Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Gʻallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urugʻchiligini yoʻlga qoʻyishni rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 26-noyabrdagi PQ-4901-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urugʻchiligini yoʻlga qoʻyishni rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 26-noyabrdagi PQ-4901-son qaroriga muvofiq Jizzax, Buxoro va Samarqand viloyatlarida tegishlicha Gʻallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari tashkil etilsin.
2. Gʻallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarining yer maydonlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Gʻallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida davlat oʻrmon xoʻjaliklari uchun belgilangan shartlarga asosan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
4. Jizzax, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Gʻallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklariga yer maydonlari ajratishga doir hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi hamda yer-kadastr hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-avgust,
505-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-avgustdagi 505-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Jizzax, Buxoro va Samarqand viloyatlarida tegishlicha Gʻallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarining yer maydonlari
|
|
gektarda | |||||||||
|
T/r |
Ixtiso�lashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari nomi |
Umumiy yer maydoni |
shundan | |||||||
|
Ekin yerlar |
shundan |
Koʻp yillik dov-daraxtlar |
Yaylovlar |
Meliorativ holati yomonlashgan yerlar |
Oʻrmonzorlar |
Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar | ||||
|
sugʻoriladigan |
lalmikor | |||||||||
|
1. |
Gʻallaorol |
37870 |
99 |
35 |
64 |
3 |
36193 |
11 |
1174 |
390 |
|
2. |
Urgut |
10577 |
|
|
|
18 |
4227 |
|
2093 |
4239 |
|
3. |
Kogon |
1000 |
|
|
|
|
970 |
|
|
30 |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2021-y., 09/21/505/0772-son)