Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.07.2002 yildagi 242-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OILADA TIBBIY MADANIYATNI OShIRISh, AYoLLARNING SOG‘LIGINI MUSTAHKAMLASh, SOG‘LOM AVLOD TUG‘ILIShI VA UNI TARBIYALAShNING USTUVOR YO‘NALIShLARINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Ayollar va o‘sib kelayotgan avlod sog‘ligini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 25-yanvardagi 32-son qarorini bajarish yuzasidan hamda aholining tibbiy madaniyatini yanada oshirish, ayollar salomatligini mustahkamlash, bolalar tug‘ilishi va ularni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish, oilada sog‘lom muhit va xotirjamlikni shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sog‘lom avlod, ayollar sog‘ligini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyati darajasini oshirish masalalari bo‘yicha doimiy ishlovchi Hukumat komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor tuzilmalar ishtirokida ishlab chiqilgan Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘ligini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarining maqsadli dasturi ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maqsadli dasturda nazarda tutilgan ayollar va bolalarning sog‘ligini muhofaza qilishni kuchaytirishning quyidagilar asosida kompleks chora-tadbirlarini amalda to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash davlat, jamoat va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar va tuzilmalar, barcha darajalardagi rahbarlarning ustuvor vazifasi etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homilador ayollarga va bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun bolalar va tug‘ishga yordam berish muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan bosqichma-bosqich jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasalliklar belgilarini barvaqt aniqlash hamda o‘smir qizlarni va bola tug‘ish yoshidagi ayollarning ekstragenital kasalliklarini davolash, ayollarning tibbiy ko‘rsatkichlarga zid bo‘lgan istalmagan homiladorligi hollarining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turg‘un muassasalarda kamqonlik kasaliga yo‘liqqan barcha homilador ayollarni temir moddasiga boy preparatlar va dori-darmonlar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning reproduktiv sog‘liq masalalari bo‘yicha bilimlarini va tibbiy madaniyatini oshirish, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olishning, tug‘ishlar o‘rtasidagi maqbul oraliqqa rioya qilishning dolzarbligi masalalarini aholining keng qatlamlariga yetkazish ishlarini tizimli tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning yetakchi klinikalari negizida pediatriya, akusherlik va ginekologiyaning dolzarb masalalari bo‘yicha akusher-ginekologlar, bolalar ginekologlari, pediatrlar, anesteziolog-reanimatologlar va umumiy amaliyot vrachlari malakasini oshirishni tashkil etish, shu jumladan tug‘ishga yordam berish va bolalar muassasalari xodimlarining yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalarida har yilgi tajriba orttirishini tashkil etish hisobiga kadrlar tayyorlashni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va viloyat qon quyish stansiyalarini qon tayyorlash, uni qayta ishlash va saqlash apparatlari bilan jihozlash yo‘li bilan respublikaning gematologiya xizmatini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, mintaqalarning o‘ziga xos shart-sharoitlarini hisobga olgan, mahalliy imkoniyatlardan yuqori darajada foydalangan holda, ma’qullangan Maqsadli dasturda nazarda tutilgan maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan tumanlar bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqsinlar va ularning amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maqsadli dasturni amalga oshirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish va monitoring olib borish Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq tuzilgan sog‘lom avlod, ayollar sog‘ligini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyati darajasini oshirish masalalari bo‘yicha doimiy ishlovchi Hukumat komissiyasi va mintaqaviy komissiyalar zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maqsadli dasturning amalga oshirilishi har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, respublika ommaviy axborot vositalari oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘ligini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini keng yoritishni ta’minlasinlar, turli tuzilmalar va alohida rahbarlar, mutaxassislar va fuqarolarning ijobiy natijalarga erishishdagi roli va hissasini, shuningdek ishlarning ahvoli yuzasidan ularning mas’uliyatini alohida aks ettirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va D.M. G‘ulomova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 5-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
242-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-iyuldagi
242-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/R‎ Tadbirlar nomi‎‎‎‎
Bajarish muddati ‎ Xarajatlar (mln so‘m) ‎ Mablag‘ bilan ta’minlash manbalari‎ Kutilayotgan natija‎ Bajarish uchun mas’ullar‎

I. Aholining reproduktiv salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish‎‎

1.‎ Fertil yoshdagi ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yo‘li bilan reproduktiv salomatligini muhofaza qilish ishlari samaradorligini oshirish:
barcha tumanlar va shaharlarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish muassasalari tomonidan muntazamlilik asosida;
tog‘li, cho‘l va borish qiyin bo‘lgan tumanlarda, shuningdek alohida e’tiborni va ustuvor harakatlar qilish talab etiladigan tumanlarda sog‘liqni saqlash organlarining ko‘chma vrachlik-maslahat brigadalari va “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining tibbiyot-ijtimoiy patronaj brigadalarining kuchi bilan maxsus dastur bo‘yicha. ‎‎
‎‎
2002—2005-yillar‎ 10866,8 shundan: 2002-yilda —214,4

‎2287,9 shu jumladan 30,0 —“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi mablag‘lari ‎
Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida va “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi mablag‘lari‎ Keyinchalik dispanserga joylashtirgan va sog‘lomlashtirgan holda bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash. Chaqaloqlar va onalar kasalligi va o‘limini pasaytirish‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi‎
2.‎ Bolalar ginekologlari tomonidan barcha o‘smir qizlarni majburiy profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish.‎‎
‎‎
2002—2005-yillar‎ 2203,2 shundan: 2002-yilda —550,8‎ Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida va “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi mablag‘lari‎ O‘smir qizlar sog‘lig‘ini yaxshilash‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi‎
3.‎ Quyidagilar:
‎— nikohgacha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tizimi;
‎— yoshlarni sog‘lom oila barpo etishga tayyorlash bo‘yicha FHDY bo‘limlari huzuridagi doimiy ishlovchi o‘quv kurslari ishlarini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish. ‎‎
Har yili‎ 1.5‎ Ajratilgan mablag‘lar doirasida budjet, homiylarning mablag‘lari‎ Yoshlarda sog‘lom oila barpo etish uchun bilimlarni, talab va mas’uliyatni shakllantirish‎ Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, barcha darajalardagi hokimliklar, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi‎
4‎ Tug‘ishga yordam berish muassasalarida turg‘un davolanayotgan kamqonlik kasalligiga duchor bo‘lgan homilador ayollarni temir moddasiga boy preparatlar bilan har yili 100% ta’minlash.‎‎
‎‎
2002—2005-yillar‎ 3200,0 shu jumladan 2002-yilda —800,0 ‎ Jalb etiladigan muruvvat dasturlari doirasida “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi mablag‘lari‎ Temir moddasi taqchilligi holatining oldini olish‎ “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
5.‎ Bandixon, Baxmal, Chiroqchi va Qo‘shrabot tumanlarida �ertil yoshdagi ayollarning reproduktiv salomatligini tibbiy-demografik tadqiq etish.‎‎‎‎
2002-yil‎ 5,0‎ Bajaruvchilarning mablag‘lari‎ Kasalliklarni aniqlash, dispanserga joylashtirish va o‘z vaqtida sifatli sog‘lomlashtirish. Kasalliklarning oldini olish. Ayollarning reproduktiv salomatligini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fan va texnologiyalar markazi, Akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot instituti, “Oila” markazi‎
6.‎ Quyidagi maxsus dasturlarni amalga oshirish yo‘li bilan patronaj qilinayotgan oilalarga yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va emizikli bolalarni parvarish qilish va tarbiyalash bo‘yicha profilaktik va davolash yordami ko‘rsatish:
‎— “O‘n ikki qadam”;
‎— “Betoqat bola”;
‎— “Vazni yengil bola”;
‎— “Yangicha qarash”. ‎‎
‎‎
2002-yil mobaynida‎ 2,5‎ “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining o‘z mablag‘lari va homiylarning mablag‘lari‎ Chaqaloqlar va emizikli bolalar hayotini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish‎ “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi‎
7.‎ Ayniqsa Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax va Namangan viloyatlarida homilador bo‘lishi maqbul bo‘lmagan fertil yoshdagi ayollarni kontratseptiv vositalarning har xil turlari bilan qamrab olinishini kengaytirish (ehtiyojga nisbatan %larda):
‎— bachadon ichki vositalari bilan — 66,7%;
‎— tabletkalar bilan — 10,7%;
‎— inyeksiya bilan — 10%; — baryer bilan — 10%;
‎— jarrohlik — 2,6%. ‎‎
‎‎
2002—2005-yillar‎ 29126,0 shundan: 2002-yilda 6526,0 shu jumladan budjet—455 muruvvat yordami —4616,0 “Dori-darmon” DAU va boshqa dorixona muassasalari —1455‎ Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, xalqaro tashkilotlarning grantlari, “Dori-darmon” DAU va boshqa dorixona muassasalari‎ Onalar va bolalar kasalligi va o‘limini pasaytirish‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
8.‎‏
‎‏
2002—2005-yillarda 1036 qishloq vrachlik punkti tashkil etish (qoloqlikni to‘ldirishni hisobga olgan holda), shu jumladan: 2002—2005-yillar‎ 37000, shu jumladan davlat budjeti hisobiga 20000, 2002-yilda — 9400, shu jumladan budjet hisobiga —. 5000‎ Viloyatlar budjetlari mablag‘lari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va homiylarning mablag‘lari‎ Qishloq aholisi shart-sharoitlarini yaxshilash va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari‎
Yillar ‎ Ulardan yangi qurilish hisobiga ‎ Hammasi‎
2002-y.
‎2003-y.
‎2004-y.
‎2005-y. ‎
171
‎207
‎233
‎219 ‎
296
‎271
‎250
‎219 ‎
9.‎ Barcha mahallalarda sport komplekslari qurishni tashkil etish, shu jumladan:
‎2002-y. — 1070 ta;
‎2003-y. — 1110ta;
‎2004-y. — 1050 ta;
‎2005-y. — 1050 ta
‎(yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan qolgan 2100 mahallada sport komplekslari barpo etilgan). ‎‎
‎‎
2002—2005-yillar‎ 3210,0 shu jumladan 2002-yilda —802,0‎ Bajaruvchilar va homiylarning mablag‘lari‎ Mahallalarda sport—sog‘lomlashtirish ishlarini rivojlantirish, bolalar va yoshlarning jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni yaxshilash‎ “Mahalla” jamg‘arm�si, Qoraqalp�g‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari‎
10.‎ “Sog‘lom avlod uchun” sovrini uchun qizlar o‘rtasida sport musobaqalari, shu jumladan tennis va badiiy gimnastika musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish.‎‎
‎‎
Har yili‎ 16,0

