09.03.2021 yildagi 126-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarini, Ozon qatlamini muhofaza qilish boʻyicha Vena konvensiyasi majburiyatlarini bajarish, shuningdek, ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vena Konvensiyasi boʻyicha Monreal protokolining majburiyatlarini bajarish yuzasidan 2005 — 2019-yillar davrida ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanish miqdori 884 tonnadan 33 tonnagacha kamaytirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monreal protokolining A, V va E roʻyxatlarida, shuningdek, S roʻyxati II va III guruhlarida koʻrsatilgan moddalarni import qilish taqiqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha Global ekologik jamgʻarma, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof muhit va Taraqqiyot dasturlari koʻmagida hamda mahalliy tashkilotlar mablagʻlari hisobidan 2000 — 2018-yillar davomida respublikada 9,9 mln AQSh dollariga teng boʻlgan 6 ta loyiha amalga oshirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2024-yillarda samarali texnologiyalarni joriy etish orqali ozon qatlamini buzuvchi moddalarni butunlay isteʼmoldan chiqarish boʻyicha 8,6 mln AQSh dollariga teng boʻlgan loyiha amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatishning asosiy maqsadlari va strategik yoʻnalishlari, chora-tadbirlari amalga oshirilishi nazarda tutilgan Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha milliy dastur (keyingi oʻrinlarda — Milliy dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturni bajarishda davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, ozon qatlamini yemirish xususiyatiga ega boʻlmagan samarali texnologiyalarni amaliyotga joriy etish boʻyicha loyihalarni, shuningdek, targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish tadbirlaridan iborat Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha milliy dasturni amalga oshirishning “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturni amalga oshirish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha majburiyatlarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ozon qatlamini buzuvchi moddalar va tarkibida ushbu moddalar mavjud boʻlgan mahsulotlarning importi va eksportiga ruxsatnomalarni elektron ariza taqdim etilgandan soʻng “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi, Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ozon qatlamini buzuvchi moddalar va tarkibida ushbu moddalar mavjud boʻlgan mahsulotlarning importi va eksporti nazoratini olib borish, shuningdek, mahsulotlar miqdorini hisobga olish hamda ularning maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishi uchun masʼul organ etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasiga import va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilish ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan mahsulotlar turlari roʻyxatiga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali Milliy dastur va “Yoʻl xaritasi”ning maqsad va vazifalari hamda ularning amalga oshirilishi yuzasidan chiqishlar tashkil etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi A.I. Maksudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 9-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 126-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha milliy dastur
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Kirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi 1993-yildan buyon Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi (1985-yil) (keyingi oʻrinlarda — Vena konvensiyasi) va Ozon qatlamini buzuvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoli (1987-yil) (keyingi oʻrinlarda — Monreal protokoli) tomoni hisoblanadi. Soʻnggi vaqtlarda Monreal protokoliga kiritilgan beshta tuzatishlardan Oʻzbekiston toʻrttasiga (London, 1990-yil), (Kopengagen, 1992-yil), (Monreal, 1997-yil), (Pekin, 1999-yil) qoʻshilgan va ushbu xalqaro shartnomalar asosida ozon qatlamini yemiruvchi moddalar isteʼmoli talablarini toʻliq bajarib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan (keyingi oʻrinlarda — OBM) foydalanishni toʻxtatish boʻyicha birinchi milliy dastur Vazirlar Mahkamasining “Ozon qatlamini himoya qilish sohasidagi shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 24-yanvardagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur doirasida OBMdan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha Global ekologik jamgʻarma (keyingi oʻrinlarda — GEJ), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof muhit dasturi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (keyingi oʻrinlarda — BMT TD) koʻmagida hamda mahalliy tashkilotlar mablagʻlari hisobidan 2000-2018-yillar davomida respublikada 9,9 mln AQSh dollariga teng boʻlgan 6 ta loyiha amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2024-yillarda samarali texnologiyalarni joriy etish orqali gidroxlorftoruglerodni (keyingi oʻrinlarda — GXFU) butunlay isteʼmoldan chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi), BMT TD va GEJ tomonidan 8,6 mln AQSh dollariga teng boʻlgan qoʻshma loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tahrirda qabul qilinayotgan Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha milliy dastur (keyingi oʻrinlarda — Milliy dastur) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Monreal protokoli hamda ushbu protokolga kiritilgan London, Kopengagen, Monreal va Pekin tuzatishlari doirasida qabul qilingan barcha majburiyatlarning bajarilishini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Milliy dasturda mahalliy resurslardan foydalangan holda, OBM oʻrnini bosuvchi vositalardan foydalanishga oʻtish sohasida istiqbolli ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga tatbiq qilish, OBM va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarning importi va eksporti boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish, bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mahsulotlar importi va