Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.11.2022 26.09.2002 yildagi 333-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.11.2022
Hujjat 26.09.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MUDOFAA VAZIRLIGI, QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShI, VILOYATLAR, ShAHARLAR VA TUMANLAR HOKIMLIKLARINING HARBIY XIZMATGA ChAQIRIShNI TAShKIL ETISh VA OʻTKAZISh YuZASIDAN MASʼULIYATINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 680-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari sohasidagi milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, harbiy xizmatga chaqirishni tashkil etish va oʻtkazish uchun Mudofaa vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar mansabdor shaxslarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish, Qurolli Kuchlarni har tomonlama tayyorlangan chaqiriluvchilar bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirliga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklarining muhim vazifalari hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning har birining oʻziga xos xususiyatlarini chuqur oʻrganishni hisobga olgan holda ularni Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tanlash va chaqirishni tashkil etish va oʻtkazishning yuksak sifatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishni sifatli tashkil etish va oʻtkazish uchun mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlarining masʼuliyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishni tashkil etish, oʻtkazish uchun chaqiriq komissiyalari raislari va aʼzolarining shaxsiy javobgarligini oshirish, ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning qonuniyligi va xolisligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarga chaqirishga jamoat tashkilotlarini jalb etish va tadbirlarga keng ijtimoiy ahamiyat baxsh etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni harbiy xizmatga maʼnaviy-axloqiy va harbiy-texnik jihatdan tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarni Qurolli Kuchlarga chaqirishni tashkil etish tizimi armiyaga chaqirilayotgan yoshlar uchun xolis, adolatli, Qonunga toʻla muvofiq tanlash shartlarini taʼminlashi, ular uchun harbiy xizmat konstitutsiyaviy burchni bajarishgina boʻlib qolmasdan, balki nufuzli ish, oʻzining jamiyatdagi oʻrnini oʻylab tanlash, jismoniy, maʼnaviy-axloqiy va ruhiy-psixologik chiniqish maktabiga aylanishiga koʻmaklashishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining ijtimoiy masalalar boʻyicha mutasaddi oʻrinbosarlari joylardagi chaqiriq komissiyalarining raislari etib tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar chaqiriq komissiyalari faoliyatiga samarali rahbarlik qilish maqsadida Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishni tashkil etish va oʻtkazishni nazorat qilish boʻyicha ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yoshlarni muddatli harbiy xizmatga tayyorlash chora-tadbirlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini, ularni yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar chaqiriq komissiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil etish, takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni Qurolli Kuchlar safiga chaqirish chora-tadbirlarini oʻtkazish davomida vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar chaqiriq komissiyalari aʼzolarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning metodik tayyorgarligini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqirish tizimini takomillashtirishga, uning moddiy-texnika va moliyaviy taʼminotiga, ommaviy axborot vositalarida keng yoritishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishni tashkil etish va oʻtkazishni nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasi (K.N.Toʻlaganov) har bir chaqirish tugallangandan keyin bir oy muddatda uning yakunlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisiga hisobot taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqirishni oʻtkazishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amaldagi qonun hujjatlariga aniq muvofiq ravishda, chaqiriluvchilarni tanlashda subyektivizm namoyon boʻlishining har qanday imkoniyatini istisno etgan holda ishlab chiqsinlar va ularning amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiriq komissiyalarini yigʻilish va chaqiriq punktlarida ishlash uchun zarur shart-sharoitlar, aloqa vositalari, avtomobil transporti bilan, shuningdek jamoat tartibi saqlanishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiriqning oshkoraligini, ochiqligini va komissiyalar ishlari ustidan samarali jamoat nazoratini amalga oshirish uchun chaqiriq komissiyalari tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati, “Nuroniy” va “Mahalla” jamgʻarmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xotin-qizlar qoʻmitalari vakillarini kiritsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamma joyda