27.12.1996 yildagi 353-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Atmosfera havosi tabiatni muhofaza qilish obyekti sifatida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi boʻlib, u umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi OʻRQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa xil taʼsir koʻrsatilishining oldini olish hamda kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz hayoti va sogʻligʻi uchun qulay atmosfera havosidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosining holati hamda uni muhofaza qilish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tegishli davlat organlaridan oʻz vaqtida va ishonchli axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarilishi hamda unga fizikaviy omillarning zararli taʼsir koʻrsatishi tufayli oʻz sogʻligʻiga va mol-mulkiga ziyon yetkazilgan hollarda zararning oʻrni qoplanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosini muhofaza qilish masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganishni va jamoatchilik ekologik ekspertizasini amalga oshirishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosining ifloslanishiga, kamayishiga va unga fizikaviy omillarning zararli taʼsir koʻrsatishiga olib keluvchi harakatlarni sodir etmasligi shart.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi OʻRQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar.
(5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi va unga fizikaviy omillarning zararli taʼsir koʻrsatishini tartibga soluvchi texnik reglamentlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida nazoratni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining atmosfera havosini muhofaza qilishni taʼminlashda ishtirok etishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi oʻrtasida fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi huquqiy savodxonligini va ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.
(51 — 54-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi OʻRQ-529-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar atmosfera havosini muhofaza qilish tartibini, uning holati ustidan nazorat usullarini aniqlab beradi, atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha oʻzga talablarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson uchun atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar (sanitariya normalari) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atrof tabiiy muhit obyektlari uchun atmosfera havosini muhofaza qilish, iqlimni va ozon qatlamini saqlash sohasidagi standartlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Atmosfera havosi sifatining normativlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosining holatini baholashda Oʻzbekiston Respublikasi hududi uchun atmosfera havosi sifatining quyidagi yagona normativlari belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarning inson va atrof tabiiy muhit obyektlari uchun yoʻl qoʻyiladigan darajada toʻplanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fizikaviy omillar atmosfera havosiga akustik, elektromagnit, ionlashtiruvchi va boshqa xil zararli taʼsir koʻrsatishining inson va atrof tabiiy muhit obyektlari uchun yoʻl qoʻyiladigan darajalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida ayrim mintaqalar uchun atmosfera havosi sifati normativlariga nisbatan oshirilgan talablar belgilab qoʻyilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosi sifati normativlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Doimiy ifloslantiruvchi manbalarning atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatishi normativlari
(8-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi OʻRQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar chiqarishning hamda unga fizikaviy omillar zararli taʼsir koʻrsatishining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlari atmosfera havosiga chiqindilar chiqaruvchi yoki zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatuvchi har bir doimiy manba uchun ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar va fizikaviy taʼsir koʻrsatish omillarining har biri boʻyicha belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havoni ifloslantiruvchi doimiy manbalardan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar chiqarishning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlari hamda unga fizikaviy omillar zararli taʼsir koʻrsatishining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlari korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlarini, doimiy ifloslantiruvchi manbalar fizikaviy omillarining atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatishining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi OʻRQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi OʻRQ-529-sonli Qonuniga asosan 2019-yil 15-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Koʻchma manbalardan atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatish normativlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va foydalaniladigan koʻchma manbalar uchun ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar va ular fizikaviy omillarining atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatish normativlari belgilanadi. Bu normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
(10-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Doimiy ifloslantiruvchi manbalarning atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishini tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy ifloslantiruvchi manbalarning atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishiga davlat ekologik ekspertizasining natijalariga koʻra belgilanadigan ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlariga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi OʻRQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Atmosfera havosiga fizikaviy omillarning zararli taʼsir koʻrsatishini tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosiga fizikaviy omillarning zararli taʼsir koʻrsatishi yoʻl qoʻyiladigan tegishli darajadan oshmasligi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatilishini cheklash, toʻxtatib turish yoki tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosiga doimiy va koʻchma ifloslantiruvchi manbalardan ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlarini buzish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vakolatlariga muvofiq ularning qarori bilan cheklanishi, toʻxtatib turilishi, zararli taʼsir koʻrsatish sabablarini bartaraf etish mumkin boʻlmagan taqdirda esa, tugatilishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish (bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish hollari mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi.
