28.07.2021 yildagi 465-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son hamda “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son farmonlariga muvofiq, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan hamda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ko‘rsatiladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va o‘zgartirish bepul amalga oshiriladigan davlat organlariga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qarorida belgilangan tartibda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-oktabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonining avtomatlashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati YIDXP orqali ko‘rsatilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborot tizimlarining o‘zaro integratsiya qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda foydalanuvchining shaxsiy kabinetida shu foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda joylashtirilishi va real vaqt rejimida yangilanib borilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun to‘langan to‘lovlar Davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi (keyingi o‘rinlarda — Yagona billing tizimi) orqali elektron tarzda amalga oshirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qaroriga muvofiq M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun quyidagi to‘lov stavkalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
orqa yon oynalar bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorini, yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorini va O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
orqa va old yon oynalar bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorini, yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorini va O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravari miqdorini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari ularning egalari huquqiy holati inobatga olingan holda, ushbu bandning uchinchi xatboshiga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) oid davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan ko‘rsatilganda, ushbu xizmat uchun yig‘imlar Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qarorida ko‘rsatilgan miqdorlarda to‘lanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) oid davlat xizmati uchun yig‘imlar davlat xizmati YIDXP orqali ko‘rsatilganda, Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qarorida ko‘rsatilgan miqdorlarning 90 foizi to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu to‘lovlar summasi quyidagicha taqsimlanadi:

11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;

88,75 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmati ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolar qo‘llasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 28-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
465-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 465-son qaroriga
1-ILOVA

Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Ma’muriy reglament (keyingi o‘rinlarda — Reglament) jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnoma — ariza beruvchiga vakolatli organ tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan hujjat shaklida beriladigan avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXP — O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) ishlari ruxsatnoma va tasdiqlangan davlat standartiga muvofiq avtotransport vositasi egasi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Avtotransport vositasi orqa oynasining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish), shuningdek, old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan ko‘p bo‘lmagan polosa shaklida yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ruxsatnoma bir yil muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) oid davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan ko‘rsatilganda, ushbu xizmat uchun yig‘imlar Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qarorida ko‘rsatilgan miqdorlarda to‘lanadi;
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) oid davlat xizmati uchun yig‘imlar davlat xizmati YIDXP orqali ko‘rsatilganda, Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qarorida belgilangan miqdorlarning 90 foizi to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu to‘lovlar summasi quyidagicha taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88,75 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat xizmati YIDXP orqali mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida, vakolatli organ tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilganda 1.1-ilovada keltirilgan sxema asosida ko‘rsatiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat xizmati vakolatli organ tomonidan “Avtomototransport” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan (keyingi o‘rinlarda — Tizim) foydalangan holda ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri vakolatli organga murojaat qilganda, vakolatli organ mas’ul xodimi tomonidan ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan so‘rovnomani ariza beruvchi nomidan to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ariza beruvchi davlat xizmatidan YIDXP orqali foydalanmoqchi bo‘lsa, u YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi hamda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldiradi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. So‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi axborot tizimlari yordamida avtomatik ravishda tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘rovnomada xato ma’lumotlar ko‘rsatilgan taqdirda, so‘rovnoma avtomatik ravishda rad etiladi va bu haqda ariza beruvchiga onlayn rejimda avtomatik tarzda elektron shaklda javob qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tizim orqali so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi tasdiqlangach, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qaroriga muvofiq ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari asosida elektron to‘lov varaqasi (invoys) shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma uchun to‘lov 10 kun muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. To‘lov belgilangan muddatda amalga oshirilmagan taqdirda (to‘lov to‘liq amalga oshirilmagan taqdirda) va/yoki so‘rovnomada ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilmagan taqdirda, so‘rovnoma avtomatik ravishda rad etiladi hamda bu haqda ariza beruvchiga onlayn rejimda avtomatik tarzda elektron shaklda javob qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa asoslarga ko‘ra ruxsatnoma berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vakolatli organ ariza beruvchi tomonidan to‘lov amalga oshirilgach, ikki soat davomida avtomatik ravishda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ruxsatnomani rasmiylashtiradi hamda ariza beruvchiga yoki uning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ariza beruvchi ruxsatnomaning amal qilish muddatidan qat’i nazar, tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalardan foydalanishdan voz kechgan taqdirda, amalga oshirilgan to‘lov qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ruxsatnoma ushbu Reglamentga 3-ilovada nazarda tutilgan namunaviy shaklda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tizimga avtotransport vositasini hisobga olish (elektron) ma’lumotlariga avtomatik tarzda tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi (ruxsatnomaning seriyasi, raqami, berilgan joyi, vaqti va amal qilish muddati).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ruxsatnomani YIDXP orqali qayta rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ruxsatnoma quyidagi holatlarda YIDXP orqali qayta rasmiylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositasini hisobga olish ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritilganda (qayta jihozlash, davlat raqam belgisi va ro‘yxatga olish guvohnomasi o‘zgartirilganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositasining mulkdori o‘zgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasining ma’lumotlarida o‘zgarish bo‘lganda (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning joylashgan joyi (pochta manzili) yoki nomlanishi o‘zgartirilganda) qayta rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ruxsatnoma avval berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatigacha qayta rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Avtotransport vositasining mulkdori o‘zgarganda yangi mulkdor ixtiyoriga muvofiq avvalgi ruxsatnomaning qolgan amal qilish muddatiga qo‘shimcha to‘lovlarsiz qayta rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ruxsatnoma YIDXP orqali quyidagi tartibda qayta rasmiylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi hamda elektron shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi axborot tizimlari yordamida avtomatik ravishda tekshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
so‘rovnomada xato ma’lumotlar ko‘rsatilgan taqdirda, so‘rovnoma avtomatik ravishda rad etiladi va bu haqda ariza beruvchiga onlayn tarzda elektron shaklda javob qaytariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ ikki soat davomida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan, qayta rasmiylashtirilgan ruxsatnomani ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining ruxsatnomani qo‘shimcha to‘lov evaziga ruxsatnomaning boshqa turiga o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimga avtotransport vositasini hisobga olish (elektron) ma’lumotlariga (ruxsatnomaning seriyasi, raqami, berilgan joyi, vaqti va amal qilish muddati) avtomatik tarzda tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. YIDXP orqali ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat xizmati YIDXP orqali ko‘rsatilganda ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan 15 kun oldin bu haqda ariza beruvchiga Tizim tomonidan elektron shaklda xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari avtotransport vositasining oynalari tusi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi ruxsatnomani Tizim orqali mustaqil tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma olish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tish.

2. Avtotransp�rt vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish bo‘yicha so‘rovnomani to‘ldirish va yuborish.

Murojaat qilingan vaqtda

2-bosqich

Davlat yo‘l harakati xavfsizlik xizmati “Avtomototransport” avtomatlashtirilgan axborot tizimi

1. So‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘liqligini tekshirish.

2. So‘rovnomada ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilmagan yoki to‘lov to‘liq amalga oshirilmagan taqdirda, so‘rovnomani rad etish.

Avtomatik ravishda

3-bosqich

Davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi

So‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘liq va to‘g‘riligi tasdiqlangach, elektron to‘lov varaqasi (invoys)ni shakllantirish.

Avtomatik ravishda

4-bosqich

Ariza beruvchi

Ruxsatnoma uchun to‘lovni amalga oshirish.

10 kun mobaynida

5-bosqich

Davlat yo‘l harakati xavfsizlik xizmati “Avtomototransport” avtomatlashtirilgan axborot tizimi

1. QR kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ruxsatnomani avtomatik ravishda rasmiylashtirish hamda uni ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuborish.

2. Avtotransport vositasini hisobga olish elektron ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

To‘lov to‘liq amalga oshirilgan vaqtdan so‘ng 2 soat davomida

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1.1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma olish uchun vakolatli organga murojaat etish.

2. Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish bo‘yicha so‘rovnoma vakolatli organ tomonidan ariza beruvchi nomidan to‘ldirish.

Murojaat qilingan vaqtda

2-bosqich

Vakolatli organ

1. Davlat yo‘l harakati xavfsizlik xizmati “Avtomototransport” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘liqligini tekshirish.

2. So‘rovnomada ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilmagan yoki to‘lov to‘liq amalga oshirilmagan taqdirda, so‘rovnomani rad etish.

Avtomatik ravishda

3-bosqich

Vakolatli organ

Davlat yo‘l harakati xavfsizlik xizmati “Avtomototransport” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ariza beruvchiga to‘lovni amalga oshirish uchun hisob raqamni taqdim etish

Avtomatik ravishda

4-bosqich

Ariza beruvchi

Ruxsatnoma uchun to‘lovni amalga oshirish.

10 kun mobaynida

5-bosqich

Vakolatli organ

1. QR kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ruxsatnomani avtomatik ravishda rasmiylashtirish hamda uni ariza beruvchiga elektron shaklda yuborish.

2. Avtotransport vositasini hisobga olish elektron ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

To‘lov to‘liq amalga oshirilgan vaqtdan so‘ng 2 soat davomida

(1.1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SO‘ROVNOMA

I. Jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot

1. F.I.O:

2. Tug‘ilgan joyi va sanasi:

3.Pasport (ID-karta) ma’lumotlari (seriyasi va raqami):

4. Doimiy yashash manzili:

5. JShShIR:

6. Telefon raqami:

7. Elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa):

II. Yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot

1. Yuridik shaxs nomi:

2. STIR:

3. Joylashgan joyi (pochta manzili):

4. Telefon raqami:

5. Elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa):

III. Avtomototransport vositasi haqida ma’lumot

1. Avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi guvohnoma seriyasi va raqami:

2. Davlat raqami belgisi raqami:

3. Avval berilgan ruxsatnomaning seriyasi va raqami (ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganda):

Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish):

Orqa yon oynalarni qoraytirish bo‘yicha

Orqa va old yon oynalarni qoraytirish bo‘yicha

So‘rovnoma to‘ldirish sababi:

Yangi ruxsatnoma olish

Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnomaning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY ShAKLI

Izoh. QR kodda (matrik shtrixli kodda) transport vositasi haqida asosiy ma’lumotlar va ruxsatnomaning amal qilish muddati shifrlangan ko‘rinishda bo‘ladi, uni oflayn rejimda maxsus dastur orqali (maxsus kalit bilan) ochish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 465-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 191-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bandning “b” kichik bandidagi “erkin aylanishi uchun (import)” so‘zlari “erkin muomalaga chiqarish (import)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 7-son, 181-modda) 2-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari orqa yon oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi — cheklanmagan darajada, old yon oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi — 50 foizdan kam bo‘lmagan darajada, shuningdek, M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi — 50 foizdan kam bo‘lmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish) tasdiqlangan davlat standarti bo‘yicha, shuningdek, xorijiy davlatlarning ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan tusi yuqorida belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lmagan darajada o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o‘rnatilgan, erkin muomalaga chiqarish (import) va vaqtincha olib kirish bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalaridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ruxsatnomaga asosan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “v” kichik bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v) M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, xorijiy davlatlarning ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o‘rnatilgan, erkin muomalaga chiqarish (import) va vaqtincha olib kirish bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan ushbu toifadagi avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g) M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, xorijiy davlatlarning ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o‘rnatilgan, erkin muomalaga chiqarish (import) va vaqtincha olib kirish bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan ushbu toifadagi avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida belgilanadi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/465/0714-son; 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)