17.09.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3320
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 17.09.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3320
Kuchga kirish sanasi
17.09.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining esdalik pul belgilarini tayyorlash, sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 17-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3320]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining esdalik pul belgilarini tayyorlash, sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 14-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1/7-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasi palatasi boshligʻi B. XUDAYBERDIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 7-sentabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 14-sentabrdagi 1/7-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining esdalik pul belgilarini tayyorlash, sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan muhim sanalarga oid hamda numizmatika va kolleksiyalash maqsadlarida pul belgilarini, shuningdek qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini (bundan buyon matnda esdalik pul belgilari deb yuritiladi) tayyorlash, sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Esdalik pul belgilari muomaladagi banknotalar va tangalar kabi Oʻzbekiston Respublikasi hududida nominal qiymatga ega naqd pul shaklidagi qonuniy toʻlov vositasi hamda nominal qiymatidan yuqori baholanuvchi numizmatika, kolleksiyalash, investitsiya va jamgʻarish obyektlari sifatida muomalada boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Esdalik pul belgilarini sotish va qaytarib xarid qilib olish narxlari ommaviy axborot vositalarida hamda Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bankning rasmiy veb-saytida muomalaga chiqariladigan esdalik pul belgilarini sotadigan va qaytarib xarid qilib oladigan Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari va tijorat bank filiallari (bundan buyon matnda shoxobcha deb yuritiladi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilarini sotish va qaytarib xarid qilib olish narxlarini shakllantirishda qoʻllaniladigan qimmatbaho metall narxini har haftada kamida bir marta milliy valyutada ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq belgilaydi va oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Esdalik pul belgilarini tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaziy bank tomonidan banknota va tangalar koʻrinishidagi, turli xil xom ashyolardan, jumladan qimmatbaho va boshqa metallardan tayyorlangan, ahamiyatga molik turli mavzularga bagʻishlangan, cheklangan miqdorda esdalik pul belgilari muomalaga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Muomalaga chiqariladigan esdalik pul belgilarini tayyorlashda inson salomatligi uchun xavfsiz boʻlgan xom-ashyolardan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Esdalik pul belgilari dizaynida quyidagi elementlar aks ettirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqaddas qadamjolar va tarixiy obidalar, zamonaviy meʼmorchilik obyektlari tasvirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyuk siymolar ijodi va faoliyatiga bagʻishlangan tasvirlar, portretlar va haykallar suratlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy anʼanalar va qadriyatlarga doir tasvirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy davrning muhim voqealarini, jahon tarixi, umumjahon madaniyati va qadriyatlarini ifoda etuvchi tasvirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Esdalik pul belgilarining mavzusi, adadi, nominali, texnik xususiyatlari, xom ashyosi, metali va qotishmalari turi, ularning asillik darajasi, zarb etish sifati va muomalaga chiqarish sanasi Markaziy bank boshqaruvi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Esdalik pul belgilarini sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilari shoxobchalar tomonidan bevosita jismoniy va yuridik shaxslarga sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Esdalik pul belgilarini sotish va ularni yetkazib berish ishlari buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilarini sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta qimmatbaho metall narxi va Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan marjaga asosan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qimmatbaho metallardan tayyorlanmagan esdalik pul belgilari muomaladagi (sirkulyatsion) pul belgilari bilan bir qatorda naqd puldagi hisob-kitoblarda oʻz nominal qiymati boʻyicha qabul qilinadigan oylik ish haqi, pensiya, nafaqa, omonat va boshqa toʻlovlar orqali muomalaga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Norezidentlar tomonidan respublika hududiga tashrif buyurmasdan esdalik pul belgilarini sotib olish onlayn tarzda (Markaziy bankning yoki boshqa tegishli bankning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilish yoʻli bilan) amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda esdalik pul belgilarini sotish narxi toʻlov amalga oshiriladigan kundagi Markaziy bank tomonidan belgilangan valyutalarni rasmiy ayirboshlash kursi yetkazib berish (pochta) xarajatlarini hisobga olgan holda, xorijiy valyutaning soʻmga nisbatan kursiga muvofiq xorijiy valyuta ekvivalentida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shoxobchalarning tegishli hisobvaragʻiga norezidentlar tomonidan amalga oshirilgan toʻlov mablagʻlari kelib tushgandan soʻng, esdalik pul belgilari pochta orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Esdalik pul belgilarini qaytarib xarid qilib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qimmatbaho metallardan tayyorlanmagan esdalik pul belgilari muomaladagi (sirkulyatsion) pul belgilari bilan bir qatorda naqd puldagi hisob-kitoblarda oʻz nominal qiymati boʻyicha shoxobchalar orqali qabul qilinishi va muomaladagi pul belgilariga ayirboshlab berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilarini qaytarib xarid qilib olish narxi ushbu esdalik pul belgilari topshirilgan kundagi qimmatbaho metall narxi va ushbu narxga qoʻllaniladigan Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan chegirmaga asosan Markaziy bank tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Shoxobchalar tomonidan qaytarib xarid qilib olingan qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilari ularning asillik darajasini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Asillik inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan texnik ekspertizadan (qimmatbaho metallarning miqdoriy xususiyatlarini aniqlashda, yaxlitligini buzish orqali, yaʼni undan qirqish, parmalash yoʻli bilan namuna olib yoki olmasdan tadqiqot qilish) oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilarining asillik darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan texnik ekspertiza uchun toʻlov Markaziy bank va Asillik inspeksiyasi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi hamda esdalik pul belgilari egalaridan undirilmaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025 yil 20 martdagi 5/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3320-1, 04.04.2025 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2025-y., 10/25/3320-1/0304-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilarini qaytarib xarid qilib olishda jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq esdalik pul belgilarini qaytarib xarid qilib olish toʻgʻrisida dalolatnoma (bundan buyon matnda dalolatnoma deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Dalolatnoma uch nusxada tuziladi, birinchi nusxasi shoxobchaga, ikkinchi nusxasi esdalik pul belgisi egasiga, uchinchi nusxasi esdalik pul belgisi bilan birga Asillik inspeksiyasi tomonidan texnik ekspertizadan oʻtkazish uchun Markaziy bankning masʼul vakiliga (bundan buyon matnda masʼul vakil deb yuritiladi) beriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025 yil 20 martdagi 5/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3320-1, 04.04.2025 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2025-y., 10/25/3320-1/0304-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Dalolatnoma rasmiylashtirilgandan soʻng yetti ish kunidan kechiktirmasdan qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilari masʼul vakil tomonidan Asillik inspeksiyasiga texnik ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim qilinishi lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025 yil 20 martdagi 5/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3320-1, 04.04.2025 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2025-y., 10/25/3320-1/0304-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Asillik inspeksiyasi dalolatnoma va esdalik pul belgilarini qabul qilib olganidan soʻng, yetti ish kunidan kechiktirmasdan masʼul vakilga texnik ekspertiza yakunlanganligi haqidagi xabar beradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025 yil 20 martdagi 5/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3320-1, 04.04.2025 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2025-y., 10/25/3320-1/0304-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Markaziy bank Asillik inspeksiyasining texnik ekspertiza oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomasini olganidan soʻng, qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilarini qaytarib xarid qilib olgan shoxobcha orqali uning egasi bilan hisob-kitoblarni ikki ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025 yil 20 martdagi 5/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3320-1, 04.04.2025 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2025-y., 10/25/3320-1/0304-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilarining asillik sertifikati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilari ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikati bilan birga muomalaga chiqariladi. Asillik sertifikati identifikatsiya seriya raqamiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Asillik sertifikati yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda yangisiga almashtirib berilmaydi hamda ushbu sertifikatga tegishli boʻlgan esdalik pul belgilari mazkur Nizomga muvofiq shoxobchalar tomonidan qayta xarid qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining esdalik pul belgilarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Qimmatbaho metall qiymatining hisob-kitobi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 gramm sof qimmatbaho metallning bahosi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PG/UZS = ((PW / Y) * ECB) verguldan soʻng ikki xonaga qadar yaxlitlanadi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PG/UZS — bir gramm qimmatbaho metall uchun soʻmdagi narx;

