Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.11.2022 26.09.2002 yildagi 333-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.11.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MUDOFAA VAZIRLIGI, QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShI, VILOYATLAR, ShAHARLAR VA TUMANLAR HOKIMLIKLARINING HARBIY XIZMATGA ChAQIRIShNI TAShKIL ETISh VA O‘TKAZISh YuZASIDAN MAS’ULIYATINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 680-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari sohasidagi milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, harbiy xizmatga chaqirishni tashkil etish va o‘tkazish uchun Mudofaa vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar mansabdor shaxslarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish, Qurolli Kuchlarni har tomonlama tayyorlangan chaqiriluvchilar bilan to‘ldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirliga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklarining muhim vazifalari hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning har birining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur o‘rganishni hisobga olgan holda ularni Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tanlash va chaqirishni tashkil etish va o‘tkazishning yuksak sifatini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishni sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mudofaa ishlari boshqarmalari va bo‘limlarining mas’uliyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishni tashkil etish, o‘tkazish uchun chaqiriq komissiyalari raislari va a’zolarining shaxsiy javobgarligini oshirish, ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning qonuniyligi va xolisligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarga chaqirishga jamoat tashkilotlarini jalb etish va tadbirlarga keng ijtimoiy ahamiyat baxsh etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni harbiy xizmatga ma’naviy-axloqiy va harbiy-texnik jihatdan tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarni Qurolli Kuchlarga chaqirishni tashkil etish tizimi armiyaga chaqirilayotgan yoshlar uchun xolis, adolatli, Qonunga to‘la muvofiq tanlash shartlarini ta’minlashi, ular uchun harbiy xizmat konstitutsiyaviy burchni bajarishgina bo‘lib qolmasdan, balki nufuzli ish, o‘zining jamiyatdagi o‘rnini o‘ylab tanlash, jismoniy, ma’naviy-axloqiy va ruhiy-psixologik chiniqish maktabiga aylanishiga ko‘maklashishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining ijtimoiy masalalar bo‘yicha mutasaddi o‘rinbosarlari joylardagi chaqiriq komissiyalarining raislari etib tayinlanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 30-son, 344-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqirishni o‘tkazishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amaldagi qonun hujjatlariga aniq muvofiq ravishda, chaqiriluvchilarni tanlashda subyektivizm namoyon bo‘lishining har qanday imkoniyatini istisno etgan holda ishlab chiqsinlar va ularning amalga oshirilishini ta’minlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiriq komissiyalarini yig‘ilish va chaqiriq punktlarida ishlash uchun zarur shart-sharoitlar, aloqa vositalari, avtomobil transporti bilan, shuningdek jamoat tartibi saqlanishini ta’minlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiriqning oshkoraligini, ochiqligini va komissiyalar ishlari ustidan samarali jamoat nazoratini amalga oshirish uchun chaqiriq komissiyalari tarkibiga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamg‘armalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xotin-qizlar qo‘mitalari vakillarini kiritsinlar;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamma joyda chaqiriluvchilarning tantanali ravishda kuzatilishini ta’minlasinlar, toki ushbu tadbir yangicha an’ana, Qurolli Kuchlarda muddatli xizmatga yuborilayotgan har bir chaqiriluvchi hayotida unutilmas voqea bo‘lib qolsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatning nufuzini va ahamiyatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida fuqarolar chaqiruvini tashkil etish va o‘tkazishning ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda va har tomonlama yoritilishini ta’minlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xar bir chaqiriq yakunlari bo‘yicha o‘n kun muddatda uning natijalari chuqur tahlil qilinishini hamda yakuniy hisobotlarning Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishni tashkil etish va o‘tkazishni nazorat qilish bo‘yicha Respublika komissiyasiga taqdim etilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mudofaa vazirligi (Q.G‘.G‘ulomov);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar mansabdor shaxslarining, mudofaa ishlari boshqarmalari va bo‘limlari boshliqlarining fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishning tashkil etilishi va o‘tkazilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyatini oshirishni ta’minlasin, buning uchun ularni vaqti-vaqti bilan attestatsiyadan o‘tkazishni amalda qo‘llansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda mudofaa ishlari boshqarmalari va bo‘limlarini qo‘shinlarda xizmat qilishda yetarli tajribaga ega bo‘lgan, kasb bo‘yicha eng yuqori darajada tayyorlangan va intizomli ofitser kadrlar bilan ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarga xizmatga kelayotganlarni qo‘shinlarda psixologik va jismoniy jihatdan tezda moslashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsin va joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil mobaynida Mudofaa vazirligida, harbiy okruglarda, mudofaa ishlari boshqarmalari va bo‘limlarida chaqiriqgacha yoshdagi va chaqiriq yoshidagilar harbiy hisobga to‘liq va to‘g‘ri olinishini ta’minlash, ularni Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga tayyorlash hamda muddatli harbiy xizmatga chaqirishning o‘tkazilishi ustidan tezkor nazoratni amalga oshirish uchun chaqiriluvchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sog‘liqni saqlash vazirligi (F.G‘.Nazirov) Mudofaa vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiriluvchilarning yuqori malakali shifokorlar tomonidan tibbiy tekshiruvdan sifatli o‘tkazilishini tashkil etsin, chaqiriluvchilarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha muqobil tibbiy komissiyalar tuzilishini ta’minlash tizimini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sog‘liqni saqlash vazirligi mansabdor shaxslarining, chaqiriq komissiyalari ishiga jalb etiladigan tibbiyot xodimlarining ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning asoslanganligi uchun shaxsiy mas’uliyatini oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiriluvchilar sog‘lig‘ining ahvoliga, qo‘shinlarning har xil turlarida xizmat qilishga tibbiy jihatdan ruxsat berishga nisbatan talablarni qat’iylashtirsin va aniqlashtirsin, sog‘lig‘ining ahvoli qo‘yilayotgan talablarga muvofiq bo‘lmagan shaxslarning xizmatga chaqirilishi imkoniyatlariga chek qo‘ysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘smirlar poliklinikalari, markazlar va davolash-profilaktika muassasalarining, chaqiriq va yig‘ilish punktlari tibbiy komissiyalarining zarur zamonaviy davolash-diagnostika asbob-anjomlari bilan jihozlanishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiriqgacha yoshdagi va chaqiriluvchi yoshlar o‘rtasida davolash-sog‘lomlashtirish ishlarini tubdan yaxshilash, o‘smirlarning davolash muassasalarini malakali tibbiy xodimlar bilan ta’minlash, o‘smirlarga xizmat ko‘rsatuvchi shifokorlar nufuzini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sog‘liqni saqlash vazirligi Mudofaa vazirligi (Q.G‘. G‘ulomov) bilan birgalikda Qurolli Kuchlar uchun yagona bo‘lgan Tinchlik va urush vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mudofaa vazirligi (Q.G‘.G‘ulomov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (S.S.G‘ulomov) akademik litseylarda, kasb-hunar kollejlarida yoshlarni harbiy xizmatga chaqirishdan oldin tayyorlash dasturini harbiy islohotlar talablarini hisobga olgan holda ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zteleradio” kompaniyasi (A.K. Ko‘chimov) O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (R.Sh.Shog‘ulomov) bilan birgalikda, harbiy xizmat nufuzini oshirish maqsadida yoshlarni Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga tayyorlash, fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishni, chaqiriq komissiyalari ishlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalarining ommaviy axborot vositalarida har tomonlama yoritilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T.Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashining Kotibi G‘.D.Obloyorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 26-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
333-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 30-son, 344-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda)