Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mahallalarda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik subyektlari bilan aholi oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Mahallabay” ishlash tizimi asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolayotgan va ishsizlik darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda (keyingi oʻrinlarda — “ogʻir” mahalla) tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash hamda tadbirkorlik subyektlari va xonadonlar oʻrtasida iqtisodiy kooperatsiyani kengaytirish maqsadida:
1. Andijon viloyatida 210 ta “ogʻir” mahalla aniqlanganligi hamda ushbu mahallalarda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va xonadonlar oʻrtasida iqtisodiy kooperatsiyani kengaytirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5154-son qaroriga muvofiq 40 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Mahallabay” va “xonadonbay” ishlash asosida “ogʻir” mahallalarda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangicha yondashuvni (keyingi oʻrinlarda — “Andijon tajribasi”) respublikaning boshqa hududlariga ham tatbiq etish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan davlat ulushiga ega boʻlgan tijorat banklariga alohida tasdiqlanadigan taqsimotga asosan 100 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 7 foiz stavkada ajratilsin.
3. Respublika hududlari kesimida “Andijon tajribasi” asosida “mahallabay” ishlash tizimi joriy etiladigan mahallalar soni va ajratiladigan resurs miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bosh vazir oʻrinbosari J. Qoʻchqorov va Markaziy bank raisi M. Nurmuratovga “ogʻir” mahallalarga biriktirilgan “yetakchi” tadbirkorlik subyektlarining haqiqiy talabidan kelib chiqqan holda ajratilayotgan resurslarni tijorat banklari kesimida taqsimlash vakolati berilsin.
4. Belgilansinki:
tijorat banklari tomonidan kreditlar kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish uchun “ogʻir” mahallalarga biriktirilgan “yetakchi” tadbirkorlik subyektlariga 3 yil muddatgacha yillik 10 foiz stavkada bitta mahalla uchun 2 milliard soʻmgacha miqdorda ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari ikki hafta muddatda “Andijon tajribasi” asosida “mahallabay” ishlash tizimi joriy etiladigan “ogʻir” mahallalarning manzilli roʻyxatini Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
6. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-avgust,
PQ-5214-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi PQ-5214-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Andijon tajribasi” asosida “mahallabay” ishlash tizimi joriy etiladigan mahallalar soni va ajratiladigan resurs miqdori
|
Hudud nomi |
Jami mahallalar soni |
“Ogʻir” mahallalar soni |
Ajratiladigan mablagʻ (mln AQSH doll.) | |
|
Jami |
7 838 |
500 |
100 | |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
422 |
38 |
7,6 |
|
2. |
Buxoro viloyati |
544 |
42 |
8,4 |
|
3. |
Jizzax viloyati |
299 |
27 |
5,4 |
|
4. |
Qashqadaryo viloyati |
792 |
52 |
10,4 |
|
5. |
Navoiy viloyati |
307 |
27 |
5,4 |
|
6. |
Namangan viloyati |
777 |
52 |
10,4 |
|
7. |
Samarqand viloyati |
1 114 |
52 |
10,4 |
|
8. |
Surxondaryo viloyati |
721 |
47 |
9,4 |
|
9. |
Sirdaryo viloyati |
236 |
27 |
5,4 |
|
10. |
Toshkent viloyati |
1 050 |
52 |
10,4 |
|
11. |
Fargʻona viloyati |
1 050 |
52 |
10,4 |
|
12. |
Xorazm viloyati |
526 |
32 |
6,4 |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 07/21/5214/0765-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)