‎shu jumladan 2002-yilda — 4,0 ‎
“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi o‘z mablag‘lari va homiylarning mablag‘lari‎ Qizlarning jismoniy rivojlanishini yaxshilash‎ “Sog‘lom avlod uchun jamg‘armasi, Davlat sport qo‘mitasi, MOQ, Badiiy gimnastika federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari‎
11.‎ Uzluksiz sport musobaqalari tizimida qatnashuvchi bolalar, yigitlar va qizlarning salomatligi monitoringini olib borish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish.‎‎
‎‎
Ishlab chiqish —2002-yilning III choragi, joriy etish —2002-yilning IV choragi.‎ 0,8‎ Bajaruvchilarning mablag‘i‎ O‘quvchi yoshlarning salomatligi ustidan muntazam kompleks nazorat olib borish. Sog‘lom avlodni shakllantirish‎ Davlat sport qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi‎

II. “Ona va bola skriningi” chaqaloqlar va homilador ayollardagi tug‘ma va avloddan avlodga o‘tuvchi patologiyani erta aniqlash davlat tizimini yanada rivojlantirish‎‎

12.‎ Tug‘ma gipotireoz (TG), fenilketonuriya neonatal skrining va mukovissidoz galaktozemiyaga selektiv skrining o‘tkazish.‎‎
‎‎
2003—2007-yillar‎ —‎ Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida‎ TG va FKU, mukovissidoz va galaktozemiyadan bolalar nogironligini pasaytirish‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
13.‎ Skrining o‘tkazish bo‘yicha biomaterial olish uchun maxsus filtrlangan qog‘ozli blankalar bilan ta’minlash.‎‎
‎‎
2003—2007-yillar‎ 279,5 ming AQSh dollari (2795 to‘plam), shu jumladan 2003-yilda — 44,5 ming AQSh dollari

‎2,0 ming AQSh dollari (20 to‘plam), shu jumladan 2003-yilda — 0,5 ming AQSh dollari ‎
Budjet mablag‘lari





‎“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lari ‎
TG va FKU, mukovissidoz va galaktozemiyadan bolalar nogironligini pasaytirish‎ “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi‎
14.‎ Skrining tadqiqotlari o‘tkazish uchun reagentlar bilan ta’minlash (VG, FKU, mukovissidoz, galaktozemiyaga).‎‎
‎‎
2003—2007-yillar‎ 4791,3 ming AQSh dollari (4691 to‘plam), shu jumladan 2003-yilda —762,8 ming AQSh dollari

‎161,9 ming AQSh dollari (158 to‘plam), shu jumladan 2003-yilda — 9,9 ming AQSh dollari ‎
Budjet mablag‘lari





‎“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lari ‎
TG va FKU, mukovissidoz va galaktozemiyadan bolalar nogironligini pasaytirish‎ “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi ‎
15.‎ Navoiy va Urganch shaharlarida skrining markazlari tashkil etish.‎‎
‎‎
2003-yil II chorak‎ — ‎ Hokimliklar, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi mablag‘lari‎ Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar tug‘ilishining oldini olish‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi‎
16.‎ Tug‘ma gipotireoz, fenilketonuriya, mukovissidoz va galaktozemiyali bolalarni bepul shifobaxsh ovqat va preparatlar bilan ta’minlash.‎‎
‎‎
2003—2007-yillar‎ 660,0 ming AQSh dollari (11905 o‘ram va 21446 banka), shu jumladan 2003-yilda — 11,7 ming AQSh dollari

‎102,0 ming AQSh dollari, shu jumladan 2003-yilda — 20,0 ming AQSh dollari ‎
Budjet mablag‘lari






‎“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lari ‎
Ularning nogiron bo‘lishning oldini olish maqsadida FKV, TG, mukovissidoz, galaktozemiya bilan kasallangan bolalarni davolash‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi‎
17.‎ Skrining markazlarini ultratovush skanyerlari bilan jihozlash (12 ta).


‎‎Nukus shahridagi skrining markazini homilaning xromosoma kasalligiga, nerv trubkalari nuqsoniga va avloddan avlodga o‘tadigan kasalliklariga perinatal skrining o‘tkazish uchun “Viktor” biokimyo analizatori bilan jihozlash.‎‎
‎‎
2003-yildan boshlab ‎ 1200 ming AQSh dollari









‎270,0 ming AQSh dollari ‎
Sog‘liqni saqlash sohasiga jalb etiladigan xorijiy kreditlarni qayta taqsimlash hisobiga
‎“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lari ‎
Tug‘ma bolalar nogironligi va o‘limini pasaytirish ‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi





‎“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi ‎
18.‎ Perinatal skrini�g o‘tkazish uchun reaktivlar va sarflash materiallari bilan ta’minlash.‎‎
‎‎
2003—2007-yillar ‎ 1505,0 ming AQSh dollari (2200 to‘plam), shu jumladan 2003-yilda — 278,4 ming AQSh dollari

‎24,2 ming AQSh dollari (35 to‘plam), shu jumladan 2003-yilda — 6,0 ming AQSh dollari ‎
Budjet mablag‘lari







‎‎“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lari ‎
Nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish ‎ “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi ‎
19.‎ O‘ziga xos xususiyatli yuqumli kasalliklarni (TORCN) aniqlash uchun xavfli guruhga kiruvchi ayollarni skrining tekshirish uchun reaktivlar va sarflash materiallari bilan ta’minlash.‎‎
‎‎
2003—2007-yillar‎ 159,8 ming AQSh dollari (750 to‘plam), shu jumladan 2003-yilda —32,0 ming AQSh dollari‎ Budjet mablag‘lari‎ Bolalar nogironligi va o‘limini pasaytirish‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi‎
20.‎ Avloddan avlodga o‘tuvchi patologiyali va rivojlanishida tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish.‎‎
‎‎
2003-yildan boshlab‎ — ‎ Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida‎ Statistika hisobotini joriy etish‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
21.‎ Avloddan avlodga o‘tuvchi kasalliklar va rivojlanishidagi tug‘ma nuqsonlar bo‘yicha ma’lumotlar bankini tashkil etish.‎‎
‎‎
2003-yildan boshlab‎ — ‎ Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida‎ Statistika hisobotini joriy etish‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
22.‎ Davlat genetik registrini tashkil etish uchun skrining markazlarini telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlash.‎‎
‎‎
2003-yil‎ 206,5 ming AQSh dollari (11 komplekt), shu jumladan 2003-yilda — 16,2 ming AQSh dollari‎ “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lari‎ Avloddan avlodga o‘tuvchi va tug‘ma patologiya davlat registrini tashkil etish uchun shart—sharoitlar yaratish‎ “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi‎
23.‎ Avloddan avlodga o‘tuvchi patologiyali bolalar uchun metabolik buzilishni tuzatish bo‘limlari tashkil etish.‎‎
‎‎
2003—2007-yillar‎ — ‎ Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida ‎ Avloddan avlodga o‘tuvchi almashinuvchi kasalliklardan bolalar nogironligi va o‘limining oldini olish‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi ‎
24.‎ Respublika skrining markazini butlovchi materiallari bo‘lgan tandem mass—spektrometr bilan jihozlash.‎‎
‎‎
2005-yildan boshlab ‎ 825,0 ming AQSh dollari ‎ “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lari ‎ Avloddan avlodga o‘tuvchi va almashib turadigan kasalliklar tashxisi ‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi ‎

III. Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, mutaxassislarning malakasini va reproduktiv sog‘liqni muhofaza qilish sohasida aholi bilimlari darajasini oshirish, tibbiy ma�aniyatni yaxshilash‎‎

