12.08.2002 yildagi 289-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻZMEVASABZAVOTUZUMSANOATXOLDING” KOMPANIYASINING SHISHA IDISH ISHLAB CHIQARUVCHI ZAVODI QURILISHI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon andozalariga javob beruvchi shisha idish ishlab chiqarishni taʼminlash, mana shu asosda raqobatbardosh meva-sabzavot va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish va tarmoqning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi va “Sifat” aksiyadorlik loyiha-qurilish birlashmasining Toshkent shahar Sirgʻali tumanida “Sifat” aksiyadorlik loyiha-qurilish birlashmasining “Karkas” korxonasining boʻsh maydonlari negizida bir kecha-kunduzda 150 tonna shisha massasi ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan, jahon andozalari talablariga javob beradigan shisha idish ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Asl Oyna” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan “HEYE international GmbH/GLASTECHNIK WINKLER & Co” firmasi (Germaniya) oʻrtasida umumiy qiymati 22.551,55 ming Yevro boʻlgan, 2004-yilda foydalanishga topshiriladigan shisha idish ishlab chiqaruvchi qurilayotgan zavodni butlash uchun texnologiya asbob-uskunalari va sarflash materiallari yetkazib berishga kontrakt tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi va “Asl Oyna” ochiq aksiyadorlik jamiyati 1-ilovaga* muvofiq shisha idish ishlab chiqaruvchi zavodni foydalanishga topshirish jadvali bajarilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, shisha idish ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash quyidagi miqdorlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrakt qiymatining sugʻurta mukofoti summasi qoʻshilgan 85 foizi “Hermes” eksport-kredit agentligining sugʻurta qoplamasi ostida “Vereins- und Westbank AG” bankining (Germaniya) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtirilgan krediti hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy summasi 3.382,73 ming Yevro boʻlgan kontrakt qiymatining 15 foizi miqdoridagi avans toʻlovi — “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat- xolding” kompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shisha idish ishlab chiqarish zavodi qurilishiga va moliyaviy chiqimlarga haq toʻlashga 1,5 mlrd soʻm miqdoridagi milliy valyutadagi sarf-xarajatlar – “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy qarzni qaytarish, foizlar toʻlash, vositachilik haqi va kreditga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlar shisha idish ishlab chiqarish zavodining ishlab chiqarish faoliyati hisobiga “Asl Oyna” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan, yetishmaydigan qismi esa — 2-ilovaga* muvofiq prognoz jadvalga binoan “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasining mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Vereins- und Westbank AG” banki bilan qarz bitimi va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasining taʼminlash ostida “Asl Oyna” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga qarz mablagʻlarini qayta moliyalash uchun uch tomonlama subqarz bitimini belgilangan tartibda tuzsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Moliya vaziri “Vereins- und Westbank AG” banki oldida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining toʻlov majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Zavodni ishga tushirishni jadallashtirish zarurligini hisobga olgan holda qurilish loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda olib borilishiga ruxsat berilsin, loyiha-smeta hujjatlari vakolatli organlarda belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilish taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi shisha idish ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini Hukumat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga amalga oshiriladigan 2002-yilgi investitsiya loyihalarining aniq yoʻnaltirilgan dasturiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi shishani faqat gaz yoqilgʻisida qaynatish texnologiyasining oʻziga xos shart-sharoitlarini hisobga olgan holda “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi bilan birgalikda shisha idish zavodiga tabiiy gazdan foydalanish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 12-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
289-son