O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi 390-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qaror va farmoyishlar loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va e’lon qilish jarayonini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-iyul,
469-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 469-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi 390-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-ilovaning 18-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Agar mahalliy vakillik organlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarida qaror loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish uchun mazkur Nizomda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, ushbu qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar qo‘llaniladi”.
2. 2-ilovada:
a) 9-bosqichning “Muddatlar” ustunidagi “1 kun muddatda” so‘zlari “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat — 1 kun muddatda Mahalliy vakillik organi — belgilangan muddatda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“Izoh. Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarida mazkur Tartibda qarorlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish uchun nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan hollarda, ushbu qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar qo‘llaniladi”.
3. 3-ilovada:
a) 7-bosqichning “Muddatlar” ustunidagi “1 kun muddatda” so‘zlari “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat — 1 kun muddatda Mahalliy vakillik organi — belgilangan muddatda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“Izoh. Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarida mazkur Tartibda qarorlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish uchun nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan hollarda, ushbu qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar qo‘llaniladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/469/0718-son)