14.07.2021 yildagi 447-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini moliyalashtirishga “Intesa San Paolo” bankining kreditini Italiyaning “SACE” davlat eksport-kredit agentligining sugʻurta qoplamasi ostida jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga muvofiq hamda tabiiy gaz isteʼmolining aniq hisob-kitobini yuritish va toʻlovlarning amalga oshirilishida shaffoflikni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyihasi) amalga oshirish doirasida “Intesa San Paolo” bankining (Italiya) 250,0 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditini Italiyaning “SACE” davlat eksport-kredit agentligining sugʻurta qoplamasi ostida jalb qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan loyihani amalga oshirish doirasida “Intesa San Paolo” banki bilan 250,0 mln AQSh dollari miqdorida kredit shartnomasini 96 oy muddatda qaytarish sharti bilan 6-oylik Libor + yillik 1,30 foiz stavkada imzolanishi va “SACE” davlat eksport kredit agentligining sugʻurta qoplamasi uchun yigim toʻlovini “Intesa San Paolo” bankiga oʻz mablagʻlari hisobidan bosqichma-bosqich toʻlab berilishi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Intesa San Paolo” banki tomonidan “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditni soʻndirish, foiz va vositachilik toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Intesa San Paolo” bankiga “Hududgaztaʼminot” AJning majburiyatlari boʻyicha kredit shartnomasi talablari asosida Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatini belgilangan tartibda bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kredit shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan shakl boʻyicha “Intesa San Paolo” bankiga taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB loyihani amalga oshirishda “Hududgaztaʼminot” AJning tijorat asosida moliyaviy konsultanti etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyiha uchun belgilangan qarz mablagʻini joriy yilda jalb qilinishi kutilayotganligini inobatga olgan holda, loyihani Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan 2021-yilda yangi davlat tashqi qarzi jalb qilinadigan yangi investitsiya loyihalarining roʻyxatiga kiritilishi taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Intesa San Paolo” banki tomonidan ajratilayotgan kredit boʻyicha “Hududgaztaʼminot” AJ qarz oluvchi hisoblanib, “Intesa San Paolo” banki bilan kredit bitimini imzolasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hududgaztaʼminot” AJ, “Intesa San Paolo” banki tomonidan ajratilayotgan kreditdan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi “Intesa San Paolo” banki tomonidan ajratilayotgan kreditdan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan nazorat qiluvchi organ hamda ushbu loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boʻyicha masʼul organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Intesa San Paolo” banki tomonidan ajratilayotgan kreditni qaytarish, foiz, boshlangʻich bir martalik toʻlov, vositachilik haqi va kredit boʻyicha agentlik komissiyasi va boshqa xarajatlar bilan bogʻliq toʻlovlar, shuningdek, “SACE” eksport-kredit agentligining sugʻurta mukofoti “Hududgaztaʼminot” AJning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi hamda energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 14-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
447-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 447-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Intesa San Paolo” banki tomonidan “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditni soʻndirish, foiz va vositachilik toʻlovlarini toʻlashning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROGNOZ JADVALI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kredit summasi

250,0 mln AQSh doll.

(“SACE” eksport kredit agentligining sugʻurta qoplamasi uchun 18,500 mln AQSh doll. mukofot toʻlovi bilan birgalikda)

Kredit qaytarish muddati

96 oy

Kredit oʻzlashtirish muddati

12 oy

Foiz stavkasi

6 oylik Libor + yillik 1,3% stavka

Kredit boʻyicha vositachilik toʻlovi

25,0 ming yevro.

(kreditdan foydalanish muddati uchun),

40,0 ming yevro.

(kreditni oʻzlashtirish muddati uchun)

Majburiyat boʻyicha toʻlov

0,30 %

Tashkillashtirish uchun toʻlov

0,85 %

Kreditni hisoblashda kunlar soni

360 kun

(ming AQSh doll.)

Toʻlov muddatlari

Kredit summasi

Toʻlov summasi

Yigʻimlar summasi

Jami toʻlov

asosiy qarz

kredit foiz toʻlovi

tashkillashtirish uchun

vositachilik toʻlovi

majburiyat boʻyicha toʻlov

01.08.2021-y.

50 000,0

-

-

2 125,0

48,0

-

2 173,0

01.09.2021-y.

50 000,0

-

-

-

-

-

-

01.10.2021-y.

50 000,0

-

-

-

-

-

-

01.11.2021-y.

50 000,0

-

-

-

-

-

-

01.12.2021-y.

50 000,0

-

-

-

-

-

-

01.03.2022-y.

-

15 625,0

1 570,8

-

48,0

127,5

17 371,3

01.09.2022-y.

-

15 625,0

1 796,9

-

-

-

17 421,9

01.03.2023-y.

-

15 625,0

1 649,7

-

30,0

-

17 304,7

01.09.2023-y.

-

15 625,0

1 557,3

-

-

-

17 182,3

01.03.2024-y.

-

15 625,0

1 421,9

-

30,0

-

17 076,9

01.09.2024-y.

-

15 625,0

1 317,7

-

-

-

16 942,7

01.03.2025-y.

-

15 625,0

1 178,4

-

30,0

-

16 833,4

01.09.2025-y.

-

15 625,0

1 078,1

-

-

-

16 703,1

01.03.2026-y.

-

15 625,0

942,7

-

30,0

-

16 597,7

01.09.2026-y.

-

15 625,0

838,5

-

-

-

16 463,5

01.03.2027-y.

-

15 625,0

707,0

-

30,0

-

16 362,0

01.09.2027-y.

-

15 625,0

599,0

-

-

-

16 224,0

01.03.2028-y.

-

15 625,0

474,0

-

30,0

-

16 129,0

01.09.2028-y.

-

15 625,0

359,4

-

-

-

15 984,4

01.03.2029-y.

-

15 625,0

235,7

-

30,0

-

15 890,7

01.09.2029-y.

-

15 625,0

119,8

-

-

-

15 744,8

Jami

250 000,0

250 000,0

15 846,9

2 125,0

306,0

127,5

268 405,4

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Jalb qilinadigan kredit boʻyicha asosiy qarz toʻlovlari, shuningdek foiz toʻlovlari va tegishli yigʻimlar summasi kredit bitimining shartlari hamda kredit mablagʻlarini amalda oʻzlashtirish sanasiga bogʻliq ravishda aniqlanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 09/21/447/0925-son)