Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.09.2002 yildagi 310-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MEHMONXONA BIZNESI VA XALQARO TURIZMNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri mehmonxonalarini 2003-yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining yillik majlisi qatnashchilarini qabul qilishga tayyorlash, shuningdek xalqaro turizmni yanada rivojlantirish, mehmonxona sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar hokimligi, “O‘zbekturizm” kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi “Do‘stlik”, “Toshkent”, “Rossiya” va “Chorsu” mehmonxona komplekslari, shuningdek Amir Temur ko‘chasidagi qurilishi tugallanmagan obyekt negizida mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, qurish va bundan buyon foydalanish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Xorijiy sheriklar ushbu qo‘shma korxonalarning ustav fondlariga o‘z ulushlarini xorijiy va milliy valyutalardagi pul mablag‘lari bilan qo‘shadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston” mehmonxona kompleksini rekonstruksiya qilish loyihasining yakunlovchi bosqichini amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahar hokimligi va “O‘zbekturizm” kompaniyasi bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha qo‘shma korxonalarning loyihalari texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, loyihalar texnik-iqtisodiy asoslashda nazarda tutilgan manbalarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rekonstruksiya qilish va qurish tugallangandan keyin keyinchalik mehmonxonalar binolarini bankka garovga qo‘ygan holda yangidan tashkil etilgan qo‘shma korxonalar va ularning muassislarining likvidli mol-mulkini garovga qo‘yish bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablag‘ bilan ta’minlovchi banklarning xorijiy banklar oldidagi kafilligi va kafolati ostida mablag‘ bilan ta’minlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Asaka” banki loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi ekspertizasi natijalari bo‘yicha xorijiy banklar bilan belgilangan tartibda kredit bitimlari tuzsinlar va mablag‘ bilan ta’minlashni o‘z mablag‘lari hisobiga yoki xorijiy banklarning mablag‘larini ko‘rsatib o‘tilgan mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish va qurishga qayta moliyalash yo‘li bilan ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorga muvofiq yangidan tashkil etilayotgan qo‘shma korxonalarga mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish va qurishni 2003-yil 1-yanvargacha loyihalashtirish va loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlanishi bilan bir vaqtda ishchi chizmalar bo‘yicha amalga oshirishga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Toshkent shahar hokimligi va “O‘zbekturizm” kompaniyasiga mehmonxona komplekslarining mol-mulkini ustav fondiga ulush sifatida foydalanish uchun qo‘shma korxonalarga berish huquqini bersin, shuningdek garov shartnomalarini (ipoteka) rasmiylashtirish uchun tegishli ruxsatnomalar berilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent shahar hokimligi va “O‘zbekturizm” kompaniyasining garov mol-mulki davlat poshlinalari undirilmasdan qo‘shilishi to‘g‘risidagi shartnomalar notarial tasdiqlanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toshkent shahar hokimligi va “O‘zbekturizm” kompaniyasi uch oy muddatda qo‘shma korxonalarning xorijiy muassislari bilan birgalikda menejmentni amalga oshirishga va mehmonxonalarni boshqarishga birinchi darajali xorijiy kompaniyalarni tanlov asosida jalb etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yangidan tashkil etilayotgan qo‘shma korxonalar va “Otel O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rekonstruksiya qilish va qurish davrida foydalanishga tayyor holda qurish uchun tuzilgan kontraktlar doirasida mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish va qurish uchun olib kelinadigan materiallar va asbob-uskunalarga bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlarni qaytarish davrida, biroq kredit shartnomalarida belgilangan muddatlardan ortiq bo‘lmagan davrda, daromad (foyda)dan olinadigan soliqdan, qo‘shilgan qiymat solig‘idan, mulk solig‘idan, yer solig‘idan ozod qilinsin, soliq imtiyozlari berilishi natijasida bo‘shab qoladigan mablag‘lar belgilangan tartibda to‘liq miqdorda mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish va qurish uchun jalb qilingan kreditlarni qaytarishga yo‘naltirilishi nazarda tutilsin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-fevraldagi 28-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 8-son, 52-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashuvchi xorijiy banklar va sug‘urta agentliklari O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlardan undiriladigan daromaddan olinadigan soliqlarni to‘lashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi va “O‘zbekturizm” kompaniyasining buyurtmanomalari bo‘yicha mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, qurish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish uchun jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ko‘pmartali kirish vizalari konsullik yig‘imlari undirilmasdan berilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi va “O‘zbekturizm” kompaniyasining buyurtmanomalari bo‘yicha mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, qurish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish ishlarini amalga oshirishda qatnashish uchun tuzilgan muddatli mehnat kontraktlari amal qilishi davrida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning davlat bojlari undirilmasdan vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin, shuningdek muddatli mehnat kontraktlari amal qilishi davrida respublikaning boshqa mintaqalaridan jalb etiladigan mahalliy mutaxassislarning ro‘yxatdan o‘tkazilishini va ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-yanvardagi 33-son qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Toshkent shahar hokimligi va “O‘zbekturizm” kompaniyasining buyurtmanomalari bo‘yicha mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, qurish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish uchun jalb etilayotgan xorijiy xodimlarning mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun zarur ruxsatnomalar (litsenziyalar) o‘z vaqtida berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 2-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
310-son