27.08.2021 yildagi SQ-381-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining 2020-yildagi va 2021-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) tomonidan 2020-yil va 2021-yilning birinchi yarim yilligidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Qonun, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomalari hamda maʼruzalarida qayd etilgan vazifalar ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik faoliyati, parlament nazoratini amalga oshirish, huquqni qoʻllash amaliyoti, davra suhbati va xalqaro konferensiyalar tashkil etish yoʻnalishlarida jami 83 ta masala koʻrib chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmitaga kelib tushgan 23 ta qonun dastlabki tarzda koʻrib chiqilib, qonunlarning 22 tasini maʼqullash va 1 tasini rad etish toʻgʻrisidagi Qoʻmita xulosalari Senat yalpi majlisiga kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, amaldagi 6 ta qonunning ijro etilishi holati va huquqni qoʻllash amaliyoti tahlil etilib, Vazirlar Mahkamasiga ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining 4-marta hisobotlari, 24-marta axborotlari eshitilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita takliflari asosida aholini ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan taʼminlashdagi muammolar va mamlakatni 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy vazifalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hukumatga 5 ta parlament soʻrovi yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatga kelib tushgan 4 700 ga yaqin murojaatlar Qoʻmitada, 15 mingdan ortiq murojaatlar joylarda senatorlar tomonidan koʻrib chiqilib, ularning qariyb 12 mingtasi ijobiy hal etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat tomonidan maʼqullangan qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, davlat dasturlarining bajarilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ijtimoiy tarmoqlarda 2 144 ta axborot materiali eʼlon qilingan, televideniye, gazeta va radioda 1 963 ta chiqish amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet va moliya munosabatlari yoʻnalishida hisobot davrida 10 ta qonun dastlabki tarzda koʻrib chiqilib, 12 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining ijrosi yuzasidan moliya vazirining (4-marta), mahalliy budjetlar ijrosi yuzasidan tegishli viloyat hokimligi rahbarlarining (4-marta) hamda uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, transport vazirlarining axborotlari eshitilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon, Buxoro, Samarqand va Fargʻona viloyatlari hamda tuman, shaharlar mahalliy budjetlari qoʻshimcha mablagʻlarining sarflanishi holati oʻrganilib, Senatning tegishli qarori qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat-tahlil faoliyati boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyati takomillashtirilayotganligi munosabati bilan Budjet kodeksiga, “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi Qonunga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarda oʻz ifodasini topgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, budjet va moliya munosabatlari yoʻnalishida quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur. Xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil Budjetnomasida barcha vazirlik va idoralar budjetlari xarajatlarining maqsadli indikatorlarini belgilagan holda oqilona rejalashtirish tizimini joriy qilish tartibining aks ettirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro budjet hamjamiyatining “Budjet ochiqligi indeksi”da Oʻzbekistonning ishtirokini taʼminlash choralarining koʻrilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet xarajatlari samaradorligini oshirish boʻyicha vazirlik va idoralar majburiyatlarini kuchaytirish, subsidiyalar ajratish mexanizmini takomillashtirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul-kredit siyosati yoʻnalishida 4 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilib, 2-marta Markaziy bank boshqaruvi raisining hisoboti eshitilgan hamda 1 ta qonunning ijrosi boʻyicha monitoring oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita takliflari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-5992-sonli Farmoni va Jahon banki bilan ishlab chiqilgan 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasi loyihasida oʻz ifodasini topgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul-kredit siyosati masalalarida hozirda koʻplab foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjud. Xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaffof tanlov asosida banklardagi davlat ulushini nufuzli xorijiy investorlarga sotish orqali davlat ishtirokidagi banklarni xususiylashtirish jarayonini davom ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tizimining samaradorligini oshirish orqali imtiyozli va subsidiyalashgan kreditlarni qisqartirish, kreditlashni pul-kredit siyosati signallari asosida faqat bozor shartlarida amalga oshirishga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlar va ilgʻor tajribani qoʻllagan holda banklarda “xatarga” asoslangan nazorat tizimini tatbiq etish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlarida islohotlarni amalga oshirish yoʻnalishida 13 ta qonun dastlabki tarzda koʻrib chiqilib, Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, amaldagi 3 ta qonunning ijrosi holati yuzasidan monitoring oʻtkazilgan va iqtisodiyot tarmoqlari, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan 7 marotaba davra suhbati, seminar va konferensiyalar tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy tarmoqlarda islohotlarning borishi, xususan, aholini ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan taʼminlashdagi muammolar va mamlakatni 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlarga erishish masalalarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hukumatga 5 ta parlament soʻrovi yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosining 8 ta monopol tashkilotdagi holati oʻrganilib, tegishli rahbarlarning axborotlari eshitilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlardagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha 9 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Senat Kengashi majlisida Andijon viloyatida investitsiya dasturlari ijrosini taʼminlash, budjetga qoʻshimcha mablagʻlar jalb qilish, Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish hamda Yer kodeksiga muvofiq mazkur viloyatda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning kafolatlari taʼminlanishi holatlari koʻrib chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini ajratishning shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etishga doir Qoʻmita takliflari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-sonli Farmonida oʻz ifodasini topgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarda quyidagi dolzarb masalalar mavjud:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan makroiqtisodiy rivojlantirish dasturining ishlab chiqilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy iqtisodiyot tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini koʻpaytirish, moliya va kapital bozorida tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan muammolar yechimi boʻyicha qonunchilikning takomillashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshni davlatlar bilan kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda mavjud resurslar bazasini oʻrganish orqali iqtisodiyot tarmoqlarida yangi ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy axborot texnologiyalari va idoralararo integratsiyalashgan maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda iqtisodiyotni rivojlantirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga doir dolzarb muammolarni bartaraf etishga qaratilgan biznes tahlillarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish hamda tadbirkorlikni davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlari tahlili asosida aholi turmush farovonligi reyting koʻrsatkichlari asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muntazam ravishda baholash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib hamda Qoʻmita raisi E. Gadoyevning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining 2020-yildagi va 2021-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining 2020-yildagi va 2021-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati toʻgʻrisida Qoʻmita raisi E. Gadoyevning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga har yilgi Murojaatnomalarida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida bayon etilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish zarurligi qayd etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik kodeksining qabul qilinishida tegishli qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish, tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni takomillashtirish, jamoatchilik nazorati mexanizmini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat korxonalarini transformatsiya qilishni jadallashtirish hamda moliya bozorida erkin raqobat muhitini yaratish, mahalliy va xorijiy investorlarni kapital bozoriga keng jalb qilish borasidagi vazifalar ijrosini taʼminlash ustidan parlament nazoratini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan ishlarning tizimli va samarali ijro etilishini nazoratga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini koʻpaytirishga doir qonunchilik asoslarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi tahlili asosida tadbirkorlar faoliyati shaffofligi va raqobatbardoshligini oshirishning elektron axborot bazasini takomillashtirish choralarini koʻrish masalalariga eʼtibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi uchun hududlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda joylardan takliflar olsin va ularni xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokamasini tashkil etib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjetlarni shakllantirish, ularning ijrosini taʼminlash yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining tegishli doimiy komissiyalari uchun amaliy seminarlar oʻtkazsin va budjet jarayoni ochiqligi, shaffofligini taʼminlash borasidagi ishlarni doimiy nazorat qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida umumlashtirilgan maʼlumotni 2022-yil 1-yanvarga qadar Senat Kengashiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil Budjetnomasida vazirlik va idoralar budjetlari xarajatlarining maqsadli indikatorlarini belgilagan holda rejalashtirish tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro budjet hamjamiyatining “Budjet ochiqligi indeksi”da Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini taʼminlash choralarin koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarda fuqarolarning “ochiq budjet” portali orqali kelib tushgan fikr va takliflari ijrosi tahlilini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining budjeti jarayonining shaffofligini taʼminlash maqsadida budjet ochiqligi boʻyicha hududlar reytingini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy hisobotlar va budjet tasnifini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyaviy nazorati tizimini xorijiy tajribasidan kelib chiqqan holda rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti ijrosi hisobotlariga budjetdan tashqari mablagʻlar va budjetdan tashqari jamgʻarmalarning barcha moliyaviy oqimlarini kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlar oqimini, jumladan, chet el valyutasidagi operatsiyalarini yagona gʻaznachilik hisob raqami bilan toʻliq qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat qarzini samarali boshqarish, uning statistikasi shaffofligini oshirish, moliyaviy tahlil tizimi amaliyotini joriy qilish bilan bogʻliq vazifalar ijrosini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi banklarni xususiylashtirish jarayonida shaffof tanlov asosida banklardagi davlat ulushini nufuzli xorijiy investorlarga sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tizimining samaradorligini oshirish orqali imtiyozli va subsidiyalashgan kreditlarni qisqartirish, kreditlashni pul-kredit siyosati signallari asosida faqat bozor shartlarida amalga oshirishga oʻtishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlar va ilgʻor tajribani qoʻllagan holda banklarda korporativ boshqaruvni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank xizmatlari ommabopligini oshirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan yetarli darajada xizmat koʻrsatilmaydigan (past daromadli jismoniy shaxslar, qishloq aholisi, mikrofirma va kichik korxonalar) qatlamning quyi bank xizmatlariga boʻlgan talabini qondirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan makroiqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning mavjud iqtisodiy, demografik imkoniyatlari, tabiiy xomashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini, investitsiyaviy salohiyatini inobatga olgan holda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatini tahlil qilish va istiqbolga yoʻnaltirilgan maqsadli dasturlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish hamda tadbirkorlikni davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash faoliyati samaradorligini oshirish choralarini koʻrish va ushbu jarayonda ochiqlik hamda shaffoflikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan qurilish uchun ruxsat berish, turli xil faoliyatlar uchun litsenziya olish, boʻsh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik faoliyati uchun ajratishga koʻmaklashish, kommunikatsiya tizimlariga ulanish kabi muammolarni oʻrganish natijalari asosida qonunchilikni takomillashtirish vazifalarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzolariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari ijrosining taʼminlanishi, aholini tashvishga solayotgan muammolar yechimi yuzasidan parlament nazorati mexanizmlaridan samarali foydalanib, parlament eshituvlari, Qoʻmita hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari majlislarida muammolar yechimi boʻyicha faol ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda Senat aʼzolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida aholining xabardorligini oshirishda ommaviy axborot vositalari va blogyerlar bilan tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 27-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-381-IV-son