O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nurafshon shahrida Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining ma’muriy binosini qurish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda uning huzuridagi suv xo‘jaligi tashkilotlarini zamonaviy ma’muriy bino bilan ta’minlash va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga tegishli bo‘lgan hamda belgilangan tartibda baholangan qiymatda “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron auksion savdolariga chiqariladigan bino va inshootlar (keyingi o‘rinlarda — bino va inshootlar) ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Suv xo‘jaligi vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:
mazkur qarorga ilovaga muvofiq tasdiqlangan ro‘yxatdagi bino va inshootlar belgilangan tartibda baholangan qiymatda “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini;
bino va inshootlarni sotishdan tushadigan mablag‘larni (sotish bilan bog‘liq xarajatlar chegirilgan holda), Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirilishini ta’minlasin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi mazkur qarorga ilovaga muvofiq tasdiqlangan ro‘yxatdagi bino va inshootlarni sotishdan tushadigan mablag‘lar Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazilishini va Nurafshon shahrida belgilangan tartibda ajratilgan yer maydonida boshqarmaning ma’muriy binosi qurilishini moliyalashtirishga yo‘naltirilishini ta’minlasin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
4. Nurafshon shahrida Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi ma’muriy binosi qurilishi bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining “Toshkentsuvqurilishinvest” davlat muassasasi — buyurtmachi etib belgilansin;
bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov yoki tender orqali aniqlansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev hamda O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-iyul,
452-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 452-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga tegishli bo‘lgan hamda belgilangan tartibda baholangan qiymatda “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron auksion savdolariga chiqariladigan bino va inshootlar
RO‘YXATI
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
|
Tashkilotlar nomi |
Bino va inshoot nomi |
Joylashgan manzili |
Umumiy yer maydoni, ga |
Qurilish osti maydoni, kv m | |
|
1. |
Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya |
Ma’muriy bino va inshoot |
Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, “Yangibozor” qo‘rg‘oni, Mustaqillik ko‘chasi, 119 uy |
0,47 |
371,58 |
|
2. |
“Parkent-Qorasuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi |
Ma’muriy bino va inshoot (sobiq XATP-23 binosi) |
Toshkent viloyati, Parkent tumani, Yoshlik qo‘rg‘oni |
0,50 |
1148,0 |
|
3. |
Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Toshkent magistral kanali boshqarmasi |
Ma’muriy bino va inshoot |
Toshkent shahar, Bektemir tumani, Husayn Bayqaro ko‘chasi, 117-uy |
0,85 |
8220,0 |
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/452/0692-son; 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)