OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
RESPUBLIKA KOʻChMAS MULK BIRJASIDA AUKSION SAVDOLARINI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 9-aprelda 1467-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2012-yil 27-iyuldagi 01/09-18/11-sonli ““Respublika koʻchmas mulk birjasida auksion savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1467-1, 08.08.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Respublika koʻchmas mulk birjasida auksion savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Davlat mulki obyektlarini auksion va konkurs asosida xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom (1994-yil 17-may, roʻyxat raqami 54) va unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar (1995-yil 9-noyabr, roʻyxat raqami 54-1) auksion savdolariga oid qismida oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Davlat mulki qoʻmitasi raisi M. ASQAROV
Toshkent sh.,
2005-yil 23-mart,
01/06-RBN/01-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 15-16-son, 117-modda)