Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 01.08.2002 yildagi 276-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 01.08.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003 — 2007-YILLAR DAVRIDA QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASIDA QIShLOQ XOʻJALIGI IShLAB ChIQARIShI BARQAROR RIVOJLANTIRILIShINI TAʼMINLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasining yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ekin maydonlarining maqbul tuzilmasini taʼminlash va mintaqaning suv taʼminoti cheklangan sharoitlarda qishloq xoʻjaligini oqilona ixtisoslashtirish, qishloqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003—2007-yillar davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishni takomillashtirish boʻyicha taklifi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini rivojlantirish, makkajoʻxori, joʻxori, ozuqa ekinlari, moyli ekinlar va boshqa ekinlar urugʻi yetishtirish boʻyicha urugʻchilik xoʻjaliklari tashkil etishga doir taklifi 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva mollari bosh sonini koʻpaytirish boʻyicha taklifi 3-ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda “Boshgidromet” boshqarmasi har yili, Tuyamoʻyin suv omboridagi mavjud suv resurslarini hisobga olgan holda, sholi ekin maydonlariga tuzatish kiritish haqida 1-aprelgacha, kuzgi boshoqli don ekinlari maydonlariga tuzatish kiritish haqida 1-sentabrgacha taklif kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Amudaryo” havza-suv xoʻjaligi birlashmasi bilan birgalikda har yili quyi Taxiatosh gidrouzelining sanitariya suv oʻtkazishini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun belgilangan talab etiladigan suv hajmi taʼminlanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2003—2007-yillar davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir birinchi navbatdagi tadbirlar roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*4-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 5 va 5a-ilovalarga* muvofiq past rentabelli va istiqbolsiz qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 5, 5a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Respublika komissiyasiga 2004—2007-yillarda fermer xoʻjaliklariga aylantiriladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari roʻyxatini har yili 1-dekabrgacha kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Past rentabelli va istiqbolsiz qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirishda Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarorida bayon qilingan qoidalar va talablarga qatʼiy amal qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Markaziy banki, “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo”, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding”, “Oʻzneftmahsulot” kompaniyalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish uchun 6-ilovaga* muvofiq ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlari barpo etilishi va tashkil qilinishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi yangidan tashkil etilayotgan mini-banklarni aloqaning tegishli turlari va liniyalari bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, tijorat banklariga, “Biznes-fond”ga hamda Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasiga boshlangʻich sarmoyani shakllantirishga kredit mablagʻlari ajratish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarni ishlab chiqish va tasdiqlashda koʻrsatib oʻtilgan kreditlar Qoraqalpogʻiston Respublikasida yangidan tashkil etilayotgan fermer xoʻjaliklariga ustuvor tartibda ajratilishini nazarda tutish tavsiya qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding”, “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyalari va “Oʻzagromashservis” uyushmasi 2003—2007-yillar davrida 7-ilovaga* muvofiq traktorlar, qishloq xoʻjaligi va ozuqa yigʻishtirish texnikasi ishlab chiqarilishi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2003—2007-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida sanoat ishlab chiqarishini zamonaviylashtirish va rivojlantirish boʻyicha takliflarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H.Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S.Yusupov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 1-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
276-son