eksportini nazorat qilish boʻyicha bilimini va malakasini oshirish, GXFUdan qayta foydalanish tizimini mustahkamlash va ularning texnologiyalarini almashtirish sohasida ishlab chiqiladigan loyihalar natijadorligini keng omma eʼtiboriga namoyish qilish nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dastur oʻtgan davr mobaynida xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida OBMdan foydalanish, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ulardan foydalanishni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Milliy dastur tashkiliy va strategik chora-tadbirlar, OBMdan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlarning bajarilishini normativ tartibga solish va ozon qatlamiga salbiy taʼsir etmaydigan “toza” texnologiyalarga bosqichma-bosqich oʻtish bilan bogʻliq masalalarni oʻz ichiga olgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish harakatlarining asosiy yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Harakatlarning asosiy maqsadlari va strategik yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dastur Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Vena konvensiyasi va Monreal protokoli hamda unga kiritilgan va Oʻzbekiston ratifikatsiya qilgan tuzatishlardagi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash, shuningdek, texnik va moliyaviy yordam koʻrsatish boʻyicha GEJ talablariga muvofiq xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dastur ozon qatlamining yemirilishini toʻxtatishdan atrof muhitning yaxshilanishini, ozonga zarar yetkazmaydigan texnologiyalarga oʻtishning iqtisodiy foydalarini hisobga oladi. U har bir guruh uchun OBMni isteʼmoldan chiqarish jadvalining strategik yoʻnalishini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monreal protokoli bilan yuklangan majburiyatlarni bajarishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monreal protokolida belgilangan OBMni xavfsiz boʻlgan moddalarga almashtirish boʻyicha talablarni oʻz muddatida bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinishi taqiqlangan OBMning respublikaga olib kirilishini taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OBM foydalanadigan yoki ishlash jarayoni ular bilan bogʻliq boʻlgan havoni sovitish uskunalarini taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OBMni respublikaga olib kirish kvotalariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GEJ va boshqa xalqaro donor tashkilotlar yordamida ozon uchun xavfsiz moddalardan foydalanadigan texnologiyalarni ishlab chiqaradigan va joriy etadigan tashkilotlar, kompaniyalar va shaxslarga har tomonlama koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OBM oʻrnini bosuvchi ishlarning bajarilishi toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi shaxslar va aholi xabardorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy resurslardan foydalangan holda sovitish uskunalari va tarkibida OBM boʻlmagan mahsulotlar hamda texnologiyalarni ishlab chiqarish sohasida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda ozon qatlamini yemirish salohiyati boʻlmagan energiya jihatidan samarali texnologiyalarni joriy etish orqali GXFUni butunlay isteʼmoldan chiqarish kabi strategik yoʻnalishlarga amal qilish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Harakatlarni amalga oshirish uchun keyingi qadamlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OBMdan foydalanishni toʻxtatish, shuningdek, ularning oʻrnini bosuvchi moddalarni joriy etishni ragʻbatlantirish yoki ularni qayta ishlatish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport/import sohasida, shuningdek, ruxsatnoma berish va kvota tizimida ishlashni davom ettirish, OBM bilan ishlovchi uskunalarning olib kirilishi bilan bogʻliq taqiqlarga qatʼiy rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori darajada global isishga olib keladigan gidroftoruglerod isteʼmolidan past yoki nolga teng boʻlgan moddalarga bosqichma-bosqich oʻtish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq siyosati choralari bilan birgalikda ragʻbatlantiruvchi chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu ishlarga ommaviy axborot vositalarini keng jalb qilish orqali ozon qatlamini muhofaza qilishning muhimligi haqida jamoatchilikni xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaror qabul qiladigan shaxslarning salohiyatini, OBM va ularning oʻrnini bosuvchi moddalar sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislarning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sovitish uskunalarini ishlab chiqaradigan va ulardan foydalanadigan, shuningdek, erituvchilar bilan ishlaydigan yirik korxonalarda OBM bilan bogʻliq ishlab chiqarish bosqichlarini xalqaro hamjamiyat va mahalliy sarmoyadorlar ishtirokidagi investitsiya loyihalari orqali amalga oshirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida birinchi Milliy dastur doirasida 3 ta OBMdan (XFU-12, tetraxlormetan, 1.1.1-trixloretan) foydalanish toʻxtatildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Milliy dastur doirasida respublikada OBMni isteʼmoldan toʻliq chiqarish, mahalliy resurslardan foydalanishni hisobga olgan holda global isishga taʼsiri past darajada boʻlgan va ozon qatlamini yemirish xususiyatiga ega boʻlmagan texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Monreal protokoli Kigali tuzatishiga qoʻshilishining maqsadga muvofiqligini oʻrganish nazarda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. OBMdan foydalanishni toʻxtatish yuzasidan Milliy dasturni amalga oshirish boʻyicha ustuvor chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Strategik yoʻnalishni amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasining, tegishli vazirliklar va idoralarning roli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi OBM isteʼmolini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni, shuningdek, Vena konvensiyasi va Monreal protokoli doirasida Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishining