O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
HINDISTON RESPUBLIKASI BILAN HAMKORLIKNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4—6-aprel kunlari Hindiston Respublikasiga qilgan Davlat tashrifi davomida erishilgan bitimlar va ahdlashuvlar amalga oshirilishini hamda Hindiston Respublikasi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnikaviy va gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Davlat tashrifi davomida imzolangan Hindiston Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ushbu qarorning ilovasida ko‘rsatilgan vazirliklar va idoralar, mas’ul ijrochilar Hindiston Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan tadbirlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Davlat tashrifi davomida imzolangan hujjatlar va bitimlarning bajarilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-aprel,
PQ-58-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 15-16-son, 113-modda)