25.‎ Umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari va akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitishning 2-3 yillarida tibbiyot sohasidagi mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladigan “Sog‘lom turmush tarzi asoslari va oila” mavzusi bo‘yicha maxsus fakultativ kursning 16 soatlik o‘quv dasturini ishlab chiqish va joriy etish.‎‎
‎‎
2002-yil 1-avgustgacha ishlab chiqish, 2002—2003 o‘quv yilidan boshlab o‘quv dasturiga kiritish‎ 6,5 ‎ Budjet mablag‘lari doirasida ‎ O‘smirlar va yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish ‎ Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi‎
26.‎ Reproduktiv sog‘liq, sog‘lom oilani shakllantirish va tibbiy madaniyat masalalari bo‘yicha respublika oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning uchinchi yilida talabalarning tibbiy tayyorgarligi kurslarini joriy etish. ‎‎
‎‎
2002-2003 o‘quv yilidan boshlab ‎ Budjet mablag‘lari doirasida ‎ Oliy o‘quv yurtlari talabalarining reproduktiv sog‘liq va sog‘lom oilani shakllantirish masalalari bo‘yicha bilimini oshirish ‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‎
27.‎ Reproduktiv sog‘liq, sog‘lom turmush tarzini yuritish va sog‘lom oilani shakllantirish masalalarida armiyada va militsiyada xizmat qiluvchi o‘rta va oliy o‘quv yurtlari kursantlarining tibbiy bilimlari va madaniyatini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.‎‎
‎‎
2002—2005-yillar‎ Hammasi 6,0, undan 2002-yilda —1,5 ‎ Bajaruvchilar va homiylarning mablag‘lari ‎ Oila a’zolarining reproduktiv sog‘lig‘i uchun erkaklarning bi�imlari va mas’uliyatini oshirish ‎ Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston reproduktiv salomatlik uyushmasi ‎
28.‎ Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarida tinglovchilarni reproduktiv salomatlik va tibbiy madaniyat asoslariga o‘qitish bo‘yicha 4 soatlik kurslar joriy etish.‎‎
‎‎
2002—2005-yillar ‎ 11,0 undan 2002-yilda — 2,75 ‎ Bajaruvchilarning budjet mablag‘lari doirasida ‎ Xalq ta’limi xodimlarining tibbiy bilimlarini oshirish‎ Xalq ta’limi vazirligi, Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti‎
29.‎ Har yili magistratura orqali 20 nafar akusher-ginekolog, 10 nafardan anesteziolog-reanimatolog va neonatolog tayyorlash. ‎
‎‎
2002-2003 o‘quv yilidan boshlab‎ 10,4‎ Budjet mablag‘lari (grant —4,16; kontrakt —6,24)‎ Tug‘ilish yuqori bo‘lgan mintaqalarda akusher-ginekolog vrachlar, bolalar ginekologlari, anesteziologlar—reanimatologlar bilan ta’minlanganlikni yaxshilash‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30.‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
Akusher-ginekologlar (3458), bolalar ginekologlari (200), pediatrlar (7019), anesteziologlar-reanimatologlar (750) va pediatriya va akusherlik-ginekologiya bo‘yicha umumiy amaliyot vrachlari (1349), shu jumladan chet el klinikalarida har yili 50 nafardan akusher-ginekologlar va 50 nafardan pediatrlar malakasini uzluksiz oshirishni ta’minlash.‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
2002—2005-yillar‎ Hammasi 431,2 shundan 2002-yilda — 107,8‎ Budjet mablag‘lari doirasida‎ Akusher-ginekologlar, pediatrlar va sog‘liqni saqlash boshlang‘ich bo‘g‘ini vrachlari (umumiy amaliyot vrachlari) malakasini oshirish‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining malaka oshirish fakultetlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar‎
2002‎ 2003‎ 2004‎ 2005‎
Akusher-ginekologlar‎ 842 902 692 1022
Pediatrlar‎ 1641 1750 1859 1969
Umumiy amaliyot vrachlari‎ 293 323 352 381
31.‎ Har yili tibbiy-genetika xizmati uchun kadrlar tayyorlash (2003-yil — 22 kishi, 2004-yil — 22 kishi, 2005-yil — 8 kishi, 2006-yil — 4 kishi, 2007-yil — 4 kishi.) Shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda 5 yilda 34 mutaxassis.‎‎ 2003—2007-yillar‎ “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lari ‎ Mutaxassislar malakasini oshirish‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32.‎ Tibbiyot xodimlari uchun reproduktiv salomatlik va sog‘lom oilani shakllantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha respublika, viloyat ilmiy-amaliy konferensiyalarini, seminarlarini muntazam o‘tkazish.‎‎ 2002-yil 3,0 ‎ Homiylar mablag‘lari‎ Tibbiyot xodimlarining reproduktiv salomatlikning dolzarb masalalari bo‘yicha bilim darajasini oshirish‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, VOZ, YUNFPA, YUNISEF, YuSAID, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
33.‎ Toshkent shahrida va mintaqaviy markazlarda teleradio jurnalistlar uchun, kamida 40 kishini qamrab olgan holda yosh oilalar, qizlar va ayollarning reproduktiv salomatligi va tibbiy madaniyati masalalari bo‘yicha har yili turkum seminarlar‎‎ 2002—2005-yillar‎ 0,1‎ Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida‎ Reproduktiv salomatlik masalalari bo‘yicha teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar sifatini yaxshilash‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi‎
