1-ILOVA
| T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
| I. Respublika hududlarida auditorlik faoliyati sohasida mutaxassislar tayyorlash, auditorlar malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini o‘tkazish va auditorlarning malakasini oshirishning ilg‘or usullarini joriy qilish | ||||
| 1. | Auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlarida tashkil etish maqsadida auditorlarning jamoat birlashmalarining hududiy tarmog‘ini rivojlantirish. | 1. Auditorlarning jamoat birlashmalarining filiallari va imtihon markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. 2. Respublika hududlarida auditorlarni o‘qishi va malaka oshirishini ta’minlaydigan maxsus elektron o‘quv platformasini ishlab chiqish va uning talab darajasida ishlashini ta’minlash. 3. Zarur hollarda, hududlarda auditorlarning jamoat birlashmalarining qo‘shimcha filiallarini tashkil etish. | 2021-2022-yillar | Moliya vazirligi (T. Ishmetov), auditorlarning jamoat birlashmalari |
| 2 | Tasdiqlangan jadvalga muvofiq pedagog kadrlarni auditning xalqaro standartlari (keyingi o‘rinlarda-AXS) sohasida masofaviy o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil oktabr | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalari, auditorlarning jamoat birlashmalari |
| 3. | Xalqaro tashkilotlarning AXS sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish asosida “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va fan dasturlarini qayta ko‘rib chiqish. | 1. AXS bo‘yicha xalqaro professional sertifikatlashtirish dasturlariga mos keladigan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish; 2. AXSni chuqur o‘rganish, uni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutuvchi “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha yangilangan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va ta’lim jarayoniga joriy qilish. | 2022-yil avgust | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalar, auditorlarning jamoat birlashmalari |
| 4. | Xalqaro standartlar asosida auditorlarni imtihondan o‘tkazish va sertifikatlash hamda auditorlar malakasini oshirishning, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutadigan zamonaviy tizimini yaratish: auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini o‘tkazish; xalqaro modulli onlayn tizimlar negizida auditorning va soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini joriy qilish va keyinchalik uni respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etish; auditorlarning masofadan turib malaka oshirishdan o‘tishi hamda ushbu jarayonni monitoring qilish imkoniyatini o‘z ichiga olgan, xalqaro ta’lim standartlari asosidagi auditorlarning malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Moliya vazirligi (T. Ishmetov), auditorlarning jamoat birlashmalari |
| 5. | Quyidagilarni amalga oshirish maqsadida Moliya vazirligining auditorlar jamoat birlashmalari bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish: rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasi asosida auditorlarni sertifikatlashning imtihonlar o‘tkazish va natijalarni baholashning shaffofligini ta’minlaydigan, samarali tizimini joriy etish; malaka imtihonlarini tayyorlash va o‘tkazishda texnik va uslubiy yordam ko‘rsatish; auditorlarning malaka imtihonlari, malaka oshirishi natijalari bo‘yicha axborot hamkorligi, auditorlik faoliyatining tashqi sifat nazorati. | 1. Auditorlarning jamoat birlashmalari bilan bitimlar tuzish 2. Auditorlik malaka sertifikatini olishga talabgorlarning kelgusida malaka imtihonlarida ishtirok etishi uchun Moliya vazirligi tomonidan ularning hujjatlarini taqdim etish. 3. Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar auditor malaka imtihoniga ruxsat olish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqqanlik uchun talabgorlar to‘lagan yig‘imlar summasini qaytarib o‘tkazib berish. | 2021-yil sentabr | Moliya vazirligi (T. Ishmetov), auditorlarning jamoat birlashmalari |
| 6. | Auditorlarni sertifikatlashning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magini jalb qilish masalalarini ko‘rib chiqish. | Xalqaro ekspertlar bilan hamkorlik va grant kelishuvlarini imzolash masalasini muhokama qilish. | 2021-yil noyabr | Auditorlarning jamoat birlashmalari, Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
| 7. | Buxgalterlarni sertifikatlash sohasidagi xalqaro tashkilotlar bilan quyidagi maqsadlarda hamkorlikni kengaytirish: buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida malaka imtihonlari ma’lumotlarini hisobga olgan holda “Huquq” va “Soliqqa tortish” yo‘nalishlari bo‘yicha milliy imtihon tizimini joriy etish; | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021- 2022-yillar | Moliya vazirligi (T. Ishmetov), auditorlarning jamoat birlashmalari |
