24.07.2021 yildagi 460-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoniga muvofiq 2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan toʻliq qoplab berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan xodimlari uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini maʼlum bir davr uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchiga Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan ijtimoiy soliq summasini toʻlab berish yoki toʻlab berishni rad etish asoslari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchi tomonidan imtiyozdan foydalanish uchun topshiriladigan soliq hisobotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab beriladigan mablagʻlarni ish beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib berish tartibi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ish beruvchilarga ijtimoiy soliq summasining qoplab berilishi 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ajratiladigan transfertlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2022-yil va 2023-yil uchun Davlat budjetini shakllantirishda ijtimoiy soliq hisoboti ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 sanasidan kechiktirmasdan topshirilishini inobatga olib, 2022-yil va 2023-yilning I choragida ish beruvchilarga ijtimoiy soliq summasini qoplab berish xarajatlarini alohida qatorda rejalashtirishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ish beruvchilarga qoplab beriladigan ijtimoiy soliq summasi toʻgʻri hisoblanishi ustidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq nazoratini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 24-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
460-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-iyuldagi 460-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINCHALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar (keyingi oʻrinlarda — yosh xodimlar) uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirilgan dastur — ish beruvchilarga ular tomonidan yosh xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish yoki qoplab berishni rad etish asoslarini tekshiradigan, Moliya vazirligi Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) integratsiya qilingan Davlat soliq qoʻmitasining avtomatlashtirilgan dasturi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchining arizasi — ish beruvchining ijtimoiy soliq summasi koʻrsatilgan, Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portalidagi (my.soliq.uz) soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti (keyingi oʻrinlarda — soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti) orqali ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq arizasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ijtimoiy soliq hisoboti ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 sanasidan kechiktirmasdan topshirilishini inobatga olib, ushbu Nizom 2021-yil 1-maydan 2023-yil 15-yanvarga qadar toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qoplab berishga nisbatan tatbiq etiladi. Bunda, 2022-yil dekabr oyi uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oxirgi muddati 2023-yil 1-aprel kuni etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ish beruvchilarga nisbatan ular tomonidan toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish shaklidagi qoʻllab-quvvatlash chorasi qoʻllanilishi uchun ularning yosh xodimlari quyidagi talablarga mos kelishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi soʻralayotgan hisobot oyida yosh xodim 25 yoshdan oshmagan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan hamda ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (elektron qayd) mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchining arizasini ushbu bandda nazarda tutilgan talablardan boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ish beruvchilarga ular tomonidan yosh xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ish beruvchi tomonidan ariza taqdim etish hamda uni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ish beruvchi tomonidan ariza u soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatda turgan soliq organiga (keyingi oʻrinlarda — soliq organi) ijtimoiy soliq hisoboti taqdim etilganidan keyin 3 oydan kechiktirmasdan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ish beruvchining arizasi kelib tushgan sanadan boshlab 5 ish kuni mobaynida soliq organi tomonidan avtomatlashtirilgan dastur yordamida arizaning ushbu Nizom talablariga muvofiq yoki muvofiq emasligi oʻrganiladi. Bunda, ish beruvchining arizasidagi maʼlumotlar va toʻlangan ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi soʻralayotgan hisobot oyidagi hisobot maʼlumotlari oʻrtasida farq aniqlansa, soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga ish beruvchining arizasi koʻrilmasdan qoldirilganligi haqida xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, avtomatlashtirilgan dasturda 1 ish kunida soliq organining xulosasi shakllantiriladi, shakllangan xulosa bilan ish beruvchining arizasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik) yuboriladi hamda bu haqda ish beruvchi soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Soliq organi toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, ushbu qaror avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga ijtimoiy soliq summasini qoplab berishni rad etishni sabablari asoslantirilgan holda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ish beruvchi ijtimoiy soliq summasini qoplab berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ish beruvchining arizasi kelib tushganda, uning soliqlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlsa, ijtimoiy soliq summasi mavjud qarzdorliklar toʻlaligicha bartaraf etilgandan soʻng ushbu Nizom talablari doirasida qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ijtimoiy soliq summasini ish beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Gʻaznachilik avtomatlashtirilgan dastur orqali DMBATga kelib tushgan hujjatlarni 3 ish kuni davomida koʻrib chiqadi va qoplab beriladigan ijtimoiy soliq summasini ish beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Gʻaznachilik ish beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib berilgan ijtimoiy soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni DMBAT orqali avtomatlashtirilgan dasturga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Hisob va hisobotni yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Soliq organi ish beruvchilarga Davlat budjetidan toʻliq qoplab berilgan ijtimoiy soliq summasining hisobi va hisobotini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ish beruvchilarga Davlat budjetidan toʻliq qoplab berilgan ijtimoiy soliq summasiga doir choraklik hisoboti Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 25 sanasiga qadar Moliya vazirligiga kiritib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ish beruvchi tomonidan qayta hisobot berish orqali umumiy ish haqi fondi doirasida xodimlarga hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar qayta taqsimlangan taqdirda, qoplab berilgan ijtimoiy soliq summasi ish beruvchi yoki soliq organining tashabbusiga koʻra oʻzaro qayta hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizom 2023-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish


‎Namuna

25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini
‎Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish toʻgʻrisidagi
‎ARIZA

Ish beruvchining STIR ____________

___________________________________________________________________________________________

(ish beruvchining toʻliq manzili)

__________________________________________________________________________ manzilda joylashgan,
__________________________________________________________________ faoliyatini amalga oshiradigan

(asosiy faoliyat (ixtisosligi) turi)

___________________________________________________________________________________________,

(ish beruvchining toʻliq nomi)

Sizdan tashkilotda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yosh xodimlar uchun 20 ___ yilning ______ oy(lar)i uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berishingizni soʻrayman.

Yosh xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotganlar yosh xodimlar ________ nafar;

(soni)

Olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yosh xodimlar uchun 20 ___ yil _____ oy(lari)i uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi _______________ soʻm.

Ish beruvchining bank rekvizitlari:

Bank nomi: __________________________________________________
‎Bank MFO: __________________________________________________
‎Bankdagi hisobvaragʻi: _________________________________________

Ushbu ariza va ilova qilingan hujjatlarda keltirilgan maʼlumotlar toʻliq va ishonchli ekanligini tasdiqlayman.

Ilova. 25 yoshdan oshmagan va olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yosh xodimlar roʻyxati.

Tashkilot rahbari

_______________

_________________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Bosh buxgalter

_______________

_________________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Sana

Arizaga ilova

25 yoshdan oshmagan va olti oy davomida uzluksiz
‎‎mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yosh xodimlar
‎‎ROʻYXATI

T/r

Yosh xodimning F.I.O.

JSHSHIR yoki STIR

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

...‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchilar tomonidan yosh xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati


1-bosqich

Ish beruvchi

Soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatda turgan soliq organiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali ariza taqdim etadi.

Hisobot taqdim etish muddatidan soʻng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan

2-bosqich

Soliq organi

Kelib tushgan arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq yoki muvofiq emasligini oʻrganadi.

5 ish kunida


3-bosqich

Avtomatlashtirilgan dastur

Ijtimoiy soliq summasini qoplab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, avtomatlashtirilgan dastur 1 ish kunida soliq organining xulosasini shakllantiradi va shakllangan xulosa bilan ish beruvchining arizasini Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga yuboradi hamda bu haqda ish beruvchini soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali habardor qiladi.

1 ish kunida

4-bosqich

Moliya vazirligi Gʻaznachiligi

Avtomatlashtirilgan dastur orqali DMBATga kelib tushgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va qoplab beriladigan ijtimoiy soliq summasini ish beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi va bir vaqtning oʻzida oʻtkazib berilgan ijtimoiy soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan dasturga yuboradi.

3 ish kunida

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 09/21/460/0699-son; 26.04.2023-y., 06/23/61/0231-son)