27.07.2021 yildagi 1225-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 27.07.2021 yildagi 1225-IV-son
Kuchga kirish sanasi
27.07.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021-yil I yarim yilligida bajarilishi yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining (bundan buyon matnda Davlat dasturi deb yuritiladi) 2021-yil I yarim yilligida bajarilishi yuzasidan hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Davlat dasturida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish borasida qator tizimli ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat tomonidan oʻz vaqtida koʻrilgan amaliy chora-tadbirlar makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga xizmat qilgan. Xususan, oʻtgan davrda yalpi ichki mahsulotning oʻsishi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 106,2 foizni tashkil etgan, savdo aylanmasi hajmi 104,4 trln. soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilga nisbatan 109 foizga oʻsgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari 74,9 trln. soʻmga ijro etilib, Davlat budjetining jami xarajatlari 79,3 trln. soʻmni, shundan ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilgan xarajatlar 40,4 trln. soʻmni tashkil qilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Oʻzbekiston fuqaroligini berish tartibini takomillashtirish borasidagi islohotlar izchil davom ettirilgan. Jumladan, mamlakatimizga 2005-yil 1-yanvarga qadar kelib, doimiy yashayotgan, shuningdek mamlakatimizda 15 yil davomida doimiy yashab turgan fuqaroligi boʻlmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda ularni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish tartibi joriy qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish borasida ham sezilarli ishlar bajarilgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilishning mutlaqo yangi tizimi yoʻlga qoʻyilgan, aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan munosabatga kirishishida qator byurokratik toʻsiqlar tubdan qisqartirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash mexanizmlari yanada takomillashtirilgan. Jumladan, 2021-yil 1-iyuldan boshlab amalga oshirilgan davlat xaridlari, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), davlat organlarining yillik xarajatlari smetasi va uning ijrosi, shu jumladan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash borasidagi maʼlumotlarni Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtirish hamda har chorakda yangilab borish amaliyoti joriy etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash hamda ijtimoiy sohani rivojlantirish yoʻnalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda jami 425 ming 662 nafar yoshning bandligi taʼminlangan, 107 ming 241 nafar yosh kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitilgan hamda 70 ming 424 nafar yosh “1+1” loyihasi asosida tadbirkor va usta-hunarmandlarga biriktirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda aholi salomatligini mustahkamlash, sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta farmoni, 5 ta qarori qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning 211 ta hududiy filiali va yoʻnalish boʻyicha ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatuvchi boʻlim va dispanserlarda teletibbiyot aloqasi oʻrnatilgan. Hisobot davrida teletibbiyot aloqasi orqali 34 586 nafar bemor maslahat olgan, 348 ta seminar, 312 ta onlayn master klass darsi, 2 828 ta onlayn konsilium, 176 ta onlayn jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari mutaxassislari tomonidan oʻtgan davrda 759 ta yuqori texnologik operatsiya amalga oshirilgan, ular ishtirokida hududlarda 32 677 ta koʻrik oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning birinchi yarim yilligida Davlat dasturidagi bajarilishi belgilangan 116 ta banddan 89 tasi toʻliq bajarilgan, 2 tasining bajarilish muddati uzaytirilgan, 25 tasining ijrosini toʻliq taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda, ayrim bandlarning bajarilishi kechikmoqda, qator vazifalarning ijrosi bugungi kunga qadar taʼminlanmasdan qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Davlat dasturining 7-bandiga muvofiq davlat fuqarolik xizmatida kadrlarni tanlash, ularning malakasini oshirish va faoliyatini baholash boʻyicha samarali va ochiq tizimni joriy etishni, 149-bandiga koʻra, har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yoʻnalishidan kelib chiqib, dehqonchilik bilan shugʻullanadigan ehtiyojmand oilalarga 0,1 gektardan 1 gektargacha yer maydonlari ajratishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish ishlari kechikmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturining 267-bandiga asosan, chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik salohiyatini oshirish jarayonlariga faol jalb qilish bilan bogʻliq ishlar bugungi kunga qadar yakunlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek yil davomida ijro etilishi belgilangan ayrim vazifalarning bajarilishi muddati kechikayotganligiga, Davlat dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar toʻliq oʻzlashtirilmayotganligiga