlash va qoʻllab-quvvatlashga doir dastur va ijro mexanizmi ishlab chiqilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kadrlar bilan taʼminlanganlik, ilmiy salohiyat va zamonaviy amaliyotlarni tatbiq etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika boʻyicha jami 83 nafar (har bir hududda oʻrtacha 4 nafar) “bolalar onkologi va gematologi” boʻyicha mutaxassislar faoliyat yuritadi, ilmiy darajaga ega xodimlar 6 nafarni (1 nafar fan doktori, 5 nafar fan nomzodi) tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohadagi yuqori texnologiyali amaliyotlarning ulushi 10 foizni tashkil etadi, bugungi kunda oʻta zarur hisoblangan oʻzak hujayra transplantatsiyasi, immunofenotipik, molekulyar-genetik tekshiruvlar kabi zamonaviy diagnostika va davolash usullarini tatbiq etish uchun yetarli shart-sharoitlar mavjud emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha boʻyicha ilmiy izlanish va fundamental, amaliy va innovatsion (grant) loyihalarning yoʻqligi soha rivojiga, shuningdek, kasallanish hamda oʻlim koʻrsatkichlarini kamaytirish borasidagi ishlarga salbiy taʼsir etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) dori vositalari, tibbiy asbob-uskunalar hamda zarur sarf anjomlari bilan taʼminlanish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gematologik kasalliklarga chalingan bemorlarning dori vositalari bilan taʼminlanishi oʻrtacha 30 foizni, onkologik bemorlar uchun esa 85 foizni tashkil etmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari bilan qamrab olinmagan gematologik kasallikka chalingan bolalarga bir davo kursi davomida (2 yil) umumiy hisobda 10 ming AQSH dollarigacha, onkologik bemorlarga esa bir davo kursi uchun (7 — 10 kun) 4 mln soʻmgacha mablagʻ sarflamoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayd etilgan tibbiyot muassasalarida oʻquv-amaliy va ilmiy laboratoriyalar talab darajasida tashkil etilmagan, zamonaviy laboratoriyalarda diagnostik asbob-uskunalar salmogʻi 45 foizni tashkil etadi, shu bilan birga; laboratoriya materiallari (reaktiv, reagent, butlovchi va sarflash anjomlari va boshqalar) bilan yetarli taʼminlanmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy xarajatlarning asosiy qismi ish xaqiga sarflanib, oʻquv-amaliy va ilmiy laboratoriyalar faoliyatini samarali tashkil etishga yetarli mablagʻ yoʻnaltirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xalqaro hamkorlik sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bugungi kunda Rossiya (D. Rogachev nomidagi Milliy bolalar gematologiya, onkologiya va immunologiyasi ilmiy-tadqiqot markazi), Germaniya (Sharite klinikasi), Koreya (avliyo Mariya gospitali) kabi davlatlar bilan hamkorlik memorandumlari mavjud boʻlib, uning doirasida faqatgina murakkab tashxisli bemorlar konsultatsiyasi amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasida bolalar gematologiyasi hamda onkologiyasi xizmatini yanada rivojlantirish maqsadlari va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish, salohiyatli kadrlar bilan taʼminlash va jihozlash konsepsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 27-maydagi PQ-5130-son qarori bilan belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Unga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqarilib, mustaqil markaz sifatida faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga, shuningdek, sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishgan ilgʻor mamlakatlar tajribasiga asoslangan yondashuvlarni oʻz ichiga olgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning maqsadlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish, bolalarga koʻrsatiladigan gematologik, onkologik va klinik immunologik tibbiy yordam sifatini xalqaro standartlar darajasigacha koʻtarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi sohasida ilmiy-amaliy izlanishlarni olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarda gemoblastoz, solid oʻsmalari, markaziy va periferik nerv tizimi oʻsmalari, gematopoetik depressiyalar, irsiy hamda orttirilgan immun va qon kasalliklarini davolashning hamda tibbiy reabilitatsiyaning yangi usullarini ishlab chiqish va tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzak hujayralari transplantatsiyasi amaliyotini Markaz faoliyatiga joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli oʻsmalar, shu jumladan, limfoid va gematopoetik xavfli oʻsmalar, qon kasalliklari va immun mexanizmlarga taʼsir oʻtkazgan boshqa patologiyalari mavjud bolalarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini, ixtisoslashgan yuqori texnologik yordam hamda tibbiy reabilitatsiya yordamini koʻrsatish, shuningdek, bu kabi patologiyalari mavjud bolalarni qonuniy vakili bilan birgalikda sanator davolashni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Markazning faoliyatini tashkil etish, boshqarish va jihozlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bolalarga gematologik va onkologik xizmat koʻrsatishda xalqaro talablarga javob beradigan mutlaqo yangicha yondashuvni shakllantirish maqsadida Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi jahon standartlariga toʻliq javob beradigan hamda dastlabki bosqichda 240 oʻrinli alohida binoga (keyingi oʻrinlarda — Bino) joylashtiriladi. Shu bilan bir qatorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari qoshida jami — 345 oʻrinni tashkil etgan bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya boʻlimlari faoliyat yuritadi. Buning natijasida respublika miqiyosida bolalar uchun alohida boʻlgan 585 statsionar oʻrinli gematologik, onkologik va klinik xizmat koʻrsatish tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bino korpuslarida bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya kasalliklari aniqlangan bemorlar uchun multiixtisoslashgan xizmat koʻrsatish maqsadida tarkibida barcha tor mutaxassislardan iborat maslahat poliklinikasi faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Binoda statsionar sharoitda davolanuvchi bemorlar uchun qabul boʻlimi, tegishli klinik boʻlimlar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bino statsionar boʻlimlarida palatalar bir va ikki kishilik boʻlib, mustaqil sanitariya xonasiga ega boʻladi. Palatalarda maxsus konditsioner-ventilyatsiya moslamasi yordamida steril holatni saqlovchi mikroiqlim sharoiti yaratiladi. Bu holat, oʻz navbatida, bemorning har xil infeksiyalar bilan muloqotda boʻlishining oldini olish imkoniyatini yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bino tarkibida jarrohlik boʻlimi, boks xonalaridan tashkil topgan reanimatsiya boʻlimi va alohida steril boks xonali transplantatsiya boʻlimi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bino statsionar boʻlimlarida muolaja xonasi, qon quyish, kimyoviy dori vositalarini tayyorlash, sternal va endolyumbal punksiya amaliyoti va boshqalar uchun alohida xonalar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Binoning pastki qavatlarida alohida kunduzgi davolash boʻlimi joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Diagnostika yoʻnalishi boʻyicha odatdagi tadqiqot usullari bilan bir qatorda xalqaro standartlarga mos keladigan quyidagi boʻlimlar — Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari uchun umumiy xizmat qiladigan laboratoriyalar va boʻlimlar tashkil etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuqori texnologiyali diagnostika usullari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi formatdagi bakteriologik laboratoriya”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Molekulyar genetika, sitogenetika va sitofluometriya laboratoriyasi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Morfologiya, gistologiya va immunogistokimyo laboratoriyasi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Immunofenotiplash va HLA genotipi laboratoriyasi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Immunnokimyo laboratoriyasi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy ultratovush diagnostikasi (UZD);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli rentgen apparati yordamida tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
