23.08.2021 yildagi 536-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi muammolarning hal etilishi, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarning “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash yuzasidan faoliyatiga baho berish hamda o‘zining fidokorona mehnati bilan namuna ko‘rsatgan sektorlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda — sektorlar) faoliyati samaradorligini baholash, namunali va tashabbuskor sektorlarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sektorlar faoliyati samaradorligini baholashga oid asosiy indikatorlar, ularni hisoblash va baholash hamda baholash natijalari yuzasidan sektorlarni rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan baholash bir yilda bir marotaba — hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraliga qadar amalga oshirilib, natijasi bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va xalq deputatlari Kengashlariga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash natijalariga ko‘ra tuman, shahar sektorlari o‘rtasida respublika darajasida — “eng namunali sektor” hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida — “eng tashabbuskor sektor” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi va rag‘batlantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“eng namunali sektor” va “eng tashabbuskor sektor”ni rag‘batlantirish — sektor rahbarining idoraviy bo‘ysunuviga qarab tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hamda Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sektorlar faoliyatiga baho berish bo‘yicha ma’lumotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi va haqqoniyligi uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari shaxsan javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda baholash ko‘rsatkichlari tizimi hamda ularni hisoblash usullariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sektorlar faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini hisoblash va baholash bo‘yicha “sektor.reyting.uz” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda “Eng namunali sektor” va “Eng tashabbuskor sektor”ning ijobiy ish tajribasini boshqa hududlar o‘rtasida ommalashtirish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
536-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 536-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda — sektorlar) faoliyati samaradorligini baholash, “eng namunali sektor” va “eng tashabbuskor sektor”ni aniqlash (keyingi o‘rinlarda — baholash) tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
indikator — sektorlar faoliyati samaradorligini aniqlashda baholanishi lozim bo‘lgan asosiy ko‘rsatkich;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy statistik ma’lumotlar — baholashga va aniqlashga ma’lumotlarni taqdim etish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga taqdim etilgan va ushbu tashkilotlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan statistik va tahliliy ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sektor.reyting.uz” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda “sektor.reyting.uz” AAT) — hududlarda sektorlar faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini hisoblash va baholash bo‘yicha avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sektorlar faoliyatini baholash yil yakuni bo‘yicha mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Baholash natijasiga ko‘ra tuman, shahar sektorlarining (keyingi o‘rinlarda — hududiy sektorlar) reytingi tuzilib, baholash ikki darajada amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) respublika darajasida — barcha tuman, shahar sektorlari o‘rtasida reytingda yuqoridan pastga tamoyili asosida 3 ta sektor aniqlanadi va moddiy rag‘batlantiriladi. Bunda eng yuqori ko‘rsatkichga ega sektor — “eng namunali sektor” deb e’tirof etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 3 tadan sektorlar aniqlanadi va moddiy rag‘batlantiriladi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida eng yuqori ko‘rsatkichga ega sektor — “eng tashabbuskor sektor” deb e’tirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Sektorlar faoliyati samaradorligini baholashga oid asosiy indikatorlar hamda ularni hisoblash va baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Baholash quyidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” bilan ishlash natijadorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahallabay” ishlash tizimining yuritilishi holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyatchilikni kamaytirish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatlar bilan ishlash samaradorligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi indikatorlarni baholashda tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan zarur ma’lumotlarni bepul oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sektorlar faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari mazkur Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan rasmiy statistik ma’lumotlarga asosan hisoblanadi va ularga muvofiq sektor uchun eng yuqori ball 100 ballni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan har bir ustuvor yo‘nalish uchun maksimal ball ularning tarkibiy reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha teng taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Rasmiy statistik ma’lumotlar mas’ul tashkilotlar tomonidan yil yakuni bo‘yicha kelgusi yil 15-yanvarga qadar “sektor.reyting.uz” AATga kiritilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Baholashda foydalaniladigan rasmiy statistik ko‘rsatkichlar ham ijobiy, ham salbiy toifada bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ijobiy toifadagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ballar quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Xball =