| buxgalterlar va auditorlar uchun xalqaro ta’lim standartlarini respublikada joriy qilish va tan olish. | Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Buxgalteriya ta’limi xalqaro standartlari bo‘yicha kengashi bilan xalqaro ta’lim standartlarini joriy qilish borasida hamkorlikni kengaytirish. | |||
| II. Auditorlik faoliyati sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish | ||||
| 8. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish: auditorlarni sertifikatlash tizimini takomillashtirish va Moliya vazirligining auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish; auditorlik tashkilotlari tomonidan auditorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilayotganligini yuzasidan “Audit” dasturiy majmuasi orqali masofaviy monitoring olib borish; ijtimoiy ahamiyatga ega xususiyatni ifodalovchi sifat mezonlari asosida har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirish; auditorlik tashkiloti tomonidan “Internet” tarmog‘ida veb-saytini yaratish va uni dolzarbligini ta’minlash. | auditorlarni sertifikatlash sohasidagi xorijiy mamlakatlarning qonunchilik hujjatlarini va ilg‘or tajribasini o‘rganish natijalari asosida qonun loyihasini ishlab chiqish | 2021-yil oktabr | Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Adliya vazirligi (A. Karimov), Iqtisodiyot vazirligi (I. Norqulov), SSP (A. Ikramov), auditorlarning jamoat birlashmalari |
| 9. | Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2021-yil noyabr | Moliya vazirligi (T. Ishmetov), auditorlarning jamoat birlashmalari |
| 10. | Auditorlik tashkiloti faoliyati natijalarini tavakkalchilik tahlili asosida auditorlik tashkiloti ish sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish tartibini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2021-yil oktabr | Moliya vazirligi (T. Ishmetov), auditorlarning jamoat birlashmalari |
| 11. | Auditorlik tashkilotlari va auditorlarning jamoat birlashmalari bilan o‘zaro elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Audit” dasturiy majmuasi axborot tizimini takomillashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Moliya vazirligi (T.Ishmetov) |
| 12. | Auditorlarning jamoat birlashmalari bilan Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni, shu jumladan auditorlik tashkilotlariga AXS hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha uslubiy jihatdan faol qo‘llab-quvvatlash, AXSni qo‘llashning ilg‘or xalqaro tajribasini tarqatishni tashkil etish borasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Auditorlarning jamoat birlashmalari |
| 13. | Auditorlarning jamoat birlashmalari a’zolari faoliyatida auditorlik faoliyati standartlari buzilishi holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida ushbu birlashmalar tomonidan, shu jumladan quyidagilar orqali monitoring o‘tkazishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish: auditorlar tomonidan Professional buxgalterning odob-axloq kodeksi buzilganda ta’sir choralarini qo‘llash masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qo‘mita tashkil etish; auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha auditorlik xizmatlari uchun boshlang‘ich qiymatni shakllantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil dekabr | Auditorlarning jamoat birlashmalari |
| III. Auditorlarni sertifikatlash bo‘yicha yangi tizimni joriy qilishning ahamiyatini tushuntirish | ||||
| 14. | Mazkur qaror talablarini tushuntirish va yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish. | Ushbu sohadagi ma’lumotlarni veb-saytlarga joylashtirish | Media-rejaga muvofiq | Moliya vazirligi (T. Ishmetov), auditorlarning jamoat birlashmalari |
| 15. | Quyidagilarni amalda qo‘llash bo‘yicha dolzarb masalalarni keng muhokama qilish: Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Buxgalteriya ta’limi xalqaro standartlari bo‘yicha kengashi tomonidan chop etilgan xalqaro ta’lim standartlari hamda ommaviy axborot vositalarida AXS mazmun va mohiyatini yoritib berish. | Ta’limning xalqaro standartlari va AXSni joriy etish va amalda qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan seminarlar, davra suhbatlari, tele va radio ko‘rsatuvlarni, shu jumladan xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, tashkil qilish va o‘tkazish, uslubiy qo‘llanmalar nashr etish, bosma nashrlarda turkum maqolalar e’lon qilish. | Doimiy | Moliya vazirligi (T. Ishmetov), auditorlarning jamoat birlashmalari |
2-ILOVA
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari