1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilishda ishlatiladigan metall prokati ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki bozorda sotiladigan mahalliy va importdan keltirilgan metall prokati sifatining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini ta’minlash orqali respublikada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini hamda ko‘p qavatli bino va inshootlar qurilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korxonalarda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2021-yil 1-noyabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) induksion pechlarda qurilish uchun metall prokati ishlab chiqarish korxonalariga quyidagi bajarilishi shart bo‘lgan asosiy talablar joriy qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
induksion pechda po‘lat erigandan so‘ng po‘latni kompleks qayta ishlaydigan agregatda ishlov berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish korxonalarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasining mavjud bo‘lishi hamda ushbu laboratoriyada eritilgan po‘lat va tayyor mahsulotlarning har bir partiyasini qat’iy sifat nazoratidan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan asosiy talablarni bajargan korxonalarga qurilish uchun mo‘ljallangan tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega metall mahsulotlarini induksion pechlarda ishlab chiqarish va uni qo‘llashga komissiyaning xulosasiga asosan ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bir oy muddatda komissiya tomonidan korxonalarning metall mahsulotlarini induksion pechlarda ishlab chiqarish uchun ruxsat olish bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish reglamentini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Texnik jihatdan tartibga solish agentligi):
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 10-oktabrga qadar induksion pechlardan foydalanib qurilish uchun ishlab chiqarilgan metall prokatiga qo‘shimcha joriy etilayotgan talablarni inobatga olib, tegishli sertifikatlashtirish tizimi qoidalari va “Qurilishda qo‘llaniladigan, qora metalldan tayyorlangan metall mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi maxsus texnik reglamentga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda induksion pechlarda qurilish uchun metall prokatini ishlab chiqarish korxonalarida har bir induksion pechda eritiladigan qora metall chiqindi va parchalari (metall shixtasi)ning yuqori darajada tozaligini ta’minlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishda foydalaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish, standartlash, sertifikatlash va metrologiya sohalari bo‘yicha sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan moliyaviy va ma’muriy jarimalarning ta’sirchanligini o‘rganib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvarga qadar qonunchilik hujjatlarida belgilangan jarimalar miqdorini oshirish va boshqa ta’sir choralarini belgilash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda kamida bir marta ichki bozordagi qurilish uchun foydalaniladigan metall prokati sifatini o‘rganish maqsadida qurilish obyektlari va savdo shaxobchalarida nazorat xaridlarini amalga oshirsin hamda mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish, standartlash, sertifikatlash va metrologiya sohalaridagi talablarga muvofiqligini o‘rganib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat xaridlari natijasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlash, sertifikatlash va metrologiya sohalaridagi talablarga nomuvofiq deb topilgan metall prokati ishlab chiqargan korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriya sinovi natijalariga ko‘ra induksion pechlardan foydalangan holda qurilish uchun ishlab chiqarilgan metall prokati texnik jihatdan tartibga solish, standartlash, sertifikatlash va metrologiya sohalaridagi talablarga nomuvofiq deb topilgan taqdirda, bu haqida bir kun muddatda sertifikatlash organi tomonidan Qurilish vazirligi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi xabardor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan talablarga nomuvofiq deb topilgan induksion pechlardan foydalangan holda qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokati ishlab chiqargan korxona aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgunga qadar hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlash, sertifikatlash va metrologiya sohalarida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan jarimalarni to‘liq to‘lagunga qadar ushbu mahsulotni realizatsiya qilish huquqiga ega bo‘lmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va sertifikatlash organlarining xabarnomasiga ko‘ra belgilangan talablarga nomuvofiq bo‘lgan mahsulotni sotishni va undan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ishlab chiqaruvchi va qurilish tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 10-oktabrga qadar eritish pechlaridan foydalangan holda metall prokatini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini nazorat qilishning aniq mezonlarini belgilagan holda “xavfni tahlil etish” tizimini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan eritish pechlaridan foydalangan holda metall prokati ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarida sanoat xavfsizligi holatini belgilangan tartibda tekshirish ishlarini o‘tkazib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Energetika vazirligi bir oy muddatda metall prokati ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan induksion pechlardan foydalangan holda qurilish uchun ishlab chiqarilgan metall prokati texnik jihatdan tartibga solish, standartlash, sertifikatlash va metrologiya sohalaridagi talablarga nomuvofiq deb topilgan taqdirda, ushbu korxonalarga elektr energiyasi va gaz ta’minoti yetkazib berish bo‘yicha shartnomani bir taraflama bekor qilishni ko‘zda tutuvchi qonunchilikka tegishli o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qurilish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 15-oktabrga qadar “Shaffof qurilish” elektron portali orqali quruvchi tashkilotlarning reytingini shakllantirishda quruvchi tashkilotlar tomonidan muvofiqlik sertifikatiga ega sifatli metall prokati ishlab chiqaruvchi korxonalardan metall prokati xarid qilganligi uchun alohida baholash mezonini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda sifatsiz mahsulotlar aylanmasini cheklash, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish yuzasidan mazkur qarorda nazarda tutilgan talablar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali keng ko‘lamli tushuntirish, targ‘ibot va tashviqot ishlarini tizimli ravishda olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokati ishlab chiqarishni tartibga solish va sifatli metall prokatini qo‘llash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 17-fevraldagi 89-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korxonalarda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha komissiyaning xulosasiga asosan belgilangan talablarni bajargan korxonalarga qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokati ishlab chiqarishga hamda qurilishdan boshqa maqsadlar uchun metall mahsulotlarini ishlab chiqarish va qo‘llashda induksion pechlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori D.N. Sattarovga — induksion pechlardan foydalangan holda qurilish uchun ishlab chiqarilgan metall prokatini sertifikatlash tizimini mahsulot sifati oshirilishini nazarda tutuvchi talablar bilan yanada kuchaytirish, texnik jihatdan tartibga solish, standartlash, sertifikatlash va metrologiya sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularni keltirib chiqarishga asos bo‘luvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi B.V. Gulyamovga — induksion pechlardan foydalangan holda qurilish uchun metall prokati ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarida sanoat xavfsizligi holatini belgilangan tartibda tekshirib borish va sanoat xavfsizligi talablari buzilishining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish vaziri B.I. Zokirovga — quruvchi tashkilotlar tomonidan qurilish obyektlarida muvofiqlik sertifikatiga ega qurilish materiallari, shu jumladan, metall prokatidan foydalanilayotganligini doimiy nazorat qilib borish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.O‘. Umurzoqov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 17-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
577-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 577-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korxonalarda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.
A.N. Aripov
—
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi
2.
J.A. Qo‘chqorov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, komissiya raisi o‘rinbosari
3.
B.I. Zakirov
—
qurilish vaziri
4.
A.S. Sultanov
—
energetika vaziri
5.
B.V. Gulyamov
—
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi
6.
D.N. Sattarov
—
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekist�n texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori
7.
F.K. Umarov
—
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori
8.
O.Z. Nasritdinxodjayev
—
moliya vazirining birinchi o‘rinbosari
9.
A.B. Voitov
—
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari
10.
B.K. Abdinazarov
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari
11.
I.I. Boqijonov
—
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
12.
A.R. Jumanazarov
—
Vazirlar Mahkamasi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, komissiya kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/577/0884-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)