densitometriya tekshiruvi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) maqsadga muvofiqlik va eng maqbul yoʻllarni tanlash tamoyilidan kelib chiqib Markaz rivojlanishining ikkinchi bosqichida quyidagi umumiy xizmat qiladigan boʻlim va boʻlinmalar uchun yangi binolar quriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magnit-rezonans tomografiya (MRT);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nur terapiyasi boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzak hujayralari banki”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transplantologiya boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qon banki” boʻlimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Onkogematologiya bemorlari uchun markazlashgan umumiy oziq-ovqat taʼminoti bloki yaratiladi. Mahsulotlarga maxsus issiqlik bilan ishlov beriladi va nur bilan dezinfeksiya qilinadi, qadoqlangan, steril shakldagi taomlar bemorlar palatasiga yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markazda hamda uning hududiy boʻlimlarida roʻyxatga olingan onkogematologik bemorlar haqidagi maʼlumotlarni yigʻish, saqlash va qayta ishlash uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi — “Kanser-registr” yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davolanayotgan bemor bolalarning uzoq vaqt davomida statsionar davolanishini eʼtiborga olib Toshkent shahri hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda xalqaro xayriya fondlari va homiylar yordamida taʼlim olishning uzluksizligini taʼminlash maqsadida bemor bolalar uchun maktab tashkil etiladi. Maktabda respublika miqyosida oʻqishni davom ettirish uchun oflayn va onlayn oʻqitish tizimi joriy etiladi, bu bemor bolalarning oʻquv fanlarini samarali oʻzlashtirishiga, dasturdan qolib ketmasligiga imkon beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya, jumladan, leykoz kasalliklari boʻlgan bemor bolalarning protokol boʻyicha toʻliq hamda uzluksiz davolanishi jarayonini amalga oshirish uchun kunduzgi davolanish sharoitida ota-onalari bilan birga boʻlishlarini taʼminlovchi hamma qulayliklarga ega boʻlgan 200 oʻrinli “Xostel” xalqaro xayriya fondlari va homiylar yordamida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Markazni salohiyatli kadrlar bilan taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Markazda bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi yoʻnalishi boʻyicha ilmiy izlanishlarni olib borish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Markazning ilmiy boʻlimida “Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazining hududiy boʻlimlari bilan ishlash”, “Xalqaro aloqalar”, “Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish”, “Immunologiya”, “Irsiy koagulopatiyalar va trombozlar”, “Bolalar onkologiyasi va radiatsion terapiyasi”, “Jarrohlik, anesteziologik va reanimatsion tadqiqotlar” yoʻnalishlarida oʻquv jarayonlari va ilmiy izlanishlar olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Markaz xodimlarining salohiyatini yuksaltirish maqsadida ular yetakchi mahalliy va xorijiy tibbiy taʼlim muassasalari hamda klinikalarida jarrohlik, transplantologiya, anesteziologiya va reanimatsiya, tranfuziologiya, radiologiya, radiatsion terapiya, zamonaviy molekulyar-genetik laboratoriya va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Markaz tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazlaridagi gematologiya va onkogematologiya boʻlimlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, monitoring qilish, muvofiqlashtirish uchun hududiy mutaxasssislar tayyorlanadi, qayta tayyorlanadi va malakasini oshirish jarayonlari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Markazning istiqboldagi ustuvor maqsadlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Markazning istiqboldagi ustuvor maqsadlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi sohasida xalqaro talablarga javob beradigan nufuzli davolash muassasasi mavqeyiga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar salohiyati, olimlar va professorlar tarkibi borasida respublikaning eng yirik ilmiy-amaliy va oʻquv markazlari qatoridan joy olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yiliga birlamchi aniqlangan 1 500 ta bemor bolalarni qabul qilish darajasiga yetish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarda gemopoetik oʻzak hujayralari transplantatsiyasini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy biobankni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kanser-registrni yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi 643-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi xizmatini yanada rivojlantirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Summa

