06.08.2021 yildagi 501-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4896-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (keyingi o‘rinlarda — O‘zgidromet) tomonidan gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida axborot xizmatlarini taqdim etish, ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish tizimini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishini monitoring qilish sohasida ixtisoslashgan ma’lumotlar O‘zgidromet tomonidan shartnoma asosida taqdim etilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlariga — o‘zaro ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha qo‘shma dasturlar asosida, jismoniy va yuridik shaxslarga — O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portali yoki O‘zgidrometning rasmiy veb-sayti orqali umumiy va tezkor gidrometeorologik axborotlarni taqdim etish tartibi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik axborotlardan foydalanadigan barcha iste’molchilarga ixtisoslashgan gidrometeorologik axborotlar va xizmatlarni taqdim etish tartibi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organlari va tashkilotlariga telekommunikatsiya vositalari, O‘zgidrometning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali axborot hamda bildirishnomalar ko‘rinishida tezkor gidrometeorologik axborotlarni taqdim etish tartibi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zgidromet manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov va O‘zgidromet bosh direktori Sh.H. Habibullayev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 6-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
501-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 501-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Reglament O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (keyingi o‘rinlarda — O‘zgidromet) tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslarga gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zgidromet tomonidan gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlash, laboratoriya va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish hamda tegishli ma’lumotlarni iste’molchilarga taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot — foydalanuvchining talablariga muvofiq tayyorlangan hamda ishlov berish, tahlil qilish, saqlash va taqdim etish uchun qo‘shimcha ishlar hamda xarajatlar talab qilinadigan gidrometeorologik axborot;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor gidrometeorologik axborot — aholining hayotiga va sog‘ligiga tahlil solishi, shuningdek atrof tabiiy muhitga, iqtisodiyot tarmoqlariga va ijtimoiy sohaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xavfli gidrometeorologik hodisalar to‘g‘risidagi zudlik bilan taqdim etiladigan gidrometeorologik axborot;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy gidrometeorologik axborot — jamoatchilik foydalanishi uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan gidrometeorologik axborot.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Gidrometeorologik xizmatlar ko‘rsatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Umumiy gidrometeorologik axborot ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan ro‘yxatga muvofiq O‘zgidrometning rasmiy veb-sayti va O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy gidrometeorologik axborot:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlariga — o‘zaro ma’lumotlar almashish to‘g‘risidagi qo‘shma dasturlar (kelishuvlar) asosida bepul taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarga — O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portaliga va O‘zgidrometning rasmiy veb-saytiga joylashtirish yo‘li bilan bepul taqdim etiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Gidrometeorologik axborotdan foydalanadigan barcha iste’molchilarga ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan ro‘yxatga muvofiq ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot va xizmatlar shartnoma asosida taqdim etiladi, kelishuv doirasida o‘zaro ma’lumotlar (yoki xizmatlar) almashinuvi asosida ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot taqdim etiladigan davlat organlari va tashkilotlari bundan mustasno.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot narxi belgilangan tartibda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zgidromet bosh direktori tomonidan tasdiqlangan ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik xizmatlar narxlari asosida belgilanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pullik xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar O‘zgidrometning budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga kelib tushadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tezkor gidrometeorologik axborot tegishli davlat organlari va tashkilotlariga axborot va bildirishnomalar ko‘rinishida aloqa telekommunikatsiya vositalari orqali, boshqa barcha foydalanuvchilarga ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan ro‘yxatga muvofiq O‘zgidrometning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bepul taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor gidrometeorologik axborot O‘zgidrometning rasmiy veb-saytida ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq xavfli gidrometeorologik jarayonlarning xavflilik darajasidan kelib chiqib, 6 soatdan 72 soatgacha barvaqt joylashtiriladi va ommaviy axborot vositalarida keng tarqatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit to‘g‘risidagi ma’lumotlar, gidrometeorologik hodisa va jarayonlarning xavfini aniqlash uchun mezonlar, ularning xususiyatlari, xavfli va o‘ta xavfli meteorologik, xavfli agrometeorologik, gidrologik hodisalar va qor ko‘chkisi, shuningdek, atrof tabiiy muhitning yuqori darajada va ekstremal yuqori darajada ifloslanishi haqidagi ma’lumotlar ushbu Reglamentga 4a — 4j-ilovalarda berilgan namunalarga muvofiq tayyorlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ta’lim muassasalarining talabalari, magistrlari, doktorantlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va izlanuvchilariga oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining murojaatiga asosan tadqiqot mavzusi bo‘yicha ma’lumotlar fondida mustaqil ishlash sharti bilan ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot bir o‘quv yili davomida bepul taqdim etiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, sud organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimlaridagi gidrometeorologik va boshqa geofizik jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat olib boruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalar asosida boshqa tashkilotlarga umumiy va ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot ularning so‘rovi asosida bepul taqdim etiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zgidrometdan olingan gidrometeorologik va atrof tabiiy muhit ifloslanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatishda (qayta chop etishda) ma’lumot olingan manbaga majburiy tartibda havola beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zgidromet gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zgidromet ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va o‘z tizimidagi boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Murojaat qiluvchilar O‘zgidromet va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Pullik xizmatlardan tushadigan mablag‘lar davlat organlari va tashkilotlariga gidrometeorologik xizmatlar ko‘rsatishni yanada yaxshilash, ob-havo prognozlarining aniqligini oshirish uchun O‘zgidromet tizimining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish hamda gidrometeorologiya xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-noyabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 09/24/783/0965-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentiga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy gidrometeorologik axborotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomi

Tarkibi

I. Tezkor ma’lumotlar

1.

Respublika va viloyat markazlari bo‘yicha kuzatuv muddatlaridagi haqiqiy ob-havo

Havo harorati, atmosfera hodisalari, bulutlilik

2.

O‘tgan kecha-kunduz uchun ob-havo holati sharhi

O‘tgan kecha-kunduz uchun respublika bo‘yicha kuzatilgan ob-havo holati haqida umumlashtirilgan ma’lumotlar

3.

Meteorologik stansiya bo‘yicha qishloq xo‘jaligi hududlari uchun o‘tgan kecha-kunduzga oid meteorologik ma’lumotlar

Havo harorati, tuproq harorati, atmosfera hodisalari, yog‘ingarchilik miqdori, maksimal shamol tezligi, havoning minimal nisbiy namligi, qor qoplami balandligi, tuproq muzlashi chuqurligi, samarali harorat yig‘indisi

4.

Atrof-muhitning yuqori darajada ifloslanishi haqidagi ma’lumotlar

Atrof-muhitning yuqori darajada ifloslanishi holatlari bo‘yicha haqiqiy ma’lumotlar

5.

4 ta viloyatning (Toshkent, Samarqand, Nukus va Farg‘ona) markaziy shaharlari bo‘yicha o‘tgan kecha-kunduz uchun ko‘p yillik kuzatuv qatorlariga iqlimiy ma’lumotlar

O‘rtacha sutkalik havo harorati, ma’lum yilni ko‘rsatish orqali shu kun uchun eng past va eng yuqori havo harorati

II. Prognoz ma’lumotlar

6.

Respublika viloyatlari bo‘yicha yaqin kecha-kunduzga ob-havo prognozi

Bulutlilik, atmosfera hodisalari, shamol yo‘nalishi va tezligi, minimal va maksimal havo harorati

7.

Respublika viloyatlari bo‘yicha 3 — 6 kunga ob-havo prognozi

Bulutlilik, atmosfera hodisalari, shamol yo‘nalishi va tezligi, minimal va maksimal havo harorati

8.

Yaqin kecha-kunduzga Toshkent shahri bo‘yicha ob-havo prognozi

Bulutlilik, atmosfera hodisalari, shamol yo‘nalishi va tezligi, minimal va maksimal havo harorati

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentiga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot va xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomi

Tarkibi

1.

Birlamchi axborot mahsulotlari

Meteorologik, aktinometrik, issiqlik balansi, radiometrik, agrometeorologik, gidrologik, suv balansi, qor ko‘chkisi, sel toshqini, ozonometrik kuzatuv va o‘lchov ma’lumotlari

2.

Iqlimiy ma’lumotlar

Turli vaqt oraliqlari uchun hisoblangan iqlim xususiyatlari (havo va tuproq harorati, atmosfera bosimi, shamol yo‘nalishi va tezligi, yog‘ingarchilik miqdori, havo namligi, quyosh radiatsiyasi parametrlari va h.k)

3.