tizimli nazorat qilinilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ekologiya qoʻmitasi OBMdan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarni bajarish uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, Davlat ekologiya qoʻmitasi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan Milliy dastur va “yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublika hududiga OBM va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni olib kirish tartibi hamda respublika hududidan OBM va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni olib chiqish doirasida ruxsatnomalar berilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan bir qatorda, Davlat ekologiya qoʻmitasi OBMni isteʼmol qilish, ulardan foydalanish monitoringini olib borish, amalga oshirilayotgan loyihalarni boshqarish, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof muhit dasturining Ozon Kotibiyati va GEJ hisobotlarini tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi OBM yoki ularning oʻrnini bosuvchi moddalardan foydalangan holda texnik qayta jihozlash, yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish loyihalarini texnik baholashni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda OBM va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarning importi va eksporti nazoratini olib boradi, shuningdek, ularni hisobga olish va OBM miqdori boʻyicha maʼlumotlar bazasi yaratilishiga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Harakatlarning istiqbolli yoʻnalishlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasining “Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-son qarori bilan Monreal protokolining A, V va E roʻyxatlarida, shuningdek, S roʻyxatining II va III guruhlarida koʻrsatilgan moddalarni import qilish taqiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dastur doirasida OBMni va ularning tarkibidagi mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni toʻxtatish nazarda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumki, Monreal protokoli tomonlariga OBMni bosqichma-bosqich isteʼmoldan chiqarish va boshqa turdagi sovitgichlarga oʻtish uchun moliyaviy resurslar koʻrinishida texnik yordam koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, respublikada muqobil va tabiiy sovitish agentlarida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish bilan birgalikda qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish imkoniyati paydo boʻladi. Bu, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Monreal protokoli doirasidagi majburiyatlarga toʻliq rioya etilishi imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Ozon qatlamini yemiruvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha milliy dasturni amalga oshirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OBMdan foydalanishni toʻxtatish, ozon qatlami uchun xavfsiz boʻlgan muqobil moddalardan foydalanishga oʻtish boʻyicha chora-tadbirlar ushbu Milliy dasturning strategik yoʻnalishi boʻlib, u dasturni amalga oshirishning “yoʻl xaritasi”da aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozon qatlamini buzuvchi moddalar va tarkibida ushbu moddalar mavjud boʻlgan mahsulotlarning importi va eksportiga ruxsatnomalar elektron ariza taqdim etilganidan soʻng “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturni amalga oshirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijrochilar, ijro muddatlari va moliyalashtirish manbalari, shuningdek, kutilayotgan samaralar aniq koʻrsatilgan mexanizmlarni belgilagan holda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoʻl xaritasi”dagi tadbirlarni bajarishda ishtirok etuvchi tegishli vazirliklar va idoralarning aniq vazifa va funksiyalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning Milliy dastur ijrosi boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dastur ijrosi toʻgʻrisida monitoring va tahlil ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturning vazifalari va maqsadlarini amalga oshirish jarayonlarida jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda aholining keng qatlami ishtirokini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dastur ijrosi boʻyicha ommaviy axborot vositalari orqali tizimli chiqishlar tashkil etish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturni amalga oshirish natijasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OBM va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni respublika hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish boʻyicha qatʼiy nazorat taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon tajribasini oʻrgangan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Monreal protokoli Kigali tuzatishiga qoʻshilishining maqsadga muvofiqligi oʻrganiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy resurslardan foydalangan holda, respublikada OBM oʻrnini bosuvchi moddalar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OBM va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarning importi va eksporti boʻyicha maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OBMni qayta ishlash boʻyicha 6 ta yangi markaz tashkil qilinadi va 6 ta mavjud markazlar qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sovitish uskunalari ishlab chiqaradigan 100 ta korxona uchun zarur ehtiyot qismlar sotib olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ozon qatlamini yemirish xususiyatiga ega boʻlmagan va global isishga taʼsiri past darajada boʻlgan uskunalarni oʻrnatish, ishlatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish sohasida mutaxassislar tayyorlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sovitish uskunalarini ishlab chiqarish sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash uchun 3 ta markaz tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 126-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha milliy dasturni amalga oshirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

