O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PILLA TAYYORLASh HAJMLARINI O‘ZGARTIRISh VA ULARGA ERKIN NARXLAR JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Pilla tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish, pilla yetishtiruvchilarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tirik pillani xarid qilish va quruq pillani sotish 1993-yil hosilidan boshlab erkin narxlar bo‘yicha shartnoma asosida amalga oshirilsin. Shu munosabat bilan respublikada amalda bo‘lgan tirik pilla xarid narxlari va quruq pillaning ulgurji narxlari bekor qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 7-yanvardagi 13-son qaroriga (4-band, 4-ilova) qisman o‘zgartirish kiritilib, 1993-yilda tirik pilla tayyorlash hajmi 1290 tonnaga kamaytirilsin hamda respublika yengil va mahalliy sanoat korxonalarining ehtiyojlarini ta’minlash uchun uning hajmi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha ilovaga muvofiq 28000 tonnadan iborat qilib belgilansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 19-fevral,
91-son
Respublika yengil va mahalliy sanoat korxonalari ehtiyojlarini ta’minlash uchun 1993-yilda tirik pilla tayyorlash va yetkazib berish hajmlari
|
|
Etkazib berish hajmi |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 765 |
| Viloyatlar: | |
| Andijon | 4350 |
| Buxoro | 3250 |
| Jizzax | 430 |
| Qashqadaryo | 2105 |
| Navoiy | 900 |
| Namangan | 2705 |
| Samarqand | 3070 |
| Surxondaryo | 1176 |
| Sirdaryo | 440 |
| Toshkent | 1582 |
| Farg‘ona | 5382 |
| Xorazm | 1845 |
| O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami | 28000 |