24.07.2021 yildagi 458-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 11-dekabrdagi PQ-4549-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, koʻchatchilik sohasini intensiv texnologiyalar asosida rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni (keyingi oʻrinlarda — koʻchatlar va payvandtaglar) sotib olish xarajatlarining bir qismini subsidiya ajratish yoʻli bilan qoplab berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchatlar va payvandtaglar uchun subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchatlar va payvandtaglar turlari (tok koʻchatlari, urugʻli va danakli mevalar, yongʻoq mevalari) boʻyicha koeffitsiyentlarni aniqlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada koʻchatlar va payvandtaglarni ekish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan intensiv bogʻ va tokzor barpo etish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchatlar va payvandtaglarni yetishtirish va yetkazib berish majburiyatlarining bajarilishi boʻyicha monitoring olib borish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan subsidiya ajratiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 481-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 24-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
458-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-iyuldagi 458-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni (keyingi oʻrinlarda — koʻchatlar va payvantaglar) sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intensiv bogʻ — intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglardan yetishtirilgan koʻchatlarni zich ekish sxemasida resurstejamkor agrotexnologik tadbirlarni amalga oshirish asosida tashkil etilgan va suv tejovchi sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan mevali bogʻ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“In-vitro” laboratoriyasi — oʻsimlik organizmi toʻqimalarini mikroklonal koʻpaytirish usuli orqali “sogʻlom”, viruslardan holi boʻlgan payvandtag yetishtirish uchun ixtisoslashgan, maxsus jihozlangan laboratoriya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchatchilik xoʻjaligi — Oʻzbekiston Respublikasida meva koʻchatlarini yetishtiruvchi maqomga va koʻchatchilikka ixtisoslashgan kamida 2 gektar yer maydoniga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyekt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi birlashmasi — fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalarini, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va ularni tayyorlash, tashish, saqlash va sotish boʻyicha faoliyat olib boruvchi jismoniy va yuridik shaxslarni oʻz ichiga olgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskori — yangi intensiv bogʻ va/yoki tokzor barpo etish yuzasidan subsidiya olish uchun murojaat qilgan qishloq xoʻjaligi birlashmasi aʼzosi, meva-sabzavot klasteri ishtirokchisi yoki tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot klasteri — bir yoki bir necha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bitim asosida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda urugʻlik, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish boʻyicha qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratish yuzasidan hamkorlikni amalga oshirishga qaratilgan faoliyat shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
payvandtag — “In-vitro” laboratoriyasida yoki vegetativ yoʻl bilan koʻpaytirilgan ildiz tizimiga ega boʻlgan oʻsimlik poyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plantatsiya — qishloq xoʻjaligi birlashmalarining yoki meva-sabzavot klasterining aʼzolari tomonidan tutash hududda 10 gektardan kam boʻlmagan maydonlarda bir xil meva yoki uzum turi ekilgan intensiv bogʻ va/yoki tokzor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiyalar koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun beriladi, danak va urugʻdan koʻpaytirilgan payvandtaglar (koʻchatlar) bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori sotib olinadigan koʻchatlar va payvandtaglarning har bir donasi uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intensiv meva va uzum koʻchati uchun — 8 000 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
payvandtag uchun — 2 500 soʻm.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun har bir dona koʻchatga beriladigan subsidiya miqdori uning bazaviy hisoblash miqdoriga mevali koʻchat turi uchun belgilangan koeffitsiyentni koʻpaytirish yoʻli bilan quyidagicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Nomlanishi

Koʻchat turlari boʻyicha koeffitsiyentlar

tok koʻchatlari

(xoʻraki va kishmishbop)