1.

Milliy dastur va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish va ularning ijrosi etilishi monitoringini olib borish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirishni taʼminlash.

1. Ozon qatlamiga xavf tugʻdirmaydigan texnologiyalarni ishlab chiqaradigan va tatbiq qiladigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kompaniyalar va jismoniy shaxslarni qoʻllab-quvvatlash.

Doimiy ravishda

Mablagʻ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Ozon qatlamini buzuvchi moddalarni (OBM) isteʼmoldan chiqarish nazoratini kuchaytirish maqsadida qonunchilik bazasini rivojlantirish.

3. OBMni isteʼmoldan chiqarish jarayonini taʼminlashda korxonalar va tashkilotlarni ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqish va joriy etish.

Talab va takliflarga muvofiq 2021-yil may

4. OBMni ishlab chiqarish va isteʼmoldan chiqarish jarayonlarining salbiy oqibatlarini kamaytirish orqali amalga oshirilishini taʼminlash choralarini koʻrish.

Dastur doirasida

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga (TIF TN) muvofiq ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni respublikaga olib kirish va respublikadan olib chiqish ustidan qatʼiy nazorat olib borish.

1. OBM va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarning importi va eksporti yuzasidan tadbirkorlar murojaatlariga oʻz vaqtida javob berilishini taʼminlash.

2. OBM va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni respublika hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish boʻyicha qatʼiy nazoratni taʼminlash.

Doimiy ravishda

Mablagʻ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi

3.

Oʻzbekiston Respublikasining Monreal protokoli Kigali tuzatishiga qoʻshilishining maqsadga muvofiqligini oʻrganish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining Kigali tuzatishiga qoʻshilishining maqsadga muvofiqligi masalasida jahon tajribasini oʻrganish.

2021-yil aprel

Mablagʻ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

2. Oʻrganish materiallarini tahlil qilish va ular asosida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil may

4.

Sovitish uskunalari sohasida assotsiatsiya tashkil qilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganish.

1. Sovitish uskunalari sohasida assotsiatsiya tashkil qilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganish maqsadida ilgʻor mamlakatlar tajribasini oʻrganish.

2. Assotsiatsiya tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2021-yil avgust

Mablagʻ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi

II. OBM oʻrnini bosuvchi vositalardan foydalanishga oʻtish uchun ragʻbatlantirish choralari

5.

Mahalliy resurslardan foydalangan holda OBM oʻrnini bosuvchi vositalardan foydalanishga oʻtish sohasida istiqbolli ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga tatbiq qilish.

1. OBM oʻrnini bosuvchi vositalardan foydalanishga oʻtish boʻyicha rivojlangan mamlakatlar tajribasini oʻrganish.

2. Mahalliy resurslardan foydalangan holda respublikada OBM oʻrnini bosuvchi moddalar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

2021-yil noyabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

III. OBMni isteʼmoldan chiqarish boʻyicha milliy dasturning amalga oshirilishi monitoringini olib borish tizimini yaratish

6.