Moliyalashtirish manbai

Ijrochilar

I. Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi xizmati faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Xalqaro standartlar asosida bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi kasalliklariga tashxis qoʻyish, davolash va reabilitatsiya protokollarini shakllantirish, tasdiqlash va amaliyotga tatbiq etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

2.

Respublika va viloyatlar miqyosida bolalar gematologiyasi, onkologiya va klinik immunologiyasi yoʻnalishidagi tibbiy xizmatlar hajmi va turi boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatish tartibini tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2021-yil 1-dekabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

3.

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi faoliyat yoʻnalishini inobatga olgan holda yuqori texnologik ixtisoslashgan tibbiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash nuqtai nazardan shtat normativlarini tasdiqlash.

Qoʻshma qaror

2021-yil 25-dekabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov)

4.

Bolalarda palliativ yordam koʻrsatish boʻyicha xalqaro talablar asosida klinik protokollar, diagnostika va kasalliklarni davolash standartlarini ishlab chiqish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2. Bolalarda palliativ yordam koʻrsatish boʻyicha klinik protokollar, diagnostika va kasalliklarni davolash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil 1-noyabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

5.

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi uchun zamonaviy kanser registrlarini yaratish va tatbiq etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-yanvar

Hisob-kitoblar asosida

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, JSST va ijrochilar mablagʻlari, homiylik hayriyalari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov)

II. Gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklarni oldini olish, erta diagnostika qilish va davolash chora-tadbirlarini takomillashtirish

6.

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi binosining yertoʻla qismini transfuziologiya, bemorlarni qabul qilish boʻlimi, dori-darmon saqlash ombori, markazlashgan sterilizatsiya, kir yuvish, kiyinish, texnik va muhandislik xonalariga moslashtirish, shuningdek, obyekt hududida bakteriologiya, virusologiya, immunogistokimyo laboratoriyalari, dezinfeksiya boʻlimi, vivariy boʻlimi, bemorlar uchun maxsus shifobaxsh ovqat tayyorlash oshxonasi binolarini qoʻshimcha qurish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil yakuniga qadar

10,0 mlrd soʻm

2021-yil uchun respublika budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

7.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari oilaviy shifokorlari uchun bolalarda gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklarni barvaqt aniqlashga qaratilgan metodik qoʻllanmani ishlab chiqish va amalda joriy etish.

Metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

2021-2022-yillar

Hisob-kitoblar asosida

JSST, YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonalari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

8.

Bolalarda gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklarga barvaqt tashxis qoʻyish va davolash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha tibbiy texnikalar, dori vositalari va reagentlar bilan taʼminlash.

1. Tashxis qoʻyish, davolash va reabilitatsiya qilish uchun zarur boʻlgan tibbiy texnikalar, dori vositalari va reagentlar roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida zarur tibbiy texnikalar, dori vositalari va reagentlarni markazlashtirilgan holda xarid qilish choralari koʻrish.

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

9.

Ogʻir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklar bilan xastalagan bolalarga palliativ yordam berish tizimini yaratish.

Bunda xalqaro tavsiyalar, tajribalar asosida ogʻir turdagi gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni palliativ parvarishlash uchun yagona standartlashtirilgan yondashuvni ishlab chiqish.

1. Palliativ yordam boʻyicha xalqaro standartlar asosida oʻquv dasturini ishlab chiqish.

2021-yil noyabr

Hisob-kitoblar asosida

JSST, YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonalari mablagʻlari

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

2. Palliativ yordam va xospis sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislarni tayyorlash.

2021-yil dekabr

3. Tibbiy palliativ yordam koʻrsatishni amalga oshirish uchun asosiy va qoʻshimcha tibbiy xizmatlar roʻyxatini tuzish.

2021-yil dekabr

III. Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi yoʻnalishida kadrlar tayyorlash

10.

Bolalar gematologi, onkologi va klinik immunologi mutaxassislarini tayyorlash.

1. Tor doiradagi mutaxassislardan bolalar gematolog va onkolog mutaxassislarini qayta tayyorlash;

2. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida davlat granti asosida klinik ordinatura, magistraturada bolalar gematolog, onkolog va klinik immunolog mutaxassislarini tayyorlash.

Yil davomida,
reja asosida

-

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

11.

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi uchun maqsadli kadrlar tayyorlash.

1. 6 nafar tibbiyot xodimlarini R.M. Gorbacheva nomidagi onkologiya, gematologiya va transplantologiya ilmiy tekshirish institutida klinik ordinaturada oʻqitish.