34.‎ Islom Universitetida, har yili 400 kishini qamragan holda, imom-xatiblar malakasini oshirish kurslarida reproduktiv salomatlik va sog‘lom oilani shakllantirish asoslarini o‘qitish.‎‎ 2002—2005-yillar‎ 0,1‎ O‘zbekiston musulmonlari idorasi mablag‘i‎ Reproduktiv salomatlik va sog‘lom oilani shakllantirish masalalari bo‘yicha imom-xatiblarning bilimlarini oshirish‎ Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent Islom Universiteti‎
35.‎ Reproduktiv salomatlik va sog‘lom oilani shakllantirish masalalarini keng yoritish bo‘yicha teleko‘rsatuvlar va radio-eshittirishlarni tayyorlash va amalga oshirish uchun “O‘zteleradio” kompaniyasi va respublika mintaqalaridagi teleradiokompaniyalar huzurida doimiy ishlaydigan maxsus ijodiy guruhlar tashkil etish.‎‎ 2002—2005-yillarda muntazam ravishda‎ —‎ Bajaruvchilarga ajratilgan budjet mablag‘lari‎ Aholi o‘rtasida ma’rifiy ishlarni yaxshilash‎ “O‘zteleradio” kompaniyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, “Maxalla” jamg‘armasi‎
36.‎ Har bir o‘quv yurtida va mahallalarda sog‘liqni saqlash va ZAGSlar xodimlari ishtirokida quyidagi mavzularda muntazam ravishda seminarlar, kechalar va uchrashuvlar tayyorlash va o‘tkazish:
‎— “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish”;
‎— “Yosh va keksa, tez-tez va ko‘p tuqqan ayollarning noxush homiladorligining oldini olish”;
‎— “Tug‘ruqlar orasidagi maqbul oraliqqa rioya etish zaruriyati”;
‎— “Homila oldirish profilaktikasi”;
‎— “Kontratseptivlarning zamonaviy turlari” va hokazo
2002—2005-yillar‎ Hammasi 21,7 shundan 2002-yilda — 5,4‎ Bajaruvchilar mablag‘i‎ Qizlar, ayollar, erkaklar va yosh oilalarning maqbul tarkibli oilani shakllantirish, tug‘ma nuqsonli bolalar tug‘ilishining oldini olish, homila oldirishni kamaytirish masalalari bo‘yicha bilimlarini va tibbiy madaniyatini oshirish‎ Xalq ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla”, “Ibn Sino”, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armalari, Salomatlik instituti, O‘zbekiston reproduktiv salomatlik uyushmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, YUNISEF‎
37.‎ Texnika vositalaridan foydalanilgan holda, kechki vaqtlarda reproduktiv salomatlik, oilaning tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom bolalar tug‘ish va ularni tarbiyalashning dolzarb masalalari bo‘yicha maxsus ma’rifiy teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tayyorlash hamda muntazam ravishda (har oyda 2-marta) amalga oshirish;
‎— ko‘rsatuvlar va eshittirishlar mavzularini va ssenariylarini ishlab chiqish;
‎— qisqa metrajli va multfilmlar, radioinssenirovkalar tayyorlash;
‎— mutaxassis shifokorlar, namunali oilalar, maxalla, ta’lim muassasalari va jamoat tashkilotlari vakillari chiqishlarini tayyorlash va o‘tkazish. ‎‎
2002—2005-yillar‎ 85,0 ming AQSh dollari, shundan 2002-yilda —21,0 ming AQSh dollari‎ Bajaruvchilar va homiylar mablag‘i‎ Sog‘lom oilaviy munosabatlarni targ‘ib qilish, aholining bilim darajasini oshirish‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zbekkino”, “O‘zteleradio” kompaniyalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, “Mahalla”, “Ibn Sino” jamg‘armalari xalqaro tashkilotlar ishtirokida‎
38.‎ Imom-xatiblar tomonidan aholi o‘rtasida sog‘lom bola tug‘ish, chaqaloqni emizish, tug‘ruqlar orasidagi oraliqqa rioya qilish, qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarning salbiy oqibatlari masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borishni tavsiya etish.‎‎ Doimo‎ 0,1‎ O‘zbekiston musulmonlari idorasi mablag‘i‎ Reproduktiv salomatlik va sog‘lom oilani shakllantirish masalalari bo‘yicha erkaklarning bilimlarini oshirish‎ Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Mahalla” jamg‘armasi‎
39.‎ Shifokorlar uchun reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish va sog‘lom oilani shakllantirish bo‘yicha metodik adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish.‎‎ 2002-yil‎ 35,0 ming AQSh dollari‎ YUNFPA mablag‘lari‎ Shifokorlarning reproduktiv salomatlik bo‘yicha bilimlarini oshirish‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, YUNFPA‎
40.‎ O‘smirlar, yoshlar va ota-onalar uchun reproduktiv salomatlik, sog‘lom oilani shakllantirish va sog‘lom turmush tarzini yuritish masalalari bo‘yicha bukletlar, savol va javoblar to‘plamlari, esdaliklar, plakatlar tarzidagi tavsiyanomalar turkumlarini va boshqa ko‘rgazmali axborot materiallarini ishlab chiqish va nashr etish.‎‎ Har yili‎ Hammasi 253,3 shundan 2002-yilda — 63
‎10,0 ming AQSh dollari
Bajaruvchilar, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, YUNFPA va boshqa homiylar mablag‘lari‎ Sog‘lom oilani shakllantirish va reproduktiv salomatlik masalalari bo‘yicha aholining tibbiy bilimlarini oshirish‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Sog‘lom avlod uchun”, “Ibn Sino”, “Bolalar” jamg‘armalari xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda‎
41.‎ “Sog‘lom oila”, “Ibratli ona”, “Ibratli ota” unvoni uchun tanlovlarni muntazam ravishda tayyorlash va o‘tkazish.‎‎ Har yili‎ 0,2‎ Bajaruvchilar va homiylar mablag‘i‎ Sog‘lom va bilimdon bolalar o‘stirgan ibratli oilalarni targ‘ib qilish‎ Xotin-qizlar qo‘mitasi. “Mahalla” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

