24.09.2021 yildagi 605-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, oʻrnak koʻrsatgan va faol talabalar uchun qoplab berilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari tomonidan ularning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab berilishi mumkinligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oliy taʼlim muassasalarining faqat kunduzgi taʼlim shaklida, davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik ijara toʻlovining bir qismini belgilangan mezonlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi talaba tomonidan oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish uchun oʻzi taʼlim olayotgan fakulʼtetga yoki oliy taʼlim muassasasining talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlimiga yozma ariza bilan murojaat etish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish boʻyicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasi tomonidan talabani ijtimoiy mezonlar boʻyicha oʻrganish va talabaga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berishni koʻrib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara huquqi asosida yashaydigan talabaga oylik ijara toʻlovlarining bir qismini qoplab berishni moliyalashtirish va toʻlab berish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan ijara huquqi asosida yashayotgan, biroq ijara toʻlovlari ushbu qarorda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan talabalar toifasiga kirmaydagan boshqa talabalarning oylik ijara toʻlovi bir qismini ushbu oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibi oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yilda mazkur qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻ ajratsin, 2022-yildan boshlab esa — tegishli mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 24-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
605-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining oylik ijara toʻlovi bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, shuningdek, respublikada doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan davlat oliy taʼlim muassasasining talabasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy mezonlar — ijara toʻlovining bir qismini birinchi navbatda olishga muhtoj talabalarni aniqlash va ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilashda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkichlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish boʻyicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya) — ariza beruvchilarning ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlashga masʼul boʻlgan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tarkibda oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan tasdiqlanadigan doimiy va jamoatchilik asosida ishlaydigan tuzilma;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish toʻgʻrisida komissiya tomonidan ijobiy xulosa olgan talaba.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning oylik ijara toʻlovi bir qismini qoplab berish qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomasiga muvofiq ijara huquqi asosida yashaydigan ariza beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatga olingan doimiy yashash joyi doirasida (tuman, shahar miqyosida) ariza beruvchilarga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan boʻlishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joy ijarasi uchun toʻlov summasi ijara shartnomasida qayd etilgan talabalar oʻrtasida teng boʻlingan tarzda hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish har bir talabaga toʻgʻri keladigan ijara summasidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar asosida uning ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat oliy taʼlim muassasalarining faqat kunduzgi taʼlim shaklida, davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida tahsil olishidan qatʼi nazar, ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismi belgilangan mezonlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish uchun ariza bilan murojaat etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza beruvchi mustaqil ravishda quyidagi holatlardan kamida birini tasdiqlovchi maʼlumot yoki hujjatlarni ilova qilgan holda ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi anketa-arizani ikki nusxada toʻldirib, oʻzi taʼlim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari yoki oliy taʼlim muassasasining talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda — masʼullar) topshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam taʼminlangan oilalarning farzandlari boʻlganligi (kam taʼminlangan oila deb topish tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar (ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada oʻn olti yoshga toʻlmagan beshta va undan ortiq bolalari boʻlgan oilalar) farzandlari boʻlganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vasiylik yoki homiylik belgilangan va oilaga tarbiyaga (patronat) olingan bolalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi boʻlganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onasi “Ayollar daftari”ga kiritilgan oila farzandi boʻlganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning farzandi boʻlganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila aʼzolari “Mehnat-migratsiya” dasturida roʻyxatdan oʻtganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onasi ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlganligi (bandligi taʼminlanmagan, ishlash istagida boʻlgan, daromad manbaiga ega boʻlmagan, shu jumladan, mehnat qilish qobiliyatini qisman yoʻqotgan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandi boʻlganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oliy taʼlim muassasasida oʻrnak koʻrsatganligi va faol boʻlganligi (xalqaro, respublika, hudud va taʼlim muassasasi miqyosida oʻtkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari, koʻrik tanlovlar gʻoliblari, fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan, maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlarida faol qatnashganligi, jamoatchilik asosida targʻibot guruhlaridagi volontyorlik faoliyati).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv yili davomida, yaʼni har yili 1-sentabrdan 1-iyulgacha etib yoki oʻqitish dasturi boʻyicha oʻquv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan har oyning 7-sanasiga qadar arizalar masʼullarga taqdim etilganidan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu muddatlar tugagandan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlar va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha oʻrganish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Masʼullar bir hafta davomida ariza beruvchining maʼlumotlari quyidagi ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini har tomonlama oʻrganadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomasi mavjudligi, uni tegishli ravishda rasmiylashtirilganligi, ijara shartnomasida koʻrsatilgan manzilda yashashi hamda ijarada yashayotgan manzil ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining boquvchisini yoʻqotgan oilalar farzandlari toifasiga mansubligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining I va II guruh nogironligi mavjud, toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, vasiylik yoki homiylik belgilangan va oilaga tarbiyaga (patronat) olingan bolalar toifasiga mansubligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining “Temir daftar”ga kiritilgan yoki onasi “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning farzandligiga mansubligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining oila aʼzolari “Mehnat-migratsiya” dasturida roʻyxatdan oʻtganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi (oshirganligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining ota-onasi ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlganligi, oliy taʼlim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandi boʻlganlar toifasiga mansubligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining oliy taʼlim muassasasida oʻrnak koʻrsatganligi va faol boʻlganligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Masʼullar hafta davomida oʻrganilgan maʼlumotlarni umumlashtirib, koʻrib chiqish va xulosa berish uchun navbatdagi haftaning birinchi kunida