(13-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 28-sentabrdagi OʻRQ-638-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Yoqilgʻi va yonilgʻi-moylash materiallariga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan yoqilgʻi va yonilgʻi-moylash materiallarining barcha turlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan standartlar, texnik reglamentlar talablariga mos boʻlishi lozim.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi OʻRQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini olib kirish va ularning kirib kelishi shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalari koʻrsatadigan salbiy taʼsir ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdoriga va ular fizikaviy omillarining zararli taʼsir koʻrsatishiga doir Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan normativlardan oshmagan taqdirdagina Oʻzbekiston Respublikasi hududiga bu vositalar va qurilmalarni olib kirishga va ularning kirib kelishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlatilgan gazlar chiqarib yuborilganida ulardagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori yoki ular fizikaviy omillarining zararli taʼsir koʻrsatishi normativlardan yuqori boʻlgan transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarining egalari ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori va ular fizikaviy omillarining zararli taʼsir koʻrsatishi normativlariga rioya qilinishini taʼminlashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini taʼmirlaydigan va ularga texnik xizmat koʻrsatadigan korxonalar va tashkilotlar oldiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatuvchi transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini taʼmirlaydigan va ularga texnik xizmat koʻrsatadigan korxonalar va tashkilotlar ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdorining hamda ular fizikaviy omillari zararli taʼsir koʻrsatishining normativlarga muvofiqligini tekshirish va tartibga solib turishni taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimyoviy moddalarni ishlab chiqaruvchi yoki ulardan foydalanuvchi korxona va tashkilotlar bunday moddalarning atmosfera havosida yoʻl qoʻyiladigan darajada toʻplanish normativlarini, ularni nazorat qilish usullari va ekologik-toksikologik pasportlarini Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda ishlab chiqadilar.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlatish taqiqlangan va ishlatishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelya OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositasi, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi omil, mineral oʻgʻit va boshqa preparatlar sifatida kimyoviy moddalarni ishlatishga qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini himoya qilish vositalarini qoʻllash reglamentiga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi OʻRQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Ozon qatlamiga zararli taʼsir koʻrsatishning oldini olishga doir talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlashda, xoʻjalik va boshqa faoliyatni amalga oshirishda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ozonni buzuvchi moddalardan, tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud boʻlgan uskunalar va texnik qurilmalardan foydalanish hamda qoʻllashni tartibga solishga doir chora-tadbirlarga rioya etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud boʻlgan buyumlardan foydalanuvchi va ularni taʼmirlovchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar bunday moddalar hisobga olinishini va ular ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirilishini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarning importi hamda eksporti ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
(19-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi OʻRQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Mineral xom ashyoni qazib olish, tashish va qayta ishlash paytida atmosfera havosini muhofaza qilishga doir talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mineral xom ashyoni qazib olish, tashish va qayta ishlash atmosfera havosini ifloslantirishning oldini olish yoki ifloslantirish darajasini kamaytirish qoidalariga rioya qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan usullarda amalga oshirilishi shart.