PW — London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasi fiksing narxi (doll./tr.uns.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Y — bir troy unsiyasining metrik grammdagi ekvivalenti (1 troy unsiyasi = 31,1035 gramm);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ECB — 1 AQSH dollari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning soʻmga nisbatan oʻrnatilgan kursi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining esdalik pul belgilarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilari qiymatining hisob-kitobi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilarini sotish narxi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Σ = V * PG/UZS * (1 +

M

) verguldan soʻng ikki xonaga qadar yaxlitlanadi, bunda:

100%

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Σ — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilari uchun soʻmda toʻlanadigan qiymat;

V — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilarining grammdagi ogʻirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PG/UZS — bir gramm qimmatbaho metall uchun soʻmdagi narx;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
M — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan marja miqdori (foizda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining esdalik pul belgilarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilarini qaytarib xarid qilib olish qiymatining hisob-kitobi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilarining qaytarib xarid qilib olish narxi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Σ = V * PG/UZS * (1 —

D

) verguldan soʻng ikki xonaga qadar yaxlitlanadi, bunda:

100%

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Σ — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilari uchun soʻmda toʻlanadigan qiymat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilarining grammdagi ogʻirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PG/UZS — bir gramm qimmatbaho metall uchun soʻmdagi narx;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
D — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan chegirma miqdori (foizda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining esdalik pul belgilarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Esdalik pul belgilarini qaytarib xarid qilib olish toʻgʻrisidagi

DALOLATNOMA

______________ (tuman) shahar

20___ yil “___” ______________

Ushbu dalolatnoma_________________________________________________________________________

(shoxobchaning nomi)

___________________________________________________________________________________________

(xodimning F.I.O.)

tomonidan rasmiylashtirildi va________________________________________________________________

(turar joy yoki roʻyxatdan oʻtgan manzili)

________________________________________________________________________________________ dan

(jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining F.I.O.)

quyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilari qaytarib xarid qilib olish uchun qabul qilindi:

T/r‎

Esdalik pul belgisi nomi

Nominal qiymati

Metall va
‎asillik
‎ darajasi

Vazni (grammda)

Soni (raqamlar va soʻzlar bilan)

1

2

3

4

5

Men,_______________________________________________________________________________________

(jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining F.I.O.)

yuqorida koʻrsatilgan roʻyxatni tasdiqlayman va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorat inspeksiyasi tomonidan texnik ekspertiza oʻtkazishga rozilik beraman.

____________________________________

(sana)

(imzo)

Qabul qilib olgan xodim ____________________________________

(sana)

(imzo)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025 yil 20 martdagi 5/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3320-1, 04.04.2025 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2025-y., 10/25/3320-1/0304-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 10/21/3320/0879-son; 21.06.2024-y., 10/24/3518/0431-son; 04.04.2025-y., 10/25/3320-1/0304-son)