urugʻli mevalar

danakli mevalar

yongʻoq mevalar

Intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglar

0,15

0,50

0,75

1,00

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyiha tashabbuskorlari mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq intensiv bogʻ va tokzorlarda koʻchatlarni ekish shartlariga rioya qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha qoplab beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari har yili 1-noyabrga qadar plantatsiya asosida barpo etiladigan bogʻ va tokzorlar uchun ajratilgan yoki ajratiladigan yer maydonlaridan kelib chiqib, loyiha tashabbuskorlarining intensiv koʻchatlar turlari, navlari va miqdoriga boʻlgan talabini aniqlash maqsadida intensiv bogʻ va tokzor barpo etish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxatini mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakllantiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari shakllantirilgan manzilli roʻyxatni oʻn ish kunida Agentlikka taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlik taqdim etilgan manzilli roʻyxat asosida oʻn ish kunida “in-vitro” laboratoriyalari va koʻchatchilik xoʻjaliklarining mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar yetkazib berish imkoniyatini oʻrganib, olingan maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari orqali loyiha tashabbuskoriga yetkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Loyiha tashabbuskori intensiv koʻchatlar sotib olishga subsidiya olish uchun Agentlik va koʻchat yetkazib beruvchi koʻchatchilik xoʻjaligi oʻrtasida uch tomonlama shartnomani imzolashga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi kengashining (keyingi oʻrinlarda — Kengash) qarorini olish uchun Agentlikka quyidagi hujjatlarni yozma yoki elektron shaklda taqdim qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), soʻralayotgan subsidiyaning maqsadi, miqdori, intensiv bogʻ va/yoki tokzor barpo etilishi rejalashtirilgan yer maydoni, xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining nomi va bankdagi hisobvaragʻi koʻrsatilgan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intensiv bogʻ va/yoki tokzor barpo etish uchun yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda loyiha toʻgʻrisida maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani moliyalashtirishning aniq manbalari (oʻz mablagʻi, bank krediti, xorijiy investitsiya) koʻrsatilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlik taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kunida Kengashning navbatdagi yigʻilishlarida koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kengash Agentlik tomonidan loyiha tashabbuskoriga intensiv koʻchatlarni sotib olish uchun beriladigan buyurtmaga avans toʻlovi sifatida subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskori ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan shartlarga mos kelmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchat yetkazib beruvchi xoʻjalik mevali va uzum koʻchati yetishtirish uchun koʻchatchilikka ixtisoslashgan kamida 2 gektar yer maydoniga ega boʻlmasa, shuningdek, koʻchatchilikka ixtisoslashgan xoʻjalik boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda Agentlik tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar orqali ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda qayd etilganidan boshqa holatlardan tashqari loyiha tashabbuskoriga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kengashning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi ijobiy qarori Agentlik, loyiha tashabbuskori va koʻchatchilik xoʻjaligi oʻrtasida subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi uch tomonlama shartnomani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning yigʻilishlari, zaruratga koʻra, bir oyda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agentlik Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida loyiha tashabbuskorini uch ish kun mobaynida yozma (elektron) ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha tashabbuskori Kengashning qarori haqida xabardor qilingandan soʻng besh ish kunida Agentlik, loyiha tashabbuskori va koʻchatchilik xoʻjaligi oʻrtasida intensiv koʻchatlar yetishtirish, yetkazib berish va subsidiya ajratib berish boʻyicha uch tomonlama shartnoma imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik shartnoma imzolangandan soʻng Jamgʻarma hisobvaragʻida mablagʻlar mavjud boʻlgan taqdirda bir oy muddatda, biroq uzogʻi bilan olti oydan oshmagan muddatda intensiv koʻchatlar yetkazib berish uchun loyiha tashabbuskori nomidan koʻchatchilik xoʻjaligiga shartnomada belgilangan miqdordagi mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajratilgan mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, Agentlik moliyalashtirishni toʻxtatadi va mablagʻning moliyalashtirilgan qismini undirish choralarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mablagʻlar koʻchatchilik xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida ochilgan maxsus 22626 hisobvaraqlariga (tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari) oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Koʻchatchilik xoʻjaligi loyiha tashabbuskoriga yetkazib berilayotgan intensiv koʻchatlar uchun Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirilgan mablagʻlarni mos ravishda har bir koʻchat narxidan chegirib qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu koʻchat narxidan chegirilgan mablagʻlar loyiha tashabbuskoriga taqdim etilgan subsidiya deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Mahalliy sharoitda yetishtirilgan payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Koʻchatchilik xoʻjaligi mahalliy sharoitda yetishtirilgan payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini “in-vitro” laboratoriyasiga subsidiya hisobiga oldindan toʻlovni amalga oshirish uchun Agentlikka quyidagi hujjatlarni yozma yoki elektron shaklda taqdim qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), subsidiya olish maqsadi, miqdori, mahalliy sharoitda intensiv koʻchatlar yetishtirish rejalashtirilgan yer maydoni (kontur raqami), xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining nomi va bankdagi hisobvaragʻi koʻrsatilgan holda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusxasi (payvandtaglar akademik M.Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-tajriba stansiyalarida yetishtirilgan hollar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agentlik koʻchatchilik xoʻjaligi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kunida Kengashning navbatdagi yigʻilishlarida koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning yigʻilishlari, zaruratga koʻra, bir oyda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kengash koʻchatchilik xoʻjaligiga “in-vitro” laboratoriyasidan payvandtaglar sotib olishga oldindan buyurtma berish uchun subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskori ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan shartlarga mos kelmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
