Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tizimidagi ayrim tashkilotlar tuzilmalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qaroriga muvofiq:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimida:
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tizimidagi Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi negizida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallari;
“Agrokimyo stansiyasi” MChJ va uning hududiy boʻlinmalari negizida Respublika agrokimyoviy tahlil markazi va uning hududiy boʻlinmalari;
“Respublika oʻquv ishlab chiqarish biolaboratoriyasi” MChJ va “Respublika “Biosifat” markaziy laboratoriyasi” MChJ negizida “Biosifat” respublika markazi tashkil etilganligi;
b) tugatilayotgan “Oʻzagrokimyohimoya” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati “Oʻzagrokimyohimoya” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Agentlikka oʻtkazilganligi;
v) Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika agrokimyoviy tahlil markazi hamda “Biosifat” respublika markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxslar hisoblanishi;
g) ushbu bandda nazarda tutilgan tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari, shuningdek, Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda uning mintaqaviy filiallari xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllanilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti mintaqaviy filiallarining namunaviy tuzilmasi 1a-ilovaga muvofiq;
Respublika agrokimyoviy tahlil markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar agrokimyoviy tahlil markazlarining namunaviy tuzilmasi 2a-ilovaga muvofiq;
“Biosifat” respublika markazining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallarida shartnoma asosida Agentlik xodimlarini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining masʼul xodimlarini oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladi.
4. Agentlik ikki oy muddatda mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan oʻz tizimidagi tashkilotlarning ustavlari tasdiqlanishini va ularning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi va uning mintaqaviy filiallari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-dekabrdagi 771-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-oktabr,
628-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 628-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
TUZILMASI
Izoh. Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 71 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar — 48 nafar.
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
Ilmiy yordamchi, texnik va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar asosida belgilanadi.
* Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 628-son qaroriga
1a-ILOVA
1a-ILOVA
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti mintaqaviy filiallarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Izoh. Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 7 nafar,
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar asosida belgilanadi.
Ilmiy-texnik loyihalarni bajarish uchun shartnoma asosida ilmiy va texnik xodimlar jalb qilinishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 628-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Respublika agrokimyoviy tahlil markazining
TUZILMASI
Izoh. Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 30 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar asosida belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 628-son qaroriga
2a-ILOVA
2a-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar agrokimyoviy tahlil markazlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Izoh. Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 16 nafar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha jami xodimlarning umumiy cheklangan soni — 208 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar asosida belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 628-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
“Biosifat” respublika markazining
TUZILMASI
Izoh. Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 17 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar asosida belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 628-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Izoh. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha jami xodimlarning umumiy cheklangan soni — 144 nafar.
Toshkent viloyati Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati zarur hollarda Toshkent shahriga ham xizmat koʻrsatadi.
* Mavsumiy faoliyat olib boradigan xodimlar (xodimlarning umumiy cheklangan soni bundan mustasno).
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar asosida belgilanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 09/21/628/0943-son)