(20-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini joylashtirish yoki koʻmib tashlashga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba boʻlishi yoki havoga boshqa tarzda zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan texnogen hosilalarni aholi punktlari hududida yoki ularga yaqin yerlarda joylashtirish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba hisoblanadigan ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari qayta ishlanishi, tozalanishi, dezodoratsiya qilinishi yoki maxsus poligonlarda saqlanishi zarur, bunday poligonlarning joyi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Atmosfera havosining holatiga taʼsir koʻrsatuvchi korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, qayta qurish va foydalanishga topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, qayta qurish va foydalanishga topshirish, ishlab turgan texnologiya jarayonlari va asbob-uskunalarni takomillashtirish hamda yangilarini joriy etish atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosining holatiga taʼsir koʻrsatuvchi korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni qurish joylarini belgilash, ularni qurish hamda qayta qurish loyihalari mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishib olinadi.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalarini, texnika va texnologiyalarni joriy etish paytida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosining holatiga, iqlimga va ozon qatlamiga zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalarini joriy etishni, texnika, texnologiyalar, asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallardan, yoqilgʻidan foydalanishni hamda tayyor mahsulot chiqarishni sertifikatsiz yoki unda belgilangan koʻrsatkichdan chetga chiqqan holda amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyati atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni, biologik organizmlarni, issiqxona gazlarini va ozonni buzuvchi moddalarni chiqarish hamda unga fizikaviy omillarning zararli taʼsir koʻrsatishi bilan bogʻliq boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosiga chiqariladigan chiqindilarni tozalash va unga zararli fizikaviy taʼsirni kamaytirish uchun inshootlar, qurilmalar va asbob-uskunalardan, shuningdek ularning ustidan nazorat qilish vositalaridan foydalanish hamda ularning ishlash qoidalariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ozonni buzuvchi moddalarning hisobini yuritishi, ularning atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻymasligi, retsirkulyatsiyani (ularni qayta ishlatish maqsadida birlamchi tozalashni) amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik obyektlari tevaragida sanitariya-muhofaza zonalarini barpo etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlarini belgilashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishni hamda unga zararli fizikaviy taʼsirni kamaytirish va (yoki) bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi hamda unga fizikaviy omillar zararli taʼsirining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, ularning hisobini yuritishi va statistika hisobotini taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash uchun namunalar olinishini taʼminlashi hamda oʻlchovlarni amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoqish uchun moʻljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda yoqilgʻining, yoqilgʻi sifatida foydalaniladigan moddalarning yoki moddalar aralashmasining yoqilishiga, shuningdek yoqilgʻi hisoblanmaydigan materiallar va chiqindilarning yoqilishiga yoʻl qoʻymasligi, bundan yoqish maxsus uskunalardan foydalanib hamda atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi va chiqindilar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda amalga oshirilgan hollar mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiyani tejovchi va (yoki) resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ekologik jihatdan toza energiya manbalaridan foydalanish chora-tadbirlarini koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meteorologik sharoitlar noqulay kelishi kutilayotganligi munosabati bilan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarilishini kamaytirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan tadbirlarni bajarishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va transport kommunikatsiyalarining taʼsir doirasida atrof-muhitga hamda aholi sogʻligʻiga zararli taʼsir koʻrsatilishini baholashdan oʻtkazishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarni hamda bugʻlanuvchi birikmalarni saqlash, tashish shartlariga, ulardan foydalanish va ulardan boʻshagan idishlarni zararsizlantirish qoidalariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosiga biryoʻla va avariya tufayli ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining, yashirin xavfli vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, shuningdek atmosfera havosining transchegaraviy ifloslanishini kamaytirish yuzasidan choralar koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqindilarning utilizatsiya qilinishini taʼminlashi hamda ular toʻplanib qolganida va qayta ishlanayotganida atmosfera havosini ifloslantirishning oldini olish choralarini koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi tuproq, suv va atrof-muhitning boshqa obyektlari ifloslanishiga olib kelmasligi kerak.
(24-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi OʻRQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda va miqdorlarda undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni chiqarganlik, unga fizikaviy omillarning zararli taʼsir koʻrsatganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni havoni muhofaza qilish tadbirlarini bajarishdan hamda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi OʻRQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar davlat tomonidan hisobga olinishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosining holatiga zararli taʼsir koʻrsatayotgan yoki zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan obyektlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(26-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi OʻRQ-529-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar, issiqxona gazlari va ozonni buzuvchi moddalarning turlari va miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosiga fizikaviy omillar koʻrsatadigan zararli taʼsirning turlari va hajmlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yagona tizim boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Atmosfera havosi monitoringi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosining holatini kuzatish, u haqdagi axborotni toʻplash, umumlashtirish, tahlil etish va istiqbolni belgilash atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi yagona tizimi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat ekologik nazorati maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan ekologik nazorat boʻyicha maxsus vakolatli davlat organlaridir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi quyidagilarni amalga oshiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning holati, atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat ekologik nazoratini;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va idoraviy ekologik nazorat sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyati muvofiqlashtirilishini.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi sanitariya-muhofaza va turar joy zonalarida atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi foydalanilishi atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatadigan avtomototransport vositalari ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazorati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(28-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi OʻRQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zarar oʻrnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashlari shart. Zarar oʻrnini qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishdan ozod etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi OʻRQ-529-sonli Qonuniga asosan 2019-yil 15-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
353-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 52-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son; 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 07.02.2024-y., 03/24/904/0102-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son)