Gidrologik axborotlar

Turli vaqt oraliqlari uchun hisoblangan gidrologik xususiyatlar

4.

Ixtisoslashgan axborot mahsulotlari va xizmatlari

Turli barvaqtlikdagi ob-havo prognozi (qisqa va uzoq muddatli), agrometeorologik, gidrologik prognozlar va ushbu ma’lumotlarni sharhini o‘z ichiga olgan byulletenlar, analitik sharhlar, hisoblar, ekologik (atmosfera havosi ifloslanishi, tabiiy suv havzalari va tuproq ifloslanishi haqida ma’lumotlar) mahsulotlar

5.

Laboratoriya va tadqiqot xizmatlari

Qishloq xo‘jaligi ekinlari holatini, qor ko‘chishi xavfi va sel toshqini xavfi hududlarida atrof-muhit ifloslanishi holati, gidrologik va iqlim tadqiqotlarini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish

6.

Gidrometeorologik asboblarni va o‘lchov vositalarini qiyoslash va ularni metrologik sinovlardan o‘tkazish xizmatlari

Gidrometeorologik asboblarni va o‘lchov vositalarini bosim parametrlari, harakat parametrlari harorat va termofizik kattaliklar bo‘yicha qiyoslash va ularni metrologik sinovlardan o‘tkazish, o‘lchash vositasining tekshirilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki o‘lchash vositasining yaroqsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentiga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor gidrometeorologik axborotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomi

Tarkibi

1.

Xavfli va o‘ta xavfli meteorologik hodisalar xavf-xatari haqida axborot xabar (shtorm ogohlantirish)

Kuchli yog‘ingarchilik, do‘l, kuchli shamol, ob-havoning keskin o‘zgarishi, sovuq, anomal issiq, anomal sovuq ob-havo

2.

Xavfli gidrologik hodisalar xavf-xatari to‘g‘risida (shtorm) ogohlantirish

Tog‘ oldi va tog‘ hududlarda sel o‘tishi, daryolarda toshqin bo‘lishi, daryo va soylarda suv sathining keskin pasayib ketishi, baland tog‘ ko‘llarini (morena) yorib chiqishi mumkinligi, muz hodisalari rivojlanishi

3.

Tog‘ oldi va tog‘ hududlar bo‘yicha qor ko‘chkisi xavfi va ob-havoning yomonlashishi sharoiti haqida axborot xabari (shtorm ogohlantirish)

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor ko‘chki xavfi va ob-havo sharoitining yomonlashishi bo‘yicha fon prognozi

4.

Strategik obyektlarda qor ko‘chishi xavfi va ob-havo sharoitining yomonlashishi haqida axborot xabari (shtorm ogohlantirish)

Qamchiq dovonida qor ko‘chishi xavfi va ob-havo sharoitining yomonlashishi

5.

Sayyohlik zonalarida qor ko‘chishi xavfi va ob-havo sharoitining yomonlashishi haqida axborot xabari (shtorm ogohlantirish)

Chimyon tabiiy hudud chegarasida qor ko‘chishi xavfi va ob-havo sharoitining yomonlashishi

6.

Tabiiy ofatlar, baxtsiz hodisalar va ofatlar yuz beradigan hududlarda 1-6 kunga ob-havo prognozi

Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududlarda qutqaruv va tiklash ishlarini olib borish vaqtida prognozlarning mazmuni, har bir holatda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishiladi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentiga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfli gidrometeorologik hodisalarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hodisalar turi

Hodisalar xususiyatlari

1.

Xavfli meteorologik hodisalar

Kuchli shamol, qasirg‘a (shiddatli shamol), changli (qumli) bo‘ron, qor bo‘ron (izg‘irin), tuman, kuchli yomg‘ir (yomg‘ir qor bilan), kuchli qor, do‘l, stansiyada yoki atrofda momaqaldiroq, yaxmalak, ho‘l qorning murakkab qatlamlari, bulduruq, yo‘llarda yaxmalak, issiq ob-havo, issiq va quruq havo (atmosfera qurg‘oqchiligi)

2.

