23.08.2021 yildagi PQ-5227-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda oliy taʼlimni rivojlantirish, taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish, kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiya qilishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasidagi kadrlar yetarli bilim va koʻnikmalarga ega emasligi, mehnat muhofazasi normalariga amal qilish boʻyicha profilaktik ishlarning toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi oqibatida ishlab chiqarish jarayonida koʻplab baxtsiz hodisalar roʻy bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat huquqi yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislarning yetishmasligi natijasida mehnat qonunchiligi sohasidagi qonun buzilishi holatlari soni ortib bormoqda. Jumladan, kasaba uyushmalari tomonidan har yili ushbu masalaga oid oʻrtacha 28 mingga yaqin murojaatlar koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat sharoitlarining sanitariya qoidalari normalari va gigiyena normativlariga javob berishini aniqlash boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarga ega kadrlarning yetishmasligi bois, xodimlarning kasb kasalliklariga chalinish darajasi yuqoriligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada mehnat tibbiyoti mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar yetarli miqdorda tayyorlanmayotganligi sababli kasb kasalliklarini davolash va profilaktika qilish ishlari lozim darajada amalga oshirilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, sohada tizimli ilmiy izlanishlar oʻtkazilmayotganligi, asoslangan taklif va tavsiyalar yetishmasligi tufayli mehnat munosabatlari sohasiga oid oʻz yechimini kutayotgan qator masalalar saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasida xalqaro talablar va standartlarga muvofiq malakali kadrlarni tayyorlash, iqtisodiyot tarmoqlarining oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, sohaga oid muammolarni ilmiy va amaliy jihatdan tadqiq etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Muassis) hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasini (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy innovatsion va ilmiy-pedagogik texnologiyalarni, fan va texnikaning eng soʻnggi yutuqlarini qoʻllagan holda, mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasida talab yuqori boʻlgan kasblar, yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning tegishli yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va yosh mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, taʼlim tizimiga yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari tajribasini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi taʼlim dasturlarini hamda oʻqitishning innovatsion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqbolli bitiruvchilarni xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga va ilmiy-tadqiqot markazlariga tegishlicha bakalavriat, magistratura hamda doktoranturada oʻqishga yuborish orqali Akademiyaning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, pedagogik texnologiyalar va oʻqitish uslublarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va milliy mehnat standartlari, mehnat huquqi, inson huquqlari, mehnat tibbiyoti, ijtimoiy himoya va mehnat muhofazasi yoʻnalishlari boʻyicha oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish sohasi bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-mehnat munosabatlari mutaxassislari, kasaba uyushmalari tizimi hamda tibbiy profilaktika muassasalari xodimlarini zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlash, malakasini oshirish, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda tajriba orttirishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va xorijdagi yetakchi taʼlim tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularning yetakchi mutaxassislarini taʼlim va ilmiy tadqiqot jarayonlariga jalb qilish, mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professional taʼlim, bakalavriat, magistratura va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish, ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy va innovatsion-investitsiyaviy tuzilmalarni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya qonunchilik hujjatlarida belgilab qoʻyilgan barcha taʼlim bosqichlarida faoliyat koʻrsatadigan nodavlat taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyada taʼlim faoliyati 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyada oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasida amalda mavjud taʼlim shakllari boʻyicha oʻzbek, rus va ingliz tillarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning tuzilmasi, shtatlar jadvali, qabul parametrlari, abituriyentlarni qabul qilish tartibi va qoidalari, Akademiyada oʻqitishning toʻlov-kontrakt qiymati hamda pedagog kadrlarning mehnatiga haq toʻlash miqdori Muassis bilan kelishilgan holda Akademiya tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyada oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat taʼlim standartlari talablarini inobatga olgan holda kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari asosida ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya bitiruvchilariga oliy taʼlim yoki professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Oʻzbekiston Respublikasining belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi Vasiylik kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasini tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayonini, talabalarning oʻquv hamda ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish va takomillashtirish, taʼlim sifatini tizimli ravishda oshirish, Akademiya bitiruvchilarini ishga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlash uchun xayriya va texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarni) jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning moddiy-texnik, oʻquv-metodik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilashga koʻmaklashish, uni zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy ishlanmalar natijalarini hayotga samarali joriy etish, taʼlim va ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlik oʻrnatish va uni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarni, eng avvalo, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash, talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash va yashash joylarida boʻsh vaqtlaridan samarali foydalanishini tashkil etish, shuningdek, ularning dam olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqbolli talabalarni tanlov asosida sohaga ixtisoslashgan xorijdagi boshqa yetakchi taʼlim tashkilotlariga stajirovka oʻtashga yuborish uchun tanlab olishni hamda ularga xorijda tahsil olish uchun maxsus stipendiyalar ajratishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashkiliy komissiyaga (Musayev) Akademiya faoliyatini tashkil etish ishlarini boshqarish, uning toʻlaqonli faoliyat yuritishi bilan bogʻliq tashkiliy, moliyaviy, huquqiy, iqtisodiy, oʻquv-metodik, moddiy-texnik taʼminot va boshqa masalalarni hal qilish vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Muassisning quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyani zamonaviy laboratoriya uskunalari, oʻquv va ilmiy adabiyotlar, mebel, kompyuter texnikasi bilan taʼminlash hamda oʻquv jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyani tanlov asosida malakali professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 20 nafardan kam boʻlmagan, Akademiyaga kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlarini bepul (Muassis granti asosida) oʻqishga qabul qilish.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Muassis Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Akademiyaning taʼsis hujjatlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek, Akademiyani belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning tanlov asosida malakali professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyati boʻyicha va shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlardan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassisning mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Akademiya buyurtmalariga binoan, oʻrnatilgan tartibda xorijiy mutaxassislarning (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Akademiyani joylashtirish uchun Muassisga bino ajratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Akademiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosma va kitob mahsulotlari (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar)ning bepul nusxalarini (bir nusxada) oladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy statistika qoʻmitasi, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarning statistik axborotlari majburiy yuboriladigan roʻyxatga kiritilsin.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh.Sh. Minovarov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5227-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi PQ-5227-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi Vasiylik kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Q.M. Rafikov