payvandtag yetkazib beruvchi koʻchatchilik xoʻjaligi mevali va uzum koʻchat yetishtirish uchun koʻchatchilikka ixtisoslashgan kamida 2 gektar yer maydoniga ega boʻlmasa, shuningdek, koʻchatchilikka ixtisoslashgan xoʻjalik boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda Agentlik tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar orqali ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda qayd etilganidan boshqa holatlarda subsidiya oluvchiga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Kengashning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi ijobiy qarori Agentlik, “in-vitro” laboratoriyasi va koʻchatchilik xoʻjaligi oʻrtasida subsidiyani avans toʻlovi sifatida toʻlab berish toʻgʻrisida uch tomonlama shartnomani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agentlik Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida koʻchatchilik xoʻjaligini uch ish kuni mobaynida yozma (elektron) ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchatchilik xoʻjaligi Kengashning qarori haqida xabardor qilingandan soʻng besh ish kunida Agentlik, “in-vitro” laboratoriyasi va koʻchatchilik xoʻjaligi oʻrtasida payvandtaglarni yetkazib berish va subsidiyani avans toʻlovi sifatida toʻlab berish boʻyicha uch tomonlama shartnoma imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Agentlik “in-vitro” laboratoriyaga imzolangan uch tomonlama shartnoma asosida Jamgʻarma hisobraqamida mablagʻlar mavjud boʻlgan taqdirda bir oy muddatda, biroq uzogʻi bilan olti oydan oshmagan muddatda payvandtaglarni yetishtirish va yetkazib berish uchun koʻchatchilik xoʻjaligi nomidan subsidiyani oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Subsidiya mablagʻlari “in-vitro” laboratoriyalarining xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida ochilgan maxsus 22626 hisobvaraqlariga (tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari) oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. “In-vitro” laboratoriyasi koʻchatchilik xoʻjaliklariga yetkazib berilgan payvandtaglar uchun Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirilgan mablagʻni mos ravishda har bir payvandtag narxidan chegirib qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu payvandtag narxidan chegirilgan mablagʻlar koʻchatchilik xoʻjaligiga taqdim etilgan subsidiya deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mahalliy sharoitda intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni yetishtirish va yetkazib berish majburiyatlarining bajarilishi boʻyicha monitoringini olib borish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. “In-vitro” laboratoriyalari va koʻchatchilik xoʻjaliklari mahalliy sharoitda intensiv koʻchatlar hamda payvandtaglar yetkazib berishni subsidiya mablagʻlari ajratilgandan (moliyalashtirilgandan) soʻng 24 oydan oshmagan muddatda yakunlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Shartnomada koʻrsatilgan parametrlar oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash maqsadida Agentlik, akademik M. Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan loyiha tashabbuskori yoki koʻchatchilik xoʻjaligi ishtirokida har chorak yakuni boʻyicha subsidiya olgan koʻchatchilik xoʻjaligi dalasiga va “in-vitro” laboratoriyasiga tashrif buyurgan holda monitoring oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring yakunlari boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan parametrlarning bajarilish holati va koʻchatlar yetishtirish standartlarga mosligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda uch nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma Agentlik, akademik M. Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti vakili, loyiha tashabbuskori yoki koʻchatchilik xoʻjaligi rahbari tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma bir nusxadan Agentlik, koʻchatchilik xoʻjaligi va “in-vitro” laboratoriyasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Monitoring jarayonida qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va boshqa tadbirkorlik subyektlari, loyiha tashabbuskori, koʻchatchilik xoʻjaligi yoki “in-vitro” laboratoriyasi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda, Agentlik oʻtkazib berilgan mablagʻlarni qaytarish yuzasidan ularga yozma ravishda talabnoma yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha tashabbuskori, koʻchatchilik xoʻjaligi yoki “in-vitro” laboratoriyasi ushbu talabnomani olgan kundan eʼtiboran bir oy mobaynida olingan mablagʻlarni Agentlikning tegishli maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytarishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar olingan mablagʻlar belgilangan muddatda qaytarib berilmasa, Agentlik mablagʻlarni qaytarish boʻyicha belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin. Bunda loyihaning bajarilmagan qismiga teng boʻlgan subsidiya qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. “In-vitro” laboratoriyalari va koʻchatchilik xoʻjaliklarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Agentlikning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Agentlik har chorak yakuni bilan ajratilayotgan subsidiyadan foydalanish samaradorligini oʻrganish, tahlil qilish va tahlil natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga axborot kiritib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilariga koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Mahalliy sharoitda intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglar yetishtirib berish uchun subsidiya olgan “in-vitro” laboratoriyalari va koʻchatchilik xoʻjaliklari subsidiyaning maqsadli va samarali ishlatilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada intensiv bogʻlarda mevali daraxt va uzum koʻchatlarini ekish sxemasining shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Meva turi