‎‎IV. Ayollarning reproduktiv salomatligini, bola tug‘ish va tarbiyalashni yaxshilash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish

42.‎ Xalqaro tashkilotlar bilan quyidagilar bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish:
‎— xavfsiz onalik;
‎— chaqaloqni emizishni rag‘batlantirish va targ‘ib qilish;
‎— bolalar kasalliklarini birgalikda davolash;
‎— reproduktiv salomatlikni yaxshilash
2002—2004-yillar‎ 8000,0 ming AQSh dollari, shu jumladan 2002-yilda —2000,0 ming AQSh dollari‎ Homiylar mablag‘lari‎ Chaqaloqlar va onalar kasalliklari va o‘limini kamaytirish‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, VOZ, “Ibn Sino” jamg‘armasi, YUNFPA, YUNISEF, YuSAID, YUNESKO‎
43.‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida fertil yoshdagi ayollar anemiyasi profilaktikasi bo‘yicha YUNISEF bilan birgalikda qo‘shma dasturni amalga oshirish.‎‎ 2002-yil‎ 465,7 ming AQSh dollari‎ YUNISEF mablag‘i‎ Ayollardagi anemiya profilaktikasi‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ginekologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti, YUNISEF‎
44.‎ Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda “O‘tish davridagi Osiyo mamlakatlarida kam ta’minlangan onalar va bolalar uchun ovqatlanishni yaxshilash” KETA 9005 dasturini amalga oshirish.‎‎ 2002-yil‎ 1200 ming AQSh dollari‎ Osiyo taraqqiyot banki mablag‘i‎ Temir va yod moddalari yetishmasligi holatlari rivojlanishi profilaktikasi‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Osiyo taraqqiyot banki‎
45.‎ “AmeriKers”, “Kaunterpart interneyshnl”, “Siti Xoup”, “Bristol Mayers Skvib” va boshqa Amerika xayriya tashkilotlarining zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar, dori-darmonlar va tibbiy buyumlardan iborat muruvvat yordamini jalb eti�.‎‎ 2002-yil‎ 3,0
‎5150 ming AQSh dollari‎
“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi va uning sheriklari mablag‘lari‎ Sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash‎ “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi‎
46.‎ Fertil yoshdagi ayollarga yodli preparatlar bilan muruvvat yordami ko‘rsatish.‎‎ 2002-yil‎ 60 ming AQSh dollari‎ Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi va “Merk” firmasi mablag‘lari‎ Endokrin kasalliklarining oldini olish‎ “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi‎
47.‎ Skrining markazlari uchun reagent to‘plamlari va fenilketonuriya (FKU) bilan kasallangan bemorlar uchun maxsus bolalar ovqatlari sotib olish. 2002-yil‎ 1620 ming AQSh dollari 140 ming AQSh dollari ‎ Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi mablag‘lari‎ Tug‘ma kasalliklarning oldini olish va barvaqt profilaktikasi‎ “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi‎