chaqiriluvchilarning tantanali ravishda kuzatilishini taʼminlasinlar, toki ushbu tadbir yangicha anʼana, Qurolli Kuchlarda muddatli xizmatga yuborilayotgan har bir chaqiriluvchi hayotida unutilmas voqea boʻlib qolsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatning nufuzini va ahamiyatini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida fuqarolar chaqiruvini tashkil etish va oʻtkazishning ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda va har tomonlama yoritilishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xar bir chaqiriq yakunlari boʻyicha oʻn kun muddatda uning natijalari chuqur tahlil qilinishini hamda yakuniy hisobotlarning Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishni tashkil etish va oʻtkazishni nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasiga taqdim etilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ.Gʻulomov);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar mansabdor shaxslarining, mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlari boshliqlarining fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishning tashkil etilishi va oʻtkazilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyatini oshirishni taʼminlasin, buning uchun ularni vaqti-vaqti bilan attestatsiyadan oʻtkazishni amalda qoʻllansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlarini qoʻshinlarda xizmat qilishda yetarli tajribaga ega boʻlgan, kasb boʻyicha eng yuqori darajada tayyorlangan va intizomli ofitser kadrlar bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarga xizmatga kelayotganlarni qoʻshinlarda psixologik va jismoniy jihatdan tezda moslashtirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsin va joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil mobaynida Mudofaa vazirligida, harbiy okruglarda, mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlarida chaqiriqgacha yoshdagi va chaqiriq yoshidagilar harbiy hisobga toʻliq va toʻgʻri olinishini taʼminlash, ularni Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga tayyorlash hamda muddatli harbiy xizmatga chaqirishning oʻtkazilishi ustidan tezkor nazoratni amalga oshirish uchun chaqiriluvchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi (F.Gʻ.Nazirov) Mudofaa vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiriluvchilarning yuqori malakali shifokorlar tomonidan tibbiy tekshiruvdan sifatli oʻtkazilishini tashkil etsin, chaqiriluvchilarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha muqobil tibbiy komissiyalar tuzilishini taʼminlash tizimini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi mansabdor shaxslarining, chaqiriq komissiyalari ishiga jalb etiladigan tibbiyot xodimlarining ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning asoslanganligi uchun shaxsiy masʼuliyatini oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiriluvchilar sogʻligʻining ahvoliga, qoʻshinlarning har xil turlarida xizmat qilishga tibbiy jihatdan ruxsat berishga nisbatan talablarni qatʼiylashtirsin va aniqlashtirsin, sogʻligʻining ahvoli qoʻyilayotgan talablarga muvofiq boʻlmagan shaxslarning xizmatga chaqirilishi imkoniyatlariga chek qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsmirlar poliklinikalari, markazlar va davolash-profilaktika muassasalarining, chaqiriq va yigʻilish punktlari tibbiy komissiyalarining zarur zamonaviy davolash-diagnostika asbob-anjomlari bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiriqgacha yoshdagi va chaqiriluvchi yoshlar oʻrtasida davolash-sogʻlomlashtirish ishlarini tubdan yaxshilash, oʻsmirlarning davolash muassasalarini malakali tibbiy xodimlar bilan taʼminlash, oʻsmirlarga xizmat koʻrsatuvchi shifokorlar nufuzini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov) bilan birgalikda Qurolli Kuchlar uchun yagona boʻlgan Tinchlik va urush vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ.Gʻulomov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (S.S.Gʻulomov) akademik litseylarda, kasb-hunar kollejlarida yoshlarni harbiy xizmatga chaqirishdan oldin tayyorlash dasturini harbiy islohotlar talablarini hisobga olgan holda ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzteleradio” kompaniyasi (A.K. Koʻchimov) Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (R.Sh.Shogʻulomov) bilan birgalikda, harbiy xizmat nufuzini oshirish maqsadida yoshlarni Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga tayyorlash, fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishni, chaqiriq komissiyalari ishlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalarining ommaviy axborot vositalarida har tomonlama yoritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashining Kotibi Gʻ.D.Obloyorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 26-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
333-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 344-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda)