15.07.2021 yildagi 1164-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 15.07.2021 yildagi 1164-IV-son
Kuchga kirish sanasi
15.07.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida aholi sogʻligʻini saqlash sohasida olib borilayotgan islohotlar, shu jumladan aholini koronavirusga qarshi emlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlash sohasiga oid islohotlarning borishi, shu jumladan aholini koronavirusga qarshi emlash borasida olib borilayotgan ishlar holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va mutasaddi idoralar vakillarining axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, soʻnggi yillarda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifati va samaradorligini oshirish, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash hamda mamlakatimizda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni taʼminlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrda qabul qilingan “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6110-sonli Farmoni asosida respublikamiz aholisini tibbiy xatlovdan oʻtkazish tadbirlari amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, “temir daftar”ga kiritilgan 1 912 nafar bemorning 1 575 (82 foiz) nafariga yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatildi. Aholini manzilli skriningdan oʻtkazish va yuqumli boʻlmagan kasalliklarni erta aniqlash maqsadida 23 ta mobil brigada tashkil etildi. “Davlat tomonidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda tashkil etilishi rejalashtirilgan 124 ta oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalardan 71 tasi (57 foiz) tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida qishloq oilaviy poliklinikalari 733 ta EKG, 721 ta UTT apparati bilan taʼminlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “xatlov.uz”, “bemor.ssv.uz”, “edo.ssv.local”, “emlash.uz”, “nd.ssv.local”, “pd.ssv.local” axborotlashtirilgan tizimlari yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu kunga qadar respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining 406 nafar yetuk mutaxassisidan iborat ishchi guruhlar viloyatlarda boʻlib, jami 261 ta yangi diagnostika va 369 ta yangi davolash usullari joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturining 27 ta bandida sogʻliqni saqlash vazirligiga tegishli topshiriqlar berilgan boʻlib, 2021-yilning 1-iyul holatiga 5 ta (18,5 foiz) bandning ijrosi toʻliq taʼminlangan, 20 ta (74 foiz) band boʻyicha ishlar reja asosida amalga oshirilmoqda va 3 ta (11,1 foiz) bandning bajarilishi kechikmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga sohada bir qator muammolar mavjudligi ham taʼkidlandi. Hozirgi kunda yurtimizdagi 243 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari olis va chekka hudud sifatida belgilangan boʻlsa, ushbu hududlarda jami 86 ta oilaviy shifokor punkti va 39 ta oilaviy poliklinika hamda ularda 149 ta vakant shtat mavjud. Biroq shu kunga qadar “Qishloq shifokori” dasturi doirasida hududlar kesimida 41 nafar tibbiyot xodimi ishga qabul qilingan. Shu bilan birga ularning atigi 16 nafariga 30 million soʻm miqdoridagi bir martalik pul mablagʻlari toʻlab berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va ularning joylardagi filiallari oʻrtasida teletibbiyot asosida yetarlicha yaqindan aloqa oʻrnatilmagan. Respublika boʻyicha 466 ta tibbiyot muassasasiga optik tolali kabellar oʻtkazish ishlari oxiriga yetkazilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlis davomida deputatlar koronavirus bilan kasallanish holatlari oxirgi vaqtlarda butun dunyoda, shu jumladan mamlakatimizda ham yana koʻpaya boshlaganligi xavotirga sabab boʻlayotganligini taʼkidladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 13-iyul holatiga dunyoning 220 ta davlatida jami 188,0 mln. nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ulardan 4,0 mln. nafari vafot etgan, 78,5 ming (0,7 foiz) nafar bemor esa ogʻir ahvolda qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etish joizki, dunyo boʻylab joriy yilning aprel oyida kunlik kasallanish koʻrsatkichi 900,0 ming atrofida boʻlgan boʻlsa, iyun oyida kunlik kasallanish 300,0 minggacha kamaydi. Biroq iyul oyining boshlaridan ushbu infeksiya bilan kasallanish holatlarining ortishi kuzatilib, 10-iyul kuni 490,0 ming yangi holat aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ham koronavirus infeksiyasi bilan kunlik kasallanish holatlari (4-iyul kuni 475 ta, 5-iyul — 496 ta (172 ta pnevmoniya), 6-iyul — 471 ta (195 ta pnevmoniya), 7-iyul — 490 ta (208 ta pnevmoniya), 8-iyul — 482 ta (221 ta pnevmoniya), 9-iyul —– 467 ta (259 ta pnevmoniya)) ortib borayotganligi ushbu infeksiya bilan kasallanish holatining oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlarining kuchaytirilishini talab etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soha olimlarining fikricha, emlash epidemiyaga olib keluvchi har qanday yuqumli kasalliklarning eng samarali profilaktikasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda emlash ishlarini amalga oshirish uchun jami 3 138 ta emlash punkti va 862 ta harakatdagi brigada tashkil etilgan. Emlash jarayonida qatnashadigan 4 356 nafar shifokorning hamda 11 539 nafar oʻrta tibbiyot xodimining tayyorgarligi oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunga qadar respublikamizda jami 4 996,8 ming doza (3 057,1 ming 1-doza, 1 436,2 ming 2-doza, 503,4 ming 3-doza) koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina emlash tadbirlariga yoʻnaltirilgan, ulardan ZF-UZ-VAC 2001 — 83 foiz, AstraZeneca — 12 foiz va Sputnik V — 5 foizni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, emlash tadbirlarini tizimli tashkil etish maqsadida jami 2 422,0 ming doza vaksina zaxirasi shakllantirilgan, shu jumladan ZF-UZ-VAC 2001 — 2 368,3 ming doza, Sputnik V — 53,7 ming doza. Bundan tashqari, joriy yilning iyul oyida ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasidan qoʻshimcha 4,0 mln. doza, avgust-sentyabr oylari Sputnik V vaksinasidan 160 ming doza hamda COVAX dasturi doirasida 660 ming doza vaksina olib kelinishi rejalashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemiologik barqarorlikni taʼminlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida birinchi navbatdagi xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamini bosqichma-bosqich emlash tadbirlarining amalga oshirilishi talab darajasida emas. Jumladan, oʻtgan 3 oy davomida 65 yoshdan katta aholi qatlamining atigi 42,8 foizi, surunkali kasalliklari boʻlgan aholi qatlamining 67,7 foizi, maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining 77,4 foizi hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning 68,7 foizi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganligi bunga yaqqol misoldir. Shu bilan birga emlanganlarning barchasini ham toʻliq dozalarda emlangan deb boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 101-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Xadjibayevning “Sogʻliqni saqlash sohasiga oid islohotlarning amalga oshirilish holati toʻgʻrisida”gi axboroti, shuningdek Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B. Yusupaliyevning “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi salomatligini muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2023-yillarda oilaviy shifokor punktlarini va oilaviy poliklinikalarni tashkil etish jadvalida belgilangan, oʻz vaqtida amalga oshirilmagan loyihalarni bajarish ishlarini oxiriga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq shifokori” dasturi doirasida belgilangan 30 million soʻm miqdoridagi bir martalik pul mablagʻlari toʻlab berilmagan xodimlarga toʻlovlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasalarida masofaviy xizmatlarni koʻpaytirish, poliklinika va shifoxonalarni elektron ish yuritishga oʻtkazish, sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish boʻyicha boshlangan ishlarni oxiriga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirusga qarshi emlashning samarasini aholining keng qatlamlariga tushuntirish maqsadida soha mutaxassislarining ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlarini koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirusga qarshi emlashni amalga oshirish tartibini, shu jumladan emlashga monelik qiluvchi holatlar (mezonlar) haqidagi toʻlaqonli maʼlumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini koronavirusga qarshi emlash jarayonining sifatli olib borilishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilib borish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (B. Yusupaliyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy niqoblarning, antiseptik vositalarining sifati, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilgan holda ishlab chiqilganligi hamda realizatsiya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi koʻp toʻplanadigan joylarda (bozorlarda, savdo markazlarida, koʻngilochar, dam olish joylarida va boshqa joylarda) sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazoratni kuchaytirsin, shu jumladan ushbu joylarda emlash punktlari va mobil brigadalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali emlash ishlarini jadallashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemiologik barqarorlikni taʼminlash va aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasiga (A. Aripov) quyidagilar tavsiya etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish va uni tarqatish xavfi yuqori boʻlgan 18 yoshdan katta quyidagi aholi qatlamini albatta emlash choralarini koʻrish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bilan muloqotga kiruvchi barcha turdagi xizmat koʻrsatish obyektlarining (davlat xizmatlari markazlarining, pochta boʻlinmalarining, advokatlik tuzilmalarining, banklarning, lizing tashkilotlarining, notariuslarning, sugʻurta kompaniyalarining, goʻzallik salonlarining, sartaroshxonalarning va boshqalarning) xodimlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turdagi savdo obyektlarining (oziq-ovqat, xoʻjalik mollari, kiyim-kechak doʻkonlarining, dorixonalarning va boshqalarning) xodimlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport maktablarining hamda sport inshootlarining xodimlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy hamda koʻngilochar obyektlarning va dam olish maskanlarining xodimlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehmonxonalarning, uy mehmonxonalarining (xostellarning), otellarning, yotoqxonalarning va kempinglarning ishchi-xodimlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarning xodimlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va nodavlat taʼlim muassasalarining xodimlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish korxonalarining, xususan, jamoat joylarida joylashgan tezkor ovqatlanish shahobchalarining, choyxonalar, toʻyxonalar, kafelar va restoranlarning xodimlarini, shu jumladan mahsulotlarni yetkazib berish bilan shugʻullanuvchilarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turdagi davlat va nodavlat tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy obyektlarning xodimlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmat sohasi xodimlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va telekommunikatsiya obyektlarining xodimlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xodimlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilarning aniq tartibini (mexanizmini) joriy qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchilar tomonidan oʻzi rahbarlik qilayotgan jamoada ishlab turgan xodimlar oʻrtasida emlanganlar soni (foizi) haqidagi maʼlumotlarni ochiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat jamoasida, xodimlarning oila aʼzolarida koronavirus infeksiyasi aniqlanganda, shuningdek xodim koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar bilan bevosita muloqotda boʻlganda ish beruvchi tomonidan koʻrilishi kerak boʻlgan aniq choralar haqida aholining yanada kengroq xabardor qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli xil tadbirlarning (forum, festival, seminar, davra suhbati va boshqalar) ochiq joylarda, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etgan holda oʻtkazilishi yuzasidan aniq tavsiyalarni ishlab chiqish va joylarga yetkazish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirusga qarshi emlanganlarga sertifikat berilishini hamda ushbu maʼlumotlarning “xatlov.uz” dasturiga kiritilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizdagi mavjud emlash punktlari hamda vaksinalar, jami va kunlik emlanganlar soni haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali jamoatchilikka yetkazib borishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) aholini koronavirusga qarshi emlash jarayoni surʼatlarini oshirish ishlarini ragʻbatlantirish hamda qoʻshimcha imtiyozlar berish yoki harakatlarni cheklash vositalarini keng qoʻllash choralarini koʻrish, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karantin choralarini oʻz jamoasida toʻlaqonli taʼminlagan, oʻz xodimlarini emlash ishlarini yaxshi tashkil etgan tashkilotlarning ijobiy tajribasini ommalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karantin choralarini, shu jumladan oʻz xodimlarining emlanishini yetarlicha taʼminlagan (jamoaviy immunitetga erishgan), tashrif buyuruvchi mijozlarga nisbatan yetarli talablar oʻrnatilgan holda xizmat koʻrsatish, umumiy ovqatlanish korxonalariga taalluqli karantin cheklovlarini yengillashtirish, yaʼni cheklangan muddatdan tashqari vaqtlarda ishlashga ruxsat berish amaliyotini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vaqtida ixtiyoriy ravishda emlangan xodimlarni ish beruvchilar tomonidan ragʻbatlantirish, emlanishni asossiz ravishda rad etgan xodimlarga nisbatan esa mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni (ishdan vaqtincha chetlatib turish va shu kabi boshqa choralarni) qoʻllash amaliyotini keng joriy etishni targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emlanganlarga nisbatan imtiyoz olish imkoniyatlarini berish (ish beruvchi tomonidan otgul berish, ularni moddiy ragʻbatlantirish va boshqalar), asossiz ravishda emlanmagan 18 yoshdan yuqori fuqarolarga ayrim cheklovlar oʻrnatish (sport oʻyingohlari, konsert, kino va boshqa ommaviy tadbirlarga qoʻymaslik) joriy etish masalasini koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Koronavirusga qarshi majburiy emlash ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiqligi haqidagi takliflar va tashabbuslardan kelib chiqqan holda, shuni taʼkidlash lozimki, mamlakatimizda amal qilib turgan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq fuqaroning oʻz ixtiyori bilan rozilik berishi tibbiy aralashuvning dastlabki zarur sharti ekanligi, shuningdek fuqaro va uning qonuniy vakili tibbiy aralashuvni rad etish yoki uning toʻxtatilishini talab qilish huquqiga ega ekanligi qatʼiy mustahkamlab qoʻyilganligi hamda boshqa bir qator qonunlarda ham shunday normalar mavjudligi munosabati bilan mazkur qonunlarga tegishli oʻzgartishlar kiritmasdan turib, majburiy emlash institutini joriy etish imkoni mavjud emasligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxoliqov), Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (B. Yusupaliyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlarini oldini olish va fuqarolarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish hamda xavf osti guruhiga mansub deb topilgan aholining toʻliq emlanishiga erishish maqsadida koronavirusga qarshi emlashning samarasi, mutaxassislarning bu boradagi fikrlari keng jamoatchilikka yetkazilishini, shu jumladan turkum koʻrsatuvlarni hamda taniqli shaxslarning ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari hamda Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitalari (E. Borisova, Sh. Nazarov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash sohasiga oid islohotlarning amalga oshirilish holati, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlarining oʻz vaqtida va samarali tashkil etilishi, ushbu ishlarga ajratilayotgan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan parlament va deputat nazoratini oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddi vazirliklar va idoralarning axborotini qoʻmita majlislarida eshitib borsin hamda tahliliy maʼlumotlar tayyorlab, Aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi islohotlarni hayotga tatbiq etish boʻyicha parlament komissiyasi muhokamasiga muntazam ravishda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida joriy yilning 10-avgustiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Z. Ibragimova zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 15-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1164-IV-son