V. Bolalar va tug‘ruqqa yordam berish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

48.‎ Bolalar va tug‘ruqqa yordam berish muassasalarini tibbiy asbob—anjomlar va apparatlar bilan jihozlash. 2002—2004-yillar‎ 30940 ming AQSh dollari‎ Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli krediti‎ Bolalarga, homiladorlarga, yaqinda tug‘adigan xotinlarga va endigina tuqqan xotinlarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xalqaro moliya tashkilotlari‎
49.‎ Qishloq vrachlik punktlarini Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) loyihalari bo‘yicha tibbiy asbob-anjomlar bilan jihozlash: 1. “Salomatlik—1” ‎‎ 2002-yil‎ 8 020 ming AQSh dollari‎ XTTB kreditlari‎ Qishloq aholisiga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
Viloyatlar nomi‎ QVPlar soni‎ Summa (ming AQSh dollari) ‎
Farg‘ona‎ 138‎ 2740‎
Sirdaryo‎ 26‎ 520‎
Navoiy‎ 49‎ 976‎
Xorazm* 95‎ 1884‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi* 96‎ 1900‎
Jami‎ 404‎ 8020‎
2. “Salomatlik—2”‎‎ 2003—2007-yillar‎ 40 000 ming AQSh dollari‎ XTTB kreditlari‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎ 31‎ 561‎
Andijon‎ 351‎ 6353‎
Buxoro‎ 327‎ 5919‎
Jizzax‎ 158‎ 2860‎
Qashqadaryo‎ 190‎ 3439‎
Navoiy‎ 38‎ 688‎
Namangan‎ 215‎ 3891‎
Samarqand‎ 384‎ 6950‎
Surxondaryo‎ 185‎ 3348‎
Sirdaryo‎ 57‎ 1049‎
Toshkent‎ 223‎ 4036‎
Xorazm‎ 51‎ 923‎
Jami‎ 2210‎ 40000‎
50.‎ Akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot institutining Namangan, Jizzax va Qarshi shaharlaridagi filiallarida mukammal ta’mirlashni tugallash.‎‎ 2002-yil III chorak‎ 16,7 ‎ Ajratilgan budjet mablag‘lari va Qashqadaryo, Namangan, Jizzax viloyatlari hokimliklarining jalb etilgan mablag‘lari doirasida‎ Tug‘ruqqa yordam berish muassasalari sharoitlarini va ayollarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash‎ Qashqadaryo, Namangan, Jizzax viloyatlari hokimliklari‎
51.‎ Akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot institutini hamda uning filiallarini zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar va apparatlar bilan jihozlash.‎‎ 2002—2004-yillar ‎ 7 300 ming AQSh dollari ‎ Sog‘liqni saqlash sohasiga jalb etiladigan xorijiy kreditlarni qayta taqsimlash hisobiga ‎ Homilador, yaqinda tug‘adigan va endigina tuqqan ayollarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish ‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xalqaro moliya tashkilotlari ‎
52.‎ Qizlar va o‘smir qizlar reproduktiv salomatligi respublika markazini zarur audio-vizual apparatlar, o‘quv-metodik materiallar bilan jihozlash. 2002-yil ‎ 5 ming AQSh dollari ‎ YUNFPA mablag‘i ‎ Tinglovchilarni o‘qitish sifatini oshirish, qizlarga va o‘smir qizlarga maslahat berish va davolash yordami ko‘rsatishni yaxshilash ‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi YUNFPA bilan birgalikda‎
53.‎ Reproduktiv salomatlik respublika markazining o‘quv-klinika bo‘linmalarini tashkil etish va ularni tibbiy asbob-anjomlar bilan jihozlash.‎‎ 2002-yil‎ 30 ming AQSh dollari‎ YUNFPA mablag‘i‎ Tinglovchilarni o‘qitish sifatini oshirish ‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi YUNFPA bilan birgalikda‎
54.‎ Mintaqaviy skrining markazlarini, shuningdek Navoiy, Sirdaryo, Jizzax va Xorazm viloyatlari SES laboratoriyalarini homilador ayollarning xavfli guruhlarida TORCN yuqumi bo‘yicha tashxis qilish uchun hisoblangan ehtiyojidan kelib chiqqan holda reagentlar va sarflanadigan materiallar bilan ta’minlash. ‎‎ 2002—2004-yillar ‎ 500,0 shu jumladan 2002-yilda 125,0 ‎ Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida ‎ TORCN yuqumini aniqlash, rivojlanish anomaliyasi bilan tug‘ilgan bolalarni profilaktika qilish ‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
VI. Respublika gematologiya xizmatini rivojlantirish
55.‎ Quyidagilar bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
‎— respublikada qon xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish, bunda Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutini Gematologiya va transfuziologiya ilmiy markaziga aylantirishni, shifoxona muassasalarining qon quyish bo‘limlarini viloyat qon quyish stansiyalari tayanch punktlariga aylantirishni nazarda tutish;
‎— “Qon odamlar xizmatida” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasini tashkil etish. ‎‎
Ishlab chiqish —2002-yilning III-IV choragida ‎ Bajaruvchilar mablag‘i ‎ Gematologiya va transfuziologiya xizmatini takomillashtirish, uning tomonidan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish va turlarini kengaytirish ‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Qizil Yarim oy jamiyati, “Mahalla” jamg‘armasi‎
56.‎ Aholi o‘rtasida radio, televideniye, ommaviy axborot vositalari orqali, mahallalarda, oliy o‘quv yurtlarida, korxona va tashkilotlarda bevosita aholi bilan ma’rifiy ishlarning boshqa usullari vositasida beg‘araz donorlikni targ‘ib qilish.‎‎ Doimo ‎ — ‎ Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti, hukumatga qarashli bo‘lmagan jamg‘armalar va boshqa homiylar mablag‘i ‎ Aholining donorlik masalalari bo‘yicha bilimlarini oshirish, aholi o‘rtasida beg‘araz donorlikni muntazam ravishda targ‘ib qilish ‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, “O‘zbektelefilm”, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Qizil Yarim oy jamiyati, “Mahalla”, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armalari, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati va boshqalar‎
57.‎ Mintaqaviy qon banklari (qon va ilik ko‘michi hujayralarini uzoq muddat saqlash bo‘limlari) tashkil etish:
‎1. Toshkent shahrida Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun — 10 ming doza;
‎2. Farg‘ona shahrida Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari uchun — 5 ming doza;
‎3. Samarqand shahrida Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari uchun — 5 ming doza;
‎4. Buxoro shahrida Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun — 5 ming doza. ‎‎
2003—2004-yillar ‎ 45,0 230 ming AQSh dollari ‎ Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli krediti ‎ Qon komponentlarini, autotransfuziyani uzoq muddat saqlash uchun sharoitlar yaratish, favqulodda vaziyatlarda qon komponentlarining zarur miqdorda mavjud bo‘lishini ta’minlash ‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
58.‎ Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi qon quyish stansiyalarida plazmadonorlikni kengaytirish, shuningdek respublika bo‘yicha:
‎— 2003-yilda — 137 tonna;
‎— 2004-yilda — 158 tonna;
‎— 2005-yilda — 180 tonna
‎qon tayyorlanishini ta’minlash uchun test—diagnostikumlar, bir marta foydalaniladigan sistemalar va plastikat idishlar (qon olish va quyish uchun gemokonlar, kompoplastlar, sistemalar) sotib olish va qon xizmatini ular bilan ta’minlash. ‎‎
2003—2005-yillar ‎ 2 850 ming AQSh dollari ‎ Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli krediti ‎ Qon xavfsizligini ta’minlash, qon komponentlaridan oqilona foydalanish va donorlikni bir maromda rivojlantirish ‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi ‎
59.‎ Respublika va viloyatlarning qon quyish stansiyalarini va gematologiya markazlarini zarur tibbiy texnika va apparatlar bilan jihozlash. ‎‎ 2003—2005-yillar ‎ 89,1 5 070 ming AQSh dollari ‎ Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli krediti ‎ Tayyorlanayotgan qon komponentlari va preparatlari miqdorini ko‘paytirish ‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi ‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60.‎ Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining gematologiya va transfuziologiya kafedralari, Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti klinikasi bazasida gematologlar (207), transfuziologlar (126), laborantlar (28) tayyorlash va ularning malakasini uzluksiz oshirishni ta’minlash. 2002—2005-yillar‎ 60,0‎ Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutining budjetdan tashqari mablag‘i‎ Gematologlar, transfuziologlar, vrach-laborantlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish. Davolash-profilaktika muassasalarida qon xavfsizligini ta’minlash. Zamonaviy usullarni qo‘llagan holda zarur miqdorda qon plazmasi va preparatlari ishlab chiqarish ‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi ‎
2003‎ 2004‎ 2005‎
Gematologlar‎ 69‎ 72‎ 66‎
Trayasfuziologlar‎ 37‎ 39‎ 30‎
Laborantlar‎ 9‎ 10‎ 9‎
‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti uchun Oklaxoma-Siti (AQSh) shtatidagi Qon markazida:
‎ gemoblastaz bilan kasallangan bemorlarni tana hujayralarini ko‘chirib o‘tkazish usuli bilan davolash bo‘yicha;
‎qon xizmatini tashkil etishni va mablag‘ bilan ta’minlashni, qon xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy usullarni qo‘llagan holda qon plazmalari va preparatlari ishlab chiqarish metodlarini o‘rganish bo‘yicha quyidagi kadrlarni tayyorlash:
Chet elda malaka oshirish‎‎
Gematologlar‎ 3‎ 3‎ 3‎
Transfuziologlar‎ 4‎ 4‎ 4‎
Laborantlar‎ 3‎ 3‎ 3‎
61.‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qon quyish stansiyalarini maxsus avtotransportlar (14 ta “Otayo‘l” avtobusi, 14 ta “Damas” mikroavtobusi va 4 ta yuk mashinasi) bilan ta’minlash.‎‎ 2003—2005-yillar‎ 910 ming AQSh dollari‎ Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli krediti‎ Qatnash sharoitlarida qon tayyorlashni ta’minlash, tayyorlanayotgan qon miqdorini ko‘paytirish va qon xavfsizligi kafolatini oshirish‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
62.‎ Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutining qon quyish stansiyasi binosini rekonstruksiya qilish.‎‎ 2004-2005-yillar‎ 1180‎ Investitsiya dasturida nazarda tutilgan davlat budjeti mablag‘i‎ Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutining qon quyish stansiyasi sharoitlarini hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Jahon banki missiyasining tavsiyasiga ko‘ra “Salomatlik” loyihasini amalga oshirish doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati qishloq vrachlik punktlarini asbob-uskunalar bilan jihozlash tavsiya qilingan.