Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.02.2025 30.07.2021 yildagi 473-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.02.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat buyurtmachilari tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) davlat xaridlarida uzluksizlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi salomatligini muhofaza qilish va boshqa sohalarda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berishda uzluksizlikni taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining samarali ijrosini tashkil etish hamda davlat xaridlarini amalga oshirishni tartibga solishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirishga ruxsat berilsa, shartnoma va shartnomaga oid qoʻshimcha kelishuvlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasida (keyingi oʻrinlarda — Kompleks ekspertiza qilish markazi) kompleks ekspertizadan oʻtkazilishi lozimligi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno ekanligi nazarda tutilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxati tasdiqlanganligi, ushbu roʻyxat asosida davlat buyurtmachilari tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilishi mumkinligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2, 3, 4, 7, 11, 13, 14, 16, 18, 22, 26, 27-bandlari boʻyicha tegishligiga koʻra barcha davlat buyurtmachilari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shuningdek, ushbu qarorning 2-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan bandlarga qoʻshimcha ravishda 5-6, 9, 12, 17, 20-21, 23, 25, 29, 30, 34, 38-bandlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya epedimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi va ularning tizimiga kiruvchi tashkilotlar, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, shuningdek, davlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirishda shartnoma va shartnomaga oid qoʻshimcha kelishuvlar Kompleks ekspertiza qilish markazida ekspertizadan oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va hududiy boshqarmalari Davlat buyurtmachilari tomonidan Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 30-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
473-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2021-y., 09/21/473/0729-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)