ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilot va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash
| Bosqichlar | Subyektlar | Tadbir nomi | Bajarish muddati | |||
| 1-bosqich | Milliy gvardiya organlari harbiy xizmatchisi (xodimi) | 1. Transport vositasidan majburiy tarzda foydalangan holati yuzasidan bildirgi bilan murojaat qilish. 2. Transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida yetkazilgan mulkiy zarar holatini oʻrganish uchun zarur hujjatlarni topshirish. | Uch kunda | |||
| 2-bosqich | Transport vositasining egasi yoki uning vakili | Mulkiy zararning oʻrnini qoplash uchun Milliy gvardiya organlari rahbariga ariza bilan murojaat qilish | Murojaatiga koʻra | |||
| 3-bosqich | Milliy gvardiya organlari rahbari | Mulkiy zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisida bildirgi (ariza)ni oʻrganib chiqish uchun Komissiyaga taqdim etish | Bir kunda | |||
| 4-bosqich | Yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash boʻyicha doimiy komissiya kotibi | Mulkiy zararni qoplash boʻyicha tegishli hujjatlarni hamda transport vositalaridan foydalanish xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda amalga oshirilganligi boʻyicha oʻrganish natijalarini Komissiya yigʻilishida koʻrib chiqish uchun tayyorlash | Ikki kunda | |||
| 5-bosqich | Yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash boʻyicha doimiy komissiya | 1. Mulkiy zararni oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha qaror qabul qilish. | Oʻn kunda (qoʻshimcha hujjatlarni olish talab etilganda yigirma kunda) | |||
| 2. Qarorni manfaatdor shaxslarga yetkazish. | Uch kunda | |||||
| 6-bosqich | Milliy gvardiya organlari | 1. Mulkiy zarar miqdorini baholash tashkilotini jalb qilgan holda aniqlash. | Oʻn kunda | |||
| 2. Yetkazilgan zararni manfaatdor shaxslarga qoplab berish. | Qaror qabul qilingandan soʻng oʻn kunda |