komissiyaga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berishni komissiya tomonidan koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Masʼullar taqdim etgan talabgorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bir kun muddatda komissiya tomonidan oʻrganib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiya ishining tashkiliy shakli yigʻilish hisoblanadi. Komissiya majlislari komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda oʻtkaziladi. Bunda, talabgor taʼlim olayotgan fakultet dekanining masalaga masʼul oʻrinbosari, tyutor, xotin-qizlar kengashi raisi, yoshlar yetakchisi bir vaqtning oʻzida komissiya yigʻilishida ishtirok etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiya yigʻilishlarida ishtirok etayotgan aʼzolarning uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan komissiya qarorlari qabul qilingan hisoblanadi va ushbu yigʻilishlarda qabul qilingan qarorlar yigʻilish kotibi tomonidan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiyaning barcha yigʻilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qaror shaklida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya uning vakolatlariga tegishli masalalarni komissiya raisi boshchiligida oʻtkaziladigan yigʻilishlarda koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiya raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiyaning yigʻilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya vakolatiga tegishli boʻlgan masalalarni uning yigʻilishida koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya qarorlarini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiya kotibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya raisining topshiriqlariga asosan komissiya aʼzolarini komissiya yigʻilishining oʻtkaziladigan joyi, vaqti va sanasi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya ish rejalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya aʼzolariga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi; komissiya ish yurituvini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Komissiya hujjatlari davlat oliy taʼlim muassasasining arxivida belgilangan muddatgacha saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Zarurat boʻlganda, taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida ariza beruvchi suhbat uchun Komissiya yigʻilishiga chaqirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Komissiya arizalarni navbat asosida ularning qayd etilishi ketma-ketligiga muvofiq koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yigʻilishlari, ularning oshkoraligi va xolisligini taʼminlash maqsadida uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi hamda oliy taʼlim muassasasi arxivida belgilangan muddatgacha saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Komissiya taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar asosida hamda ijtimoiy mezonlarga koʻra ariza beruvchiga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlarni tanlash komissiya tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida komissiya maxsus reyestrni yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha komissiya yigʻilishining bayonnomasi asosida bir kun muddatda davlat oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori)ning tegishli buyrugʻi rasmiylashtirilib, arizalari qanoatlantirilgan Talabgorlar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar va ularning roʻyxati toʻlovlarni amalga oshirish uchun buxgalteriyaga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning ijara toʻlovining bir qismini toʻlab berish yoki ijara toʻlovining bir qismini toʻlab berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori asoslantirilgan ravishda oliy taʼlim muassasasining tegishli eʼlonlar taxtalari, rasmiy saytlarida aks ettirilishi komissiya kotibi tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur Nizomning 7-bandiga muvofiq belgilangan mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi undagi birorta mezonga toʻgʻri kelgan taqdirda, u talabgor sifatida tan olinib, oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berishga haqli deb topiladi. Talabgorlar mezonlarning ketma-ketligiga qarab birinchi navbatdagi talabgor sifatida tan olinadi va ustunlikka ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Quyidagi holatlarda ariza beruvchiga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish rad etilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan holatlardan kamida birini tasdiqlovchi maʼlumot yoki hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar belgilangan mezonlarga mos kelmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining ijara shartnomasida koʻrsatilgan manzilda yashamasligi, ijarada yashayotgan manzil ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli ekanligi, ijara shartnomasi tegishli tartibda rasmiylashtirilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki soxta maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza va tegishli hujjatlar qabul qilishning oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni toʻgʻrilash imkoniyati boʻlgan taqdirda ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda takroran murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berishni moliyalashtirish va toʻlab berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda davlat oliy taʼlim muassasasi ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning jami sonini, shuningdek, uning 60 foizini alohida koʻrsatgan holda asoslantirilgan hisob-kitoblarni yuqori turuvchi vazirlik va idoralarga taqdim etishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Vazirlik va idoralar oʻz navbatida davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarni jamlab, belgilangan tartibda Davlat budjetidan tegishli mablagʻlarni ajratish uchun Moliya vazirligiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Davlat budjetidan mazkur maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar oliy taʼlim muassasasi xarajatlar smetasining “47.21.500 — Uy-joy-kommunal xizmatlar boʻyicha har oylik kompensatsiya toʻlovlari” moddasida rejalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Arizasi ijobiy hal etilgan talabalar uchun ijara toʻlovining bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ular ariza bergan sanadan boshlab qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Davlat oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori)ning tegishli buyrugʻiga muvofiq muassasa buxgalteriyasi tomonidan ijara haqining bir qismini qoplash uchun beriladigan mablagʻlar talabgorning plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan har oyning 15-sanasiga qadar toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga budjetdan ajratilgan mablagʻlarning tegishli moliya yili yakuniga qadar oʻzlashtirilmay qolgan qismi belgilangan tartibda Davlat budjetiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Talaba oʻquv yili davomida akademik taʼtilga chiqqan, kursda qoldirilgan yoki talabalar safidan chetlashtirilgan hollarda, unga ijara haqining bir qismini qoplash uchun beriladigan mablagʻlarni toʻlash toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Talabgor ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarni, shuningdek taqdim etilgan ijara shartnomasi bekor qilinganda yoki yashash manzili oʻzgarganda uch ish kuni ichida masʼullarga hamda oliy taʼlim muassasasi buxgalteriyasiga xabar berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Mazkur toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishini doimiy nazorat qilish davlat oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori), yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori (direktor oʻrinbosari), bosh buxgalteri va bosh auditori zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Oylik ijara toʻlovi bir qismini qoplab berish boʻyicha ajratilgan mablagʻlar ortiqcha toʻlanganda, davlat oliy taʼlim muassasasining masʼullari hamda buxgalteriyasi tomonidan mazkur mablagʻlarni qaytarish choralari koʻriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish boʻyicha mablagʻlarni talabgorlarga toʻlanishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda vazirlik va idoralarning Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish boʻyicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Lavozimiga koʻra

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari), Komissiya raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlim boshligʻi

3.

Lavozimiga kura

Oliy taʼlim muassasasining Xotin-qizlar kengashi raisi

4.

Lavozimiga kura

Tegishliligi boʻyicha fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari

5.

Lavozimiga koʻra

Oliy taʼlim muassasasining Yoshlar yetakchisi

6.

Lavozimiga koʻra

Tyutor

7.

Lavozimiga koʻra

Bosh auditor

8.

Lavozimiga koʻra

Buxgalteriya masʼul xodimi

9.

Lavozimiga koʻra

Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlim masʼul xodimi, Komissiya kotibi

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Oliy taʼlim muassasasi nomi
‎ rektori (direktori) F.I.O. ga
‎‎

‎‎‎‎ANKETA-ARIZA‎

‎‎1.__________________________________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

‎‎2. Manzil: __________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎‎3. Tugʻilgan sanasi _______ / _______ / ___________y.
‎4. Jinsi: ___________(ayol) ________________(erkak)
‎‎5. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) _________________________________________________.
‎‎6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami _______________________________________________
__________________________________________________________________________________________.‎‎
‎‎7. Oʻqish joyi __________________________________/ bosqich ______________________________________
‎‎taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi) __________________________________________________.
‎‎8. Qaysi hududdagi uy-joyni ijaraga olmoqchisiz? Toshkent shahrida ___________________________________
________________________________________ / boshqa hududlarda‎‎ ___________________________________
___________________________________________________________________________________________‎‎
‎‎9. Uy-joy ijara summasi___________________ soʻm.
‎‎10. Siz bilan aloqaga chiqish uchun maʼlumotlaringiz?
‎‎uy tel: _______________, uyali tel: _____________, el.pochta ________________________________________.

‎‎Men davlat tomonidan oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berilishidan manfaatdorligimni ‎‎bildiraman.

‎Pasportim va ijtimoiy mezonlarga muvofiqligimni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini ilova qilmoqdaman. Ushbu ariza va unga ilova qilinayotgan hujjatlarda koʻrsatilgan barcha maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman.

‎‎__________________
imzo‎‎

‎‎_________________
‎‎F.I.O.

“_____”
‎kun‎

‎‎________________
‎‎oy
‎‎

‎‎____________
‎‎yil

‎‎Ariza № ____________________
‎‎Qabul qilish sanasi “_____” ___________________202 ______y.
‎‎Qabul qilgan shaxs F.I.O _________________________________
‎‎Qabul qilgan shaxs imzosi ________________________________
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2021-y., 09/21/605/0910-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 29.01.2026-y., 09/26/32/0084-son; 04.03.2026-y., 09/26/88/0192-son)