O‘ta xavfli meteorologik hodisalar

Juda kuchli shamol (dovul), qasirg‘a (shiddatli shamol), halokatli dovul, kuchli changli (qumli) bo‘ron, kuchli qorli bo‘ron, kuchli tuman, juda kuchli yomg‘ir (yomg‘ir qor bilan), juda kuchli jala, juda kuchli qor, yirik do‘l, kuchli yaxmalak-bulduruq qatlamlari, kuchli sovuq, kuchli issiq, anomal sovuq ob-havo, anomal issiq ob-havo, o‘ta issiq va quruq havo (atmosfera qurg‘oqchiligi)

3.

Xavfli agrometeorologik hodisalar

Havo va tuproq yuzasida sovuq, qurg‘oqchilik, quruq issiq shamol, muzlash, tuproq qatqaloqligi

4.

Xavfli gidrologik hodisalar

Sel va sel oqimi, daryo toshqini, toshqin, muz parchalari, muz parchalari harakati, muzning tiqilib qolishi, muzning tiqilib qolishi, batamom muzlash, muz oqishi, gidrologik qurg‘oqchilik

5.

Xavfli qor ko‘chkisi hodisalari

Ko‘chki, qor karnizlarining qulashi (ajralishi)

6.

Atrof tabiiy muhitning yuqori darajada ifloslanishi

Atmosfera havosining yuqori darajada ifloslanishi, yuza suvlarning yuqori darajada ifloslanishi, tuproqning yuqori darajada ifloslanishi, yuqori radioaktiv ifloslanish

7.

Atrof tabiiy muhitning ekstremal yuqori darajada ifloslanishi

Atmosfera havosining ekstremal yuqori darajada ifloslanishi, yuza suvlarning ekstremal yuqori darajada ifloslanishi, tuproqning ekstremal yuqori darajada ifloslanishi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentiga
4a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfli meteorologik hodisalarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hodisalar nomi

Hodisalar xususiyatlari va mezonlari

1.

Kuchli shamol

Maksimal shamol tezligi 15 — 24 m/s

2.

Qasirg‘a (shiddatli shamol)

Shamol qisqa muddatga keskin (bir necha daqiqa davomida, lekin 1 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak) 15 — 24 m/s gacha kuchayishi

3.

Changli (qumli) bo‘ron

Tezligi 15 m/s va undan yuqori tezlikdagi shamol ta’sirida chang (qum) ko‘chishi, davomiyligi 3 soatdan kam bo‘lmagan gorizontal meteorologik uzoqlik ko‘rinishining 500 — 1000 metrgacha yomonlashishi

4.

Qor bo‘ron (izg‘irin)

Tezligi 15 m/s va undan yuqori tezlikdagi shamol ta’sirida yuzadan qorni ko‘chishi, davomiyligi 3 soatdan kam bo‘lmagan meteorologik uzoqlik ko‘rinishining 500 — 1000 m gacha yomonlashishi

5.

Tuman

Davomiyligi 3 soatdan kam bo‘lmagan meteorologik uzoqlik ko‘rinishining 50 — 1000 m gacha yomonlashishi

6.

Kuchli yomg‘ir (yomg‘ir qor bilan)

Yog‘ingarchilik miqdori 12 soat va undan kam vaqt ichida 15 — 29 mm

7.

Kuchli qor

Yog‘ingarchilik miqdori 12 soat va undan kam vaqt ichida 7 — 19 mm

8.

Do‘l

Diametri 6 — 19 mm bo‘lgan do‘l

9.

Stansiyada yoki atrofda momaqaldiroq

Mavjud bo‘lgan hollarda

10.

Yaxmalak, ho‘l qorning murakkab qatlamlari, bulduruq

Yaxmalak — elektr simlarida hosil bo‘lgan va diametri 20 mm gacha bo‘lgan muz.

Ho‘l qorning murakkab qatlamlari — hosil bo‘lgan va diametri 35 mm gacha bo‘lgan muz.

Bulduruq — hosil bo‘lgan va diametri 50 mm gacha bo‘lgan muz.

11.

Yo‘llarda yaxmalak

Yer sirti va undagi jismlar ustiga yoqqan yomg‘ir va shivalama yomg‘irning o‘ta sovigan tomchilarining yaxlashidan hosil bo‘ladigan nihoyatda zich muz qatlami

12.