OBM va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarning importi va eksporti boʻyicha monitoring olib borilishini taʼminlash.

1. OBM va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarning importi va eksporti boʻyicha maʼlumotlar bazasi shakllantirilishini takomillashtirish.

2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Atrof muhit dasturining Ozon Kotibiyatiga OBM va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarning importi va eksporti boʻyicha hisobotlarni taqdim etib borish.

Har yili

Mablagʻ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi

7.

OBMni isteʼmoldan chiqarish boʻyicha milliy dastur doirasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar bajarilishining tizimli monitoringini olib borish.

1. Maʼlumotlarni toʻplash, tegishli maʼlumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish.

2. Umumlashtirilgan maʼlumotlarni yagona maʼlumotlar bazasiga kiritib borish.

Doimiy ravishda

Mablagʻ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

IV. Oʻzbekistonda global isishga taʼsiri past darajada boʻlgan va ozon qatlamini yemirish xususiyatiga ega boʻlmagan samarali texnologiyalarni joriy etish orqali GXFUni butunlay isteʼmoldan chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish

8.

Milliy qonunchilikni amalga oshirish, bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mahsulotlar importi va eksportini nazorat qilish boʻyicha bilimini va malakasini oshirishga koʻmaklashish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2021-yil may

Global ekologik jamgʻarma va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (0,3 mln AQSh dollari), korxonalar mablagʻlari (0,887 mln AQSh dollari)

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi

2. Davlat ekologiya qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi xodimlarining institutsional salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish.

2021 — 2024-yillar davomida

3. GFU va boshqa muqobil sovitgichlardan foydalanish boʻyicha Kigali tuzatishiga qoʻshilish masalasini asoslash va koʻrib chiqish.

2021-yil may

4. Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy laboratoriyasining gaz xromatograflarini kalibrovka qilish, shuningdek, ular uchun zarur uskunalarni sotib olish.

2021 — 2024-yillar davomida

5. “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali ruxsatnoma hujjatlarini olishga ariza berish va arizaga asosan ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylash-tirish jarayonlari yuzasidan trening tashkil etish.

2021 — 2024-yillar davomida

9.

GXFUdan qayta foydalanish tizimini mustahkamlash va ularning texnologiyalarini almashtirish sohasida ishlab chiqiladigan loyihalar natijadorligi keng omma eʼtiboriga namoyish qilinishini taʼminlash.

1. OBMni qayta ishlash boʻyicha 6 ta yangi markaz tashkil qilish va 6 ta mavjud markazni qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan taʼminlash.

2. Sovitish uskunalari ishlab chiqaradigan 100 ta korxona uchun zarur ehtiyot qismlarni sotib olish.

3. OBMni qayta ishlash markazlarining barqarorligini taʼminlash uchun biznes reja ishlab chiqishda koʻmaklashish.

4. Ozon qatlamini yemirish xususiyatiga ega boʻlmagan va global isishga taʼsiri past darajada boʻlgan uskunalarni oʻrnatish, ishlatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish sohasida mutaxassislarning bilimlarini oshirish.

5. Davlat ekologiya qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan sovitish uskunalarini ishlab chiqarish sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash uchun 3 ta markaz tashkil etish.

6. Iqtisodiy oʻtish davridagi mamlakatlardagi ozon ofislari bilan tarmoq almashinuvini taʼminlash va tajriba almashish.

7. Ozon qatlamini yemirish xususiyatiga ega boʻlmagan va global isishga taʼsiri past darajada boʻlgan texnologiyalarni amaliyotga tatbiq qilishda koʻmaklashish.

8. OBM isteʼmolini qayd etuvchi www.report.o3.uz onlayn tizimini qoʻllab-quvvatlash va tashkilotlardan maʼlumot yigʻishda va monitoring olib borishda yordamlashish.

2020 — 2024-yillar davomida

Global ekologik jamgʻarma va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (1,25 mln AQSh dollari),

korxonalar mablagʻlari (1,0 mln AQSh dollari), xususiy sektor (4,2 mln AQSh dollari)

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat

bojxona qoʻmitasi

10.

