09.08.2021 yildagi PQ-5215-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish, ularning barkamol avlod sifatida shakllanishi hamda ijtimoiy moslashuvini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha keng jamoatchilik bilan o‘tkazilgan muhokama natijalari ijrosini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Milliy gvardiyaning “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Bolalar uylarini (keyingi o‘rinlarda — o‘quv-tarbiya muassasalari) Milliy gvardiyaga biriktirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiya “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalari bilan hamkorlik o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Milliy gvardiyaga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilarini ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish choralarini ko‘rish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni moddiy, huquqiy va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-tarbiya muassasalarida sifatli ta’lim va tarbiya jarayonini yo‘lga qo‘yishga, ularning maishiy shart-sharoitlari yaxshilanishiga, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy usul va shakllardan foydalangan holda jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va dunyoqarashi keng yoshlarni shakllantirish, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni sport turlariga qiziqtirish va jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Milliy gvardiya tarkibida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy devoni tuzilmasida o‘quv-tarbiya muassasalarida yoshlarning ta’lim va tarbiya olish jarayonlarini hamda ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga mas’ul Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari lavozimi joriy etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat xavfsizligi universitetida “Harbiy vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy bolalar uylari va Bolalar uylariga hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga (yigirma besh yoshga to‘lmagan) Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda bir oyda kamida bir marotaba yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bilan suhbatlar o‘tkazish asosida ularning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini o‘rganadi, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qo‘llash choralarini ko‘rib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Milliy gvardiya (R. Djurayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov) hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga tarbiya berish, ularni fan, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik va sport bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish bo‘yicha yangi tizimni amaliyotga tatbiq etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ular tomonidan erishilgan natijalarni baholash orqali o‘quv-tarbiya muassasalarining reyting tizimini joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Milliy gvardiya (R. Djurayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) bilan birgalikda o‘quv-tarbiya muassasalarining Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, IT-parklar bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatishini ta’minlasin hamda ular tomonidan o‘quv kurslari tashkil etilishi choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek, vasiylikka va homiylikka olingan bolalar va oilaga tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar bo‘yicha yaratilgan axborot tizimida ma’lumotlarni to‘liq shakllantirgan holda Milliy gvardiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ushbu tizimdan foydalanish huquqini bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Milliy gvardiya (R. Djurayev), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini har yili kamida ikki marotaba o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga olib chiqish dasturini tasdiqlasin. Bunda, sayohat davomida ichki ishlar organlari hamrohligi Ichki ishlar vazirligi mablag‘lari hisobidan hamda o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini sayohatga olib chiqish (transport, yashash va ovqatlanish) bilan bog‘liq xarajatlar o‘quv-tarbiya muassasalariga ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun yakka kurash, ot sporti, futbol, suzish, tennis, shaxmat kabi sport turlari bo‘yicha sport to‘garaklarini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Milliy gvardiya (R. Djurayev) Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar Jamoat xavfsizligi universitetida o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyachilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) va Milliy gvardiya (R. Djurayev) bilan birgalikda har yili 1-sentabrga qadar yangi o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari yetakchi professor-o‘qituvchilarining “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalarining tarbiyalanuvchilarini axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq, tabiiy va boshqa fanlarga o‘qitish bo‘yicha fakultativ va to‘garak mashg‘ulotlarini, “davra suhbatlari”ni, fan musobaqalarini tashkil etish dasturini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalarini zarur sport anjomlari (bolalarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratgan holda), 20 tadan zamonaviy kompyuter to‘plami (uzluksiz tezkor Internet tarmog‘iga ulagan holda), tikuvchilik, oshpazlik, qandolatchilik va boshqa sohadagi to‘garaklarni tashkil etishga ixtisoslashgan xonalarning zarur moddiy-texnik bazasi hamda avtobuslar va mikroavtobuslar bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oliy Majlis Senatiga (T. Narbayeva) mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash tavsiya etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish bo‘yicha “Mehr daftari” tizimini hayotga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) oladigan oilalarda tarbiyalashni rag‘batlantirish amaliyotini joriy etish hisobiga o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilarni bosqichma-bosqich farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) oladigan oilalarda tarbiyalashga o‘tkazish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lishining sabablarini o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash tadbirlari mazkur bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan manbalar hisobidan Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi orqali moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi tomonidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash tadbirlari uchun ajratilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining g‘azna hisobvarag‘iga ushbu hududlardagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumidan ajratmalar miqdori besh foizdan uch foizga pasaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foiz miqdoridagi ajratmalar budjetga to‘lanadigan soliq va yig‘imlarga tenglashtiriladi, ushbu ajratmalar soliq organlari tomonidan undiriladi va import qilinadigan alkogol mahsulotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini moliyalashtirish homiylik mablag‘lari, 2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
(10-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-yanvardan boshlab mazkur bandda nazarda tutilgan manbalar hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini moliyalashtirish uchun ham mablag‘ yo‘naltirishga ruxsat beriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligini o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ta’lim-tarbiyasi, ularni balog‘atga, turmushga tayyorlash ishlariga mas’ul etib belgilash hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili kamida ikki marotaba o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holatini o‘rganib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarni “Mehr daftari”ga kiritib, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal qilishga hamda o‘quv-tarbiya muassasalaridan keyingi hayotida o‘z o‘rnini topishiga har tomonlama ko‘maklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Milliy gvardiya tavsiyasiga binoan har yili 25 nafar o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyachilarini O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda bepul davolash.
(11-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlariga yiliga kamida bir marotaba “Mehr daftari”ga kiritilgan bolalar bilan ishlashga mas’ul davlat organlari va tashkilotlarining hisobotlarni eshitib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish tavsiya etilsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan farzandi uchun ota-onalardan alimentlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiyaga biriktirilgan Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasining tarbiyalanuvchilari bilan ishlash jarayonlariga ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ichki ishlar vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabini ushbu tumandagi 39-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasini Chinoz tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabining bo‘shaydigan binosiga ko‘chirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Moliya vazirligi (T. Ishmetov);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalarida xarajatlar smetasi tuzilishi va ijro etilishini, ish haqining hisoblanishi va to‘lanishini, tovar, ish va xizmatlarning xarid qilinishini, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobining yuritilishini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga ikki nafardan hududiy moliya organlarining malakali xodimlarini biriktirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qaror ijrosi bilan bog‘liq xarajatlar uchun mablag‘larni tegishli vazirlik va idoralarning asoslantirilgan hisob-kitoblari asosida 2021-yilda Davlat budjeti hisobidan ajratilishini ta’minlasin hamda 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning mazmun-mohiyatini, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka va patronatga) olish hamda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish tartibini, uning ijtimoiy ahamiyatini jamoatchilikka keng yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatda ayrim ota-onalar tomonidan o‘z farzandlarini mehribonlik va bolalar uylariga topshirishlari sabablarini keng tahlil qilgan holda bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy roliklarni namoyish etish, davra suhbatlari va muhokamalar tashkil etish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Milliy gvardiya qo‘mondoni R.M. Djurayev, xalq ta’limi vaziri Sh.H. Shermatov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari D.M. Kenjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda axborot berib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 9-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5215-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5215-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek vasiylikka va homiylikka olingan bolalar va oilaga tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar bo‘yicha yaratilgan axborot tizimida ma’lumotlarni to‘liq shakllantirgan holda Milliy gvardiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ushbu tizimdan foydalanish huquqini berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-oktabr

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov)

2.

“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylarida (keyingi o‘rinlarda — o‘quv-tarbiya muassasalari) tarbiyalanuvchi bolalarga tarbiya berish, ularni fan, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik va sport bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish bo‘yicha yangi tizimni amaliyotga tatbiq etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-oktabr

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A.Toshkulov),

Turizm va sport vazirligi

(U. Azamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

3.

O‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ular tomonidan erishilgan natijalarni baholagan holda, o‘quv-tarbiya muassasalarining reyting tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-oktabr

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A.Toshkulov),

Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

4.

Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyachilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-yanvar

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Jamoat xavfsizligi universiteti

(M. Rustambayev)

5.

Har yili kamida ikki marotaba o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida O‘zbekiston bo‘ylab (Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Qo‘qon, Toshkent, Termiz va boshqa shaharlarga) sayohatga olib chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil 10-oktabr

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Turizm va sport vazirligi

(U. Azamov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

O‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun yakka kurash, ot sporti, futbol, suzish, tennis, shaxmat kabi sport turlari bo‘yicha sport to‘garaklarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil 10-oktabr

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Turizm va sport vazirligi

(U. Azamov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

O‘quv-tarbiya muassasalarining Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, IT-parklar bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatishini ta’minlash hamda ular tomonidan o‘quv kurslari tashkil etilishi choralarini ko‘rish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil 10-oktabr

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

8.

Oliy ta’lim muassasalari yetakchi professor-o‘qituvchilarining “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilarini axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq, tabiiy va boshqa fanlarga o‘qitish bo‘yicha fakultativ va to‘garak mashg‘ulotlarini, “davra suhbatlarini”, fan musobaqalarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar dasturi

Har yili 1-sentabrga qadar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A.Toshkulov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev)

9.

O‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi yetakchi professor-o‘qituvchilarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-oktabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A.Toshkulov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

10.

O‘quv-tarbiya muassasalarini zarur sport anjomlari (bolalarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratgan holda), 20 tadan zamonaviy kompyuter to‘plami (uzluksiz tezkor Internet tarmog‘iga ulagan holda), tikuvchilik, oshpazlik, qandolatchilik va boshqa sohadagi to‘garaklarni tashkil etishga ixtisoslashgan xonalarning zarur moddiy-texnik bazasi hamda avtobuslar va mikroavtobuslar bilan ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-noyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Maxsus maktab va maktab-internatlar faoliyatini va ularda tarbiyalanayotgan bolalarning holatini o‘rganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(B. Musayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(B. Musayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

“Raqamli Avlod” loyihasi bilan “Mehribonlik” uylarini bosqichma-bosqich qamrab olish.

Bunda, “Mehribonlik” uylarida axborot texnologiyalari (IT) bo‘yicha zamonaviy kasblarga yo‘naltiruvchi “Raqamli Avlod” sinf xonalarini tashkil etish va dasturlash, 2D va 3D dizayn, robototexnika, raqamli media-marketing va frilansing bo‘yicha darslarni yo‘lga qo‘yish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil 1-oktabr

Prezident ta’lim muassasalari agentligi

(X. Umarova),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

O‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining ushbu muassasalar joylashgan hududdagi oilaviy tibbiyot poliklinikalarida alohida hisobi yuritilishini, ularga tibbiyot brigadasi biriktirilishini va har yili ikki marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-oktabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev)

15.

O‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini har oyda kamida ikki marotaba teatr, konsert va muzeylarga tashrif buyurishini hamda san’at ustalarining, taniqli yozuvchi va adiblarning “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga kelib, madaniy va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Xodjimatov),

Yozuvchilar uyushmasi

(S. Saidov),

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi

(Q. Rafikov)

16.

Har yili o‘quv-tarbiya muassasalarining 25 nafar tarbiyachilarini O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda bepul davolash.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

(K. Rafikov)

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)

17.

“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 10-oktabr

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

18.

“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalarini tashkil etish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori

2021-yil 1-noyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Milliy gvardiya talabnomasiga asosan “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari uchun IP tarmoqlararo video qayd etish jihozlari (VPN) hamda idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarifi bo‘yicha L3-VPN aloqa kanallarini ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

Talabnomaga binoan

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

20.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish hamda bir-birini takrorlovchi, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan va mazkur qarorga zid normalarni bekor qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-noyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev)

21.

2021-yilga qadar uy-joy ajratilgan deb ko‘rsatilgan 610 nafar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joylari holatini o‘rganib chiqqan holda, ulardan belgilangan sanitariya me’yorlariga va texnik me’yorlarga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarga javob bermaydigan uy-joylarda yashayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni boshqa uy-joylarga ijara asosida ko‘chirish va ularga uy-joy uchun ijara to‘lovlarini mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan kompensatsiya qilish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-noyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi,

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov)

22.

“Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga ikki nafardan hududiy moliya organlarining malakali xodimlarini biriktirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-sentabr

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

23.

“2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2021-yil 10-oktabr

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

24.

Qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritish bo‘yicha media-reja tasdiqlash.

Media-reja

1 kun muddatda

Vazirlar Mahkamasi

(B. Musayev),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev)

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2021-y., 07/21/5215/0782-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)