23.08.2021 yildagi PQ-5228-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatida qulay investitsiya muhitini yaratish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning eksportini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha “mahallabay” ishlash tizimining samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan quyidagi mablag‘lar ajratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, shu jumladan aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida 100 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar, shundan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik 10 foiz stavkada, 7 yil muddatga “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyatiga va ushbu bank tomonidan boshqa tijorat banklariga moliyaviy resurs ajratish orqali “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida amalga oshiriladigan loyihalarga kredit berish uchun. Bunda, tijorat banklari, shu jumladan “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyati tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng bo‘lgan yillik foiz stavkasida kreditlar ajratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar “Turonbank” ATB ustav kapitalidagi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ulushini oshirish orqali Surxondaryo viloyatida limonchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik 7 foiz stavkada, 7 yil muddatga “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyatiga va ushbu bank tomonidan boshqa tijorat banklariga moliyaviy resurs ajratish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan mahalla hududlarida “yetakchi” tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun. Bunda, tijorat banklari, shu jumladan “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyati “yetakchi” tadbirkorlik subyektlariga har bir mahalla uchun 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ni yillik 10 foiz stavkada ajratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 50 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik 2,5 foiz stavkada, 10 yil muddatga “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyatiga va ushbu bank tomonidan boshqa tijorat banklariga moliyaviy resurs ajratish orqali viloyatda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishidagi yangi loyihalarni moliyalashtirish, zarur infratuzilmani yaratish hamda eksportyorlarni aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki oy muddatda 2022-2023-yillarda viloyatda yangi kichik tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va ish o‘rinlarini yaratish prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda “xonadonbay” ishlash tizimi asosida “og‘ir” mahallalardagi aholining turmush sharoiti, istak-xohishi va imkoniyatlarini o‘rganib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“og‘ir” mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni tasdiqlasin. Bunda, har bir mahallada aholining azaldan shakllangan mehnat ko‘nikmasidan kelib chiqib, eng samarali “o‘sish nuqtalari” sifatida chorvachilik, parrandachilik, tomorqa va issiqxona xo‘jaligi, hunarmandchilik, kosibchilik va kichik ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ikki oy muddatda tijorat banklari bilan birgalikda “yetakchi” tadbirkorlik subyektlarini belgilangan tartibda tanlab olsin va ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan mahallalarga biriktirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan mahallalardagi tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagi bo‘lgan aholini “yetakchi” tadbirkorlik subyektlariga biriktirish yoki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xalqaro moliya institutlaridan qo‘shimcha jalb qilinayotgan 50 mln AQSH dollari ekvivalentidagi qarz mablag‘lari hisobiga Surxondaryo viloyatida 2021-2022-yillarda tashkil etiladigan zamonaviy issiqxona loyihalarini moliyalashtirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Surxondaryo viloyati hokimligining xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan belgilab beriladigan viloyatning tog‘li va yerlari sho‘rlangan hududlarida yangidan tashkil etiladigan va shu hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari uchun (klasterlar bundan mustasno) 2021-yil 10-sentabrdan 2024-yil 1-yanvarga qadar foyda solig‘ining amalda belgilangan stavkasini 50 foizga pasaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi bir oy muddatda Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida, shuningdek, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan belgilab beriladigan tog‘li va yerlari sho‘rlangan hududlarda yangi tashkil etiladigan va shu hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlarini (klasterlar bundan mustasno) 2024-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, aylanmadan olinadigan soliq hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan miqdorini to‘lashdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Surxondaryo viloyatining mahalliy sanoat korxonalari O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan hamda faqat o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan asbob-uskuna, butlovchi va ehtiyot qismlar uchun bojxona to‘lovlari (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan 2024-yil 1-iyulga qadar ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ilovaga muvofiq Surxondaryo viloyatining past rentabelli 136,3 gektar yer maydonlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandixon tumani “Bandixon” MFY hududidagi 47G, 47B, 47Q va 46-konturlarda joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan past rentabelli 34 gektar yer maydonlari tuman markazining ishlab chiqilayotgan yangi bosh rejasiga muvofiq ko‘p qavatli turar joylar majmuasi, aholining dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi uchun yashil sayilgoh, madaniy va ma’rifiy markaz hamda ko‘ngilochar obyektlar barpo etish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan aholi punktlarining yerlari toifasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termiz tumani “Surxon do‘stlik sarhadi” massividagi 454 gektar yaylov yerlari o‘rmon fondi yerlari toifasidan sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Surxondaryo viloyati hokimligi Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorning 9-bandida nazarda tutilgan yer uchastkalarining toifalari o‘zgarishi bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish, yer-kadastr hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, bo‘sh turgan yer uchastkalarini tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanishga berish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki, mazkur qarorning 9-bandiga muvofiq 170,3 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va 454 gektar o‘rmon fondi yerlari boshqa yerlar toifasiga o‘tkazilishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hisob palatasi Bosh prokuratura bilan birgalikda mazkur qarorga muvofiq ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi, to‘lovlar asoslanganligi va loyiha xarajatlari maqbullashtirilganligi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin hamda har chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolovga — ushbu qarorga muvofiq ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va manzilli foydalanilishini ta’minlash, “og‘ir” mahallalarda “xonadonbay” ishlash tizimi asosida ishlarni yo‘lga qo‘yish va amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha samarali natijalarga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorovga — Markazlar faoliyatini to‘liq va samarali yo‘lga qo‘yish, mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash va yangi tadbirkorlikni, shu jumladan “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga ko‘maklashish va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazirning o‘rinbosari S.U. Umurzakovga — vazirliklar, idoralar va Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi hamda ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi bilan bog‘liq jarayonlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 10-noyabr va 2022-yil 10-fevralga qadar axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5228-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi PQ-5228-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatida sanoat yerlari toifasiga o‘tkazilayotgan past rentabelli, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tuman nomi

Kontur raqami

Yer maydoni, ga

shundan:

Qishloq xo‘jaligi yerlarining ball boniteti

qishloq xo‘jaligi yerlari

shundan:

sug‘oriladigan yerlar

yaylovlar

Jami:

136,3

136,3

116,0

20,4

1.

Angor tumani

102

10

10

10

33,2

10

6,3

6,3

6,3

34,4

12

1,2

1,2

1,2

34,4

30

4,7

4,7

4,7

38

28

10

10

10

38

224

4

4

4

60,8

2.

Bandixon tumani

1456

14

14

14

45

315

27

27

27

49,9

3.

Boysun tumani

80

2

2

2

44

4.

Jarqo‘rg‘on tumani

4

4

4

yaylov

101

4

4

4

yaylov

5.

Qiziriq tumani

23, 23 a, 19, 19 a, 19 b, 19 v, 9 a

10

10

10

40,2

795

2

2

2

29

6.

Qumqo‘rg‘on tuman

224-q

1

1

1

41

528

7

7

7

43,5

70

0,9

0,9

0,9

yaylov

7.

Muzrabot tumani

455

5,3

5,3

5,3

38

8.

Termiz tumani

37

2

2

2

yaylov

80 a

1,5

1,5

1,5

yaylov

82-83 k

3

3

3

41

9.

Termiz shahri

214

6,3

6,3

6,3

58

10.

Oltinsoy tumani

321

5

5

5

73

Oltinsoy tumani

478-500

1

1

1

36

11.

Sherobod tumani

791, 792

4,2

4,2

4,2

31

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 07/21/5228/0814-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)