Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qarori)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-sentabr,
561-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 561-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 4-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nizomga asosan baholash yakunlari boʻyicha tegishli hududdagi 2-ilovada nazarda tutilgan tashkilotlarning rahbar va boshqaruv xodimlarini, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, tuman (shahar)lar hokimlari hamda ularning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlarini namunali koʻrsatkichga ega boʻlganda — ragʻbatlantirish hamda qoniqarsiz koʻrsatkichga ega boʻlganda — intizomiy javobgarlikka tortish yuzasidan har yarim yillik yakunlari boʻyicha 15-avgustga qadar, yil yakunlari boʻyicha 15-martga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.”.
2. 5-band “a” kichik bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish natijalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, tuman (shahar)lar hokimlari hamda ularning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish — mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari mablagʻlari hisobidan;”.
3. Qarorga 1-ilovada:
a) 7-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“hududlarda xizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasi;”;
b) 8-bandga quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“hududlarda xizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasi;”;
oʻn toʻrtinchi xatboshi oʻn beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
“17. Baholash natijalari boʻyicha tegishli hududda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi “namunali” deb topilganda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining moliya — iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, tuman (shahar)lar hokimlari hamda ularning moliya — iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlarini hamda 2-ilovada nazarda tutilgan tashkilotlar rahbarlari va boshqaruv xodimlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, “qoniqarsiz” deb topilganda intizomiy chora koʻrish har yarim yillikda 25-avgustga qadar hamda yil uchun kelgusi yilning 25-martiga qadar baholashga masʼul organlar takliflariga asosan amalga oshiriladi.
18. Ragʻbatlantirish tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi “namunali” deb topilgan hududdagi:
tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining moliya — iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, tuman (shahar)lar hokimlari hamda ularning moliya — iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlariga lavozim maoshining 25 foizi miqdorida;
tashkilotlarning boshqaruv xodimlariga lavozim maoshining 50 foizi miqdorida pul mukofoti berish orqali amalga oshiriladi.
19. Intizomiy chora koʻrish tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi “qoniqarsiz” deb topilgan hududdagi tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining moliya — iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, tuman (shahar)lar hokimlari hamda ularning moliya — iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlariga lavozim maoshlarining 25 foizi miqdorida jarima qoʻllash orqali amalga oshiriladi.”;
20-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tuman (shahar)lar hokimlari hamda ularning moliya — iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlariga — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan;”.
4. Nizomga 2-ilova (Hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash boʻyicha metodika):
a) 2-bobda (Rasmiy statistik maʼlumotlar asosida indikatorlarni hisoblash tartibi) quyidagi mazmundagi 18-paragraf qoʻshilsin:
“18-§. Xizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasini hisoblash
301. Tegishli hududda yarim yil davomida xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan rasman ish bilan taʼminlangan aholining ushbu hududda jami tadbirkorlik subyektlari rasman ish bilan taʼminlagan aholi soniga nisbatan ulushini aniqlash quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I21.1 = (Btx / Bt) × 100
bunda:
I21.1 — indikator miqdori (foizda);
Btx — tegishli hududda xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan rasman ish bilan taʼminlangan aholi soni;
Bt — tegishli hududda jami tadbirkorlik subyektlari tomonidan rasman ish bilan taʼminlangan aholi soni.
302. Tegishli hududda yarim yil davomida xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik subyektlarining Davlat budjetiga (Respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar) kelib tushgan tushumlarning Davlat budjetiga kelib tushgan tushumlaridagi ulushini aniqlash quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I21.2 = (Ttx / Tt ) × 100
bunda:
I21.2 — indikator miqdori (foizda);
Ttx — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan Davlat budjetiga toʻlangan umumiy toʻlovlar (soliq va boshqa majburiy toʻlovlar) miqdori (soʻmda);
Tt — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan jami tadbirkorlik subyektlari tomonidan Davlat budjetiga toʻlangan umumiy toʻlovlar (soliq va boshqa majburiy toʻlovlar) miqdori (soʻmda).”;
35 va 36-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Indikator koʻrsatkichlarini baholashda I1, I3, I7.1, I7.2, I8, I101, I10.2, I11.1, I11.2, I11.3, I11.4, I12, I15.1, I18, I5.2, I19, I20, I21.1, I21.2 indikatorlari tuman (shahar) darajasida, I2.1, I2.2, I4, I5.1, I6, I9.1, I9.2, I10.3, I13, I14, I15.2, I16, I17 indikatorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar darajasida hisoblanadi. Mazkur Metodika boʻyicha aniqlangan indikatorlar ijobiy va salbiy koʻrsatkichlarga ega boʻladi.
36. Ijobiy indikatorlar ega boʻlgan I1, I2.1, I2.2, I5.1, I6, I7.1, I7.2, I11.1, I11.2, I11.4, I12, I15.1, I15.2, I16, I17, I18, I5.2, I20, I21.1, va I21.2 indikatorlariga quyidagi formula asosida ball beriladi:
Bii = [((Ih — Imin) / (Imak — Imin)) × (10 — 1)] + 1
bunda:
Bii — ijobiy indikatorlarga beriladigan ball;
Ih — baholanayotgan tegishli hududning indikator miqdori;
Imin — baholanayotgan indikatorning barcha hududlardagi eng past koʻrsatkichga ega boʻlgan hudud indikatori miqdori;
Imaks — baholanayotgan indikatorning barcha hududlardagi eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan hudud indikatori miqdori.”;
b) Metodikaga 1-ilovaga quyidagi mazmundagi 18-pozitsiya qoʻshilsin:
|
“ |
|||||
|
18. |
Xizmatlar sohasining rivojlanganligi |
foiz |
Tegishli hududda xizmatlar sohasida band boʻlganlarning jami tadbirkorlik sohalaridagi bandlarga nisbati |
1 balldan 10 ballgacha |
Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
foiz |
Yarim yil davomida tegishli hududda xizmatlar sohasi boʻyicha toʻlangan budjetga toʻlovlarning yarim yil davomida tegishli hududda hududdagi jami tadbirkorlik sohalari boʻyicha budjetga toʻlangan toʻlovlarga nisbati |
1 balldan 10 ballgacha |
Davlat soliq qoʻmitasi | ||
|
”. |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/561/0855-son)