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisi, Vasiylik kengashi raisi

2.

Lavozim boʻyicha

Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

I.I. Norqulov

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

A.H. Kamilov

tashqi ishlar vaziri

5.

R.Q. Davletov

adliya vaziri

6.

N.B. Xusanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

7.

A.M. Xadjibayev

sogʻliqni saqlash vaziri

8.

A.H. Toshkulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

9.

Sh.X. Shermatov

xalq taʼlimi vaziri

10.

R.T. Mamatov

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri

11.

Sh.M. Sadikov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

12.

I.Yu. Abduraxmonov

innovatsion rivojlanish vaziri

13.

B.I. Zakirov

qurilish vaziri

14.

A.S. Sultanov

energetika vaziri

15.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

16.

B.V. Gulyamov

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi

17.

A.I. Maksudov

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi

18.

B.F. Islamov

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi

19.

A.X. Saidov

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz direktori

20.

Sh.B. Umurzakov

“Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi

21.

X.N. Xasilov

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi v.b.

22.

R.H.Pirmatov

“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJboshqaruvi raisi

23.

A.X. Xursanov

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi

24.

K.S. Sanakulov

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori

25.

U.N. Tashkenbayev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi

26.

U.A. Teshabayeva

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori

27.

Lavozimiga koʻra

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi rektori, Vasiylik kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashi raisi kengash tarkibiga yangi aʼzolarni qoʻshimcha ravishda kiritish, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari nomzodini koʻrsatish, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarning ekspertlari va mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi PQ-5227-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasini tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

B.A. Musayev

Bosh vazir oʻrinbosari, Tashkiliy komissiya raisi

2.

Q.M. Rafikov

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisi, tashkiliy komissiya raisi oʻrinbosari

3.

B.X. Mahmadaliyev

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisi oʻrinbosari

4.

A.H. Toshkulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

5.

N.B. Xusanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

6.

B.I. Zakirov

qurilish vaziri

7.

Sh.M. Sadikov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

8.

I.Yu. Abduraxmonov

innovatsion rivojlanish vaziri

9.

B.V. Gulyamov

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi

10.

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi

11.

I.I. Norqulov

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

12.

F.N. Arziyev

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

13.

A.Sh. Inoyatov

sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

14.

U.N. Tashkenbayev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi

15.

F.K. Umarov

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori

16.

N.U. Kasimov

Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, Tashkiliy komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Tashkiliy komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 07/21/5227/0813-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)