Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.04.2005 yildagi 102-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “IKKINChI JAHON URUShIDAGI G‘ALABANING 60 YILLIGI NIShONLANIShI MUNOSABATI BILAN 1941—1945 YILLARDAGI URUSh QATNAShChILARI VA NOGIRONLARINI MUKOFOTLASh TO‘G‘RISIDA”GI FARMONINI BAJARISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 60 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarini mukofotlash to‘g‘risida” 2005-yil 6-apreldagi PF-3593-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “1941—1945-yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 60 yilligi” yubiley medalini va pul mukofotini topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotlari to‘lash uchun zarur hajmda naqd pul mablag‘lari bilan ta’minlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 15-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 15-apreldagi 102-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1941—1945-yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 60 yilligi” yubiley medalini va pul mukofotini topshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 60 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarini mukofotlash to‘g‘risida” 2005-yil 6-apreldagi PF-3593-son Farmonini (keyingi o‘rinlarda — Farmon deb yuritiladi) bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Farmonning 1-bandiga muvofiq Ikkinchi jahon urushi davrida harbiy qismlarda, shtablarda va harakatdagi armiya tarkibiga kirgan muassasalarda harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar va nogironlar, shuningdek ularga tenglashtirilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1941-yil 22-iyundan 1945-yil 9-maygacha qiruvchi batalonlar, aholini himoya qilish vzvodlari va otryadlari tarkibida sobiq SSSR hududida jangovar harakatlarda ishtirok etgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Ikkinchi jahon urushi yillarida partizan otryadlari va qo‘shilmalarida yoxud yashirin harakatlarda bo‘lgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Vatan urushi yillarida harakatdagi armiya tarkibida yoki jangovar harakatlar rayonlarida xizmatni o‘tagan sobiq SSSR Ichki ishlar vazirligi organlari hamda Davlat xavfsizlik qo‘mitasi organlarining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibiga kirgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) urush davrida harakatdagi armiya hamda flot qismlari va bo‘linmalari tarkibida balog‘at yoshiga yetgunga qadar polk o‘g‘li yoki yunga sifatida bo‘lgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) front yaqinidagi temir yo‘l uchastkalari, urush yillarida jangovar harakatlar rayonlarida mudofaa inshootlari, harbiy-dengiz bazalari, aerodromlar va boshqa harbiy obyektlar qurilishi ishlarida qatnashgan xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) harakatdagi armiya tarkibida yollanib ishlagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlarning konslagyerlarida (getto va boshqa majburiy saqlash joylarida) bo‘lgan shaxslar (tutqunlar, shu jumladan bolalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Leningrad shahri qamali davrida shahar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida ishlagan va “Leningrad mudofaasi uchun” medali bilan taqdirlangan, shuningdek “Qamaldagi Leningradda yashaganga” nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yubiley medali va pul mukofoti bilan taqdirlanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, MXX Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy organlari mudofaa ishlari hududiy organlariga mazkur Nizomning 2-bandida sanab o‘tilgan urush faxriylarining ro‘yxatini taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi taqdim etilgan ro‘yxatlarga muvofiq medallarning zarur miqdorini mintaqalar bo‘yicha taqsimlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mukofotlanuvchilar ro‘yxati ularning frontlarda jangovar harakatlarda qatnashganligini, urush yillarida Qurolli kuchlarda xizmat qilganligini, konslagerda bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek mukofotlash hujjatlari, urush qatnashchisi guvohnomalari asosida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan idoralarning har biri o‘zlarining hisobida turgan nogironlar va urush qatnashchilari bo‘yicha ro‘yxat tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yubiley medali va pul mukofoti bilan mukofotlanuvchilar ro‘yxatiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon chiqqunga qadar vafot etgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi, lekin boshqa mamlakatlar hisobiga pensiya oluvchi shaxslar kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yubiley medali va pul mukofoti olish huquqiga Farmon chiqqan kunda ega bo‘lgan shaxs vafot etgan taqdirda medal va pul mukofoti oila a’zolariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi organlari hisobida turgan Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan yubiley medallari topshirish yuzasidan 2 (ikki) nusxadan ro‘yxat tuziladi hamda bir nusxadan tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlariga va hokimliklarga taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mukofotlari bilan mukofotlanadiganlar ro‘yxati tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan 20 (yigirma) ming so‘m summasi ko‘rsatilgan holda 2 (ikki) nusxada tuziladi. Ushbu ro‘yxatlarning bir nusxasi tuman (shahar) aloqa uzeliga beriladi, ikkinchi nusxasi esa tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari mukofotlanadiganlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga hamda viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga beradilar, ular o‘z navbatida ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mukofotlanadiganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mintaqalar bo‘yicha taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul mukofotlarini to‘lashni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari bilan o‘zaro hisob-kitob qilgan holda respublika budjetidan mablag‘lar ajratadi. Ular o‘z navbatida quyi shahar va tuman budjetlariga mablag‘lar ajratadi, ulardan mablag‘lar tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga ajratiladi, keyinchalik mablag‘lar “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining aloqa uzellariga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘lov amalga oshirilgandan keyin aloqa uzellari tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga amalda to‘langan pul mukofotlari reyestrlari bilan hisobot taqdim etadilar, ular o‘z navbatida moliya organlariga hisobot beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasi orqali pensiya oluvchi, mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan shaxslarga pul mukofotlari to‘lash tegishli vazirliklar va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofotlarini to‘lash uchun tuman (shahar) aloqa uzellarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining tegishli bo‘linmalarini naqd pul bilan o‘z vaqtida ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilariga medallar va pul mukofotlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan topshirish tantanali vaziyatda, mahalliy harbiy boshqaruv organlari, urush va mehnat faxriylari kengashlari vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri, Milliy xavfsizlik xizmati raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 15-16-con, 115-modda)