31.08.2021 yildagi 553-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraxtlarni, butalarni, gullarni parvarish qilish va koʻkalamzorlashtirilgan maydonchalarni muhofaza qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 22 ta istirohat bogʻi, 15 ta sayilgoh, 20 ta xiyobon, 136 km piyodalar va 98,7 km velosiped yoʻlaklari barpo etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Toshkent shahrida qurilish va xizmat koʻrsatish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlarning keskin oshishi natijasida tushayotgan ekologik yuklamani pasaytirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda, shahar aholisining madaniy hordiq olishi uchun yashil zonalarga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari darajasini kengaytirish, shaharni “yashil shahar”lardan biriga aylantirish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar umumiy maydonining koʻkalamzorlashtirilishi darajasini 2023-yilgacha 30 foizga yetkazish Toshkent shahri va uning tumanlari hokimliklarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra ekilishi lozim boʻlgan har qanday daraxt koʻchatlari faqat ular ekilayotgan hududlarning iqlimi va yer maydonining xususiyatlarini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2023-yillarda Toshkent shahridan oʻtadigan kanallarning qirgʻoqlarini mustahkamlash, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va sayilgoh tashkil etish boʻyicha manzilli dastur 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-2022-yillarda Toshkent shahrida umumiy soni 1 500 ta suv quduqlarini tashkil etish boʻyicha dastur 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-2022-yillarda Toshkent shahrida piyoda va velosiped yoʻlaklarini qurish boʻyicha dastur 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-2022-yillarda Toshkent shahri mahallalarida “yashil zona”lar va xiyobonlar tashkil etish boʻyicha dastur 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Toshkent shahrining kamida 60 gektar yer maydonida attraksionlardan xoli boʻlgan jamoat istirohat bogʻini (keyingi oʻrinlarda — jamoat istirohat bogʻi) hamda har bir tumanda kichik yashil istirohat bogʻlarini barpo etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamoat istirohat bogʻi va kichik yashil istirohat bogʻlarni barpo etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh 5-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh (Artikxodjayev) uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro mutaxassislar, arxitektorlar va dizaynerlarni jalb qilgan holda jamoat istirohat bogʻini va kichik yashil istirohat bogʻlarni barpo etish konsepsiyasi ishlab chiqilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat istirohat bogʻi tuzilmasi yuzasidan aholining fikr va mulohazalarini oʻrganib chiqish uchun ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat istirohat bogʻi va kichik yashil istirohat bogʻlarni tashkil qilish imkoniyatlariga ega maydonlar va tashkiliy masalalarning oʻrganib chiqilishini hamda taklif kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Toshkent shahar istirohat bogʻlari 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritishiga ruxsat berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga Toshkent shahrida 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritadigan istirohat bogʻlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha majburiy talablarni belgilash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahrida joylashgan budjet tashkilotlariga oʻzlarining yoʻl yoqasida joylashgan binolari yashil hududlarini shahar obodonlashtirish talablariga mos ravishda saqlab turish majburiyati yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toshkent shahar hokimligining Bektemir va Uchtepa tumanlarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish vazifalarini autsorsing asosida tadbirkorlarga berish yuzasidan 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, huquqiy eksperiment doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjet parametrlarida ushbu tumanlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga moʻljallangan mablagʻlar yoʻnaltirilishi inobatga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish vazifalarini tadbirkorlarga berish natijasida boʻshaydigan shtat birliklarida mehnat faoliyatini yuritayotgan xodimlarni ishga olish ushbu tadbirkorlik subyektlariga tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Toshkent shahar tumanlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish vazifalarini autsorsing asosida tadbirkorlarga berishning vaqtinchalik tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy eksperiment oʻtkazilgan tumanlar aholisi ishtirokida huquqiy eksperiment natijalari yuzasidan ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazsin hamda natijasi yuzasidan 2023-yil 10-yanvarga qadar Vazirlar Mahkamasiga tegishli taklif kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligining 2021-yil kuz va 2022-yil bahor mavsumlarida Toshkent shahri hududida 1 million tup daraxt ekish boʻyicha “1 million daraxt” tashabbusiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Toshkent shahar hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 1 million tup daraxtning tarkibini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “1 million daraxt” tashabbusini amalga oshirish boʻyicha dasturni tasdiqlasin hamda uning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Toshkent shahar hokimligi huzurida quyidagi vazifalar yuklatilgan holda xoʻjalik hisobidagi davlat unitar korxonasi shaklidagi “Toshkent sayilgohi direksiyasi” (keyingi oʻrinlarda — Toshkent sayilgohi direksiyasi) tashkil etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida mavjud va yangi barpo etiladigan istirohat bogʻlari, mavzuli xiyobonlar, sayilgohlar, yashil maydonlar va xiyobonlarning namunali saqlanishini taʼminlash, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq ulardan foydalanish ishlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, xizmat koʻrsatiladigan hududni yanada koʻkalamzorlashtirish va obod qilish boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻkalamzorlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraxtlarni, butalarni, gullarni parvarish qilish va koʻkalamzorlashtirilgan maydonchalarni taʼmirlash boʻyicha zarur tashkiliy-agrotexnika ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mukammal va joriy taʼmirlash ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash, shuningdek, sunʼiy sugʻorish tizimlari, nasos stansiyalari, quduqlar, qattiq qoplamalar, yoʻllar va yoʻlaklar, koʻchalarni yoritish vositalari va favvoralarning sanitariya va texnik jihatdan zarur holatda boʻlishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mavzuli xiyobonlar, sayilgohlar, yashil maydonlar va xiyobonlar hududlarida savdo-koʻngilochar va xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish uchun ularni tadbirkorlik subyektlariga auksion asosida ijaraga berish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bino va inshootlar hamda yer uchastkalarini ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarning bir qismi Toshkent sayilgohi direksiyasiga qoldirilishi va mazkur mablagʻlar tegishli obyektlar va maydonlarni taʼmirlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlariga yoʻnaltirilishi nazarda tutilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) istirohat bogʻlarini tadbirkorlarga ishonchli boshqaruvga va ijaraga berish shartnomalari boʻyicha shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini oʻrganib chiqsin hamda ularda koʻkalamzorlashtirish darajasini kamida yigirma besh foizga koʻpaytirish yuzasidan tegishli choralarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi ixtisoslashtirilgan boshqarmalari hamda Yangihayot tumani obodonlashtirish boshqarmasiga qoʻshimcha ajratiladigan shtat birliklari roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan qoʻshimcha ajratiladigan shtat birliklarini saqlash xarajatlari joriy yilda obodonlashtirish sohasiga ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi hamda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan, 2022-yildan boshlab Toshkent shahar mahalliy budjetini shakllantirishda nazarda tutiladigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Toshkent shahar hokimligi 2021-yil 1-oktabrga qadar Toshkent sayilgohi direksiyasi tuzilmasining shtatlar jadvalini va biriktiriladigan hududlar manzilli roʻyxati tasdiqlanishini, malakali xodimlar bilan taʼminlanishini hamda samarali faoliyat olib borishi uchun zarur bino va inshootlarga joylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq deputatlari Toshkent shahar va tumanlar Kengashlariga — Toshkent shahar va tumanlar hokimliklarining ushbu qaror ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash yuzasidan har chorak natijalari boʻyicha hisobotini eshitib borish tavsiya etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov — har yarim yilda ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilishi Hukumat majlislarida muhokama qilib borilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 31-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
553-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 553-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2023-yillarda Toshkent shahridan oʻtadigan kanallarning qirgʻoqlarni mustahkamlash, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va sayilgoh tashkil etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MANZILLI DASTUR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshiriladigan ish hajmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbai: mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari

(mlrd soʻm)

oʻlchami

(km)

taxminiy

qiymati

(mlrd soʻm)

Loyihalashtirish

Bajarish

Jami:

61,76

405,3

X

X

405,3

1.

Mirzo Ulugʻbek tumanidan oqib oʻtuvchi “Qorasuv” kanalining Doʻrmon yoʻli koʻchasidan Qarnoq koʻchasigacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

2,4

15,7

2022-yil

2023-yil

15,7

2.

Mirzo Ulugʻbek tumanidan oqib oʻtuvchi “Salar” kanalining Asaka koʻchasidan Movarounnaxr koʻchasigacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

1,21

7,9

2022-yil

2023-yil

7,9

3.

Yunusobod tumanidan oqib oʻtuvchi “Salar” kanalining Toshkent halqa avtomobil yoʻlidan Doʻrmon yoʻligacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

1,9

12,4

2021-yil

2022-yil

12,4

4.

Yunusobod tumanidan oqib oʻtuvchi “Boʻzsuv” kanalining Yuqori Boʻzsuv koʻchasi yon qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

1

6,5

2023-yil

2024-yil

6,5

5.

Yunusobod tumanida Toshkent halqa avtomobil yoʻlidan Baraka koʻchasigacha boʻlgan “Qoraqamish” kollektorining qirgʻoqlarini mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

1,36

8,9

2023-yil

2024-yil

8,9

6.

