31.07.2021 yildagi SQ-357-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2020-yil 9-noyabrdagi “Tumandagi paxta-gʻalla ekini uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali-oqilona foydalanishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi 119/19-06-sonli qarorini oʻrganish natijalari haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining 2020-yil 9-noyabrdagi “Tumandagi paxta-gʻalla ekini uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali-oqilona foydalanishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi 119/19-06-sonli qarorining qonuniyligi Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniqlanishicha, Uzun tumani hokimining 2020-yil 26-martdagi Q-279-sonli qarori bilan fuqaro I. Murtazayevga paxta-gʻallachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaligi tashkil etish uchun 52,7 gektar yer maydoni ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorga asosan 2020-yil 11-aprelda tuman hokimligi va “Zamin Sulton Baraka” fermer xoʻjaligi rahbari I. Murtazayev oʻrtasida yerdan foydalanish boʻyicha 31 yilga moʻljallangan ijara shartnomasi tuzilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2020-yil 9-noyabrdagi “Tumandagi paxta-gʻalla ekini uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali-oqilona foydalanishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi 119/19-06-sonli qarori bilan “Zamin Sulton Baraka” hamda yana 35 ta fermer xoʻjaligi bilan tuzilgan yer ijarasi shartnomalari muddatidan oldin bekor qilinib, yer maydonlari tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qaror amaldagi bir qator qonunchilik hujjatlariga zid ravishda qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga muvofiq shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer kodeksining 24-moddasi hamda “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga koʻra yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi qonun hujjatlari talablariga zid ravishda xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2020-yil 9-noyabrdagi 119/19-06-sonli qarori bilan tuman hokimligi hamda “Zamin Sulton Baraka”, shuningdek, yana 35 ta fermer xoʻjaligi bilan tuzilgan yer ijarasi shartnomalari bekor qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasida maʼmuriy organ manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatini berishi shartligi belgilangan boʻlsa-da, qaror qabul qilishda fermer xoʻjaligi rahbarining ishtiroki taʼminlanmagan va unga holat boʻyicha oʻz fikrini bildirish imkoniyati berilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonunning 19-moddasiga asosan maʼmuriy tartib-taomillar prinsiplariga nomuvofiqlik maʼmuriy hujjatlarning va maʼmuriy harakatlarning bekor qilinishiga yoki qayta koʻrib chiqilishiga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2021-yil 8-iyuldagi sessiyasida Uzun tumani Kengashining 2020-yil 9-noyabrdagi 119/19-06-sonli qarori qonunchilikka zid tarzda qabul qilingan deb topilib, “Zamin Sulton Baraka” fermer xoʻjaligiga tegishli qismi bekor qilingan, qolgan 35 ta fermer xoʻjaligiga oid qismi oʻz kuchida qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror “Zamin Sulton Baraka” fermer xoʻjaligidan boshqa yana 35 ta fermer xoʻjaligining huquq va manfaatlariga zid ravishda qabul qilinganligini inobatga olib, uni toʻliq bekor qilish lozim boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 302-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2020-yil 9-noyabrdagi “Tumandagi paxta-gʻalla ekini uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali-oqilona foydalanishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi 119/19-06-sonli qarori qonunchilikka zid deb topilsin va bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi (B. Tajiyev) zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qaror manfaatdor tomonlarga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 31-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-357-IV-son