X

* Y max ball

Xmax

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda: Xball — sektorning muayyan ko‘rsatkich bo‘yicha balli; X — sektor ko‘rsatkichi; Xmax — sektorlar orasida ushbu ko‘rsatkichning maksimal qiymati; Y max ball — ushbu Nizomning 2-ilovasida berilgan ko‘rsatkichning eng yuqori balli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Salbiy toifadagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ballar quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Xball =Y max ball

Y max ball

* X

Xmax

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda: Xball — sektorning muayyan ko‘rsatkich bo‘yicha balli; X — sektor ko‘rsatkichi; Xmax — sektorlar orasida ushbu ko‘rsatkichning maksimal qiymati; Y max ball — ushbu Nizomning 2-ilovasida berilgan ko‘rsatkichning maksimal balli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sektor uchun jami ball — statistik ko‘rsatkichlar ballarini jamlash yo‘li bilan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Baholash natijalari bo‘yicha sektorlarni rag‘batlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Baholash natijalari bo‘yicha respublika darajasida — “eng namunali sektor” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan sektorlar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 500 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-o‘rin uchun — BHMning 400 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-o‘rin uchun — BHMning 300 baravari miqdorida pul mablag‘i.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Baholash natijalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida — “eng tashabbuskor sektor” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan sektorlar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-o‘rin uchun — BHMning 200 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-o‘rin uchun — BHMning 150 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-o‘rin uchun — BHMning 100 baravari miqdorida pul mablag‘i.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Eng namunali sektor” va “eng tashabbuskor sektor” deb topilgan hududiy sektorlarning faoliyat samaradorligiga ta’sir etuvchi tashkilotlar xodimlari (sektor a’zolari) faqat o‘zlari mas’ul bo‘lgan ko‘rsatkichlardan kelib chiqib taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Baholash yakunlari bo‘yicha “eng namunali sektor” deb topilgan sektorning ijobiy ish tajribasini respublika hamda “eng tashabbuskor sektor”ning ijobiy ish tajribasini tegishli hudud miqyosida ommalashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi baholash natijalari bo‘yicha har yil yakuni bo‘yicha keyingi yilning 1-fevraliga qadar tahliliy ma’lumotnoma tayyorlaydi hamda Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini o‘rganishning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha komissiyaga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sektorlar faoliyati samaradorligini baholash natijalari har yili xalq deputatlari Kengashlari majlislarida muhokama qilib borilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Tadbirlar

Mas’ullar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Rasmiy statistik ma’lumotlarni “sektor.reyting.uz” AATga kiritish.

Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan mas’ul tashkilotlar

15-yanvarga qadar

2-bosqich

“Sektor.reyting.uz” AAT orqali sektorlarning samaradorlik ko‘rsatkichini hisoblash vasektorlar kesimida natijani aniqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

25-yanvarga qadar

3-bosqich

Rasmiy statistik ma’lumotlar natijalari asosida sektorlar faoliyati samaradorligini baholash yakunlarini umumlashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari Kengashlariga taqdim qilish, o‘z rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib borish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

1-fevralga qadar

4-bosqich

Xalq deputatlari Kengashlari majlislarida sektorlar faoliyati samaradorligining baholash natijalarini muhokama qilish.

Viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari

15-fevralga qadar

5-bosqich

Baholash natijalariga ko‘ra tuman, shahar sektorlari o‘rtasida respublika darajasida — “eng namunali sektor” va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida — “eng tashabbuskor sektor” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar rag‘batlantiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar

15-fevralga qadar

6-bosqich

Baholash yakunlari bo‘yicha “eng namunali sektor” deb topilgan sektorning ijobiy ish tajribasini respublika hamda “eng tashabbuskor sektor”ning ijobiy ish tajribasini tegishli hudud miqyosida ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

1-martga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rasmiy statistik ko‘rsatkichlarga asosan sektorlar faoliyati samaradorligini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIZIMI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ko‘rsatkichlar nomi

O‘lchov birligi

Ko‘rsatkichlarni hisoblash metodikasi

Mas’ul organ*

Indikator toifasi va ballari

Jami maksimal ball

100,0

1. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash natijadorligi ko‘rsatkichlari

60,0

a) “Temir daftar” bilan ishlash natijadorligi

16,0

1.