2. 2 nafar tibbiyot xodimlarini Rossiya Gematologiya ilmiy-tadqiqot institutida klinik ordinaturada oʻqitish.

2021 — 2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

12.

Bolalar gematologi va onkologlarini yetakchi xorijiy klinikalar va tibbiyot muassaslarida malakasini oshirish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari tavsiyasiga koʻra har bir hududdan 2 nafar mutaxassisni xorijiy davlatlarning klinikalarida malaka oshirishga yuborish.

2021-2022-yillar davomida,

reja asosida

Hisob-kitoblar asosida

Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

13.

Bolalar klinik immunolog mutaxassislarini yetakchi xorijiy klinikalarda tayyorlash va malakasini oshirish.

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi rahbarining tavsiyasiga koʻra 4 nafar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari tavsiyasiga koʻra, har bir hududdan 1 nafar mutaxassisni xorijiy davlatlarning klinikalarida malaka oshirishga yuborish.

2021-2022-yillar davomida,

reja asosida

Hisob-kitoblar asosida

Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

14.

Yetakchi xorijiy tibbiyot taʼlim muassasalari va klinikalari bilan kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish yuzasidan hamkorlikni rivojlantirish.

1. Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bilan shugʻullanuvchi xorijiy davlatlarning tibbiyot taʼlim muassasalari va klinikalari mutaxassislari uchun amaliy tashriflar tashkil etish;

Kelishuv asosida

Hisob-kitoblar asosida

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Tashqi ishlar vazirligi (Arziyev)

2. Xorijiy tibbiyot taʼlim muassasalari va klinikalari bilan mahorat darslari, vebinarlar oʻtkazish.

Doimiy

15.

Respublika tibbiyot muassasalari mutaxassislarini amaliy-metodik yordam koʻrsatish uchun hududiy tibbiyot markazlariga yuborish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja asosida

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

IV. Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi yoʻnalishlarida tushuntirish ishlarini olib borish

16.

Sohada amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish.

1. Media dastur ishlab chiqish.

2. Reja ijrosini amalga oshirish

2021-2022-yillar davomida

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xadjayev),

MTRK (Xadjayev)

17.

Palliativ yordam xizmatining mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish ishlarini olib borish. Bunda:

jamoatchilik (NNT, faol koʻngillilar), xayriya tashkilotlari, xalqaro ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, bolalar onkologiya va gematologiya uyushmasi vakillari, bolalar huquqlarini himoya qilish organlari vakillari yordamida tadbirlarni amalga oshirish.

1. Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2022-yil fevral

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

2. Reja ijrosini amalga oshirish

2022-yil davomida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi 643-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Onkologik va gematologik bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsning hududlardan onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlar boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl hamda aviatransport vositalari orqali kelishi va ketishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom onkologik va gematologik bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsning hududlardan onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlar boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl va aviatransport vositalari orqali kelishi va ketishi bilan bogʻliq xarajatlarni tegishli mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Onkologik va gematologik bemorlarga onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlar boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda — respublika bosh tibbiyot tashkilotlari) davolanishi uchun ushbu tibbiyot tashkilotlarining hududiy filiallari, hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari (keyingi oʻrinlarda — tibbiyot tashkilotlari) tomonidan imtiyozli yoʻllanma berilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bemor va unga hamrohlik qiluvchi shaxsning respublika bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali kelish va ketishi tibbiyot tashkilotlari tomonidan quyidagilarni nazarda tutuvchi xulosa berilgan taqdirda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemorga hamrohlik qiluvchi shaxs zarurligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemor sogʻligʻining holati uni temir yoʻl yoki aviatransport vositalaridan foydalanish mumkinligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bemor va unga hamrohlik qiluvchi shaxsning respublika bosh tibbiyot tashkilotlari temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali kelish va ketishi bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplab beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali bepul kelish va ketishni rasmiylashtirish tartibi
(2-bobning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Onkologik va gematologik bemorlar va va unga hamrohlik qiluvchi shaxslar respublika bosh tibbiyot tashkilotlariga tibbiyot tashkilotlari tomonidan davolanish uchun belgilangan tartibda imtiyozli yoʻllanma va xulosa bilan birgalikda majburiy tarzda hududlardan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan (keyingi oʻrinlarda — hududlardan) temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali bepul kelishi va ketishi uchun maxsus vaucher (keyingi oʻrinlarda — vaucher) rasmiylashtiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hududlardan respublika bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali bepul kelishini va ketishini taʼminlovchi vaucher shakli Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan Transport vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Vazirlik tomonidan vaucher nusxalari koʻpaytirilib tibbiyot tashkilotlariga yetkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlik har oyning 5-kuniga qadar keyingi oy davomida hududlardan respublika bosh tibbiyot tashkilotlariga davolanish uchun belgilangan tartibda imtiyozli yoʻllanma asosida tashrif buyuruvchi bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli ravishda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJga (keyingi oʻrinlarda — transport tashkilotlari) taqdim etadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Transport tashkilotlari Vazirlik tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida respublika bosh tibbiyot tashkilotlariga davolanish uchun belgilangan tartibda imtiyozli yoʻllanma bilan keluvchi va ketuvchi bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar bemorlar uchun yoʻl chiptalari zaxirasini shakllantiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bemor yoki va unga hamrohlik qiluvchi shaxsning respublika bosh tibbiyot tashkilotlarida davolanish uchun belgilangan tartibda imtiyozli yoʻllanmani va vaucherni hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni unga Toshkent shahriga kelishi uchun zarur boʻlgan kundan uch ish kuni oldin temir yoʻl va/yoki aviatransport kassalariga taqdim qiladi va temir yoʻl va/yoki aviatransport kassalarida ushbu ish kuni davomida yoʻl chiptalari bepul rasmiylashtiriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl chiptalari “Afrosiyob” elektropoyezdlari, “Sharq”, “Nasaf”, “Oʻzbekiston” yoʻlovchi poyezdlari hamda havo kemasi uchun tejamkor “econom”, shuningdek, bemor yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxsning xohishiga koʻra shaharlararo qatnovchi yoʻlovchi poyezdi tarkibida harakatlanuvchi yoʻlovchi vagonlar uchun platskart yoki kupe toifasi boʻyicha rasmiylashtiriladi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemor yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxsning ixtiyoriga koʻra qoʻshimcha toʻlov asosida tejamkor “econom” toifasiga kirmaydigan yoʻl chiptalari rasmiylashtirilishi mumkin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agar bemor yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxs temir yoʻl va (yoki) aviatransport kassalariga mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan muddatdan kech murojaat qilgan taqdirda, transport tashkiloti ushbu bemor va unga hamrohlik qiluvchi shaxsning Toshkent shahriga kelishi va ketishi uchun zarur boʻlgan kunga yoʻl chiptalarini rasmiylashtirishga agar ushbu yoʻnalishda yoʻl chiptalari qolmagan boʻlsa, majbur hisoblanmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vauchersiz temir yoʻl va/yoki aviatransport kassalariga murojaat qilgan bemorlarga belgilangan tartibda pullik asosda yoʻl chiptalari rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Transport tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha xarajatlarni qoplash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tibbiyot tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan vaucherlar asosida rasmiylashtirilgan yoʻl chiptalari hisoboti transport tashkilotlarining tegishli hududdiy boʻlinmalari tomonidan umumlashtiriladi hamda har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-kuniga qadar toʻlovni amalga oshirish yuzasidan talabnomani shakllantiradi