Yunusobod tumani Yuqori Qoraqamish koʻchasi yon qismidan oqib oʻtuvchi “Qoraqamish” kollektorining qirgʻoqlarini mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

0,41

2,7

2023-yil

2024-yil

2,7

7.

Yashnobod tumanidan oqib oʻtuvchi “Katta Tolariq” kanalining Ohangaron yoʻlidan Katta Yangiobod koʻchasigacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

1,3

8,5

2023-yil

2024-yil

8,5

8.

Mirobod tumanida Fargʻona yoʻli koʻchasidan Sergeli tumani Qoʻshqoʻrgʻon 5-tor koʻchasigacha boʻlgan “Katta Tolariq” kanalining qirgʻoqlarini mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

2,8

18,3

2022-yil

2023-yil

18,3

9.

Mirobod tumanidan oqib oʻtuvchi “Qorasuv” kanalining A. Fitrat koʻchasidan Eski Otchopar koʻchasigacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

0,9

5,9

2021-yil

2022-yil

5,9

10.

Olmazor tumanidan oqib oʻtuvchi “Damashi” kanalining Sagʻbon koʻchasidan Toshkent halqa avtomobil yoʻligacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

3,45

22,5

2022-yil

2023-yil

22,5

11..

Olmazor tumanidan oqib oʻtuvchi “Damashi” kanalining Shimoliy Olmazor koʻchasidan Qorasaroy koʻchasigacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

1,1

7,2

2023-yil

2024-yil

7,2

12..

Shayxontohur tumanidan oqib oʻtuvchi “Katta Kalkauz” kanalining Anhor boʻyi koʻchasidan Taxtapul koʻchasigacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

1,4

9,1

2021-yil

2022-yil

9,1

13.

Olmazor tumanidan oqib oʻtuvchi “Kalkauz” kanalining Nurafshon aylanma koʻchasi yon qismidan oʻtuvchi qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

0,7

4,6

2021-yil

2022-yil

4,6

14.

Chilonzor tumanidan oqib oʻtuvchi “Anhor” kanalining Beshyogʻoch koʻchasi yon qismi, Novza koʻchasidan Muqumiy koʻchasigacha, Choʻpon-ota koʻchasidan Bunyodkor shoh koʻchasi yon qismigacha boʻlgan qismlarida oʻzanlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

4,41

28,8

2023-yil

2024-yil

28,8

15.

Chilonzor tumanidan oqib oʻtuvchi “Qonqus” kanalining Bunyodkor shoh koʻchasi yon qismidan Toshkent halqa avtomobil yoʻligacha boʻlgan qismida obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

4,48

29,3

2022-yil

2023-yil

29,3

16.

Chilonzor tumanidan oqib oʻtuvchi “Katta Chala” kanalining �unyodkor koʻchasidan Al-Xorazmiy koʻchasigacha boʻlgan qismida oʻzanlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

0,92

6

2023-yil

2024-yil

6

17.

Uchtepa tumanidan oqib oʻtuvchi “Boʻzsuv” kanalining “Farhod” koʻchasidan Toshkent halqa avtomobil yoʻligacha boʻlgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

3,5

22,9

2021-yil

2022-yil

22,9

18...

Chilonzor tumanidan oqib oʻtuvchi “Boʻrijar” kanalining Kichik halqa avtomobil yoʻliga tutash qismining ?irgʻoqlarini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

2,54

16,6

2021-yil

2022-yil

16,6

19.

Chilonzor tumani 4,6,8-mavze hududlaridan oqib oʻtuvchi “Choʻponota” kanalining qismida obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

1,8

11,8

2023-yil

2024-yil

11,8

20..

Sergeli tumani Nilufar koʻchasidan Yangihayot tumani Zavodskaya koʻchasigacha boʻlgan “Nayman” kanalining qirgʻoqlarini mustahkamlash va tutash hududlarda sayilgoh tashkil etish

3,43

22,4

2023-yil

2024-yil

22,4

21..

Sergeli tumanidan oqib oʻtuvchi “Nayman” kanalining Qoʻshqoʻrgʻon koʻchasidan Toshkent halqa avtomobil yoʻligacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

1,47

9,6

2023-yil

2024-yil

9,6

22..

Sergeli tumanidan oqib oʻtuvchi “Qorayoʻl” kanalining Qipchoq koʻchasidan Sofdil koʻchasigacha boʻlgan qismida obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

2,06

13,5

2023-yil

2024-yil

13,5

23.