“Temir daftar”dan chiqarilgan oilalar

foiz

“Temir daftar”dan chiqarilgan oilalarning “Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi ulushi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Ijobiy

2.

“Temir daftar”dagi oilalarning kasb-hunarga o‘qitilgan a’zolari

foiz

“Temir daftar”dagi oilalarning kasb-hunarga o‘qitilgan a’zolarining jami o‘qish istagi mavjud a’zolar sonidagi ulushi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Ijobiy

3.

Rasmiy o‘zini o‘zi band qilishga jalb qilingan “Temir daftar”dagi oila a’zolari

foiz

Rasmiy o‘zini o‘zi band qilgan “Temir daftar”dagi oila a’zolarining jami bandligi ta’minlangan a’zolar sonidagi ulushi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Ijobiy

4.

“Temir daftar”dagi oilalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi

foiz

Tibbiy xizmat ko‘rsatilgan “Temir daftar”dagi oilalarning jami tibbiy xizmatga muhtoj oilalar sonidagi ulushi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Ijobiy

b) “Ayollar daftari” bilan ishlash natijadorligi

24,0

5.

“Ayollar daftari”dan chiqarilgan ayollar

foiz

“Ayollar daftari” ro‘yxatidan chiqarilgan ayollarning “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar sonidagi ulushi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

Ijobiy

6.

“Ayollar daftari”dagi kasb-hunarga o‘qitilgan ayollar

foiz

“Ayollar daftari”dagi kasb-hunarga o‘qitilgan ayollarning jami o‘qish istagi mavjud ayollar sonidagi ulushi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

Ijobiy

7.

“Ayollar daftari”dagi rasmiy o‘zini o‘zi band qilishga jalb qilingan ayollar

foiz

Rasmiy o‘zini o‘zi band qilgan “Ayollar daftari”dagi ayollarning jami bandligi ta’minlangan ayollar sonidagi ulushi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

Ijobiy

8.

“Ayollar daftari”dagi ayollarga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi

foiz

Tibbiy xizmat ko‘rsatilgan “Ayollar daftari”dagi ayollarning jami tibbiy xizmatga muhtoj ayollar sonidagi ulushi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

Ijobiy

9.

“Ayollar daftari”dagi ayollarga psixologik xizmat ko‘rsatish darajasi

foiz

Psixologik xizmat ko‘rsatilgan “Ayollar daftari”dagi ayollarning jami psixologiki xizmatga muhtoj ayollar sonidagi ulushi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

Ijobiy

10.

“Ayollar daftari”dagi ayollar tomonidan tadbirkorlikning yo‘lga qo‘yilishi

foiz

Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan “Ayollar daftari”dagi ayollarning jami tadbirkorlik qilish istagi mavjud ayollar sonidagi ulushi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

Ijobiy

v) “Yoshlar daftari” bilan ishlash natijadorligi

20,0

11.

“Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlar

foiz

“Yoshlar daftari” ro‘yxatidan chiqarilgan yoshlarning “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar sonidagi ulushi

Yoshlar ishlari agentligi

Ijobiy

12.

“Yoshlar daftari”dagi kasb-hunarga o‘qitilgan yoshlar

foiz

“Yoshlar daftari”dagi kasb-hunarga o‘qitilgan yoshlarning jami kasb-hunarga o‘qish istagi mavjud yoshlar sonidagi ulushi

Yoshlar ishlari agentligi

Ijobiy

13.

“Yoshlar daftari”dagi rasmiy o‘zini o‘zi band qilishga jalb qilingan yoshlar

foiz

Rasmiy o‘zini o‘zi band qilgan “Yoshlar daftari”dagi yoshlarning jami bandligi ta’m?nlangan yoshlar sonidagi ulushi

Yoshlar ishlari agentligi

Ijobiy

14.

