17.02.1993 yildagi 90-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH BOʻYICHA QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati xavfsizligini kuchaytirish, fuqarolar hayoti va sogʻligʻini saqlash borasida qoʻshimcha choralar koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi avtotransport vositalari kimga tegishli boʻlishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, rul boshqaruvi oʻng tomonda joylashgan boʻlsa, 1993-yilning 1-martidan roʻyxatga olinishiga, 1993-yilning 1-iyulidan esa ulardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston avtomobil transporti davlat-aksionerlik korporatsiyasi rul boshqaruvi oʻng tomonda joylashgan avtotransport vositalarini respublikaning avtomobil taʼmirlash korxonalarida keyinchalik qayta jihozlash uchun 2 oy muddat ichida texnikaviy topshiriqni ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishib olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, import avtomashinalar hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirdagina ularni olib kelish va roʻyxatdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi ajnabiy fuqarolarning rul boshqaruvi oʻng tomonda joylashgan avtotransport vositalarining tranzit oʻtishiga, shuningdek, ulardan 1 oy muddatgacha foydalanilishiga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi Oʻzbekiston Respublikasida oʻng tomondan harakat qilish qabul etilganiga asoslanib, 1993-yilning 1-iyuligacha avtotransport vositalarining rul boshqaruvi joylashishini tartibga soluvchi standartni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-oktabrdagi 485-son qarorida (2-ilova) koʻzda tutilgan transport vositalarini import qilishga vaqtinchalik bojlarning stavkalariga ilovaga muvofiq oʻzgarish va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinayotgan xorijiy markadagi transport vositalariga vaqtinchalik bojlarning stavkalarini muvofiq ravishda koʻpaytirishni qayta koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Mutalov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 17-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-dekabrdagi 584-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)