Sergeli tumani Yangi Sergeli koʻchasidan oqib oʻtuvchi “Jun” kanalining Zangiota tumani chegarasigacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va oqim boʻyicha chap qirgʻogʻida sayilgoh tashkil etish

5,87

38,4

2022-yil

2023-yil

38,4

24.

Yashnobod tumanidan oqib oʻtuvchi “Pul-emas” kanalining Ohangaron shoh koʻchasi yon qismida oʻtgan qismida obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

4,1

26,8

2021-yil

2022-yil

26,8

25.

Sergeli tumani Yangi Sergeli koʻchasidan Yangihayot tumani Navroʻz koʻchasi yon qismidan oqib oʻtuvchi “Salar” kanalining qirgʻoqlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

5,05

33

2022-yil

2023-yil

33

26.

Uchtepa tumani “Koʻxna Choʻponota” MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Choʻponota” kanalining qirgʻoqlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

0,3

2

2023-yil

2024-yil

2

27.

Uchtepa tumani Dadil koʻchasi yon qismidan oqib oʻtuvchi “Koʻkcha” kanalining qirgʻoqlarini mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

0,9

5,9

2023-yil

2024-yil

5,9

28.

Uchtepa tumani Uygʻur koʻchasi yon qismidan oqib oʻtuvchi “Beshqayragʻoch” kanalining qirgʻoqlarini mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

1

6,5

2023-yil

2024-yil

6,5

Toshkent shahar hududidan oqib oʻtuvchi kanal va kollektorlaridagi mavjud gidrotexnik inshootlar (suv taqsimlovchi, suv toʻsuvchi, suv oʻlchovchi moslamalari)ni taʼmirlash hamda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish ishlari

1.

Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Uchtepa, Chilonzor, Sergeli, Olmazor, Yashnobod tumanlari hududidan oqib oʻtuvchi Pul-emas yangi, Darxon, Oqqoʻrgʻon, Birlik, Qani. Yangiqoʻyliq, Qorasaroy, Jarariq, Katta Tolariq, Pul-emas eski kanallaridagi gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash

14 dona

0,3

2021-yil

2022-yil

0,3

2.

Shayxontohur, Yunusobod, Chilonzor tumanlari hududidan oqib oʻtuvchi Damashi, Kalkauz, Darvozakent, Oqqoʻrgʻon, Katta Chala, Qonqus kanallaridagi gidrouzel va gidrotexnik inshootlarni elektron texnologiya asosida ishlar rejimiga oʻtkazish

8 dona

0,9

2021-yil

2022-2023-yil

0,9

3.

Toshkent shahar hududidan oqib oʻtuvchi kanallarda “Smart Water” — “Aqlli suv” suv oʻlchash texnologiyasini qoʻllash

20 dona

0,36

2021-yil

2022-2023-yil

0,36

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olingandan soʻng obyektlarning qiymatlariga aniqlik kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 553-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-2022-yillarda Toshkent shahrida umumiy soni 1500 ta suv quduqlarini tashkil etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTUR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

mln soʻm

T/r

Tuman nomi

Qaziladigan suv chiqarish quduqlari soni

(birlik)

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablagʻ

(mln soʻm)

shundan:

2021-yilda

2022-yilda

qaziladigan suv chiqarish quduqlari soni

(birlik)

mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablagʻ

(mln soʻm)

qaziladigan suv chiqarish quduqlari soni

(birlik)

mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablagʻ

(mln soʻm)

1.

Olmazor tumani

107

16 050

36

5 350

71

10 700

2.

Bektemir tumani

76

11 400

25

3 800

51

7 600

3.

Mirobod tumani

92

13 800

31

4 600

61

9 200

4.

Mirzo Ulugʻbek tumani

244

36 600

81

12 200

163

24 400

5.

Sergeli tumani

94

14 100

31

4 700

63

9 400

6.

Uchtepa tumani

109

16 350

36

5 450

73

10 900

7.

Chilonzor tumani

108

16 200

36

5 400

72

10 800

8.

Shayxontohur tumani

97

14 550

32

4 850

65

9 700

9.

Yunusobod tumani

258

38 700

86

12 900

172

25 800

10.

Yakkasaroy tumani

90

13 500

30

4 500

60

9 000

11.

Yashnobod tumani

180

27 000

60

9 000

120

18 000

12.

Yangihayot tumani

45

6 750

15

2 250

30

4 500

Jami

1500

225 000

500

75 000

1000

150 000

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olingandan soʻng obyektlarning qiymatlariga aniqlik kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 553-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-2022-yillarda Toshkent shahrida piyoda va velosiped yoʻlaklarini qurish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTUR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tuman nomi

Piyodalar yoʻlaklari uzunligi

shundan

Veloyoʻlaklar uzunligi

shundan

2021-yil

2022-yil

2021-yil

2022-yil

uzunligi

(km)

summasi

(mlp soʻm)

uzunligi

(km)

summasi

(mln soʻm)

uzunligi

(km)

summasi

(mli soʻm)

uzunligi

(km)

summasi

(mln soʻm)

uzunligi

(km)

summasi

(mln soʻm)

uzunligi

(km)

summasi

(mln soʻm)

1.

Bektemir tumani

9

2 250

4

1 000

5

1 250

9

2 250

4

1 000

5

1 250

2.

Mirobod tumani

5

1 250

3

750

2

500

5

1 250

3

750

2

500

3.

Mirzo Ulugʻbek tumani

28

7 000

13

3 250

15

3 750

28

7 000

13

3 250

15

3 750

4.

Olmazor tumani

11

2 850

10

2 500

1

350

1

300

1

300

5.

Sergeli tumani

3

825

1

250

2

575

3

825

1

275

2

550

6.

Uchtepa tumani

7

1 650

2

500

5

1 150

7

1 650

2

550

4

1 100

7.

Chilonzor tumani

3

800

1

250

2

550

3

800

1

267

2

533

8.

Shayxontoxur tumani

25

6 150

12

3 000

13

3 150

25

6 150

12

3 000

13

3 150

9.

Yunusobod tumani

5

1 125

2

500

3

625

5

1 125

2

375

3

750

10.

Yakkasaroy tumani

12

3 000

4

1 000

8

2 000

12

3 000

4

1 000

8

2 000

11.

Yangihayot tumani

15

3 750

6

1 500

9

2 250

15

3 750

6

1 500

9

2 250

12.

Yashnobod tumani

8

2 025

4

1 000

4

1 025

5

1 200

2

400

3

800

Jami

131

32 675

62

15 500

69

17 175

117

29 300

51

12 667

67

16 633

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Toshkent shahrida piyoda va velosiped yoʻlaklarini qurish Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olingandan soʻng obyektlarning qiymatlariga aniqlik kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 553-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-2022-yillarda Toshkent shahri mahallalarida “yashil maydon”lar va xiyobonlar tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tuman nomi

Sayilgohlar soni

Veloyoʻlaklar uzunligi

uzunligi

(km)

summasi

(mln soʻm)

1.

Bektemir tumani

1

1

1 200

2.

Mirobod tumani

1

2

2 400

3.

Mirzo Ulugʻbek tumani

1

1

1 200

4.

Olmazor tumani

1

1

1 200

5.

Sergeli tumani

1

2

2 400

6.

Uchtepa tumani

1

3

3 600

7.

Chilonzor tumani

1

3

3 600

8.

Shayxontohur tumani

1

1

1 200

9.

Yunusobod tumani

1

5

6 000

10.

Yakkasaroy tumani

1

2

2 400

11.

Yangihayot tumani

1

2

2 400

12.

Yashnobod tumani

1

2

2 400

Jami

12

25

30 000

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Toshkent shahri mahallalarida “yashil zona”lar va xiyobonlar tashkil etish Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olingandan soʻng obyektlarning qiymatlariga aniqlik kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 553-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat istirohat bogʻi va mini yashil istirohat bogʻlarni yaratish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

J.A. Artikxodjayev

—

Toshkent shahar hokimi, Ishchi guruh rahbari

B.M. Ahmedov

—

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

D.K. Adilov

—

qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari

A.Y. Xaydarov

—

moliya vazirining oʻrinbosari

J.S. Kazbekov

—

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

Gʻ.K. Qurbonov

—

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

X.X. Meliqulov

—

Vazirlar Mahkamasi Apparatining bosh mutaxassisi

S.X. Umatov

—

Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi, Ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 553-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi ixtisoslashtirilgan boshqarmalari hamda Yangihayot tumani obodonlashtirish boshqarmasiga qoʻshimcha ajratiladigan shtat birliklari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tashkilot nomi

Shtat birliklari soni

1.

Fuqarolarga xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi

20

2.

Drenaj va kollektorlarni taʼmirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi

32

3.

Sunʼiy inshootlarni saqlash va taʼmirlash boshqarmasi

34

4.

Yangihayot tumanining obodonlashtirish boshqarmasi

201

Jami

287

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/553/0842-son)