“Yoshlar daftari”dagi yoshlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi

foiz

Tibbiy xizmat ko‘rsatilgan “Yoshlar daftari”dagi yoshlarning jami tibbiy xizmatga muhtoj yoshlar sonidagi ulushi

Yoshlar ishlari agentligi

Ijobiy

15.

“Yoshlar daftari”dagi yoshlar tomonidan tadbirkorlikning yo‘lga qo‘yilishi

foiz

Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan “Yoshlar daftari”dagi yoshlarning jami tadbirkorlik qilish istagi mavjud yoshlar sonidagi ulushi

Yoshlar ishlari agentligi

Ijobiy

2. “Mahallabay” ishlash tizimining yuritilishi

8,0

16.

Mahallalardagi muammolarning hal etilishi

foiz

Doimiy vakillar tomonidan aniqlangan jami muammolardagi hal etilgan muammolarning ulushi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Ijobiy

17.

Mahallaning “o‘sish nuqtasi” (drayveri)ning amalga oshirilishi

foiz

Amalga oshirilgan “o‘sish nuqtalari” (drayveri)ning jami aniqlangan “o‘sish nuqtalari” (drayveri)dagi ulushi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Ijobiy

3. Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish darajasi

8,0

18.

Investitsiya loyihalarining (sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi) amalga oshirilishi

foiz

Hududiy investitsiya dasturlaridagi ishga tushirilgan loyihalarning jami loyihalardagi ulushi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Ijobiy

19.

Maktabgacha ta’lim muassasalari bilan qamrab olish darajasi

foiz

Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning 3 — 6 yoshdagi bolalar umumiy sonidagi ulushi

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi

Ijobiy

4. Tadbirkorlikni rivojlantirish ko‘rsatkichlari

12,0

20.

Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari sonining o‘sishi

foiz

Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining o‘tgan yilgi mos davriga nisbatan o‘sishi

Milliy  statistika qo‘mitasi, Adliya vazirligi

Ijobiy

21.

Tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratilishi holati

so‘m

Tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kredit miqdorining sektordagi har mingta faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektiga to‘g‘ri keladigan kredit miqdori

Markaziy bank, Milliy statistika qo‘mitasi

Ijobiy

22.

Tadbirkorlik subyektlari uchun o‘quv-seminarlar tashkil qilinganligi

birlik

Savdo-sanoat palatasi, Adliya bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun tashkil etilgan soliq, moliya, buxgalteriya, bank, huquqiy va boshqa sohalar bo‘yicha o‘quv-seminarlar umumiy sonining har mingta tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ri keladigan miqdori

Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi

Ijobiy

5. Jinoyatchilikni kamaytirish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish

8,0

23.

Sodir etilgan jinoyatlarning kamayishi

birlik

Har ming kishiga to‘g‘ri keladigan jinoyatlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan farqi

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi

Ijobiy

24.

Oilaviy ajrimlarni qisqartirish

foiz

Nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnomalar sonining (sud tomonidan bedarak yo‘qolgan, muomalaga layoqatsiz deb topilgan, sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi sababli qayd etilgan ajralganlik holatlari bundan mustasno) o‘tgan yilning mos davriga nisbati

Adliya vazirligi

Ijobiy

6. Murojaatlar bilan ishlash samaradorligi

4,0

25.

Qanoatlantirilgan murojaatlar ulushi

foiz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual, Xalq qabulxonalari va Bosh vazir qabulxonalari orqali kelib tushgan jami murojaatlardagi qanoatlantirilgan murojaatlar ulushi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari, Bosh vazir qabulxonasi

Ijobiy

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Axborot tizimiga ma’lumotlarni joylashtirish (kiritish) uchun birinchi ko‘rsatilgan ijrochi mas’ul hisoblanadi. Ko‘rsatkichlarni shakllantirish uchun javobgarlik har bir ko‘rsatilgan davlat boshqaruvi organi va muassasasiga yuklatiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/536/0817-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)