ham deputatlar tomonidan eʼtibor qaratildi. Jumladan, Davlat dasturining 146-bandiga muvofiq, kambagʻal va ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan taʼminlash maqsadida ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha tizimni toʻliq joriy etish, oʻqishga jalb qilingan fuqarolar qamrovini kengaytirish vazifasi uchun ajratilishi nazarda tutilgan 140,5 mlrd. soʻmdan atigi 14,4 mlrd. soʻmi oʻzlashtirilganligi (yoki 10,2 foizi) bu boradagi ishlarni yil yakuniga qadar yakunlash imkonini pasaytiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturining koʻrib chiqilayotgan davrdagi ijrosiga oid hisobotni muhokama qilish chogʻida Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari Davlat dasturining ijrosini taʼminlashda Hukumat aʼzolari jamiyat hayotidagi boshqa bir qator muhim masalalarga ham alohida eʼtibor qaratishi lozimligini qayd etdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, bugungi murakkab sharoitda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish, aholining sogʻligʻini muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash, aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini yanada jadallashtirish hamda ushbu jarayonning sifatli olib borilishi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrilishi taʼkidlab oʻtildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan bir qatorda, koronavirus pandemiyasi davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlash, taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, taʼlim tizimiga xususiy sektorni jalb qilish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik masalalariga eʼtiborni kuchaytirish zarurligi taʼkidlab oʻtildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021-yil I yarim yilligida bajarilishi yuzasidan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-6155-sonli Farmonida belgilangan ustuvor yoʻnalishlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va hududlar kesimida Davlat dasturining bajarilishi holatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida doimiy ravishda muhokama qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida ijro muddati uzaytirilgan 2 ta hamda bajarilishi toʻliq yakunlanmagan 25 ta bandda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini yanada kuchaytirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻzlashtirish va ulardan maqsadli foydalanishni taʼminlash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirmaydigan davlat organlari asosiy ijrochi boʻlgan bandlarning bajarilishi yuzasidan hamkorlikni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, ularning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yuzasidan taʼsirchan choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida koʻzda tutilgan qonun loyihalari belgilangan muddatlarda tayyorlash bilan birga ularning sifatli va puxta huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida nazarda tutilgan har bir tadbirning bajarilishini uning natijadorligi nuqtai nazaridan tahlil qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturining bajarilishini muhokama qilish jarayonida siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan koʻtarilgan masalalarni hal etish yuzasidan taʼsirchan nazorat oʻrnatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirusga qarshi emlash tadbirlarining oʻz vaqtida va samarali tashkil etilishi, bu borada ajratilayotgan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan parlament va deputat nazoratini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida belgilangan ustuvor yoʻnalishlarning samarali ijro etilishi ustidan oʻz partiyaviy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturining 67 va 95-bandlarida belgilangan tadbirlarning bajarilish muddatlari mos ravishda joriy yilning 1-noyabr va 1-sentabrigacha uzaytirilganligini inobatga olib, ushbu bandlarning ijrosi yuzasidan parlament nazoratini oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida ijrosi toʻliq taʼminlanmagan quyidagi bandlarning bajarilishi ustidan samarali monitoring oʻrnatsin va ushbu bandlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlarning natijalari toʻgʻrisida 2021-yil 1-oktabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga maʼlumot taqdim etsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi — 145-band;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi — 1, 7, 27, 30, 34-bandlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi — 142-band;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi — 267-band;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi — 231, 234, 237-bandlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi — 67, 94, 95-bandlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi — 149-band;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi — 5, 6, 12, 257-bandlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi — 17 va 36-bandlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi — 242-band.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 27-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1225-IV-son