Koʻchat ekish sxemasining zichligi

(metr)

1 gektarga ekiladigan koʻchatning eng kam miqdori

(dona)

1.

Olma va nok

4x1 yoki 4x1,2

2 000

2.

Gilos, olcha

5x3

660

3.

Shaftoli, oʻrik va olxoʻri

5x3

660

4.

Behi

5x3

660

5.

Bodom

6x3

550

6.

Yongʻoq

7x6

240

7.

Pista

7x6

240

8.

Anor

5x5

400

9.

Anjir

6x5

330

10.

Unabi (chilon jiyda)

6x6

280

11.

Xurmo

6x5

330

12.

Uzum (xoʻraki va kishmishbop)

3x2,5

1 400

13.

Zaytun

4x2,5

1 100

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari

Plantatsiya asosida barpo etiladigan bogʻ va tokzorlar uchun ajratilgan yoki ajratiladigan yer maydonlaridan kelib chiqib, loyiha tashabbuskorlarining intensiv koʻchatlar turi, navi va soniga boʻlgan talabni aniqlash maqsadida intensiv bogʻ va tokzor barpo etish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxatini shakllantiradi.

Har yili 1-noyabrga qadar

Shakllantirilgan manzilli roʻyxatni Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga taqdim etadi.

10 ish kunida

2-bosqich

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi

Taqdim etilgan manzilli roʻyxat asosida “in-vitro” laboratoriyalari va koʻchatchilik xoʻjaliklarining mahalliy sharoitda intensiv koʻchatlar yetkazib berish imkoniyatini oʻrganib, olingan maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari orqali loyiha tashabbuskorlariga yetkazadi.

10 ish kunida

3-bosqich

Loyiha tashabbuskori

1. Subsidiyani olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi hujjatlarni yozma yoki elektron shaklda taqdim qiladi.

Tashabbus koʻrsatish tartibida

4-bosqich

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi

Loyiha tashabbuskorlari tomonidan subsidiya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlarni Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi kengashining navbatdagi yigʻilishlarida koʻrib chiqish uchun kiritadi.

5 ish kunida

5-bosqich

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi kengashi

Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida loyiha tashabbuskorlarini yozma (elektron) ravishda xabardor qiladi.

3 ish kunida

6-bosqich

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi

Loyiha tashabbuskorlari kengashning qarori haqida xabardor qilingandan soʻng, loyiha tashabbuskori va koʻchatchilik xoʻjaligi oʻrtasida intensiv koʻchatlar yetishtirish, yetkazib berish va subsidiya mablagʻlarini ajratib berish boʻyicha uch tomonlama shartnomani imzolaydi.

5 ish kunida

7-bosqich

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi

Shartnoma imzolangandan soʻng Agentlik intensiv koʻchatlar yetkazib berish uchun koʻchatchilik xoʻjaliklariga shartnomada belgilangan miqdordagi mablagʻlarni oʻtkazib beradi.