va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalariga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari transport tashkilotlarining tegishli hududiy boʻlinmalari tomonidan taqdim etilgan toʻlovni amalga oshirish yuzasidan talabnoma asosida oʻn kun muddat ichida mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan transport tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha xarajatlarni qoplab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tibbiyot tashkilotlari rahbarlari onkologik va gematologik bemorlarga vaucherlarni maqsadli rasmiylashtirish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi 643-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Onkologik va gematologik bemorlarga yoʻllanma asosida pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan oʻtish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom tibbiy xizmatlar koʻrsatishning onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlari boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — respublika bosh tibbiyot tashkilotlari) yoʻllanmalari asosida davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan oʻtish bilan bogʻliq xarajatlarni davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom qoidalari davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarni (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan mijozlar) pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan oʻtish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish uchun davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom talablari shoshilinch tibbiy yordam, tez tibbiy yordam va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatish tartibiga (holatlariga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bemorlarni pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan bepul oʻtishga yoʻnaltirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan oʻtish bilan bogʻliq xarajatlarni davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish boʻyicha maxsus yoʻllanma (keyingi oʻrinlarda — maxsus yoʻllanma) respublika bosh tibbiyot tashkilotlari tomonidan tegishliligi boʻyicha davolanish uchun belgilangan tartibda imtiyozli yoʻllanma asosida kelgan bemorlarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maxsus yoʻllanma beriladigan kasalliklar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — kasalliklar roʻyxati) Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maxsus yoʻllanma respublika bosh tibbiyot tashkilotlari tomonidan kasalliklar roʻyxatiga muvofiq bemorni dastlabki tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishda pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan oʻtish lozimligi toʻgʻrisida xulosa boʻlganda bemorga ushbu Nizomga ilovada keltirilgan shaklda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maxsus yoʻllanma Markaz rahbari tomonidan bir ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan pozitron-emission tomografiya tekshiruvini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublika bosh tibbiyot tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan pozitron-emission tomografiya tekshiruvi uchun Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan preyskurant boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat tibbiyot tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 16-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq autsorsing shartlari asosida maxsus yoʻllanmalar boʻyicha koʻrsatilgan xizmat hajmiga mutanosib ravishda toʻlovlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maxsus yoʻllanma asosida imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarni pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan oʻtish bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga tegishli yoʻnalish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Maxsus yoʻllanma asosida imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarning pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan oʻtishi bilan bogʻliq xarajatlar nodavlat tibbiyot tashkilotlarida koʻrsatilganda belgilangan tartibda soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida haqiqatda boʻshagan jami mablagʻlarning 25 foizi hisobidan qoplanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Nodavlat tibbiyot tashkilotlarida belgilangan tartibda soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida haqiqatda boʻshagan jami mablagʻlarning 25 foizi hisobidan pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan oʻtuvchi bemorlar soni Vazirlik tomonidan tegishli nodavlat tibbiyot tashkiloti bilan kelishgan holda belgilanadi va ushbu maʼlumotlar har chorakda respublika bosh tibbiyot tashkilotlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat tibbiyot tashkilotlarida pozitron-emission tomografiya tekshiruvini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar maxsus yoʻllanma bergan tibbiyot yoki tekshiruvni oʻtkazgan tibbiyot tashkiloti, shuningdek, respublika budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga tegishli yoʻnalish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanishi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻtkazilgan pozitron-emission tomografiya tekshiruvi natijasida yuzaga kelgan asoratlar bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar tegishliligi boʻyicha pozitron-emission tomografiya tekshiruvini oʻtkazgan tashkilot hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agar bemor pozitron-emission tomografiya tekshiruvi uchun tegishli maxsus yoʻllanmasiz davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotiga bevosita oʻzi murojaat etsa, tekshiruv belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Pozitron-emission tomografiya tekshiruvi uchun davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotiga berilgan maxsus yoʻllanma qatʼiy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi, berilgan maxsus yoʻllanma boʻyicha hisobot shakli Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Respublika bosh tibbiyot tashkilotlari rahbarlari maxsus yoʻllanmalarning maqsadli berilishi va tasdiqlangan tibbiy yordam sifati standartlariga hamda ushbu Nizom talablariga muvofiq tibbiy yordam koʻrsatilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Onkologik va gematologik bemorlarga yoʻllanma asosida pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan oʻtish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2021-y., 09/21/643/0959-son; 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)