Maʼlumot almashish va manfaatdor tomonlar oʻrtasida xabardorlikni oshirish.

1. Sohaga oid turli tadbirlarni (seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar) tashkil etish va oʻtkazish, axborot tarqatma materiallarni ishlab chiqish.

2. “Xalqaro Ozon qatlamini muhofaza qilish kuni”ga bagʻishlangan tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etish.

3. Sanoat va moliya tashkilotlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish, shuningdek, resurslarni safarbar qilish uchun sovitish uskunalari ishlab chiqarish sohasida xabardorlikni oshirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish.

2020 — 2024-yillar davomida

Global ekologik jamgʻarma va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (0,32 mln AQSh dollari), xususiy sektor (0,5 mln AQSh dollari)

Davlat ekologiya qoʻmitasi

11.

Sovitish uskunalari va havoni konditsionerlash uskunalarini ishlab chiqarish va ularga xizmat koʻrsatish sohasiga xotin-qizlarni jalb qilish.

1. Xotin-qizlarni mazkur sohaga bosqichma-bosqich jalb qilishni nazarda tutuvchi amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2021-yil iyun

Global ekologik jamgʻarma va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (0,05 mln AQSh dollari), korxonalar mablagʻlari

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

2. Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlash.

2021 — 2025-yillar davomida

V. OBMlarning zarari toʻgʻrisida targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish

12.

OBMdan foydalanishdan bosqichma-bosqich voz kechish, ularni ozon qatlamiga zararsiz va global isish salohiyati past boʻlgan moddalar bilan almashtirish choralarini koʻrishning maqsadlari, amaliy ahamiyati hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng targʻibot va tashviqot ishlarini tashkil etish.

1. OBM va global isish salohiyati yuqori boʻlgan moddalardan foydalanuvchilarni aniqlash boʻyicha xatlovni bosqichma-bosqich amalga oshirish.

2. Xatlov natijasiga koʻra aniqlangan foydalanuvchilarning moliyaviy koʻmagi asosida ularning masʼul xodimlari uchun sohaga taalluqli seminarlar, oʻquv kurslari va davra suhbatlarini tashkil etish yuzasidan har yilgi rejalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish.

3. Olib borilayotgan ishlar natijadorligini teleradiokanallar va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali keng omma eʼtiboriga havola etish.

Har yili

Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Innovatsion rivojlantirish vazirligi, Savdo- sanoat palatasi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

13.

Ozon qatlamini muhofaza qilish sohasida aholining xabardorligini oshirish.

1. Atrof muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish boʻyicha milliy maʼruzalarda ozon qatlamini muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumotlarni muntazam berib borish.

2. OBMdan foydalanish va ularni ozon qatlami uchun xavfsiz boʻlgan turlariga almashtirish boʻyicha olib borilayotgan tadbirlar haqida chiqishlar tashkil etish.

Alohida belgilangan reja asosida

Mablagʻ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 126-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasiga import va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilish ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan mahsulotlar turlari roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1.1.-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.1.

Sovutgichlar, muzlatgichlar va ular uchun moʻljallangan nasos hamda kompressorlar

8414 30, 8414 80 750 0, 8418 10-8418 29 000 0, 8418 50 110 0-8418 50 190 0, 8418 61 00, 8418 69 000 9, 8476 21 000 0, 8476 81 000 0

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1.2.-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.2.

Muzlatgichlar, muzlatish kameralari, bugʻlatgich va kondensatorlar (maishiy sovutgichlarga moʻljallangan bugʻlatgich va kondensatorlardan boshqalari)

8418 30, 8418 40, 8418 61 00, 8418 69 000 9, 8418 99 100 0

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 126-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Ozon qatlamini himoya qilish sohasidagi shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 24-yanvardagi 20-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Hukumat komissiyalarini tuzish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroriga 1-ilovaning 33-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2000-yil, 9-son, 60-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 20-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2005-yil, 34-36-son, 264-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi PF-5012-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-son qarori)” 2017-yil 14-iyuldagi 499-son qaroriga ilovaning 12-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 29-son, 693-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 17-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 46-son, 1134-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga importini va Oʻzbekiston Respublikasidan eksportini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qaroriga 7-ilovaning 1-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/126/0196-son)