Mablagʻlar koʻchatchilik xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida ochilgan maxsus 22626-maxsus hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.

Jamgʻarma hisobraqamida mablagʻlar mavjud boʻlgan taqdirda bir oy muddatda, aks holda uzogʻi bilan olti oydan oshmagan muddatda

8-bosqich

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi

Loyiha tashabbuskori yoki koʻchatchilik xoʻjaligi ishtirokida subsidiya olgan koʻchatchilik xoʻjaligi dalasiga va “in-vitro” laboratoriyasiga tashrif buyurgan holda monitoring oʻtkaziladi.

Monitoring yakunlari boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan parametrlarning bajarilish holati va koʻchatlar yetishtirish standartlariga mosligi toʻgʻrisidagi uch nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Monitoring davomida shartnoma shartlari bajarilmagani aniqlangan taqdirda, oʻtkazib berilgan mablagʻlarni qaytarish yuzasidan yozma ravishda talabnoma yuboradi.

Har chorak yakuni boʻyicha

9-bosqich

Loyiha tashabbuskori

Mablagʻlarni Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining tegishli maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytaradi.

Talabnomani olgan kundan bir oy mobaynida

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
__________ viloyatida qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan intensiv bogʻ va tokzor barpo etish boʻyicha loyihalarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MANZILLI ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Qishloq xoʻjaligi birlashmasi yoki meva-sabzavot klasteri nomi

Loyiha tashabbuskorining STIR raqami

Hudud, massiv

Intensiv bogʻ/tokzor maydoni (gektar)

Kontur raqami

Mevali daraxt

Talab etiladigan intensiv (pakana va yarim pakana) koʻchat soni

(ming dona)

Izoh

turi

navi

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intensiv bogʻ va tokzor (xoʻraki va kishmishbop) barpo etish loyihasi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1. Loyiha tashabbuskori nomi: ________________ STIR raqami: _____________

2. Ajratilgan umumiy maydon: _____ gektar, shundan ekin maydoni _____ gektar.

3. Loyiha amalga oshirilayotgan joyning manzili va kontur raqami: ________________.

4. Mevali koʻchat turi va navi, tup soni, ekish sxemasi: __________.

5. Koʻchatchilik xoʻjaligining nomi, manzili, telefon raqami.

6. Loyihani amalga oshirish muddati: _________ .

7. Yaratiladigan ish oʻrni: ___ kishi.

8. Loyihaning umumiy qiymati — ________ mln soʻm yoki _____ AQSH dollari, shundan:

T/r

Amalga oshiriladigan ishlar

Loyihaning umumiy qiymati (mln soʻm), shundan:

Moliyalashtirish manbalari, mln soʻm

loyiha tashabbuskorining mablagʻlari

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi
subsidiyalari

Tijorat banklari kreditlari, boshqa manbalar hisobiga

1.

Agrotexnik tadbirlar (jumladan, yer haydash, chizellash, yerni tekislash) amalga oshirish

2.

Tuproqqa mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan ishlov berish

3.

Intensiv koʻchat sotib olish va ularni ekish

4.

Koʻchatlarni ekish

5.

Suv chiqarish uchun quduqlar va nasos stansiyasi qurish

6.

Tomchilab sugʻorish tizimini joriy qilish

7.

Boshqa xarajatlar

JAMI:

Keltirilgan maʼlumotlar ishonchli (haqqoniy) boʻlib, loyiha toʻliq hajmda oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga kafolat beraman.

Loyiha tashabbuskori

_______________________

___________

(F.I.O.)

(imzo)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-iyuldagi 458-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va tadbirkorlik subyektlariga yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning har bir gektari uchun 30 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilariga mahalliy sharoitda har bir intensiv (pakana va yarim pakana) koʻchat uchun 8 000 soʻm hamda payvandtagning har bir donasi uchun 2 500 soʻm miqdorida”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi-yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar shartnomada suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va intensiv koʻchatlarni (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni xarid qilish bilan bogʻliq sarflangan xarajat mazkur kichik bandda belgilangan summadan kam boʻlgan taqdirda subsidiya shartnomada nazarda tutilgan summaga ajratiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 09/21/458/0697-son, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son; 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son; 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son; 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)