ILOVA
7-ILOVA
8-ILOVA
|
Bosqichlar |
|
Subyektlar |
|
Tadbirlar |
|
Bajarish muddatlari |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich |
Yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport haydovchilari, sug‘urtalovchi |
1. Tan jarohati bilan bog‘liq bo‘lmagan hamda ikki transport vositasi to‘qnashuvi natijasida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan o‘zaro kelishilgan holda ixtiyoriy ravishda ikki nusxada yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma tuziladi. 2. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish bilan bir vaqtning o‘zida yo‘l-transport hodisasi joyi (avtotransport vositalari to‘qnashgan joy (vaziyat o‘zgartirilmagan holdagi), transport vositalarini fotosuratga va (yoki) videoyozuvga olinadi, shuningdek, transport vositalarining shikastlangan qismlarini fotosuratga va (yoki) videoyozuvga tushiriladi. |
Hodisa sodir etilgan vaqtda o‘sha joyning o‘zida | |||
|
|
||||||
|
2-bosqich |
Yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport haydovchilari, narkolog yoki mas’ul tibbiyot xodimi |
1. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma tuzilganidan so‘ng ikkala haydovchi mastlik darajasini aniqlash yuzasidan ushbu hududdagi yoki unga yaqin bo‘lgan narkologik dispanser yoxud sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasiga murojaat qilib, tekshiruvdan o‘tadilar. |
1. Hodisa sodir etilgan vaqtdan e’tiboran 4 soat ichida | |||
|
Yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport vositalari haydovchilari, ekspertiza (baholash) o‘tkazadigan tashkilot |
2. Jabrlanuvchi yo‘l-transport hodisasi natijasida o‘zining mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash maqsadida |
2. Hodisa sodir etilgan vaqtdan e’tiboran 3 ish kun ichida | ||||
|
Yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport haydovchilari, sug‘urtalovchi |
3. Haydovchilar tomonidan sug‘urtalovchilarga yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etiladi: yo‘l-transport hodisasi joyining (avtotransport vositalari to‘qnashgan joyning (vaziyat o‘zgartirilmagan holdagi), transport vositalarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi, transport vositalarining shikastlangan qismlarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi; haydovchilarning sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etish to‘g‘risidagi arizalari; yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydagi yoki unga yaqin joydagi narkologik dispanserda yoxud sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasida yo‘l-transport hodisasi haqida xabarnoma tuzilgan paytdan e’tiboran to‘rt soat ichida haydovchilarning mastlik holatini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruv o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonnoma; yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarining, transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi hujjatlarining ko‘chirma nusxalari, shuningdek, sug‘urta polisining ko‘chirma nusxalari. |
3. Hodisa sodir etilgan vaqtdan e’tiboran 3 ish kuni ichida | ||||
|
|
||||||
|
3-bosqich |
Sug‘urtalovchi, ekspertiza (baholash) o‘tkazadigan tashkilot, haydovchilar |
1. Sug‘urtalovchi yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararlarni qoplash to‘g‘risidagi arizani qabul qilganidan so‘ng uni tegishli jurnalda ro‘yxatdan o‘tkazib, hujjatlarni tekshiradi hamda shikastlangan transport vositasini ko‘zdan kechiradi, zarurat bo‘lsa mustaqil ekspertizani (baholashni) tashkil etadi. |
Sug‘urtalovchiga taqdim etilgan kundan e’tiboran 15 kalendar kun ichida | |||
|
Sug‘urtalovchi |
2. Sug‘urtalovchi yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani va unga ilova qilingan materiallar va hujjatlarni ko‘rib chiqadi va uning natijasiga asosan sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish haqida yoki uni to‘lash haqida qaror qabul qiladi va shu bilan birga haydovchilarga tegishli transport vositalarini ta’mirlash hamda utilizatsiya qilishga ruxsat beradi. |
|||||
|
Sug‘urtalovchi, haydovchi (jabrlanuvchi) |
3. Sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, jabrlanuvchining sug‘urtalovchisi sug‘urta tovonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘laydi, bunda sug‘urta tovonini to‘lash bilan bog‘liq barcha xarajatlar qoplanadi. |
3. Sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 5 ish kuni ichida | ||||
|
Sug‘urtalovchilar |
4. Sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etish qo‘llanilganda aybdor tarafning sug‘urtalovchisi jabrlanuvchining sug‘urtalovchisiga jabrlanuvchiga sug‘urta tovonini to‘lash bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplab beradi. |
|||||
|
|
||||||
|
4-bosqich |
Sug‘urtalovchi, haydovchilar |
1. Sug‘urtalovchi zarar yetkazgan shaxsdan (sug‘urta qildiruvchiga, fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxsga) o‘zi to‘lagan sug‘urta to‘lovi miqdorida yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuzilganda belgilangan vaqtda mastlik darajasini aniqlash chorasini ko‘rmagan bo‘lsa, shuningdek, sug‘urtalovchiga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlarni uzrli sabablarsiz o‘z vaqtida taqdim etmagan bo‘lsa, regress tartibida talab qilib oladi. |
Sug‘urtalovchiga taqdim etilgan kundan 15 ish kun ichida | |||
|
Sug‘urtalovchi, haydovchilar, ichki ishlar organi xodimlari |
2. Sug‘urtalovchi ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuzilgan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnomani ko‘rib chiqish vaqtida yo‘l-transport hodisasida jinoyat alomatlari yoki yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani rasmiylashtirishni istisno etadigan holatlarni aniqlagan taqdirda, to‘plangan hujjatlarni tegishliligi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etadi. |
|||||
|
|
”. |