Issiq ob-havo

May oyidan sentabr oyigacha bo‘lgan davrda besh va undan ko‘p kun davomida 40° va undan yuqori bo‘lgan maksimal harorat ko‘rsatkichi

13.

Issiq va quruq havo (atmosfera qurg‘oqchiligi)

Kecha-kunduzlik havo nisbiy namligi kamomatining maksimal 60 — 70 gPa oraliqdagi ko‘rsatkichi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentiga
4b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ta xavfli meteorologik hodisalarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hodisalar nomi

Hodisalar xususiyatlari va mezonlari

1.

Juda kuchli shamol (dovul)

Maksimal shamol tezligi 25 m/s va undan yuqori

2.

Qasirg‘a (shiddatli shamol)

Shamol qisqa muddatga keskin (bir necha daqiqa davomida, lekin 1 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak) 25 m/s gacha va undan yuqori kuchayishi

3.

Halokatli dovul

Shamol 33 m/s va undan yuqori tezlikda

4.

Kuchli changli (qumli) bo‘ron

Tezligi 15 m/s va undan yuqori maksimal tezlikdagi shamol ta’sirida chang (qum) ko‘chishi, davomiyligi 3 soatdan ko‘p bo‘lmagan meteorologik uzoqlik ko‘rinishining 500 m dan kam yomonlashishi

5.

Kuchli qorli bo‘ron

Tezligi 15 m/s va undan ko‘p shamol ta’sirida yuzadan qorni ko‘chishi, davomiyligi 3 soatdan ko‘p bo‘lmagan meteorologik uzoqlik ko‘rinishining 500 m dan kam yomonlashishi

6.

Kuchli tuman

Suvning eng kichik zarrachalari (chang, yonish mahsulotlari) to‘planishi hisobiga havoni kuchli xiralashishi, bunda davomiyligi 3 soatdan ko‘p bo‘lmagan gorizontal meteorologik uzoqlik ko‘rinishi 50 mm dan kam yomonlashishi

7.

Juda kuchli yomg‘ir (yomg‘ir qor bilan)

Yog‘ingarchilik miqdori 12 soat va undan kam vaqt ichida 30 mm va undan ko‘p

8.

Juda kuchli jala

Yog‘ingarchilik miqdori 1 soat va undan kam vaqt ichida 15 mm va undan ko‘p

9.

Juda kuchli qor

12 soat va undan kam vaqt ichida 20 mm va undan ko‘p bo‘lgan yog‘ingarchilik miqdori

10.

Yirik do‘l

Diametri 20 mm va undan katta bo‘lgan do‘l

11.

Kuchli yaxmalak

Elektr simlarida yaxmalak diametri:

yaxmalak — 20 mm dan ko‘proq;

ho‘l qor yoki murakkab qatlamlari — 35 mm dan ko‘proq;

bulduruq — 50 mm dan ko‘proq.

12.

Kuchli sovuq

Noyabr oyidan mart oyigacha bo‘lgan davrda 20o sovuq va undan past bo‘lgan minimal havo harorati, shimoliy hududlar uchun 20o sovuq va undan past bo‘lgan minimal havo harorati

13.

Kuchli issiq

May oyidan avgust oyigacha bo‘lgan davrda 43o va undan yuqori bo‘lgan maksimal havo harorati, janubiy hududlar va cho‘l hududlar uchun 46o va undan yuqori bo‘lgan maksimal havo harorati

14.

Anomal sovuq ob-havo

Oktabr oyidan aprel oyigacha bo‘lgan davrda besh va undan ko‘p kun davomida iqlimiy me’yordan 7° va undan past bo‘lgan o‘rtacha sutkalik havo harorati ko‘rsatkichlari

15.

Anomal issiq ob-havo

Aprel oyidan sentabr oyigacha bo‘lgan davrda besh va undan ko‘p kun davomida iqlimiy me’yordan 7° va undan yuqori bo‘lgan o‘rtacha sutkalik havo harorati ko‘rsatkichlari

16.

O‘ta issiq va quruq havo (atmosfera qurg‘oqchiligi)

Kecha-kunduzlik havo nisbiy namligi kamomatining maksimal 70 gPa va undan yuqori oraliqdagi ko‘rsatkichi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentiga
4v-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfli agrometeorologik hodisalarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hodisalar nomi

Hodisalar xususiyatlari va mezonlari

1.

Havo va tuproq yuzasida sovuq

Qishloq xo‘jalik ekinlari vegetatsiyasi faol bo‘lgan yoki hosil yig‘im-terimi davrida havo yoki tuproq yuzasida o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati 0° dan past ko‘rsatkichlargacha pasayishi

2.

Qurg‘oqchilik

Quruq barqaror ob-havo davomiyligi (bir o‘n kunlikdan va undan ko‘p va muddatlardan hech bo‘lmasa bittasida maksimal havo harorati 35° va undan yuqori va havoning nisbiy namligi 30% yoki undan kam bo‘lishi

3.

Quruq issiq shamol

Havo haroratini yuqori (maksimal ko‘rsatkichi 40o va undan yuqori) bo‘lishi, nisbiy namlik pastligi (kuzatuv muddatlaridan kamida bir marta 30% va undan kam) va shamol (shamol tezligi 5 m/s va undan ko‘p) besh va undan ko‘p kun davomida saqlanib turishi

4.

Muzlash

Qor qoplami bo‘lmaganda 5 kun davomida past havo harorati (minimal ko‘rsatkich 20o va undan past) saqlanib turishi

5.

Tuproq qatqaloqligi

Besh va undan ko‘p kun davomida zich (juda zich) tuproq qatqaloqligi saqlanib turishi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentiga
4g-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfli gidrologik hodisalarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hodisalar nomi

Hodisalar xususiyatlari va mezonlari

1.

Sel va sel oqimi

Jadal jala yomg‘irlar yoki qorni tez erishi natijasida to‘satdan, tog‘li daryo havzalarida hosil bo‘ladigan suv va tog‘ jinslari aralashmasidan iborat juda tez oqib keladigan suv o‘zani oqimi, baland tog‘ ko‘llarini (morena) yorib chiqishi

2.

Daryoning to‘lin suv davri

Qor erishi natijasida daryoda suvning ko‘payishi har yili deyarli bir xil faslda takrorlanishi va uzoq vaqt (2 — 6 oy) davom etishi

3.

Toshqin

Yilning turli mavsumlarida ko‘p marotaba qaytarilishi mumkin bo‘lgan suv tartibi fazasida suv sathi va suv sarfi jadal ko‘payishi (odatda qisqa muddatga) bilan tavsiflanadi. Havo isishi davrida yomg‘ir va jadal qor erishi hisobiga yuzaga keladi

4.

Muz parchalari

Bo‘sh muz to‘planishi suv ichidagi muzlarni suv yuzasiga suzib chiqishi hisobiga vujudga keladi

5.

Muz parchalari harakati

Suv oqimi yuzasida muz parchalarining harakati

6.

Muzning tiqilib qolishi

Muz tiqilib qolishi vaqtida muz to‘planishi, daryoning ayrim uchastkalarida o‘zanni siqib qo‘yishi yuzaga keladi va suv sathi o‘zgarishini vujudga keltiradi

7.

Kuzgi muz tiqilishi

Batamom muzlash boshida muz tiqilib qolishi va suv ichidagi muzlarni to‘planishi, suv sathi o‘zgarishini vujudga keltiradi

8.

Batamom muzlash

Daryoda yalpi muz qoplami o‘rnashishi

9.

Muz oqishi

Daryoda muz parchalari va muz maydonlari harakati

10.

Gidrologik qurg‘oqchilik

Daryo va suv omborlariga suv oqib kelishining pasayishi, yer osti suvlari zaxiralarni kamayishi, bu suvga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda qiyinchiliklarga olib keladi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentiga
4d-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfli qor ko‘chkisi hodisalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hodisalar nomi

Hodisalar xususiyatlari va mezonlari

1.

Ko‘chki

Tog‘ va tog‘ oldi hududlarda qiyalik bo‘ylab qor massalarining harakati (siljishi)

2.

Qor karnizlarining qulashi (ajralishi)

Tog‘ jarliklari yoki yonbag‘irlarini shamolga teskari tomonining eng chetida hosil bo‘lgan va ko‘p to‘plangan zich qorning qulashi.

Qorning izg‘irin natijasida ko‘chishi asosan shamolga teskari yonbag‘irlarda hosil bo‘ladi. Ular qor (300 kg/m2 dan yuqori) zich bo‘lganligi sababli, avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar va boshqa obyektlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri qulab tushganda xavf tug‘diradi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentiga
4e-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atrof tabiiy muhitning yuqori darajada ifloslanishi haqidagi ma’lumotlarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Holat nomi

Xususiyatlari va mezonlari

1.

Atmosfera havosining yuqori darajada ifloslanishi

Bir martalik ruxsat etilgan me’yor (REM)dan 5 — 9-marta oshadigan bitta yoki bir nechta moddalarning tarkibi.

Kuzatuvlarning umumiy hajmining 20 foizidan ko‘prog‘ini takrorlash imkoniyati bilan bir martalik maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyaning muntazam ravishda oshib borishi.

2.

Yuza suvlarning yuqori darajada ifloslanishi

Bir yoki bir nechta moddalarning konsentratsiyalardagi REM dan 10-martadan 49-martagacha yuqori bo‘lgan bir martalik tarkibi.

15 dan 60 mgO2 /l gacha bo‘lgan biokimyoviy kislorod iste’mol qilish qiymati (BOD5).

Eritilgan kislorod konsentratsiyasini 3 dan 2 mgO2 /l gacha kamaytirish.

3.

Tuproqning yuqori darajada ifloslanishi

Sanitariya va toksikologik mezonlarga muvofiq 20 dan 49 REMgacha bo‘lgan konsentratsiyadagi pestitsidlarning tarkibi yoki fitotoksik mezonlarga muvofiq 2 dan 10 gacha REM bo‘lgan pestitsidlarning tarkibi.

25 dan 50 REMgacha bo‘lgan konsentratsiyalardagi texnogen kelib chiquvchi ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi.

4.

Yuqori radioaktiv

ifloslanish

3700*(10-5) Bk/m3 o‘lchov natijalari bo‘yicha atmosferaning yer sirti qatlamidagi radioaktiv moddalarning konsentratsiyasi.

Sutkada 110 Bk/m2 dan oshadigan radioaktiv moddalarning zichligi.

Joylarda soatiga 0,30 mkz dan oshuvchi radiatsiya darajasi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentiga
4j-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atrof tabiiy muhitning ekstremal yuqori darajada ifloslanishi haqidagi ma’lumotlarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Holat nomi

Xususiyatlari va mezonlari

1.

Atmosfera havosining yuqori darajada ifloslanishi

Bir martalik ruxsat etilgan me’yor (REM)dan oshadigan bitta yoki bir nechta moddalarning tarkibi, 10 — 14-marta ushbu darajani 2 sutka saqlab turganda, 15 — 24-marta bu darajani 8 soat va undan ortiq saqlab turganda, 25 va undan ortiq saqlab turganda.

Ko‘rinuvchi belgilar: ushbu hudud uchun g‘ayrioddiy barqaror hidning paydo bo‘lishi, havoning inson sezgilariga ta’sirini aniqlash, rangli va kislotali yog‘ingarchilik.

2.

Yuza suvlarning yuqori darajada ifloslanishi

REM dan 50 va undar ortiq bo‘lgan bir yoki bir nechta moddalarning konsentratsiyalardagi maksimal-bir martalik miqdori.

Eritilgan kislorodning 2 mgO2/l gacha pasayishi, biokimyoviy iste’molning (BOD5) 60 mgO2/l dan oshishi.

Baliq va o‘simliklarning ommaviy qirilishi.

3.

Tuproqning yuqori darajada ifloslanishi

Sanitariya va toksikologik mezonlarga muvofiq 50 yoki undan ortiq REM konsentratsiyalarda pestitsidlarning miqdori.

Fitotoksik mezonlar bo‘yicha 10 yoki undan ortiq REM.

REMdan 50 va undan ko‘proq marta oshuvchi texnogen tarkibdagi konsentratsiyalarda ifloslantiruvchi moddalarning miqdori.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.08.2021-y., 09/21/501/0769-son; 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son; 25.11.2024-y., 09/24/783/0965-son)